Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana23.12.2022
Hajmi1,53 Mb.
#895264
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun 
buyuk bir qadamdir.
Bu oʻsha edi. Biroz avval uyqusi kelmay, dunyoning yoʻqolgan 
mixini topish maqsadida yarim kechasi hamma narsadan voz 


47 
kechib yoʻlga tushgan inson... Soʻngra zinada yana biri paydo 
boʻldi. Kendin uni ham tanidi. Mixga bolgʻa topish uchun yelib-
yugurgan odam edi unisi. 
O’sha yerning oʻrtasiga katta bayroq oʻrnatgach, yosh bola 
singari koʻngilxushlik qilishni boshlab yubordilar. Kendin 
shunday taʼsirlangan ediki, ular bilan barobar yugurdi, joʻshdi, 
oʻzidan kechdi goʻyo... Oʻyin-kulgi bitgach, Jin Kendinni yoniga 
chaqirib, yerdagi oyoq iziga ishora qilib soʻradi: 
- Shiftda oyoq izini koʻrsang, hayron qolarmiding? 
- Yoʻq, albatta, - dedi Kendin.
- Uyquni qochiradigan maqsad mana shunday boʻladi. Kechani 
kunduzga ulab ishlaysan. Oyga kelib, oyoq izingni qoldirasan. 
Soʻng seni "Oyga chiqqan ilk inson" deb ataydilar. Neil 
Armstrong boʻlasan, Buzz Aldrin boʻlasan, Maykl Kollins 
boʻlasan... Ismingni "eng, eng, eng" lar qatoriga yozadilar. 
Hamma hayron qoladi. Buni qanday qilganingga qoyil qolishadi. 
Sen faqatgina jilmayib qoʻyasan. Nima uchun bunchalik 
hayratlanayotganlarini tushunmaysan. Hech kimsa sening eng 
buyuk siring ishlashdan boshqa narsa emasligini taxmin 
qilolmaydi.
Bu orada mixchi va bolgʻachi bir-birlariga qarab oʻzlarining eng 
buyuk sirlari haqida oʻylagancha jilmayishardi. 


48 
10-bob 
OQ OTLI VA UNING QILICHI 
Keng bir maydonda Jin va Kendindan tashqari hamma dod-
faryod solar, insonlar qiyomat qoyim boʻlgandek yugurishardi. 
Havoda oʻqlar uchar, yosh tanalarni quvib yetib, ilma-teshik 
qilardi. Sovuq, muzdek oʻqlar... Toʻpponchadan, miltiqdan 
chang-toʻzon ichida otilgan har bir oʻq bir insonning hayotiga 
nuqta qoʻygan ayanchli qirgʻin edi bu.
Urush edi, qon edi, dod-faryod edi. Kim biladi bu qancha davom 
etadi: kunlab, oylab, balki-da yillab davom etar?... Balki aslo 
tugamas u boʻron-la musobaqalashgan oʻq yomgʻiri. Qanchalik 
koʻrinmas boʻlmasin, Kendin ham inson edi. Holsiz Jinga 
suyanib qoldi. Jin ham sarosimaga tushgandi. Maydonda shunday 
bir dahshat bor ediki, quyosh nurini, osmondagi bulutlarni, 
yerdagi tuproqni toʻsib qoʻyardi. Bu kun ilk bora chumolilar ham 
uyalaridan chiqishmagandi. Azroil oppoq otning ustiga mingan 
holda, qilichining uchida ajal tarqatib yurardi goʻyo.
Jin Kendinning qoʻlidan ushlab, yuqoriga chiqardi. Oʻqlar, 
qilichlar boʻlmagan joyga... Urushni kuzatdilar. Kendin daryo-
daryo oqqan qonni koʻrib, qizil rangga nisbatan ich-ichidan nafrat 
his qildi.
- Ketaylik bu yerdan!, - dedi Jinga.
- Sabrli boʻl, doʻstim, uzoq qolmaymiz. Koʻp oʻtmay ketamiz; 
ammo ketayotib qoʻlimiz boʻsh boʻlmasligi kerak. Kuzat bu 
odamlarni, inson istasa nimalar qilolmaydi, qara!
Kendin jimgina qarab turdi. Qoʻllar, oyoqlar, ruhlar, hayotlar, 
insonga doir nima boʻlsa, hammasi havoda uchardi. Ozgina ortga 
chekinib, bu manzaraga takror qarasang, bu safar qoʻl yoki oyoq 
emas, balki buyuk bir rassomning ishonch mavzusida faqatgina 
qizil rangdan foydalanib chizgan ulkan suratini koʻrarding. U 


49 
ikkovlon esa goʻyo surat boshida turib, fikr bildirayotgan 
intellektual insonlarga oʻxshardilar. Jin soʻrab qoldi: 
- Ayt-chi, sen bundan-da yomonroq vaziyatni xayolingga keltira 
olasanmi? 
- Yoʻq, - dedi Kendin oʻylab oʻtirmay.
- Men ham, - dedi Jin va davom etdi: 
- Insonlar kunlab yemay, ichmay, bir zum tin olmay urushadilar. 
Nafas olishning oʻzi ham tavakkal bu yerda.
Ular suratga boqib gaplashib turganlarida baʼzi askarlar vaqti-
vaqti bilan ortga chekinib, yarim soat, koʻpi bilan bir soat uxlab 
olar, soʻngra uygʻonib yana jang qilishda davom etardi. Fursat 
topishsa, boshqalari bilan oʻrin almashishardi. Atrofda uxlash 
uchun na yotoq, na boshqa narsa bor edi. Munosib bir chuqur 
topsalar, miltiqlarini quchoqlab, tepkisini barmoqlariga bogʻlagan 
holda uyquga ketishardi. 
Kendin yotogʻi qonli havza, koʻrpasi oʻq yomgʻiri boʻlgan bu 
jangchilarning uxlashini tomosha qildi. Uxlab yotardilar. Qattiq 
charchoqdan soʻng uxlaganlariga qaramay hurrak otganlar yoʻq 
edi. Kendin Jinga qarab: 
- Urushga chaqirilgan askarlarni hurrak otmaydiganlardan 
tanlaydilarmi?, - deb soʻrab qoldi.
Jin koʻrinib turgan manzaraga hech yarashmagan bir vaziyatda 
qahqaha otib kuldi. Soʻngra birdan toʻxtadi.
- Yoʻq, albatta. Urushda qoʻllaniladigan oʻqlar quloqlari eng 
yaxshi eshitadiganlardan tanlanadi...
Davom etarkan, Jin maʼyus jilmayib qoʻydi: 
- Bu insonlarning har biri boshqa hududdan, turli oʻlkalardan 
kelishgan bu yerga. Hech kim oʻrganib ketish uchun muddatga 


50 
ehtiyoj sezmaydi. Kelish vaqtlari bilan yeyishdan, ichishdan, 
uxlashdan uzilgan onlari bir boʻladi.
Soʻngra tun qorongʻusida yerga qarab ochiladigan qandaydir 
eshikdan ichkariga tushdilar. Ichkarida 4 odam bor boʻlib, siniq 
bir stol atrofida gaplashishar, koʻzlarida oʻt yonib turardi. Ovoz 
chiqarmay, pichirlab maxfiy soʻzlashardilar. "Chanoqqalʼani 
berib qoʻymaymiz!" dedi oralaridan biri. Uning gapi tugamay 
ayni shu jumla bir oʻq ila miltiq uchidan dushman tomon uchdi. 
Jin shunday dedi: 
- Oʻlim yoqasida turarkan, inson uxlash u yoqda tursin, hatto 
nafas ham ololmaydi. Baʼzida urushlar yillab davom etadi, 
muddatning ahamiyati yoʻq. Bu insonlar 1000 yil nafas olmay 
yashashga ham tayyor. Koʻp holatlarda uyidagi rohat-u, issiq 
yotogʻiga ham ragʻbat qilmagan bu insonlarning ayni damda 
aqliga uxlash kelarmidi? 
Kendin tushundi... Endilikda u ushbu fidokorlik moʻjizasini juda 
yaxshi anglay boshlagandi. Bu orada uning koʻzi oq otiga minib, 
askarlar ortidan ergashib yoʻlga tushgan qilichli odamga tushdi. 
Uning qilichi uchida 300 ming ajal bor edi... 


51 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish