2.1 Chosonning iqtisodiyoti
Qishloq xojaligini mamlakat iqtisodiyotining asosi deb bilgan Choson hukmdorlari dehqonchilikni rivojlantirish va dehqonlarning turmush farovonligini oshirishga xarakat qilardilar. Hukumat bosh yotgan yerlarni ozlashtirish, sugorish va zax qochirish tizimlarini rivojlantirish, dehqonchilik qurollarini takomillashtirish, ipak qurti boqish va shoyi matolar ishlab chiqarishga komaklashadigan tadbirlarni amalga oshirar edi. Shu tufayli Choson tarixining ilk davrlarida dehqonchilikning gurkirab rivojlanishi ekin maydonlarining kengayishi, qishloq xojaligi maxsulotlari hajmining keskin oshishi kuzatiladi. Tabiiyki, bu bilan birga davlat xazinasiga tushadigan soliqlar miqdori oshgan, koreys dehqonlarining turmush farovonligi ham yuksalgan.Chosonda dehqonchilik qishloq xojaligiga doir moxsus qabul qilingan va «gvajon» deb ataluvchi qonunlar majmussi yordamida boshqarilgan. Bu hujjatga kora, davlat amaldorlari oz mansablariga mos ravishda yer uchastkasi olganlar, bundan tashqari qirol saroyi ayonlarining yerlori va dehqonlarning xususiy yerlari haqidagi qoidalar ham bu qonunda zikr etilgan edi. Choson davrida koreys dehqonlari davlatga yer soligi tolar, bundan tashqari ulardan olpon yigib olinar va-vaqti-vaqti bilan begar ishlariga (ishlob berish majburiyati) jalb etilardi. Choson tarixining ilk davrlarida qishloq xojaligi taraqiyotiga katta etibor berilgani uchun savdo-sotiq va xunarmandchilik birmuncha kechikib rivojlana boshladi. Dastlab olkaning ichki savdosi Seul va viloyatlar orasida shakllandi. Seulda 6 ta «Savdo uyi» («yukinchjon») ochildi, ular mamlakat savdosini nazorat kilardilar va hirol saroyiga istemol uchun neki kerak bolsa, barchasini yetkazib berishardi. Viloyatlar va tumanlarda xam savdo asta-sekin jonlana boshlodi. 16-asrda joylarda xar besh kunda yoyma bozorlar (yarmarkalar) otkaziladigan boldi, bu yarmarkalarda mollar yerga yoyib tashlangan xolda, chodirlarda yoki savdogarlarning yelkasiga ornatilgan peshtaxtalarda sotilar edi. Chosondagi xunarmandchilik davlatning nazorati ostido rivojlanar edi, bu hol mazkur tabaqa vakillarining asosan davlat buyurtmalariga kora ish bajarganligi bilan izohlanadi hunarmandar mahalliy boshqaruv idoralorining nazoratida ishlar, jang qurollari, metal ҳarflar, devon (kanstelyariya) buyumlari, chinni idishlar yasashardi. Chosonda hunarmandchilikning yuksak taraqqiyoti davlatning homiyligi va nazorati ostida yuz berdi. Shuningdek, mamlakatda xususiy hunarmandchilik ham mavjud edi: hunarmandchilikning bu turi dehqon xojaligiga kerakli asbob- uskunalar va ashyolarni tayyorlash bilan cheklanar va shu sababli bozor uchun deyarli mol chiqarmas edi. Chosonning transport tizimi bizda Amir Temur va temuriylar davridagi kabi tashkil etilgan edi, yani Turkistonda orta asrlarda transport aloqasi uchun uchun karvonsaroylar, sardobalar va «yomolar (aloka punkti) movjud bolanidek, bu mamlakatda xam «yoki» deb atalgan karvonsaroylr, «von» deb atalgan tunash uylari mavjud edi. Ekilar ҳar 30 chakirimda, vonlar esa yo’li qiyin yerlarda qurilar edi. Choson iqtisodiyotining asosiy tarmog'i dehqonchilik bo'lgan. Chorvachilik esa qo'shimcha xo'jalik mashg'uloti bo'lgan. Koreyslarda xitoyliklarga qaraganda metal quyish texnologiyasi va temir buyumlarni ishlab chiqarish, ayniqsa, bronzadan turli kundalik ehtiyoj buyumlarini tayyorlash ham rivojlangan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida amaliy san'at namunalari, xususan, qo'l mehnatiga asoslangan taqinchoqlar, xanjar va kulolchilik buyumlarini tayyorlash rivojlangan. Yaponlarning bosqini natijasida bir qator bosmaxonalar va ron qilingan edi. Keyinchalik Yaponiyada kitob bosishning asosini tashkil etgan metalldan yasalgan harflar olib ketilgan bolsa-da, XVII asrning o'rtalariga kelib bir qancha yuz minglab bosma belgilar ishlab chiqarildi. Natijada kitoblar Imjin urushidan oldingi davrdagidan ko'proq nashr etila boshlandi.Metalldan foydalanish nafaqat qo'shin uchun, balki urushgacha taraqqiy etmagan iqtisodiyotda ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Xususan, kumush qazib olish rivojlandi. Qo'rg'oshin, oltin konla- rini izlash, mis va temir qazib ochish ishlari yanada jadallashdi. Hukumat konchilik ishlariga e'tibor qarata boshladi. Kon ishi bilan shug'ullanish odamlaming dehqonchilikdan chekinish xavfini paydo qildi. Shuning uchun XVIII asr o'rtalarida ko'plab konchi va qazuvchilar o'zlarining topgan metallarini yashirishgan.Ishlab chiqarishning rivojianishi savdo-sotiq jonlanishiga olib keldi. Shaharda yashovchilar (xususan,Seul va Kesonda) dehqonchilikdan savdo-sotiq bilan shug'ullanishga o'tdilar. Savdogarlar qatlami shakllandi. Bu holat mamlakat miqyosidagi savdo munosabatlariga keskin raqobat ruhini olib kirdi. Savdo aylanmasi yerlarga ham kirib keldi. Savdogarlar Xitoy va Yaponiya bilan faol savdo aloqalarini olib bora boshladilar Agar XVII asr o'rtalarida savdoda asosiy rolni davlat o'ynagan bo'lsa, endilikda, uning o'rnini xususiy tadbirkorlar va noqonuniy savdo aloqalari egalladi.Savdo-sotiq munosabatlari o'sib borishi pul muomalasirivojla- nishiga turtki bo'ldi. Ommaviy ravishda pul zarb qilina boshladi. Ma'lum miqdordagi mablag' evaziga yollanib ishlovchilar paydo bo'ldi. Bu esa sudxo'rlikning kengayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |