Tarmoq sistemasi o‘rtasidagi eng so‘nggi faol va sust uskunalarini tanlash Reja: 0 base uskunasi



Download 0,73 Mb.
bet7/8
Sana31.03.2022
Hajmi0,73 Mb.
#520650
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarmoq sistemasi ortasidagi eng song

100 BASE-T4 uskunasi

100 BASE-T4 uskunasining 100 BASE-TXuskunasidan asosiy farqi, axborot uzatilishi ikkita juftlikdan emas, balki ekranlashtirilmagan to‘rtta o‘ralgan juftliklar orqali amalga oshirilishida. Kabel 100 BASE - TX holatiga qaraganda, ancha sifati past bo‘lishi ham mumkin (3, 4 yoki-5-toifadagi). 100 BASE-T4 tizimidagi qabul qilingan signallarni kodlashtirish usuli har qanday kabel toifasidan foydalanilganda ham 100 Mbit/s tezlikni ta’minlay oladi, vaholanki, standart tomonidan imkoniyat bo‘lsa 5-toifadagi kabel ishlatilishi tavsiya etiladi.


100 BASE-T4 uskunasida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish, 100BASE-TX dan hech farq qilmaydi (3.15-rasm). Kompyuterlar konsentratorlarga «Passiv yulduz» sxemasi bo‘yicha ulanadi. Kabel uzunliklari ham shuningdek, 100 metrdan oshishi mumkin emas (standart bu holda ham 90 metrni tavsiya etadi, 10 % li zaxirani
3.5-jadval
100 BASE-T4 segmenti uchun RJ-45 turidagi razyom kontaktlarining taqsimoti (TX- axborotlarni uzatish, RX – axborotlarni qabul qilish, BI - ikki tarafga yo‘nalgan uzatish)

Kontakt

Vazifasi

Simning rangi




1
2
3
4
5
6
7
8

TX D1 +
TX Dl-
RX D2+
BI D3+
BI D3-
RX D-
BI D4+
BI D4-

Qq/qovoqrang
Qovoqrang/oq
Oq/yashil
Ko‘k/oq
Oq/ko‘k
Yashil/oq
Oq/jigarrang
Jigarrang/oq

























hisobga olgan holda). Lozim bo‘lgan taqdirda adapterlar bilan kabellar o‘rtasida alohida ajratilgan transiverlardan foydalanish mumkin.
100 BASE-TX holidagi kabi, tarmoq kabelini adapterga (transiverga) va konsentratorga ulash uchun 8 kontaktli RJ-45 razyomi ishlatiladi. Lekin bu vaziyatda razyomning hamma 8 kontaktidan foydalaniladi. 3.5-jadvalda razyom kontaktlarining vazifalari keltirilgan.

3.18-rasm. 100BASE-T4 tarmoqning to‘g‘ri va chorraha kabeli.
Axborot almashinuvi, bitta o‘ralgan juftlik orqali uzatish uchun, ikkinchi o‘ralgan juftlik orqali qabul qilish uchun va yana ikkita o‘ralgan juftliklardan ikki tomonga uch qiymatli differensial signallarni uzatish orqali olib boriladi.
Ikkita kompyuterni konsentrator ishtirokisiz ulashni amalga oshirish uchun chorraha kabellaridan foydalaniladi. Oddiy to‘g‘ri kabel yordamida kompyuterni konsentratorga ulash amalga oshiriladi, ulardagi razyomlarning bir xil nomli kontaktlari bir-biri bilan to‘g‘ri ulanadi. Kabel chizmalari 3.18-rasmda keltirilgan. Agarda, chorraha ulanish konsentrator ichida amalga oshirilsa, tegishli port «X» harfi bilan belgilab qo‘yilishi kerak. Ko‘rib turibmizki, bu yerda ham aynan 100 BASE-TX va 10 BASE-T kabidir.
100 BASE-T4 segmentida 3-toifadagi kabel yordamida axborot uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish uchun axborotni kodlashtirishning o‘ziga xos yagona usuli ishlatildi, bu usul 8B/6T nomi bilan yuritiladi. Uning g‘oyasi quyidagidan iborat: uzatilishi lozim bo‘lgan 8 bitli axborotni 6 ternerli (3 qiymatli -3,5 V, +3,5 V



3.19-rasm. 100 BASE-T4 segmentida 8B/6T axborotini kodlash.

va 0 V) signalga o‘zgartiriladi. Ular keyin ikki taktda uchta o‘ralgan juftlik kabeli orqali uzatiladi. Olti razryadli uch qiymatli kodda umumiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar soni 36 = 729 ga teng bo‘ladi, bu esa 28 = 256 dan ko‘p, ya’ni razryadlar sonini kamayishi hech qanday muammoga olib kelmaydi. Natijada, har bir o‘ralgan juftlikdan 25 Mbit/s tezlikda axborot o‘tadi, ya’ni 12,5 MGs o‘tkazish yo‘lagi talab qilinadi, xolos (7.19-rasm). Axborot uzatish uchun bir vaqtning o‘zida ikkita ikki tarafga yo‘nalgan o‘ralgan juftlik (B1-D3 va B1-D4) va bir tomonga yo‘nalgan (TX_D1 yoki RX_D2) juftlikdan foydalaniladi. To‘rtinchi o‘ralgan juftlik axborot uzatishda qatnashmaydi (TX_DJ yoki RX_D2), kolliziya holatini aniqlash uchun ishlatiladi.


Tarmoq butunligini nazorat qilish uchun 100 BASE-T4 da ham maxsus FLP signalni tarmoq paketi tugab, keyingisi boshlanish oralig‘ida uzatish ko‘zda tutilgan. Aloqa yo‘li butunligi yorug‘lik diodlari «Link» yonishi orqali ma’lum bo‘ladi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish