4. Web–saytlarning asosiy loyihalash prinsiplari
Yuqorida keltirilganlarni inobatga olgan holda, Web–saytlarni loyihalashda asos qilib olingan eng muhim prisiplarni aniqlash mumkin.
Foydalanuvchilar uchun aniqlash
Web–sayt loyihalarining yaxshi ishlashi uchun foydalanuvchilar ko’nglini topishdagi absolyut xohish eng muhim shart hisoblanadi. Barcha saytlar ular uchun tayyorlanadi. Bunda yaratishdagi rejalashtiriladigan har qanday texnologiya foydalanuvchi ishini osonlashtirishni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
Keng davradagi foydalanuvchilarga mo’ljal olish
Har bir biznesning maqsadi pul topishdir. Har bir Web–saytning maqsadi esa, maqsadli auditoriya uchun ishlash. Web–sayt maksimal miqdordagi foydalanuvchilar mushkulini oson qilishi kerak.
Foydalanuvchilarni quvvatlash
Web–saytning normal ishlashi uchun foydalanuvchilar bilan teskari bog’lanish zarur. Ularga Web–saytda yetarlicha komfort bo’lishi kerak. Buning uchun har xil informasion quvvatlab turish vositalarini tatdbiq etish talab etiladi, masalan, nisbatan murakkab jarayon ishlari bo’yicha spravochnik materiallarini saytda chop etish; tez-tez beriladigan savollarga javoblarni chop etish va b.q.
4. Vaqt o’tishi bilan tekshirilgan usullarni qo’llash
Eng avval bu texnologiyaga xos internet tadqiqotchilari eng ko’p tarqalgan texnologiyaga mo’ljal olishlari zarur. Internetdagi har bir yangilik foydalanuvchilarga mos keladigan qat’iy testdan o’tishi kerak bo’ladi. Aks holda texnologiyadan foydalanishda saytda qatnashuvchilar soni kamayib ketishi mumkin.
5. Jamoa ishi
Ilgari Web–saytni ishlab chiqarish va uni kuzatish bilan bitta odam shug’ullanishi mumkin, deb qaralar edi. Bunday odam Web–master deb atalar edi. U bir nechta vazifalarni bajarish kerak edi, masalan, sistema administratori, ma’lumot baza administratori, programmist, dizayner, HTML–koder (varaqlovchi), jurnalist, marketolog, Web–loyiha menejeri va b.q. Lekin, Web–saytni to’g’ri rejalashtirishda yuqoridagi vazifalarni baravariga bajara oladigan odam topilmasligi aniq. Bu holatdan chiqib ketishning bitta yo’li bor; bu ham bo’lsa, Web–saytni tatdbiq qilish bilan birga Web–sayt ish asbobi (instrument) bo’ladigan yangi biznes–jarayonlarini yaratishdir. Masalan, yangiliklarni kim tayyorlaydi va chop etadi? SMI vakillari va jamoatchilik bilan Web–sayt orqali kim muomala qiladi; Web–sayt orqali xizmat va mahsulotlarga buyurtmalarni ko’rib chiqish vazifasini; imkoniyati bor haridorlarga maslaxat berishni; varaqalarini tartibli va xatosiz chop etib nazorat qilishni; Web–sayt uchun kompleks reklama kompaniyasini amalga oshirish va shu kabilarni kim bo’yniga oladi?
Natijada Web–sayt ko’pchilik biznes–jarayonlarda qulay va kerakli asbobga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |