Tarmoq texnologiyalari


Uzatish yo’nalishlari va rejimlari



Download 29,11 Mb.
bet73/287
Sana06.07.2022
Hajmi29,11 Mb.
#743598
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

3. Uzatish yo’nalishlari va rejimlari.
Ma’lumotoqimiyo’nalishlari: simpleks, yarimdupleksvato’liqdupleks.
Ikkitama’lumotalmashinishuchunulangankompyuterlarurtasidama’lumotalmashinishuchxilusuldaamalgaoshiriladi: simpleks, yarimdupleksvato’liqdupleks.
-Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida ma’lumot fakat bir tomonga karab okadi. Bunga an’anaviy televideniyeni misol keltirish mumkin: ma’lumot doim uzatish stantsiyasidan televizion antennalarga uzatiladi. Teskari yo’nalishda xech qanday signallar uzatilmaydi. Ba’zi kompyuterlashgan ma’lumot yiguvchi qurilmalar xam shu printsip asosida ishlaydi(masalan, yer kimirlashi parametrlarini ulchaydigan seysmograf).
-Yarim dupleks uzatish. Bu usulda ma’lumot ikkala yo’nalishda xam uzatilishi mumkin, ammo bir vaqtda bu yo’nalishlardan biri orqaligina ma’lumot uzatilishi mumkin. Bu usul ma’lumot almashinish uchun eng keng ishlatiladi.
-To’liq dupleks uzatish. Bu usulda ma’lumot bir vaqtda ikkala yo’nalish bo’yicha xam uzatilishi mumkin. Telefon yordamida gaplashishni bunga uxshatish mumkin. Bunday ma’lumot almashinish usuli yirik kompyuter tizimlarida qo’llaniladi. Bu usuldan ba’zi yangi modem turlarida va Microsoft Netmeeting kabi programmalar bilan ishlayotganda xam foydalanish mumkin.
Ma’lumot uzatish rejimlari: asinxron va sinxron.
Tasavvur qiling, kompyuteringiz “TABRIKLAYMIZ!!!” so’zini bit va baytlar shaklida aloqa liniyasi orqali uzatyapti. Savol tug’iladi: qabul qiluvchi qurilma qaysi bayt(bitlar ketma-ketligi) qachon boshlangan (ya’ni aynan qaysi bitdan boshlangan) va qayerda tugaganligini qanday aniqlaydi? Masalan, ….10001001010010110 010010101101…. Bo’lakda qaysi baytlar turibdi. Baytlar nima bilan ajratilgan. Albatta 1 baytning 8 bitdan iborat ekanligini bilish xam buni aniqlash uchun yetarli emas. Bayt aynan qaysi bit (0 yoki 1) dan boshlangan va tugaganligini bilish kerak. Sinxron va asinxron uzatish shu narsaga asoslangan. Umuman, xar qanday ma’lumot yo sinxron yoki asinxron usulda uzatiladi.

  • Asinxron ma’lumot uzatish. Bu usul deyarli barcha shaxsiy kompyuterlarda qo’llaniladi va “boshlash-tugatish (start-stop) uzatish” deb xam yuritiladi. (“Asinxron” suzi kadimgi grekcha suz bo’lib, “vaqti bir xil emas” degan ma’noni bildiradi). Asinxron uzatishda xar bir vaqt oraligida bitta bayt(bitlar ketma-ketligi) uzatiladi. Bunda xar bir baytni tashkil etuvchi bitlar ketma-ketligi “qavslarga” olingan va maxsus boshqaruvchi bitlar(“qavslar”) bilan birga uzatiladi. Bu “qavslar” xam boshlanish biti(start bit) va tuxtash biti(stop bit) lardan iborat. Boshlanish biti baytni tashkil etuvchi birinchi bitdan oldin, tuxtash biti esa baytni tashkil etuvchi oxirgi bitdan keyin “turadi”.

Ko’pgina shaxsiy kompyuterlarda bu usul qo’llaniladi, ammo bunda ma’lumot uzatish tezligi nisbatan past. qisqa muddat ichida katta xajmdagi ma’lumotni uzatish uchun albatta bu metod ancha noqulay. Bu usulning afzalliki shundaki, ma’lumot junatuvchi axborotnip xoxlagan paytda junatishi mumkin.

  • Sinxron ma’lumot uzatish. Asinxron uzatishdan farkli ularok sinxron uzatishda ma’lumot boshlovchi va tugatuvchi bitlar orqali emas, balki ma’lumot bloklari(baytlar yigindisi) uzatiladi. (“Sinxron” suzi kadimgi grekcha suz bo’lib, “bir vaqtda” degan ma’noni bildiradi). Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar bir bayt boshi va oxirida emas, balki xar bir blok (baytlar ketma-ketligi) boshi va oxirida bo’ladi. Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni bir-biridan ajratib turish, balki uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalardagi ichki soatlar vaqtini bir xilligini(sinxron eanligini) nazorat qilishdan iborat.

Bu usul juda murakkab va qimmatga tushishi sababli shaxsiy kompyuterlarda kam qo’llanilgan. Shunga qaramasdan, ba’zi modemlar kompyuter ketma-ket portidan asinxron tarzda uzatilayotgan signallarni liniyaga sinxron signallar shaklida uzata oladi.



Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish