Tarmoq texnologiyalari


Paketlar kommutatsiyasi. Multipleksirlash. Protokollar



Download 29,11 Mb.
bet74/287
Sana06.07.2022
Hajmi29,11 Mb.
#743598
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

4. Paketlar kommutatsiyasi. Multipleksirlash. Protokollar.

Paket - bu uzunligi (hajmi) fiksirlangan (qat’iy belgilangan) va uzatishga muljallangan ma’lumot tuplamidir. Paketlar kommutatsiyasi - bu keng tarmoqlarda (masalan, Internet) elektron xabarlarni paketlarga ajratib kerakli manzilga eng qisqa yullar(marshrut yoki trafik) orqali junatishga asoslangan texnologiyadir. (Keng tarmoq yoki WAN - bu katta xududga tarqalgan tarmoqdir). Bu texnologiyaning afzalligi shundan iboratki u tarmoqdagi katta hajmdagi trafikdan samarali foydalanishga imkon beradi. Bu ko’p sondagi foydalanuvchilarga tarmoqni optimal ishlatishga imkon beradi va ancha mablag’ni xam tejaydi. Bu metod ma’lumotlarni uzoq masofalarga(boshqa davlat va kit’alarga) uzatish uchun juda qulay. Xush, paketlar kommutatsiyasi qanday ro’y beradi? Uzatuvchi kompyuter, aniqrogi undagi kommunikatsion qurilma va programmalar ma’lumotni paketlarga ajratadi. Turli paketlar turli yo’llar orqali, turli tezliklarda va ba’zan boshqa paketlar bilan birga uzatiladi. Paketlar kerakli manzilga yetganda, qabul qiluvchi kompyuter ularni yana yaxlit ma’lumotga aylantirib oladi. Paketlar kommutatsiyasi ma’lumot uzatish uchun qulay, ammo to’g’ridan-to’g’ri uzatish (masalan, radio, TV va video) uchun noqulay hisoblanadi. Umuman olganda paketlar kommutatsiyasi ruy berishi uchun TCP/IP protokoli javobgar. Bu protokol to’g’risida keyinrok to’xtalamiz.


Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish.
Kommunikatsiya liniyalari xar qanday kompyuter yoki terminalga nisbatan kattaroq sig’imga ega. Bu liniyalardan ma’lumot saqlash uchun foydalanish qimmatga tushishi mumkinligi sababli turli kommunikatsiya qurilmalarning bir vaqtda bitta liniyadan foydalana olishlari aynan samaraliroq bo’lardi. Bu jarayon multipleksirlash deyiladi. Multipleksirlash-bu ko’p signallarni bir vaqtda bitta kommunikatsiya kanali orqali uzatishdir.
Multipleksilashni amalga oshirish uchun uch turdagi qurilmalar kerak: multipleksor, kontsentrator va FEP.

  • Multipleksor. Bu turli past tezlikdagi uzatishlarni yagona yuqori tezlikdagi uzatishga birlashtiruvchi qurilmadir. Modeliga qarab, yagona aloqa liniyasiga 32 ta yoki ko’proq qurilmalarni ulash mumkin. Multipleksor orqali uzatiladigan ma’lumotni shu tipdagi mulipleksor qabul qilishi kerak. Uzatuvchi multipleksor turlii qurilmalar uzatayotgan m’lumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda uzatadi. qabul qiluvchi multipleksor esa qabul qilingan xabarlarni saralaydi va kerakli qurilmalarga ajratib uzatadi.

  • Kontsentrator. Kontsentratorlar xam multipleksor kabi bir nechta kurrilmalarga bitta kommunikatsiya liniyasidan foydalanishga imkon beradi. Ammo multipleksordan farqli o’laroq, kontsentrator ma’lumotni vaqtinchalik saqlash qurilmasiga yigadi.

  • FEP (Front-End Processor). Bu qurilma katta kompyuter-meynfreymga ulangan mikrokompyuter bo’lib, uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi. U kommunikatsiya liniyasiga meynfreym ma’lumotlarini uzatadi, xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asosiy protsessor vaqtini kerakli hisob-kitoblarga sarflashga imkon beradi. FEP ba’zan kommunikatsiya kontrollyori deb xam yuritiladi.


Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish