pora qilib tashlaydigan (kofir)lar kabi bo'lurmilar?!
16. (Ey, Muhammad,) ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular Sizga quloq
solib turadi-da, huzuringizdan chiqqach, ilm ato etilgan zotlardan (masxara sifatida): "Hozirgina
(Muhammad) nima dedi?" - deb so'rarlar. Ana o'shalar Alloh dillarini muhrlab qo'ygan va o'zlarining
havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.
17. Hidoyat topgan zotlarga esa (Alloh) ularga yanada hidoyatni ziyoda qilur va taqvo ato etur.
18. Ular(munofiqlar) endi faqat to'satdan qiyomat kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning
alomatlari keldi. Bas, ularga (qiyomat) kelgan vaqtida, ularning eslatma olishlari qanday (mumkin)
bo'lur?!
19. Bas, (ey, Muhammad,) Allohdan o'zga iloh yo'q ekanini biling va o'z gunohingiz uchun hamda
mo’min va mo’minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi)
kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur.
20. Imon keltirgan zotlar: "(Jihodga buyurilgan) biror sura nozil qilinganida edi", - derlar. Bas,
qachonki, qat'iy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr etilsa, dillarida maraz bo'lgan kimsalarning Sizga
xuddi o'limdan (qo'rqib) behush bo'lib qolgan kimsaning qarashidek qarashayotganini ko'rasiz.
(Holbuki,) ularga loyiq narsa
21. itoat etish va yaxshi so'z (so'zlash) edi. Endi, qachonki, ish (jang) muqarar bo'lganda, agar ular
Allohga sodiq (rostgo'y) bo'lganlarida, albatta, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi.
22. Agar (imondan) bosh tortsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg'unchilik qilarsizlar va
qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar.
23. Unday kimsalarni Alloh la'natlagandir, bas, ularning (quloqlarini) "kar", ko'zlarini "ko'r" qilib
qo'ygandir.
24. Axir, ular Qur'on (oyatlari) haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarda qulflari bordir?!
25. Haqiqatan, o'zlariga hidoyat (yo'li) ravshan bo'lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan
kimsalarga (bu ishlarni) shayton chiroyli qilib ko'rsatdi va ular uchun (puch orzularni) uzaytirib qo'ydi.
26. Bunga (kufrga qaytishlariga) sabab - ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur'onni) yomon ko'rgan
kimsalarga: "Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz", - deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning
yashirgan (sir)larini bilur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
349
27. Bas, farishtalar ularning yuzlari va ketlariga urib, jonlarini olar vaqtida, (hollari) ne kechur?!.
28. Bunga sabab ularning Allohni g'azablantirgan narsaga (munofiqlikka) ergashib, Uning rizoligini
(kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon ko'rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning (qilgan yaxshi) amallarini
behuda ketkazdi.
29. Balki, dillarida maraz (nifoq) bo'lgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi) adovatlarni oshkor
qilmas, deb o'ylagandirlar?!
30. (Ey, Muhammad,) agar xohlasak, albatta, Sizga ularni (munofiqlarni) ko'rsatib (tanitib) qo'ygan
bo'lur edik, u holda Siz ularni belgilaridan tanib olgan bo'lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta, Siz ularni
so'z ohangi (uslubi)dan tanib olursiz. Alloh (barcha) amallaringizni bilib turur.
Izoh: 30-31-oyat. Musulmonlar ichida dilida imon keltirmagan munofiqlar ham bor edi. Ularni turli sinovlar
orqali Rosul (a. s.)ga tanitib qo'yish uchun Alloh taolo mazkur oyatlarni nozil etgan.
31. Albatta, Biz, to sizlarning orangizdagi jihod qiluvchi va sabr qiluvchi zotlarni bilgunimizcha hamda
sizlarning xabarlaringizni sinagunimizcha, sizlarni imtihon qilurmiz.
32. Albatta, kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan to'sgan hamda o'zlariga hidoyat (yo'li)
ravshan bo'lganidan keyin yana Payg'ambarga muxoliflik qilgan kimsalar, Allohga biror zarar yetkaza
olmaslar va (Alloh) ularning ishlarini behuda ketkazur.
33. Ey, imon keltirganlar, Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga itoat etingiz! Amallaringizni zoye
qilmangiz!
34. Albatta, kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan to'sgan, so'ngra kofirlik hollarida o'lgan
kimsalarni Alloh sira mag'firat etmas.
35. Bas, (ey, mo’minlar, jangda) sustkashlik qilmangiz va o'zlaringiz ustun bo'la turib (ularni) sulhga
chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringiz (savobi)ni sira kamaytirmas.
36. Albatta, bu dunyo hayoti faqat o'yin va behudalikdir. Agar sizlar imon keltirsangizlar va taqvoli
bo'lsangizlar, U sizlarga mukofotlaringizni berur va sizlardan mollaringizni so'ramas.
37. Agar (Alloh) sizlardan (mollaringizni) so'rab, sizlarni qiynaydigan bo'lsa, sizlar baxillik qilursizlar va
U sizlarning (dillaringizdagi) gina (adovat)laringizni fosh qilur.
38. Ey, sizlar! Alloh yo'lida ehson qilish uchun da'vat qilinasizlar. Bas, (aniqki) sizlarning orangizda
baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kim baxillik qilsa, bas, faqat o'z zarariga baxillik qilur. Alloh
boy, sizlar esa faqirdirsizlar. Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) bosh tortsangizlar, U (o'rningizga)
sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo'yur, so'ngra ular sizlarga o'xshagan bo'lmaslar, (balki
Allohga itoat qilurlar).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
350
FATH SURASI
Fath so'zining ma'nosi g'alabadir. Albatta, bu so'z ham suraning birinchi oyatidan olinib nomlangan. Bu g'alaba
musulmonlarning g'alabasi ekanligi ma'lum, lekin qaysi jangdagi g'alaba ekanligi xususida turli rivoyatlar
mavjud. Masalan, Makka ahlining tinchlik yo'li bilan Islomga kirishlari, Hudaybiya jangi va Xaybar jangidagi
g'alabalardan biri ekanligiga dalolat qiluvchi qator hadisi shariflar bor. Surada munofiqlik qiluvchi, ko'pchilik
bilan birga yovga qarshi harbiy xizmatga chiqish o'rniga, undan turli bahonalar bilan bosh tortuvchilar tanqid
qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga aniq fath (g'alaba) baxsh etdik.
2. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O'z ne'matini
mukammal qilib berishi, Sizni To'g'ri yo'lga hidoyat qilishi,
3. shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordam berishi uchundir.
4. U (Alloh) O'z imonlariga yana imon qo'shilishi uchun mo'minlarni dillariga taskin tushirgan zotdir.
Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir. Alloh bilimli va hikmatli zotdir.
5. U mo'min va mo'minalarni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga
kiritish uchun va ulardan yomonlik (gunoh)larini o'chirish uchun (shunday qildi). Bu Alloh nazdida
ulkan yutuqdir.
6. Shuningdek, Alloh haqida (mo'minlarga madad bermaydi deb) yomon gumon qiluvchi munofiq va
munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun shunday qildi). Ular uzra halokat
balosi tushuvchidir. Alloh ulardan darg'azab bo'ldi, ularni la'natladi va ular uchun jahannamni
tayyorlab qo'ydi. Naqadar yomon joydir u!
7. Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) Allohnikidir. Alloh qudratli va hikmatli zotdir.
8. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Biz Sizni (qiyomat kuni ummatlarga) guvohlik beruvchi, (mo'minlarga)
xushxabar eltuvchi va (kofirlarni) ogohlantiruvchi qilib yuborgandirmiz.
9. (Biz, Muhammadni) Allohga va uning Payg'ambariga imon keltirishlaringiz uchun va uni qo'llab-
quvatlab, izzat-ikrom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Unga (Allohga) tasbeh aytishlaringiz uchun
(yubordik).
10. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Sizga bay'at (qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bay'at qilgan
bo'lurlar. Allohning "qo'li" ularning qo'llaridan balanddir. Bas, kimki (o'z qasamyodini) buzsa, bas, (u)
faqat o'z zarariga buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulkan
mukofot ato etur.
Izoh: Hudaybiya vodiysidagi bir tup daraxt ostida bir yarim mingga yaqin musulmonlar Rasulullohga har
qanday sharoitda sodiq bo'lishlari haqida qasamyod etganlar. Bu qasamyod "Bay'atur - rizvon" - deb ataladi.
Ya'ni, Alloh rozi bo'ladigan qasamyod demakdir.
11. (Ey, Muhammad,) hali (Madinaga qaytilgach) Sizga a'robiylardan (jangga chiqmay, uyda) qolgan
(munofiq)lar: "Bizlarni mollarimiz va ahl (oila)larimiz band qilib qo'ydi. Endi o'zing bizlar uchun
(Allohdan) mag'firat so'ragin", - derlar. Ular dillarida bo'lmagan narsani (yolg'onni) tillari bilan
ayturlar. Ayting: "Agar (Alloh) sizlarga biror zarar (yetkazish)ni istasa yoki U sizlarga biror manfaat
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
351
(yetkazish)ni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh (tomoni)dan bo'lgan biror narsani (daf qilish)ga ega
bo'la olur?! Yo'q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
12. Balki sizlar Payg'ambar va mo''minlar (bu jangdan) o'z ahl (oila)lariga sira qaytib kelmaydilar, deb
o'yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko'rsatilib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo'luvchi
qavm bo'ldinglar".
13. Kimki Allohga va uning payg'ambariga imon keltirmagan bo'lsa, bas, albatta, Biz (unday) kofirlar
uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz.
14. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohnikidir. (U) xohlagan kishilarni mag'firat qilur va xohlagan
kimsalarni azoblar. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
15. Hali sizlar (Xaybar jangidagi) o'ljalarni olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmay uyda)
qolgan kimsalar: "Bizlarga ham (o'lja olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo'l) qo'yinglar", - derlar.
Ular Allohning kalomini o'zgartirmoqchi bo'ladilar. Ayting: "Sira ham bizlarga ergashmaysizlar. Alloh
ilgari mana shunday degandir". Bas, ular: "Balki, sizlar bizlarga hasad (baxillik) qilayotgandirsizlar", -
derlar. Yo'q, ular kamdan-kam (narsalarnigina) anglarlar.
16. A'robiylardan (jihodga chiqmay) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: "Yaqinda sizlar ashaddiy
kuch egalari bo'lmish bir qavm (bilan jang qilish)ga chorlanursizlar. (O'shanda ё) ular bilan
urusharsizlar yoki ular (jangsiz) Islomga kirurlar. Bas, agar (o'shanda) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga
go'zal mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o'girib ketganlaringizdek yuz o'girib ketsangizlar, (Alloh)
sizlarni alamli azob bilan azoblar.
17. (Jihodga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga haraj (tazyiq) yo'qdir. Cho'loqqa ham haraj yo'qdir,
bemorga ham haraj yo'qdir. Kimki Alloh va uning payg'ambariga itoat etsa, (U) uni ostidan anhorlar
oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kimki yuz o'girib ketsa, uni alamli azob bilan azoblar.
18. (Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo'minlardan - ular daraxt ostida sizga bay'at (qasamyod)
qilayotgan vaqtlarida - rozi bo'ldi. Bas, U ularning dillaridagi narsa (sadoqat)ni bilib, ularga xotirjamlik
tushirdi va ularni (Xaybar jangidagi) yaqin g'alaba bilan mukofotladi.
Izoh: Bir guruh Islomga kirgan musulmonlarning muayyan daraxt ostida Rasululloh huzurida qasamyod
qilganliklari qayd etilgan.
19. (Ular) oladigan ko'pdan-ko'p o'ljalar bilan ham (mukofotladi). Alloh qudratli va hikmatli zotdir.
20. (Ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga o'zingiz oladigan ko'pgina o'ljalar va'da qildi. Endi mana bu (Xaybar
jangidagi o'ljalar)ni esa naqd qilib qo'ydi va (dushman) odamlarning qo'llarini sizlardan to'sib qo'ydi.
Toki (bu ne'matlar) mo''minlarga alomat bo'lgay va (Alloh) sizlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qilgay.
21. Yana sizlar hali qodir bo'lmagan boshqa (o'lja)lar ham borki, Alloh ularni ihota qilib qo'ygandir.
Alloh barcha narsaga qodir zotdir.
22. Agar kofir bo'lgan kimsalar sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, (ular) ortlariga qarab qochgan
bo'lur edilar. So'ngra ular na bir do'st va na bir yordamchi topurlar.
23. (Bu) Allohning yo'li (qonuni) bo'lib, ilgari ham o'tgandir. Allohning yo'liga esa o'zgartirish topa
olmassiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
352
24. U (Alloh) Makkaning ichida (Hudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g'olib
qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan)
zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo'lgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, qurbonlikni esa mahbus
holida, o'z joyiga yetishdan to'sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo'min kishilar va
mo'mina ayollar bo'lmasa edi - sizlar ularni bilmagan holingizda (mushrik deb o'ylab) oyoqosti qilib
qo'yib, ular sababli sizlarga or yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurishdan qaytarmagan bo'lur edi).
Alloh O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga doxil qilish uchun (shunday qildi). Agar (mo''minlar)
ajralib olganlarida, albatta, ulardan (Makka ahlidan) kofir bo'lganlarini alamli azob bilan azoblagan
bo'lur edik.
26. O'shanda kofir bo'lgan kimsalar dillariga g'urur - johiliyat g'ururini solganlarida Alloh O'z
payg'ambarining va mo''minlarning ustiga xotirjamligini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya'ni, "Lo
iloha illalloh"ni) lozim qildi. Ular o'sha (kalima)ga juda haqli va ahl edilar. Alloh barcha narsani
biluvchi zotdir.
27. Qasamki, Alloh O'z Payg'ambariga (u ko'rgan) tushni ro'yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey,
mo'minlar), inshoalloh, Masjidul-Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va
(yoki) qisqartirgan hollaringizda qo'rqmasdan kirursizlar. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib,
undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g'alabani (Xaybar g'alabasiga ega) qildi.
Izoh: Payg'ambar (a. s.) Hudaybiya sulhidan oldin tushlarida sahobalar bilan Makkaga tinch holatda kirib,
Ka'bani ziyorat qilganlar va ularning ba'zilari sochlarini qirdirgan, ba'zilari esa sochini qisqartirgan. Lekin
o'sha yili Makkaga kiraolmaganlar, balki Hudaybiya bilan sulh tuzilgan. Makka fathidan oldin yana bir
g'alabani va'da qilinishiga binoan, bu fath Xaybar fathi, navbatdagisi esa Makka fathi ekanligi ma'lum bo'ladi.
28. U O'z Payg'ambari (Muhammad)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha din(lar)ga
g'olib qilishi uchun yuborgan zotdir. Allohning O'zi (bunga) yetarli guvohdir.
29. Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lgan (mo'min)lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida
(mo'minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl va rozilik tilab ruku',
sujud qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan (qolgan) belgilari bordir.
Mana shu (sifatlar) ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, xuddi bir shoxlar
chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib o'z novdasida tik turgan, dehqonlarni ajablantiradigan
o'simlikka o'xshaydi. (Bu) ular sababli kofirlar jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan imon keltirib,
solih amallarni qilgan zotlarga mag'firat va ulkan mukofot va'da qilgandi.
Izoh: Bu zarbul-masal musulmonlarning dastlab zaif, kamchilik va xor bo'lganlari, keyinroq esa ravnaq topib,
kuchayib ketishini ifoda etadi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
353
HUJUROT SURASI
Hujurot - hujralar, ya'ni, Rasulullohning istiqomat qiladigan hujralari bo'lib, suraning 4-oyatida bu haqda
ma'lumot beriladi.
Surada Alloh bilan Rasulining ko'rsatmalarisiz diniy tadbir o'tkazmaslik, Rasululloh bilan muomala qilish
odoblari, mo'min kishi eshitgan gapiga aniqlamasdan ishonib ketmasligi, o'zaro nizolarni tinchlik yo'li bilan
bostirish zarurligi, masxara, laqab aytish, g'iybat, badgumonlik kabi razil sifatlardan saqlanishga targ'ib, barcha
insonlarning asli bir ota va bir onadan iborat ekanligi, insonning afzalligi millati bilan emas, balki ezgulikka
qanchalik intilishi bilan, taqvo bilan belgilanishi kabi saboqlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ey, imon keltirganlar, Alloh va Uning Payg'ambari oldida (ikkisining iznisiz biror so'z yoki ishni)
muqaddim etmangizlar! Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.
2. Ey, imon keltirganlar, amallaringiz o'zlaringiz sezmagan holingizda zoye bo'lib ketmasligi uchun
sizlar ovozlaringizni Payg'ambarning ovozidan yuqori ko'tarmanglar va unga bir-birlaringizga baland
ovoz (dag'al so'z) qilgandek baland ovoz qilmangizlar!
3. Allohning Payg'ambari huzurida ovozla rini past qilgan zotlar - aynan o'shalar Alloh dillarini taqvo
uchun imtihon qilgan zotlardir. Ular uchun mag'firat va ulkan mukofot bordir.
4. (Ey, Muhammad,) albatta, (ayollaringiz yashaydigan) hujralar ortidan turib, Sizni chaqiradigan
kimsalarning ko'plari aql ishlatmaydilar.
5. Agar ular, to (Siz o'zingiz) ularning oldiga chiqquningizgacha, sabr qilganlarida, albatta, o'zlari uchun
yaxshi bo'lur edi. Alloh mag'firatli va rahmlidir.
6. Ey, mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan
holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo'yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon
bo'lmasliklaringiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko'ringizlar!
7. Bilinglarki, oralaringizda Allohning Payg'ambari bordir. Agar u ko'p ish(lar)da sizlarga bo'yin sunsa,
albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor bo'lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarga imonni suyukli qildi va uni
dillaringizga ziynat qildi hamda sizlarga kufrni fisqu-fujurni va itoatsizlikni yomon ko'rsatib qo'ydi. Ana
o'shalargina to'g'ri yo'l topuvchilardir.
8. (Bu) Alloh (tomoni)dan bo'lmish fazl (marhamat) va ne'matdir. Alloh bilimli va hikmatlidir.
9. Agar mo'minlardan ikki toifa o'zaro urushib qolsalar, darhol ular o'rtasini isloh etinglar! Bas, agar
ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga
qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa,
sizlar darhol ularning o'rtasini adolat bilan tuzatib qo'yinglar va adolat qilinglar! Zero, Alloh
adolatlilarni sevar.
10. Albatta, mo'minlar og'a-inidirlar. Bas, sizlar ikki og'a-iningiz o'rtasini tuzatib qo'yinglar va
Allohdan qo'rqinglar, shoyad rahm qilinsangizlar.
11. Ey, mo'minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo'min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimolki,
(masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (Sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni
(masxara qilmasinlar)! Ehtimolki, (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
354
(bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin
fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o'shalar zolimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |