Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


NUR SURASI 

 

Surada Allohning Yeru osmonlar nuri ekani va bu nur haqida tafsir berilgani uchun unga "Nur surasi" deb nom 



berilgan. Ijtimoiy hayotning illatlaridan biri sifatida zinokorlik Islom shariati bo'yicha ulkan gunoh sanalishi, u 

isbotlangan taqdirda bu fahsh ishga qo'l urgan ikki tomonga belgilanadigan jazolar, shuningdek, birovni 

badnom qilish uchun uyushtirilgan soxta guvohlar o'z da'volarini isbotlay olmagan taqdirda o'zlarining 

jazolanishi, insonning izzat va obro'sini to'kishdan saqlanishning zarurligi, nikohli turmush qurishning 

ahamiyati va boshqa muhim masalalar surada o'z aksini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ushbu) Biz nozil qilgan va (hukmlarini) farz qilgan bir suradirki, unda sizlar eslatma olishingiz 

uchun aniq oyatlarni nozil qildik.  

 

2. Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga imon 

keltiruvchi bo'lsangizlar, Allohning dini (hukmi)da sizlarni ularga (zinokorlarga) nisbatan rahm-shafqat 

(tuyg'ulari) tutmasin! Ularning jazolanishiga bir guruh mo'minlar hozir bo'lsinlar!  

 

Izoh: Yuz darra urish jazosi uylanmagan erkak va turmushga chiqmagan ayol uchundir. Suraning shu joyidagi 



uylangan va turmushdagi ayolga beriladigan jazo hukmiga doir oyat matni Qur'ondan Payg'ambarimiz amri 

bilan olib tashlangan. Demak, mazkur oyat o'qilmasa-da, hukmi boqiy qoldirilgan. Hukm esa ularni toshbo'ron 

qilishdir.  

 

3. Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak 



yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zino) mo'minlarga harom qilindi.  

 

4. Iffatli ayollarni (zinokor deb) badnom qilib, so'ngra (bu da'volariga) to'rtta guvoh keltira olmagan 

kimsalarni sakson darradan uringlar va abadul-abad ularning guvohliklarini qabul qilmanglar! Ana 

o'shalar fosiqlardir.  

 

5. Magar so'ngra tavba qilib, (o'zlarini) tuzatgan kishilargina (fosiq emasdirlar). Zero, Alloh mag'firatli 

va rahmlidir.  

 

6. O'zlaridan boshqa guvohlari bo'lmagan holda o'z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan 

(er)larning har biri o'zini shubhasiz rostgo'ylardan deb, Alloh nomiga to'rt (marta) guvohlik berishi 

(vojibdir).  

 

7. Beshinchi (guvohligi esa) agar yolg'onchilardan bo'lsa, unga Allohning la'nati (yog'ilishini so'rashidir).  

 

8. "U (ya'ni eri) albatta yolg'onchilardan", - deb Alloh nomiga to'rt marta guvohlik berishi, u (ayol)dan 

jazoni daf qilur.  

 

9. (U ayol)ning beshinchi (guvohligi esa), agar (eri) rostgo'ylardan bo'lsa, o'ziga Allohning g'azabi 

tushishini so'rashidir.  

 

10. Agar sizlarga Allohning fazli bo'lmaganida va Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, hikmat sohibi 

bo'lmaganida edi (er yoki xotin sharmanda bo'lur edi).  

 

11.Albatta, (bu) bo'htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o'zlaringizdan bo'lmish bir to'dadir. Uni 



(bo'htonni) sizlar o'zlaringiz uchun yomonlik deb o'ylamangizlar, balki u sizlar uchun yaxshidir. 

Ulardan (bo'htonchilardan) har bir kishi uchun o'zi orttirgan gunoh (jazosi) bordir. Ularning orasidagi 

(gunohning) kattasini ko'targan kimsa uchun esa ulkan jazo bordir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

231


 

Izoh: Bu oyatdagi bo'hton qissasi bunday bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) bir jangdan Madinaga 

qaytib kelayotganlarida, bir joyda dam oladilar. Shu payt Oisha onamiz hojat uchun bir chekkaroq joyga 

ketadilar. To qaytib kelgunlaricha karvon ketib qolgan bo'ladi. Faqat Safvon ismli bir sahobiy orqadan qolgan 

narsalarni yig'ib ketayotib, Oisha onamizni ko'rib qoladi va tuyasiga mindirib, karvonga yetib boradi. Buni 

ko'rgan ba'zi munofiqlar turli mish-mishlarni tarqatib, zavjai mutahharani badnom qilmoqchi bo'ladi. Bu 

quruq tuhmatdan hatto Payg'ambar (a. s.) shubhalanishga majbur bo'lib, bir oy mobaynida zavjalaridan 

arazlab yuradilar. Lekin yolg'onning umri qisqalik qilib, Oisha onamizning pok ekanligi to'g'risida alohida 

oyatlar nozil bo'ladi. Bo'hton to'quvchilarning peshvosi Abdulloh ibn Ubayga beriladigan jazo ham mazkur 

oyatlarda qayd etiladi.  

 

12. (Ey, mo'minlar,) sizlar (bu bo'htonni) eshitgan paytingizda mo'min va mo'minalar o'zlari (bir-



birlari) haqida yaxshilikni o'ylab: "Bu aniq bo'hton-ku!" - desalar bo'lmasmidi?! 

 

13. Ular (Oyshani badnom qilmoqchi bo'lganlar) to'rtta guvoh keltirsalar bo'lmasmidi?! Endi agar 

guvoh keltira olmasalar, demak, Alloh nazdida ular yolg'onchidirlar.  

 

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli bo'lmasa edi, albatta, so'zlagan lofingiz sababli 

sizlarni ulkan jazo tutgan bo'lur edi.  

 

15. O'shanda sizlar uni tildan tilga ko'chirib, og'izlaringiz bilan o'zlaringiz aniq bilmagan narsani so'zlar 

va buni yengil fahmlar edingizlar. Holbuki, u Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir.  

 

16. Uni eshitgan paytingizd: "Bu (mish-mishni) gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey, pok Parvardigor, bu 

ulug' bo'hton-ku!"-desangizlar bo'lmasmidi?! 

 

17. Agar mo'min bo'lsangizlar, sira unga o'xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga 

nasihat qilur.  

 

18. Alloh sizlarga (O'z) oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.  

 

19. Albatta, imon keltirgan kishilar o'rtasida (yomon gaplar) yoyilishini istaydigan kimsalar uchun 

dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar.  

 

20. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati hamda Alloh mehribon va rahmli bo'lmasa edi (jazoni naqd 

qilgan bo'lur edi). 

 

21. Ey, imon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, 



albatta, (shayton) buzuqlik va yovuzlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati 

bo'lmaganda edi, sizlardan biror kishi (gunohdan) pok bo'lmas edi. Lekin Alloh o'zi xohlagan kishini 

poklar. Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

22. Sizlardan fazilat va keng mol-mulk egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh 

yo'lida ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag'firat 

qilishini istamaysizlarmi?! Alloh mag'firatli va rahmlidir.  

 

23. Albatta, (fahsh ishlardan) bexabar, iffatli mo'mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda 

ham, oxiratda ham la'natga duchor bo'lurlar. Ularga ulkan azob bordir.  

 

24. (U kun) qilib o'tgan ish (bo'hton)lariga ularning tillari, qo'l va oyoqlari ularning zararlariga guvohlik 

beradigan kundir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

232


25. O'sha kuni Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq haq ekanini 

bilurlar.  

 

26. Nopok ayollar nopok erkaklar uchun (loyiq)dir, nopok erkaklar nopok ayollar uchun (loyiq)dir. 

Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Aynan o'sha (pokiza erlar 

va pokiza ayollar) ularning aytayotgan bo'htonlaridan pokdirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq 

(jannat ne'matlari) bordir.  

 

27. Ey, imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom 

bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangizlar.  

 

28. Bas, agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga 



kirmangiz! Agar sizlarga "qaytinglar" deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu sizlar uchun eng toza (yo'ldir). 

Alloh qilayotgan ishlaringizni biluvchidir.  

 

29. (Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn 

so'ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, 

yashirayotgan narsangizni ham bilur.  

 

30. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga ayting, ko'zlarini (nomahram ayollardan) qo'yi tutsinlar va 

avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo'ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan 

(sir) sinoatlaridan xabardordir.  

 

31. Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini 

(zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va 

ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining 

otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo 

opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) 

behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning 

avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan 

ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey 

mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar.  

 

Izoh: Ko'rinib turadigan ziynatlardan murod - hanafiy mazhabimizda - ayolning yuzi, ikki kafti va ikki 



oyoqlarining to'pug'idan pastki qismidir. Oyatdagi ziynat so'zidan murod ziynatlantiriladigan joylar, zero, 

odatda ayollar yuz, qo'l va oyoqlarini bezab pardozlaydilar. Mazkur joylarni yopib yurishda ayollar uchun 

haraj-qiyinchilik bor. Haraj esa shar'iy uzrlardandir.  

 

32. O'z oralaringizdagi tul (erkak va ayol)larni hamda qul va cho'rilaringizdan yaroqlilarini 



uylantiringlar. Agar (ular) kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni O'z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami) 

keng va biluvchi zotdir.  

 

33. Nikoh (uchun) lozim mablag') topa olmagan kishilar - to Alloh ularni o'z fazli bilan boyitguncha - 

o'zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar! (Ey, mo'minlar!) Qo'l ostingizdagi (qul)lardan 

mukotab bo'lishini istaydiganlari bo'lsa*, u holda agar sizlar ularda yaxshilikni bilsangizlar, ularni 

mukotab qilingizlar va ularga Allohning sizlarga ato etgan molidan beringizlar! Iffatni istagan 

cho'rilaringizni dunyo hayoti anjomlari kuyida zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi, kim ularni 

majbur etsa, bas, albatta, Alloh majburlaganlaridan so'ng (u cho'rilarni) mag'firat qiluvchi va (ularga) 

rahmlidir*. Izoh (a): Mukotab - xojasi bilan ma'lum miqdorda pul topib kelish evaziga ozod bo'lishi 

kelishilgan qul. Bu bilan u qisman ozod bo'lib, boshqa joylarga ham ketib, ishlab kelish huquqiga ega 

bo'ladi. Izoh (b): Cho'rilar huquqiga doir bu oyat ham hozirda yo'q bo'lib ketgan quldorchilik davriga 

doir oyatlardandir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

233


 

34. (Ey, mo'minlar,) darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan ilgari o'tganlar 

to'g'risidagi masal(lar)ni va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.  

 

35. Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq 

bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na 

g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga 

olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). 

Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun 

(mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir.  

 

Izoh: Allohning nuri uning hidoyatidir. Lekin bu oyatdagi nur so'zining chuqur ma'nolaridan ogoh bo'lishni 



istagan kishi tafsir kitoblariga yoki Abu Homid G'azzoliy bitgan "Kitob an-Nur" kitobiga murojaat qilishi 

mumkin.  

 

36. (U chiroq) ko'tarilishiga (qurilishiga) va ularda o'zining nomi zikr qilinishiga Alloh izn bergan 



uylarda (masjidlarda)dir. U (masjid)larda ertayu-kech Unga tasbeh aytadigan 

 

37. kishilar bordir. Ularni na tijorat va na savdo (ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado 



etishdan va zakot berishdan chalg'ita olmas. Ular dillar va ko'zlar iztirobga tushib qoladigan kun 

(qiyomat)dan qo'rqurlar.  

 

38. Ular qilgan ezgu amallari sababli Allohning mukofotlashi va yana ularga o'z fazli bilan ziyoda 

(savoblar ato) qilishi uchun (ibodat qilurlar). Alloh (o'zi) xohlagan kishilarga behisob rizq berur.  

 

39. Kufrda bo'lganlarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o'xshaydi. Tashna odam uni suv deb 

o'ylar, uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmas va Allohni uning (qilgan amalining) oldida topur. 

Bas, U uning hisob-kitobini mukammal qilur. Alloh tez hisob-kitob qiluvchidir.  

 

40. Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to'lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan 

dengizdagi zulmatlarga o'xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo'lini chiqarib (qarasa) uni ko'ra 

olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo'qdir.  

 

41. (Ey, Muhammad,) Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot, saf tortgan qushlar ham tasbeh aytishini 

ko'rmadingizmi? Har biri o'z duo va tasbehini bilur. Alloh esa, ularning qilayotgan (barcha) ishlarini 

biluvchidir.  

 

42. Osmonlar va Yerning podshohligi Allohga xosdir. Qaytish ham Allohning huzurigadir.  

 

43. Allohning bulutlarni haydashini, so'ngra ularni birlashtirishini, so'ngra ularni ustma-ust 

qalashtirishini ko'rmadingizmi? So'ngra (bulut) orasidan yomg'ir chiqayotganini ko'rasiz. (Alloh) 

osmondan - undagi tog' (bulut)lardan do'l yog'dirib, uni o'zi xohlagan kishilarga yetkazur va o'zi 

xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog'ining yorug'ligi ko'zlarni ketkazgudekdir.  

 

44. Alloh kecha va kunduzni aylantirib turar. Albatta, bunda ko'z egalari (oqillar) uchun ibrat bordir.  



 

45. Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham, ikki 

oyoqda yuradiganlari ham, to'rt (oyoq)da yuradiganlari ham bordir. Alloh o'zi xohlagan narsani 

yaratur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir! 

 

46. Darhaqiqat, Biz bayon etuvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh o'zi xohlagan kishilarni To'g'ri yo'lga 

boshlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

234


 

47. Ular (ya'ni, munofiqlar): "Allohga va payg'ambarga imon keltirdik va bo'yin sundik", - deydilaru, 

shundan keyin ulardan bir guruhi yuz o'girib ketur. Ana o'shalar mo'min emasdirlar.  

 

48. Qachonki, o'rtalarida hukm chiqarish uchun Alloh va Uning payg'ambariga chorlansalar, birdaniga 

ulardan bir guruhi (payg'ambar huzuriga kelishdan) bosh tortuvchilardir.  

 

49. Agar haqiqat ular (taraf)da bo'lsa, (payg'ambar oldiga) bo'yin sunib kelurlar.  

 

50. Ularning dillarida maraz bormi yoki Muhammadning haq payg'ambar ekanligidan 

shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning payg'ambari ular zarariga hukm qilishidan qo'rqadilarmi?! 

Yo'q! Ularning o'zlari zolimlardir! 

 

51. Alloh va Uning payg'ambariga o'rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, 

mo'minlarning so'zi "eshitdik va bo'yin sundik" (demoqdir). Ana o'shalargina iqbollidirlar.  

 

52. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan 

o'shalargina yutuq egalaridirlar.  

 

53. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida (jon) jahdlari bilan qasam 

ichdilar. Ayting: "Qasam ichmanglar! (Jihod) ma'lum bir toatdir (qasam ichishga hojat yo'qdir). 

Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir".  

 

54. Ayting: "Allohga bo'yin suningiz va Payg'ambarga bo'yin suningiz! Endi, agar yuz o'girsangizlar, 



bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning buyrug'ini yetkazish) bordir. 

Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (unga bo'yin sunish) bordir. Agar unga itoat 

etsangiz, hidoyat topursizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish bordir.  

 

55. Alloh sizlardan imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan (imonli) zotlarni 

(yer yuziga) xalifa (hukmron) qilganidek, ularni ham yer yuzidagi xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi 

bo'lgan (Islom) dinini mustahkam qilishni hamda ularning (Makkadagi ko'rgan) xavf-xatarlaridan so'ng 

(Madinada) xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror 

narsani sherik qilmaslar. Kimki mana shu (va'da)dan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.  

 

56. (Ey, mo'minlar,) namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar va Payg'ambarga itoat etinglar, 

zora (shunda) rahm qilinsangizlar.  

 

57. (Ey, Muhammad,) kofir bo'lgan kimsalarni yer yuzida (Allohni) ojiz qoldiruvchi (g'olib)lar deb 

o'ylamang! Ularning (borar) joylari do'zaxdir. Naqadar yomon oqibat u! 

 

58. Ey mo'minlar, qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)laringiz hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz 

uch marta (huzuringizga kirishda) sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida 

(issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu) uch (vaqt) sizlarning 

avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir. Ular o'sha (vaqtlar)dan so'ng (izn so'ramay 

kirsalar,) sizlarga ham, ularga ham gunoh yo'qdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib 

turuvchidirsizlar. Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.  

 

59. Qachonki, go'daklaringiz balog'atga yetsalar, bas, ular ham xuddi o'zlaridan oldingi (balog'atga 



yetgan)lar kabi izn so'rasinlar! Alloh O'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va 

hikmat sohibidir.  

 

60. Xotinlardan o'tirib (keksayib) qolgan, nikoh (erga tegish)ni o'ylamaydiganlari biror ziynat bilan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

235


yasanmagan hollarida kiyimlarini (yopinchiqlarini) yechib qo'yishlarida ularga gunoh yo'qdir. O'zlarini 

pok (yopinchiqda) tutishlari ular uchun yaxshiroqdir. Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

61 (Jangga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga gunoh yo'qdir, cho'loqqa ham gunoh yo'qdir, bemorga ham 

gunoh yo'qdir. (Ey, mo'minlar,) o'z uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning 

uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning 

uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog'alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning 

uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega bo'lgan uylardan, yo do'stingizning uyidan (izn so'ramasdan) 

taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo'qdir). To'plangan yo bo'lingan hollaringizda taomlanishingizda 

sizlarga gunoh yo'qdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan 

muborak, pokiza salomni aytinglar (ya'ni, "Assalomu alaykum" denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz 

uchun Alloh o'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur.  

 

62. Albatta, mo'minlar faqat Allohga va Uning payg'ambariga imon keltirgan zotlardir. Ular 



(payg'ambar) bilan biror umumiy ish ustida bo'lgan vaqtlarida - to undan izn so'ramagunlaricha - 

ketmaslar. Faqat Sizdan izn so'raydigan zotlar - aynan o'shalargina Alloh va Uning payg'ambariga imon 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish