33
Oq po’stloqli, bo’yi 10-20 m ga yetadigan daraxt. Shoxlari osilgan, novdalari
(bir yoshdagilari) qizil-qo’ng’ir rangda. Bargi oddiy,
uchburchak, romb shaklida
yoki yuraksimon, o’tkir uchli, qirrasi qo’sh tishli bo’lib, poyada bandi bilan ketma-
ket o’rnashgan. Shoxchalari va barglari xushbo’y hidli, smolali bezlar yoki
sugalchalar bilan qoplangan.
Gullari bir jinsli, kuchalaga to’plangan. Mevasi –
yong’oqcha.
Aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi avgustda pishadi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi
. Tayyor mahsulot cho’ziq, konus shaklidagi
o’tkir uchli kurtakdan iborat. Kurtak tuksiz, yopishqoq, uzunligi 3-7mm,
yo’g’onligi 1,5-2mm, cheti zich va cherepitsasimon o’rnashgan qizil-qo’ng’ir
tangachalar bilan qoplangan. Kurtaklar xushbo’y hidga,
burishtiruvchi va smola
mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Qayin daraxti kurtagi tarkibida 3,5-8,0% efir moyi, flavon
birikmalari (sakuranetin, apigenin, akatsetin, kemferid, izoramnetin va boshqalar),
3 % saponinlar, smola, askorbin kislota, oshlovchi va antibiotik moddalar bo’ladi.
XI-DFga ko’ra kurtaklar tarkibidagi efir moyining miqdori 0,2% dan kam
bo’lmasligi kerak.
CH
2
OH
Kurtakning efir moyi sariq rangdagi xushbo’y, quyuq suyuqlik. Efir moyi past
haroratda kristal - stearopten qismini ajratadi.
Moy tarkibida bisiklik seskviterpen spirti - betulen (41-47% sof va 30-45%
sirka kislota bilan birikkan holda), betulenol, betulol, kariofillen,
naftalin va
boshqa birikmalar bo’ladi.
Barg tarkibida 0,04-0,81% efir moyi, 2,8% gacha askorbin kislota, 5-9%
oshlovchi
moddalar, 3,2% gacha saponinlar, betuloretin kislota efiri,
triterpen
spirtlari, flavonoidlar (giperozid, miritsetin-3-digalaktozid, kvertsetin, apigenin va
kempferol) va boshqa moddalar bor. Barg va kurtak bakteritsid xossaga ega.
Qayin po’stlog’i tarkibida triterpin spirti - betulin, betulozid va gaulterin
glikozidlar, 15% gacha oshlovchi moddalar, efir moyi va alkaloidlar bo’ladi.
Ishlatilishi.
Qayin daraxti kurtagi va bargining preparatlari siydik haydovchi
dori sifatida qo’llaniladi.
Bundan tashqari, bargi avitaminoz kasalliklarida, kurtak
preparatlari esa o’t haydovchi vosita sifatida (xoletsistit va boshqa kasalliklarda)
ishlatiladi. Qayin bargi buyrakning nefroz va nefrit kasalliklarini
davolash uchun
tavsiya etilgan.
Daraxtning qatroni - qora moyi yaralarni davolash uchun qo’llaniladigan
Vishnevskiy suyuq surtmasi, qo’tir va boshqa teri kasalliklarini
davolashda
ishlatiladigan Vilkinson surtmasi tarkibiga kiradi. Faollashtirilgan ko’miri -
34
karbolen qorin dam bo’lganda hamda kolit, me’da shirasining kislotasi ko’paygan
hollarda va zaharlar bilan zaharlanganda qo’llaniladi.
Qayin daraxti shirasi o’pka kasalliklari (bronxit, o’pka sili)ni davolashda
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: