Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


vahiy qilur.  

 

4. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Unikidir. U oliy va buyukdir.  

 

5. (Mushriklar shirkidan) ustilaridagi osmonlar yorilib ketishga yaqin qolur. Farishtalar esa

Parvardigorlari hamdi bilan tasbeh ayturlar va yerdagi (mo'min-musulmon)lar uchun (Allohdan) 

mag'firat so'rarlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning O'zigina mag'firat qiluvchi va rahmlidir! 

 

6. (Allohni) qo'yib (boshqa) "do'stlar"ni ushlagan (sig'ingan) kimsalar ustidan Alloh kuzatib 

turuvchidir. (Ey, Muhammad,) Siz ularga vakil (qo'riqchi) emasdursiz.  

 

7. (Barcha) qishloq (shahar)lar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz 

uchun va shubhasi yo'q "to'planish Kuni"dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arabiy 

Qur'onni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bo'lsa, bir guruh do'zaxdadir.  

 

8. Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni (insonlarni) bir millat (bir dinda - Islomda) qilgan bo'lur edi. 

Lekin, U O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) doxil qilur. Zolim (kofir)lar uchun esa, 

biror do'st va yordamchi yo'qdir.  

 

9. Yoki ular (Allohni) qo'yib (boshqa)larni do'st tutib oldilarmi (o'shalarga sig'inmoqdalarmi)?! (Yo'q,) 

Allohning O'zigina (chin) do'stdir. U o'liklarni tiriltirur va U barcha narsaga qodirdir.  

 

10. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohga havoladir. Mana 

shu Alloh Rabbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga iltijo qilurman".  

 

11. (U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o'zlaringizdan bo'lmish juftlarni yaratdi 



va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o'shanda (juftlikda) ko'paytirur. Uning 

mislidek biror narsa yo'qdir. U eshituvchi va ko'ruvchidir.  

 

12. Osmonlar va Yer (xazinalarining) ochqichlari Unikidir. U O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng 

qilur va tang qilur. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir.  

 

13. (Ey, imon keltirganlar, Alloh) sizlar uchun din bo'yicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga 

(Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek,) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani - 

shariat qildi: "Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqaga bo'linmangizlar!" (Ey, Muhammad,) 

mushriklarga Siz da'vat qilayotgan narsa (tavhid) og'irlik qildi. Alloh unga (dinga) O'zi xohlagan 

kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat qilur.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

329


14. Ular (o'tgan qavmlar) o'zlariga (bo'linmaslik haqida) bilim (hujjat) kelganidan so'ng o'zaro hasad 

(adovat) qilishib, firqa-firqa bo'lib ketganlar. Agar Rabbingiz tomonidan belgilangan muddatgacha 

(qiyomatgacha kechiktirish haqidagi) So'z kechmaganida, albatta, ularning o'rtasi ajrim qilingan bo'lur 

edi. Albatta, ulardan keyin Kitobga (Tavrot va Injilga) voris qilingan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) 

ham undan (o'z Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar.  

 

15. Bas, (ey, Muhammad,) mana shuning uchun da'vat qiling va o'zingizga buyurilganidek, To'g'ri 

yo'lda bo'ling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang va ayting: "Men Alloh 

nozil qilgan Kitobga imon keltirdim va sizlarning o'rtangizda adolatli bo'lishga buyurildim. Alloh 

Rabbimiz va Rabbingizdir. Bizlarning amallarimiz o'zimizga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir. 

Bizlar bilan sizlarning o'rtangizda (biror) xusumat yo'qdir. Alloh (qiyomatda) barchamizni jamlar va 

qaytishlik faqat Uning huzurigadir".  

 

16. Alloh (dini) haqida uni qabul qilinganidan so'ng tortishadigan kishilarning hujjatlari Parvardigor 



nazdida botil (behuda)dir. Ularga (bu dunyoda) g'azab, (oxiratda esa) qattiq azob bordir.  

 

17. Alloh Haqqoniy Kitobni va tarozi (adolat)ni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol, Qiyomat 

yaqindir.  

 

18. Unga (Qiyomatga) imon keltirmaydigan kimsalar uni qistagaylar. Imon keltirgan zotlar esa undan 

qo'rquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini bilurlar. Ogoh bo'lingizkim, Qiyomat xususida tortishadigan 

kimsalar chuqur zalolatdadirlar! 

 

19. Alloh bandalariga mehribondir. U O'zi xohlagan kishilarga (farovon) rizq berur. U kuchli va 

qudratlidir.  

 

20. Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki, dunyo 

ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba bo'lmas.  

 

21. Balki ular (mushriklar) uchun dindan Alloh ruxsat etmagan narsalarni - ularga shariat qilib bergan 

sheriklari (butlari) bordir?! Agar So'z (qiyomatga tayin) bo'lmaganida, albatta, ularning o'rtalarida (shu 

dunyodayoq) hukm qilingan bo'lur edi. Zolimlar uchun, albatta, alamli azob bordir.  

 

22. (Qiyomat kunida) u zolimlarni o'z qilmishlaridan qo'rqib turgan hollarida ko'rasiz. U (jazo baribir) 

ularga tushuvchidir! Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannatlarning boqlarida 

bo'lishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shu katta fazlning 

o'zidir.  

 

23. Allohning imon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir. 



(Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat 

qarindoshchilikdagi do'stlik (yaqinlik)nigina (so'rayman)". Kimki, biror chiroyli amal qilsa, Biz uning 

uchun o'sha (amali)da yana husnni ziyoda qilurmiz (ziyoda savob ato eturmiz). Albatta, Alloh mag'firat 

qiluvchi va yaxshilikni biluvchidir.  

 

24. Yoki ular: "Alloh sha'niga yolg'on to'qidi" deydilarmi?! (Undoq emas,) chunki agar (Siz yolg'on 

to'qiydigan bo'lsangiz) Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qo'yur. Alloh O'z so'zlari bilan botil (nohaq 

gaplar)ni yo'q qilur va Haqni haq qilur (ro'yobga chiqarur). Albatta, U dillardagi (sirlar)ni biluvchidir.  

 

25. U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni 

biladigan zotdir.  

 

26. U imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni (duolarini) ijobat qilur va ularga O'z fazlidan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

330


ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir.  

 

27. Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo'l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka 

o'tib ketgan bo'lur edilar. Lekin, U O'zi xohlaganicha o'lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U 

bandalaridan xabardor va ko'rib turuvchidir.  

 

28. U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg'ir ёg'diradigan va O'z rahmat (barakot)ini 

keng yoyadigan zotdir. U do'st va hamd egasidir.  

 

29. Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) tarqatib yuborgan ulardagi jonivorlar Uning 

alomatlaridandir. U O'zi xohlagan vaqtida ularni yig'ib olishga qodirdir.  

 

30. (Ey, insonlar,) sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U 

ko'p (gunohlar)ni afv etib turur.  

 

31. Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror do'st ham, 

yordamchi ham yo'qdir.  

 

32. Dengizdagi tog'lardek suzib yuruvchi (kema)lar ham Uning alomatlaridandir.  



 

33. Agar (Alloh) xohlasa, shamolga taskin berur, bas, ular u (dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, 

bunda har bir (baloga) sabr qiluvchi, (Allohning ne'matlariga) shukr qiluvchi uchun ibratlar bordir.  

 

34. Yoki (kemadagi odamlarni) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (g'arq) qilur va ko'plarni 

(halokatdan qutqarib) afv etur, 

 

35. (toki) oyatlarimiz xususida tortishadigan kimsalar o'zlari uchun (Allohning azobidan) qochib 

qutuladigan joy yo'q ekanini bilib olsinlar! 

 

36. Bas, (ey, insonlar,) sizlarga ato etilgan narsa(lar) dunyo hayoti matosidir va imon keltirgan hamda 

yolg'iz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (dunyo matolaridan) 

yaxshiroq va boqiyroqdir.  

 

37. Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan vaqtlarida esa kechirib 

yuboradigan zotlardir.  

 

38. Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari 

o'zaro maslahat (bilan) bo'lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan ehson qilurlar.  

 

39. Ular o'zlariga tajovuz qilinganda (unga qarshi kurashib,) g'olib bo'ladigan zotlardir.  

 

40. (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o'rtani) 

tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas.  

 

41. Albatta, kimki mazlum bo'lganidan so'ng (zulm qilgan kimsadan) g'olib bo'lsa (intiqom olsa), bas, 

ular(ni ayblash)ga yo'l yo'qdir.  

 

42. Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaqlik bilan hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblab 

jazolash)gagina yo'l bordir. Ana o'shalar uchun alamli azob bordir.  

 

43. Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta 

ishlardandir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

331


 

44. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, unga o'shandan keyin biror (yo'l ko'rsatuvchi) do'st yo'qdir. 

(Unday) zolimlarning (qiyomat Kuni) azobni ko'rgan vaqtlarida: "(Yana dunyoga) qaytishga biror yo'l 

bormikan?" - deyayotganlirini ko'rarsiz.  

 

45. Ularning xorlikdan egilgan va (do'zaxga) ko'z qirlari bilan boqqan hollarida unga ko'ndalang 



qilinayotganlarini ko'rarsiz. Imon keltirgan zotlar: "Albatta, (chin) ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida 

o'zlariga, ahli (oila)lariga ziyon qilgan kimsalardir", - deydilar. Ogoh bo'lingizkim, (u) zolimlar mangu 

azobdadirlar.  

 

46. Ularga Allohdan o'zga yordam beradigan hech qanday do'stlar bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan 

ozdirsa, bas, uning uchun biror (To'g'ri) yo'l yo'qdir.  

 

47. (Ey, insonlar,) Alloh tomonidan hech qaytarib bo'lmaydigan bir kun (qiyomat) kelib qolishidan ilgari 

Rabbingizga ijobat (itoat) etingiz! U kunda sizlar uchun panoh ham bo'lmas va sizlar uchun 

(qilmishlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo'lmas.  

 

48. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) endi ham (imon keltirishdan) yuz o'girsalar, bas, Biz Sizni 

ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q! Sizning zimmangizda faqat (vahiyni) yetkazish bor, 

xolos. Darhaqiqat, Biz insonga O'z tomonimizdan rahmat (ne'mat)ni tottirgan vaqtimizda u bilan 

shodlanur, (ammo) agar ularga o'z qo'llari qilgan (gunoh)lari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, 

inson (zoti) noshukrdir.  

 

49. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U O'zi 

xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o'g'illarni hadya etur.  

 

50. Yoki ularga o'g'illar va qizlarni qo'shib berur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib 

qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) biluvchi va (o'zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir.  

 

51. Insonga Alloh (bevosita) so'z qotishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi 

(farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin. Albatta, U (sha'ni) 

oliy va hikmatli zotdir.  

 

52. (Ey, Muhammad,) shunday qilib, amrimiz bilan Sizga Ruhni (Qur'onni) vahiy qildik. Siz (bundan) 



oldin na Kitobni (Qur'onni) va na imonni (mohiyatini) biluvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qur'onni) nur 

qildikki, u bilan bandalarimizdan O'zimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilurmiz. Albatta, Siz (vahiy 

yordamida) To'g'ri yo'lga boshlaysiz.  

 

53. (U) osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa O'ziniki bo'lmish Allohning yo'lidir! Ogoh bo'lingizkim, 

(barcha) ishlar Allohga qaytur! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

332


ZUXRUF SURASI 

 

Zuxruf - zeb-ziynat demakdir.  



 

Surada shu haqda oyat nozil qilingani uchun shu lafz bilan nomlangan. Surada Allohning beadad ne'matlari, 

mushriklarning Alloh sha'niga to'qigan bo'htonlari, Ibrohim va Muso payg'ambarlarning qissalaridan lavhalar 

va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1.  Ho, Mim.  



 

2. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki, 

 

3. albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on qildik! 

 

4. Darhaqiqat, u (Qur'on) dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul - Mahfuzda) oliy (martabali) va hikmatli 

(Kitob)dir.  

 

5. Bas, haddan oshuvchi qavm bo'lsangiz, sizlardan (bu) eslatmani burib (o'z hollaringizga tashlab) 

qo'yaylikmi?! 

 

6. Avvalgilarga ham qanchalab payg'ambar yuborganmiz.  

 

7. Ular ham o'zlariga kelgan payg'ambarni faqat masxara qilar edilar.  

 

8. Bas, ulardan (makka kofirlaridan) kuchliroqlarni ham halok qilganmiz. (Qur'onda) avvalgilarning 

masal (qissa)lari o'tdi.  

 

9. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" deb so'rasangiz, 

albatta: "Ularni qudratli va bilimli (Alloh) yaratgan", - derlar.  

 

10.  O'sha zot sizlar uchun yerni beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va (safarlarda) yo'l topishlaringiz uchun 

unda (yerda) yo'llarni (paydo) qildi.  

 

11. O'sha zot osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan "o'lik" 



qishloqlarni "tiriltirdik" (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday 

chiqarilursizlar.  

 

12. O'sha zot barcha juftlarni (mavjudotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan 

ulovlarni (paydo) qildi.  

 

13. Toki sizlar ularning ustiga mingaysizlar, so'ngra unga o'rnashib olgach, Parvardigoringiz ne'matini 

eslab aytursizlar: "Bizlarga bu (ulov)ni bo'ysundirib qo'ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o'zimiz bunga 

qodir emas edik.  

 

14. Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz".  

 

15. Ular (mushriklar) Unga O'z bandalaridan (farishtalarni) a'zo qildilar. Darhaqiqat, inson aniq 

noshukurdir.  

 

16. Yoki (Alloh) O'zi yaratadigan narsalardan qizlarni olib, sizlarga o'g'illarni tanlab berdimi?! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

333


 

17. Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilgan narsa (qiz tug'ilgani) haqida "xushxabar" 

berilsa, g'azabga to'lib, yuzi qorayib ketar.  

 

18. Zeb-ziynat ichida o'stiriladigan, munozarada (o'z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan (zaifa)ni-

ya! 

 

19. Rahmonning bandalari bo'lmish farishtalarni "qizlar" dedilar. YO ularni (farishtalarni) yaratishga 

guvoh bo'lganmidilar?! Ularning bu "guvoh"liklari, albatta, yozilur va ular (qiyomat kunida) so'roq 

qilinurlar.  

 

20. Ular: "Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (butlarga) ibodat qilmagan bo'lur edik", - deydilar. 

Ular uchun bunga (hech qanday) bilim (asos) yo'qdir. Ular faqat yolg'on so'zlamoqdalar.  

 

21. Yoki Biz ularga undan (Qur'ondan) oldin (biror) kitob ato etganmiz-u, ular o'shani tutuvchimilar?! 

 

22. Balki ular (shunday) deydilar: "Bizlar ota-bobolarimizni bir din uzra topganmiz va albatta, bizlar 

ularning izlaridan borib hidoyat topuvchilardirmiz".  

 

23. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizdan ilgari qaysi bir shaharga ogohlantiruvchi (payg'ambar) 



yubormaylik, u joyning maishatparastlari: "Albatta, bizlar ota-bobolarimizni bir millat (din) uzra 

topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan ergashuvchidirmiz", - deganlar.  

 

24. (Payg'ambar ularga) "Agar men sizlarga siz ota-bobolaringizni u uzra topgan narsa (din)dan 

To'g'riroq (din)ni keltirgan bo'lsamchi?" - deganida, ular: "Albatta, bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan 

(din)ga kofirdirmiz", - dedilar.  

 

25. Bas, ulardan intiqom oldik. Endi, u (payg'ambarlarni) yolg'onchi qiluvchilarning oqibatlari qanday 

bo'lganini ko'ring! 

 

26. Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: "Men sizlar ibodat qilayotgan ma'budalardan 

bezordirman.  

 

27. Illo, meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak".  

 

28. U (Ibrohim) o'sha (nasihat)ni zora qaytsalar, deb o'z ortida qoluvchi so'z qildi.  

 

29. Men esa (u qoldirgan so'zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini 

ham - to ularga Haq (Qur'on) va aniq payg'ambar (Muhammad) kelgunicha, (farovon hayotdan) 

foydalantirdim.  

 

30. (Ammo) ularga Haq (Qur'on) kelgach, ular: "Bu sehrdir, bizlar unga kofirdirmiz", - dedilar.  

 

31. Yana ular: "Bu Qur'on ikki shahar(ning biri)dan bo'lgan ulug' odamga nozil qilinganida edi", - 

dedilar. 

 

Izoh: Ikki qishloq Makka va Toif shaharlari. Makka mushriklari o'zlarining buzuq e'tiqodlaricha, agar Qur'on 



haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo'lganida edi makkalik Valid ibn Mug'ira yoki toiflik Urva ibn Ma'ud as-

Saqafiy kabi boy-badavlat, mashhur zodagonlardan biriga nozil qilingan bo'lur edi, der edilar.  

 

32. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning rahmati (payg'ambarlik)ni ular taqsimlaydilarmi?! Ularning 



dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham ularning o'rtalarida Biz taqsimlaganmiz va bir-birlarini bo'yin 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

334


sundirish (ishlatish)lari uchun ba'zilarini ba'zilaridan darajalarini ko'tarib qo'yganmiz. Rabbingizning 

rahmati esa ular to'playdigan narsa (boylik)laridan yaxshiroqdir.  

 

33. Agar (imon keltirmaganlarning to'q yashayotganlarini ko'rib) odamlar bir millat (kofir) bo'lib 

olishlari bo'lmaganida edi, albatta, Rahmonga kofir bo'ladigan kimsalarga uylarining shiftlarini ham, 

unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik.  

 

34. Yana ularning uylarining eshiklarini ham, o'zlari ustida yastanib o'tiradigan so'rilarni ham 



(kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik).  

 

35. Yana (barcha) zeb-ziynatni ham. (Zero, bularning) barchasi faqat dunyo hayoti matolaridir. Oxirat 

esa, Rabbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir.  

 

36. Kimki Rahmon zikridan (Qur'on nasihatlaridan) ko'r bo'lib olsa (yuz o'girsa), Biz unga shaytonni 

yaqin qilib qo'yarmiz, bas, u unga hamrohdir.  

 

37. Albatta, ular (shaytonlar) yo'ldan to'sib turib, yana o'zlarini hidoyat topuvchilar, deb hisoblaydilar.  

 

38. To qachonki, Bizning huzurimizga kelgach, (o'sha shaytonga qarab): "Qani endi, men bilan sening 

o'rtang Sharqu G'arbning o'rtasidagi uzoqlik kabi bo'lsa. Bas,(sen) naqadar yomon hamroh", - der.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish