Тармоқ машиналарини ҳисоблаш ва лойиҳалаш


Тараш жараёнининг мазмуни



Download 5,03 Mb.
bet9/51
Sana31.03.2022
Hajmi5,03 Mb.
#520904
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
otabek 2

Тараш жараёнининг мазмуни.

  • Тараш машиналарининг технологик схемалари.

    Paxta tolalarini tarash jarayoni vazifalari. Tarash jarayonida paxta bo’laklari ayrim tolalarga ajraladi, paxtada qolgan xas-cho'plar, iflos aralashmalardan va qisman kalta tolalardan tozalanadi. Tolalar qisman to'g'rilanadi, parallellanadi, mahsulot ingichkalashadi va yarim mahsulot - pilta hosil bo’ladi.
    Paxta tolalarini tarash mashinalarida quyidagi ishlar bajariladi:
    1. Titish-savash mashinalaridan keltirilgan paxta massasini mayda bo'lakchalarga, ayrim tolalarga ajratib, tolalarni tarash.
    2. Paxtani yopishqoq xas-cho’p va nuqsonlardan tozalash, kalta tolalarning bir qismini tarab tashlash.
    3. Paxta qatlamini ancha yupqalashtirish, tolalarning uchlarini biroz to’g’rilash va ularni qisman bir-birlariga parallellash.
    4. Taralgan va tozalangan paxtadan sifatli pilta tayyorlash va uni maxsus idishga taxlash.
    Bu ishlarni bajaruvchi tarash mashinalari, avval ishchi qismining turiga qarab ikki xil bo'ladi:
    1. Shlyapkali tarash mashinalari.
    2. Valikli tarash mashinalari.
    Hоzirgi zamоn tarash mashinalari ikki usulda ta`minlanadi.
    1. Оg’irligi 16-24 kg bo’lgan xоlst bilan ta`minlash.
    2. Xоlstsiz bunkerlar yordamida ta`minlash.
    Xоlstsiz usulda xar bir savash mashinasiga 6 yoki 8 tarash mashinasi paxta bo’lakchalarini avtоmatik havо trubalar yordamida ta`minlab pоtоk liniyalari xоsil qiladi.
    Qabul barabani uzelida, xоlst uzatuvchi valik, ta`minlоvchi tsilindr va stоlcha, chiqindilar ajratuvchi pichоq, bir juft ishchi valiklar va qabul barabanidan ibоrat.
    Qabul barabaniga kelayotgan paxta qatlami ta`minlоvchi tsilindrga ko’yilgan katta kuch evaziga siqib turiladi. Eng katta siqish kuchi ta`minlоvchi stоlchaning uchiga to’g’ri keladi.
    Tarash jarayoni samarali bo’lishi uchun qator texnologik ko'rsatkichlar mavjud bo'lib, ularni to’g’ri tanlash lozim.
    Ta'minlovchi stolchaning profili. Ta'minlovchi silliq stolchaning vazifasi tarash mashinasining qabul barabani tolalar tutamiga zarbiy ta'sir ko'rsatayotgan paytda tutamni mahkam ushlab turishdan iborat. Agar stolchaning profili noto'g'ri tanlansa, qabul barabanining tishlari tola tutamiga asta-sekin sanchilib, tolalarni tarash paytida ularni uzib yuboradi.
    Qabul barabani garniturasi tishining qiyalik burchagi. Qabul barabanining tolalar tutamini yaxshi tarashi garniturasi tishlarining tolalar tutamiga sanchilishiga va bu tishlarning qiyalik burchagiga bog’liq. Bu burchak tarash burchagi deb ataladi. Uning optimal qiymati topilsa, tishlar tolalar tutami orasiga kirib, ularni yaxshi taraydi.
    Qabul barabanining jadalligi. Qabul barabani qancha jadal ishlasa, paxta
    Paxta tolalarini tarashda shlyapkali tarash mashinalari ishlatiladi. Quyidagi rasmda shlyapkali tarash mashinasining texnologik chizmasi keltirilgan.

    1-rasm. Shlyapkali tarash mashinasining texnologik chizmasi.


    Xolst (X) sekin aylanib turgan bitta yoki ikkita valik (1) yordamida yoziladi va silliq stol (2) da sirpanib, sekin aylanib turgan ta'minlovchi silindr (3) ga boradi. Bu silindr paxta tushumlarini stolchaning qayrilgan ustki qismiga katta kuch bilan bosib tez aylanib turgan qabul barabani (4) ga beradi. Barabanning sirti arrasimon tishli lenta bilan qoplangan. Tishlar baraban aylanadigan tomonga yo'nalgan bo’ladi.


    Qabul barabani tishlari ta'minlov silindri uzatgan xolstga qadalib, uning tolalarini jadal titadi, mayda tutamlar va alohida tolalarga ajratadi. Tolalar xas-cho'p va iflosliklardan tozalanadi va navbatdagi ignali sirtlarning ishini osonlashtirishni ta'minlaydi. Qabul barabani ostiga pichoq (5) o'rnatilgan. Pichoqlar paxta massasidagi qolgan-qutgan yirik xas-cho'plarni urib mashinaning ostiga tushiradi. Panjara ostiga kalta tolalarning bir qismi va mayda xas-cho'plar ham ajratib tushadi. Bunday chiqindi momiq bo'ladi. Ayni vaqtda pichoqlar va panjara yaxshi tolalarni qabul barabani tishlaridan tushib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Agar tolalar qabul barabani tishlaridan panjaraga tushsa, yana barabanning tishlariga ilashib ketadi. Ya'ni (uzun) tolalar qabul barabanining ostidagi chiqindi kamerasiga tushib ketmasligi uchun pichoqlar va panjara bilan qabul barabani o'rtasidagi oraliq ma'qbul bo'lishi lozim.
    Qabul barabani tishlariga ilashib ketgan ayrim tolalar va tutamlar elastik ignali lenta yoki metall arrali lenta qoplangan katta baraban (8) ga beriladi. Ammo hamma tolalar qabul barabanidan birdaniga katta barabanga o'tmaydi. Katta baraban qabul barabaniga yaqinlashgan joyda uning sirti qabul barabani harakat qilayotgan tomonga harakatlanadi, lekin qabul barabaniga qaraganda bir necha marta tezroq harakatlanadi.
    Qabul barabaniga qaraganda katta baraban tezligining kattaligi, ularning o'rtasidagi oraliq kichikligi tufayli va markazdan qochma kuch ta'sirida tolalar qabul barabanidan katta baraban sirtiga o'tadi. Baraban sirtidagi ignalar uning aylanish tomoniga qarab ma'lum burchak bilan egilgan bo’ladi. Katta baraban tolalarini qabul barabanidan olib, uning ustiga joylashgan shlyapka (19) ga keltirib beradi. Markazdan qochma kuch ta'sirida tolalar chetga uchib ketmasligi uchun katta barabanning qabul barabani bilan shlyapka orasidagi sirti maxsus orqa pilta bilan to'silgan. Shlyapkalar bir-biriga zanjir yordamida ulanib, shlyapkalar polotnosini hosil qiladi, shlyapka polotnosi baraban aylanayotgan tomonga qarab nisbatan ancha sekin aylanadi.




    1. Download 5,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish