Tarmoq texnologiyalari


-Bob. Lokal hisoblash tarmog’iga kirish



Download 29,11 Mb.
bet79/287
Sana06.07.2022
Hajmi29,11 Mb.
#743598
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

2-Bob. Lokal hisoblash tarmog’iga kirish.


5 - m a ‘ r u z a: Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari va ularning turlari. Wi-fi texnologiyalaridan foydalanilgan simsiz lokal tarmoq xususiyatlari


R e j a:

1. Lokal tarmoq va uning turlari


2. LHT turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).
3. LHTning tarkibiy qismlari
4. Lokal kompyuter tarmog’ida ishlash afzalligi.


Tayanch so’z va iboralar:
Lokal, lokal Kompyuter tarmog’i, magnit disk, fayl, umumiy resurslar, printer, amaliy programmalar, tarmoq zaruriyati, tarmoq topologiyasi, monokal Kompyuter, Kanal, monokanal, tarmoq, topologiya, Ethernet tarmoq, token, arnet, chastota, eltuvchi chastota, CSMA/CD.


        1. Lokal tarmoq va uning turlari

Lokal tarmoqlar keyingi vaqtda bitta kompyuterdan ko‘proq bo‘lgan har qanday kompaniyani majburiy buyumiga aylanayapti. “Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) aynan, lokal deganda shunday tarmoqlarni tushinish kerakki, o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir darajaga yettiki, oddiy tarmoqni o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish amalida har qanday ozmi-ko‘pmi savodi bo‘lgan foydalanuvchining qo‘lidan keladigan bo‘lib qoldi. Oxirgi eng ko‘p tarqalgan Windows operatsion tizimlari esa yetarli rivojlangan tarmoqli vositalarga ega, shu tufayli maxsus tarmoqli dasturlarni ta’minot hech majbur emas. Avval faqat maxsus o‘qitilgan professionallarning qo‘lidan keladigan bo‘lsa, endi har qanday foydalanuvchi oson ba-jarishi mumkin.


Lokal hisoblovchi tarmoq (LHT) bu kabel (angl. Wireless-simsiz) orqali maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) va atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.
LHT ning oddiy formasi ikkita ShK. Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skanner, dasturlar, modem va h. k.).
Pereklyuchatel tufayli birinchi marta atrofdagi qurilmalarni birga ishlatish mumkin bo‘ladi. Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin edi. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib keladi.
Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyati yaratildi. Ma’lum bir resurslarga ulangan ishchi stansiyalarni kirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi.
Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi stansiyalar boshqarar edi.
Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.
Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi bu ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlash. Buning uchun unga markaziy kompyuter resurslariga kirish kerak emas.
Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki disketaga nusxa ko‘chirish kerak.
Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, - atrof qurilmasi va xotira uchun ancha-muncha mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi paydo bo‘lgan. Shu sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirilar edi.

Lokal tarmoqlar ikki turga bo’linadi: PBX(Private Branch Exchange) yoki LHT. Lokal tarmoqlar o’z navbatida kliyent-server va piring(peer-to-peer) tipdagi bo’lishi mumkin. LHT tarkibiga tarmoq kabeli, interfeys kartalari, operatsion sistemalar, umumiy foydalanish qurilmalari, ko’prik(bridge) va shlyuz(gateway)lar kiradi. Tarmoq tuzilishi yoki topologiyasi besh xil bo’lishi mumkin.


Katta tarmoqlar ham foydali bo’lishiga qaramasdan, ko’pgina kompaniyalar bir bino hududidagi qurilma va kompyuterlarni lokal tarmoqlarni birlashtirishni afzal ko’rishadi. Biz quyida lokal tarmoqlarning quyidagi jihatlari xususida to’xtalamiz:
- lokal tarmoq turlari: PBX va LHT;
- LHT turlari;
- LHT tarkibiy qismlari;
- LHT topologiyasi: yulduz, halqa, shina, gibrid va FDDI;
- Impact of LANs.


­PBX (Private Branch Exchange-). Bino doirasidagi telefon simlari orqali aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi telefon liniyasiga ham ulanishi mumkin. Bu eski texnologiya bo’lib, hozir asta-sekin kamayib bormoqda. Tezligi past.
LHT (Local Area Network). PBX mavjud telefon liniyalari orqali aloqa qilishni ta’minlay oladi. LHT esa odatda aloqa kanaliga ega bo’lishi kerak. Bu kanal simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. LHT kommunikatsion aloqalar, tarmoq operatsion sistemasi, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stantsiyalar, serverlar va boshqa umumfoydalanishga mo’ljallangan qurilmalardan iborat. Bu qurilmalarga printerlar, skanerlar vav saqlash qurilmalari kirishi mumkin. Katta tarmoqlardan farqli o’laroq LHTlarda xost-kompyuterdan foydalanilmaydi.


2.LHT turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).

LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring.


Kliyent-server tipidagi LHT. Bu tipdagi LHT talab qiluvchi mikrokompyuter – kliyentlar va xizmat ko’rsatuvchi qurilmalar-serverlardan iborat. Server taqsimlangan ma’lumot va qurilmalarni(masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi. Tarmoq operatsion sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter bo’lib, katta operativ xotira va katta si\imli qattiq diskka ega bo’ladi. Yaqin o’tmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi LHTlar eng ko’p tarqalgan edi. Kliyent-server texnologiyasi Internet tarmog’iga ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi operatsion sistema va brouzerga ega bo’lishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin(fayl-server, ma’lumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo).
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT. “Peer” so’zi “o’zga bilan teng huquqli” degan ma’noni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday serversiz bir-birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishadi. Bunda tarmoq operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent bo’lishiga imkon beradi. Shuning uchun bir kompyuterdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali samarali ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, ma’lumot almashinish tezligi keskin pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga xizmat ko’rsatishiga to’g’ri keladi.
Ko’pgina LHTlar ham kliyent-server, ham piring tipidagi tarmoq birlashmasidan iborat.
3.LHTning tarkibiy qismlari.

LHT bir nechta standart komponentalardan tuzilgan.


Kabel aloqa tizimi. LHTlar telefon tarmog’idan foydalanishmaydi. Ular o’z aloqa kanaliga(simli yoki simsiz) ega bo’lishlari kerak. Simli kanallar buralma-juftli, koaksial kabel va optik tolali kabellardan iborat bo’lishi mukin. Simsiz tamoqda aloqa infraqizil yoki radioto’lqinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Interfeys(tarmoq) kartalariga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlar. Har bir tarmoqqa ulangan kompyuter ma’lumot almashinish uchun kengaytiruvchi slotga ulangan tarmoq adapteriga ega bo’lishi kerak. Bunday karta alohida qurilmada bo’lishi va bir nechta qurilmaga xizmat ko’rsatishii mumkin.
Tarmoq operatsion sistemasi. TOS tarmoqni boshqarib turish va ko’p foydalanuvchi (multiuser), ko’p topshiriqli(multitasking) bo’lishi kerak. Tarmoq turiga qarab u faqat server, yoki har bir kompyuterda yoki ikkalasida ham o’rnatilishi mumkin. Bundan tashqari TOS foydalanuvchilarni ajrata olish uchun ularni parol va yagona nom(ID) bilan ta’minlaydi. TOSlarga Novell Netware, LAN Manager, PC LAN, MS Windows for Workgroups, Windows NT, UNIX larni misol keltirish mumkin.



Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish