Protokollar: ma’lumot tuzatish qoidalari. Ushbu mavzuda berilgantexnik ma’lumotlar oddiy foydalanuvchi uchun juda murakkab tuyulishi mumkin. Aslida esa u kompyuter oldiga o’tirib kommunikatsiya liniyasi orqali biror xabarni jo’natayotganligida uzatishga bog’liq ikir-chikirlar bilan qiziqmaydi. Ammo mutaxassislar tarmoqni doimo kuzatib turishadi va protokollar deb ataluvchi maxsus axborot almashinish koidalari bajarilishini nazorat qilib turishadi. Albatta bu jarayon avtomatlashtirilgan, ammo ko’pincha inson ishtirokisiz xal etib bo’lmaydigan muammolar ro’y berib turadi.
Protokol yoki kommunikatsiya protokoli - bu kommunikatsiya tarmoqlarida turli standart va operatsion sistemalar platformasiga mos qurilma va programmalar o’rtasida ma’lumot almashinish va ularni moslashtirish bo’yicha maxsus qoidalar yigindisidir.
Protokollar kommunikatsion qurilma va programmalar ichiga joylashtirilgan. Protokollar ma’lumot qanday qilib manzilga xatosiz yetib borishi, turli operatsion sistemalar, turli standart va arxitekturadagi qurilmalar orasidagi moslikni va ma’lumot uzatish tezligini ta’minlab turadi.
O’tmishda hamma qurilma va programmalarning ishlab chiqaruvchilari turli standartlar bilan maxsulot ishlab chiqarishardi. Bu emas mos kelmaslik muammosini keltirib chiqardi. Buning natijasida esa turli standartdagi programma va qurilmalar urtasida ma’lumot almashinish juda murakkab bulardi. Yaqin yillarda ko’p ishlab chiqaruvchilar yagona OSI (Open Systems Interconnection) nomli protokollar asosida ishlashga qaror qilishdi. OSI - bu Xalqaro Standartlar Tashkiloti (International Standard Organization) tomonidan qabul qilingan xalqaro standart bo’lib, butun butun dunyo kompyuter kommunikatsiyasi uchun protokollarni ushbu 7 darajasini belgilab qo’ydi:
Fizik protokol. Uzatish muhiti orqali bitlarning uzatilishini boshqaradi.
Bog’lovchi protokol. Bir uzeldan ikkinchi uzelga ma’lumot uzatilishini ta’minlaydi.
Tarmoq protokoli. Tarmoqlararo ma’lumot almashinishni ta’minlaydi.
Transport protokoli. Xabarlarni to’liq uzatilishini nazorat qiladi.
Seans protokoli. Uzatish tartibini boshqaradi: uzatishni boshlash, to’xtatish va hokazoni nazorat qiladi.