Pnevmorapirali arqoq tashlash mexanizmlariga amalda oqimli – pnevmatik va gidravlik hamda rapirali arqoq tashlash mexanizmlarining gibridi deb qarash mumkin. Shu nuqtai nazardan oldin mazkur mexanizmlar bilan qisqacha tanishamiz .
Oqimli arqoq tashlash mexanizmlari.Oqimli arqoq tashlash mexanizmlarida havo yoki suv arqoqni harakatlantiruvchi muhit bo’lib xizmat qiladi. Arqoqni homuzada harakatlantiruvchi kuch tashuvchi muhitning tezligiga bog’liq. Bu kuchning kattaligi odatda arqoqni bevosita bobinadan chuvab olishga yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun qo’shimcha o’lchab beruvchi mexanizmning bo’lishi talab etiladi. O’lchab beruvchi mexanizmning asosiy vazifasi berilgan uzunlikdagi arqoqni xomuzaga tashlashga tayyorlashdan iborat.
Pnevmatik to’quv dastgohlari siqilgan havo bilan umumiy markazlashgan manbadan yoki individual kompressorlardan ta’minlanadilar. Gidravlik to’quv dastgohlari individual suv haydovchi nasoslar bilan ta’minlanadilar.
18.16-rasmda oqimli arqoq tashlash mexanizmli to’quv dastgohidagi texnologik amallarning namunaviy ketma-ketligi keltirilgan.
Arqoq 2 konussimon bobina 1 dan chuvab olinib yo’naltiruvchi ko’zlar va taranglagich 3 dan o’tadi. O’lchovchi qurilma 4 homuzaga tashlashga yetarli uzunlikdagi arqoqni o’lchab oladi. Qisqich 8 lar arqoqni tashlashdan oldin titib turishga xizmat qiladi. Havo yoki suv uchlik konus naycha 6 ga quvur 7 orqali beriladi.
Oqimli to’quv dastgohida arqoq tashlash jarayoni uchta davrdan iborat bo’ladi (1-rasm).
1-davr. Tig’ 5 orqaga harakatlanadi. O’lchovchi qurilma 4 berilgan uzunlikdagi arqoqni homuza tashlashga tayyorlashni tugatadi.
2-davr. Qisqich 8 lar ochiq konus naycha 6 ga havo yoki suv beriladi va arqoq homuza orqali harakatlanadi.
3 davr. Arqoqni homuzaga tashlash tugaganda qisqich 8 lar arqoq ipini mahkam tutadilar. Tig’ 5 tashlangan arqoqni mato qirg’og’iga uriladi va qaychi 9 arqoqni konus naycha yonidan qirqadi. Bir vaqtning o’zida arqoq chirmovchi o’rilish 10 bilan milkda mahkamlanadi. Arqoqni o’rashdan oldinoq o’lchovchi qurilma keyingi tashlanadigan arqoq ipini tayyorlashni boshlaydi.
Deyarli barcha arqoqni oqimli tashlovchi to’quv dastgolarida arqoq dastgohning bir tomonidan tashlanadi.
Shuningdek barcha arqoqni oqimli tashlaydigan dastgohlarda arqoq tashlash tizimi mashinaning ramasida harakatsiz o’rnatiladi. Shuning uchun ularda batan faqat tig’ni harakatlantiradi, uning inertsiya momenti kichkina.