Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida sо‘zlashish, videoqо‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xarablarni jо‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar tо‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Google Talk dasturi.Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn kо‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli sо‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bо‘lib pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimidi elektron pochta qutisiga ega bо‘lish kerak.
ICQ- hozirgi kunda eng ommabop bо‘lgan internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda xar bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bо‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidanfoydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan sо‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan sо‘ng xabarlar almashish mumkin.
Tvitter ommaviy axborotlarni jо‘natish tizimi, undan tо‘g‘ri foydalanish. Internet tarmog‘ida Blog degan tushuncha kо‘p uchraydi. Bu blogda har bir foydalanuvchi о‘z fikrini qoldirishi va shu fikriga tahlillarni olishi mumkin. Tvitter fikr almashish uchun mо‘ljallangan kichkina blog hisoblanadi. Kichkina blog deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya’ni siz 140 tadan ortiq belgini kirita olmaysiz. Shundan qilib Tvitter axborotlarni jо‘natish tizimi veb sayt orqali matn xabarlarni, SMS xabarlarni, tabriklarni, minnatdorchiliklarni hamda shunga о‘xshash turli ma’lumotlarni jо‘natish mumkin. Shuni unutmang - siz jо‘natgan xabar yoki ma’lumot barchaga Internet orqali kо‘rinadi va imkonli bо‘ladi. Shuning uchun, xabarlarni yozishda va jо‘natishda axborotlardan foydalanish va ishlash madaniyati qoidalariga rioya qiling.
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanishingiz oqibatida paydo bо‘layotgan barcha sharhlar, о‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning ruxsatingizsiz ham foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda о‘zingiz tо‘g‘ringizdagi ma’lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bо‘ling. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma’lumotlarni, har xil nojо‘ya sо‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |