78. Alloh (yo'li)da haqqoniy jiddu jahd qilingiz! Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga
biror haraj (qiyinchilik) qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini (Islom)ni (ushlangiz)! Toki (qiyomatda)
payg'ambar sizlarga guvoh bo'lishi uchun, sizlar esa (qolgan) odamlarlarga guvoh bo'lishingiz uchun
(Allohning) o'zi sizlarni ilgari (muqaddas kitoblarda) atagandek, mana shu (Qur'on) da ham
musulmonlar deb atadi. Bas, namozni mukammal ado etingiz, zakotni beringiz va Allohga bog'laningiz!
U sizlarning xojangizdir. Bas, u Zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
223
O’N SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
MU'MINUN SURASI
Mu'minun - mo'minlar. Mo'min-musulmonlarga loyiq sifatlar zikri bilan boshlangani uchun shunday nom
berilgan. Unda Muhammad (a. s.) ning Makkadagi davrlarida ahli Islomga mushriklar tarafidan berilgan
aziyatlarga sabr qilish, oxirat saodati uchun bu dunyoda qilish zarur bo'lgan solih amallar va boshqa muhim
ilohiy o'gitlar yoritiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Mo'minlar najot topdilar.
2. Ular namozlarida kamtardirlar.
3. Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar.
4. Ular zakotni ado etuvchidirlar.
5. Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir.
6. Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat
qilinuvchi emaslar.
7. Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan
oshuvchilardir.
8. Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir.
9. Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir.
10. Aynan o'shalar, merosxo'rlardir,
11. Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u yerda ular mangu qoluvchidirlar.
12. Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik.
13. So'ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik.
14. So'ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go'sht qilib yaratdik, bas,
parcha go'shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go'sht qopladik, so'ngra (unga jon kirgizib,
oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng go'zali - Alloh
barakotlidir!
Izoh: Oyatdagi homilaning rivojlanish bosqichlarini hozirgi ilmiy kashfiyotlar ham tasdiq etmoqda. Bu
to'g'rida G'arbning yirik olimlari talay ilmiy izlanishlar natijasida, Qur'oni karimning ilohiy mo''jiza ekanligini
yana bir bor tasdiq etdilar.
15. So'ngra, albatta, sizlar (ey, insonlar,) mana shundan keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar.
16. So'ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta tirilursizlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
224
17. Darvoqe, Biz ustingizda yetti yo'lni (yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz yaratuvchilikdan g'ofil
bo'lmadik.
Izoh: Yetti yo'l-osmonlararo o'tgan farishtalar yo'li.
18. Biz osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerga joylab qo'ydik va Biz uni
ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz.
19. So'ngra Biz sizlar uchun u (suv) bilan xurmo va uzum bog'larini paydo qildik. Sizlar uchun u
(bog')larda ko'p mevalar bo'lur va sizlar ulardan yeysizlar.
20. Yana (Biz sizlar uchun) Turi Sayno (tog'i)dan chiqadigan yog' va yeguvchilar uchun nonxurush
holda o'sadigan bir daraxtni (zaytunni yaratdik).
21. Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir: sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan
ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko'p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go'sht-yog'lari)dan
yeysizlar.
22. Yana, (quruqlikda) ularga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasizlar.
23. Darvoqe, Biz Nuhni o'z qavmiga payg'ambar qildik. Bas, u: "Ey, qavmim! Allohga ibodat qilinglar!
Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?" - dedi.
24. Shunda uning qavmidan kofir bo'lgan zodagonlar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. (Faqat)
sizlardan ustun bo'lib olmoqchi. Agar Alloh (payg'ambar yuborishni) xohlasa edi, farishtalarni
tushirgan bo'lur edi. Bizlar bu (Nuh so'zlari)ni avvalgi ota-bobolarimizdan eshitgan emasmiz.
25. U (ya'ni, Nuh) faqat bir jinni odamdir. Bas, uni bir (oz) vaqtgacha kuzatib turinglar", - dedilar.
26. (Nuh) aytdi: "Ey, Rabbim! Ularning menga nisbatan inkoriga qarshi O'zing menga yordam qilgin".
27. Bas, Biz unga vahiy qildik: "Bizning himoyamizda va vahiymiz bilan bir kema yasagin. Bas,
qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan (olov o'rniga) favvoralar otilgan vaqtida, u kemaga har
(jonivor)dan bir juftdan va oilangni solgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni so'zimiz (g'arq bo'lishi
haqidagi hukmimiz) kechgan bo'lsa (ularni tark qilgin) hamda ular haqida (najot so'rab) Menga xitob
(iltijo) qilmagin. Ular, albatta, g'arq qilinuvchidirlar!
28. Endi, qachonki o'zing va sen bilan birga bo'lgan kishilar kemaga joylashib olgach, aytgin: "Bizlarni
zolimlar qavmidan qutqargan Allohga hamd (aytamiz)".
29. Yana ayt: "Ey, Rabbim! Meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen (manzilga) tushiruvchilarning
yaxshisidirsan".
30. Albatta, bunda (Nuh va uning qavmi voqeasida) alomatlar bordir. Biz imtihon qiluvchidirmiz.
31. So'ngra Biz ulardan keyin boshqa avlodni (Od qabilasini) paydo qildik.
32. Bas, ularga o'zlaridan bir payg'ambarni (Hudni) yubordik. (U aytdi): "Allohga ibodat qilinglar!
Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. Axir, qo'rqmaysizlarmi?!"
33. Uning qavmidan kofir bo'lgan, oxirat muloqotini inkor etgan va Biz dunyo hayotida badavlat qilib
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
225
qo'ygan kimsalar dedilar: "Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. U ham sizlar yeydigan narsadan
yeydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi.
34. Qasamki, agar sizlar o'zingizga o'xshagan odamga itoat qilsangizlar, u holda sizlar, albatta, ziyon
ko'ruvchidirsizlar.
35. U sizlarga o'lib tuproq va suyaklarga aylanganingizdan keyin, albatta, (qabrlaringizdan)
chiqariluvchidirsizlar, deb va'da bermoqdami?
36. Sizlarga va'da qilinayotgan narsa (aqldan) juda-juda uzoqdir!
37. Hayot faqat (shu) dunyodagi hayotimizdir. (Ayrimlarimiz) o'lsak, (boshqalarimiz) yashayveramiz.
Biz qayta tiriluvchi emasmiz.
38. U (Hud) faqat Alloh sha'niga yolg'on to'qigan shaxsdir. Bizlar unga imon keltiruvchi emasmiz".
39. (Shunda Hud) aytdi: "Ey, Rabbim! Meni yolg'onchi qilganlari bois menga yordam qilgin".
40. (Alloh) dedi: "Ozginadan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qolurlar".
41. Bas, haqiqatan ham ularni (mudhish bir) qichqiriq tutdi. Biz esa ularni xazonga aylantirdik.
Zolimlar qavmiga halokat bo'lgay!
42. So'ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.
43. Hech bir ummat o'z ajalidan o'zib ham keta olmas, (uni) ortga ham sura olmas!
44. So'ngra paydar-pay payg'ambarlar yubordik. Har gal biror ummatga (o'z) payg'ambari kelsa, uni
inkor etdilar. Bas, Biz ularni birin-ketin (halok) qildik va ularni (odamlar og'zida yuradigan) gapga
aylantirib qo'ydik. Bas, imon keltirmaydigan qavmga halokat bo'lgay!
45. So'ngra Biz Muso va uning birodari Horunni mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik.
46. Fir'avn va uning zodagonlariga (payg'ambar qilib yubordik). Ular esa kibr-havo qildilar. Ular
mutakabbirlar qavmi edilar.
47.Bas, aytdilar: "Xuddi o'zimizga o'xshagan ikki kishiga imon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi
(Isroil avlodi) bizlarga quldirlar".
48. Bas, ikkisini yolg'onchiga chiqarishib, halok qilinuvchilardan bo'ldilar.
49. Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Kitob (Tavrot)ni ato etdik.
50. (Keyin) Maryamning o'g'li (Iso)ni va uning onasini alomat qildik va ikkisini bir oqin suvli baland
qarorgohga joyladik.
51. (Payg'ambarlarimizga shunday dedik): "Ey, payg'ambarlar! Pok (taom)lardan yenglar va ezgu (ish)
qilinglar! Albatta, Men qilayotgan ishlaringizni biluvchidirman.
52. Albatta, u (ya'ni, diningiz) bir millat (ya'ni, Islomdir). Men esa sizlarning Rabbingizdirman, bas,
Mendan qo'rqingiz!"
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
226
53. So'ng (odamlar) ishlarini (dinlarini) turlarga bo'lib yubordilar. Har bir guruh o'z oldilaridagi narsa
(din) bilan mamnundirlar.
54. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ularni (ma'lum) vaqtgacha o'z g'aflatlarida qoldiring!
55. Biz ularga berayotgan boylik va farzandlarni
56. o'zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz (belgisi) deb hisoblaydilarmi?! Yo'q, ular (buning
hikmatini) sezmaydilar!
57. Albatta, Parvardigorlaridan qo'rqib, xavfda turuvchilar,
58. Parvardigorlarining oyatlariga imon keltiradiganlar,
59. Parvardigorlariga shirk keltirmaydiganlar,
60. shuningdek, sadaqalarini (qiyomatda) Parvardigorga qaytuvchi ekanlaridan dillari qo'rqib turgan
holda beradigan kishilar,
61. aynan o'shalar yaxshiliklarni qilishga shoshurlar va unda o'zuvchidirlar.
62. Biz hech bir jon (egasi)ni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Bizning dargohimizda faqat
haqni so'zlaydigan bitik bordir. Ularga zulm qilinmas.
Izoh: Bitik - Lavhul-Mahfuz yoki har bir kishining nomai a'moli.
63. Yo'q, (kofirlarning) dillari bundan g'aflatdadir. Ular uchun bundan boshqa o'zlari qiluvchi bo'lgan
(befoyda) ishlar bordir.
64. Toki Biz ularning to'q (mag'rur) yashaydiganlarini (biror) azobga giriftor qilganimizda, bexos ular
faryod qilurlar.
65. "Bugun endi faryod qilmangiz! Albatta, sizlarga Biz (tomon)dan yordam berilmas.
66. (Chunki) sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab yurgan edingiz.
67. ("Baytulloh haramidamiz", deb) u bilan mutakabbirlik qilib, tungi suhbatlaringizda (Qur'on
xususida) behuda so'zlarni aytar edingizlar".
68. Axir, ular bu So'zni (Qur'onni) tafakkur qilib ko'rmadilarmi yoki ularga avval o'tgan ota-bobolariga
kelmagan narsa keldimi?!
69. Yoki o'z payg'ambarlarini tanimay uni inkor qiluvchi bo'ldilarmi?!
70. Yoxud: "Unda (Muhammadda) jinnilik bor", - deydilarmi?! Yo'q! (U) ularga haqiqatni keltirdi.
Ularning aksariyati esa, haqiqatni yomon ko'ruvchilardir.
71. Agar Haq (Alloh) ularning havoyi nafslariga ergashsa edi, albatta, osmonlar, Yer va ulardagi bor
jonzot buzilib (halok) bo'lgan bo'lur edi. Yo'q, Biz ular uchun eslatma keltirdik, ular esa, o'zlariga
(kelgan) eslatmadan yuz o'giruvchidirlar.
72. (Ey, Muhammad,) yoki Siz ulardan xarj (haq) so'ramoqdamisiz! Rabbingizning xarji (ajri)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
227
yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq beruvchidir!
73. Albatta, Siz ularni faqat to'g'ri yo'lga da'vat qilursiz.
74. Oxiratga imon keltirmaydiganlar yo'ldan ozuvchidirlar.
75. Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi narsani (qahatchilikni) aritsak, shaksiz, ular yana o'z
tug'yonlarida gangib yurishgan bo'lur edilar.
76. Mana, Biz ularni azobga tutdik. Ular esa na Parvardigorga bo'yin egdilar va na (tavba) tazarru
qildilar.
77. To qachonki, Biz ularga qattiq azob (qahatchilik) eshigini ochib qo'yganimizda esa, bexos ular
noumid bo'luvchidirlar.
78. U (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko'zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda
kam shukr qilursizlar.
79. U sizlarni yer yuzida (yaratib, so'ngra) taratgan zotdir. Sizlar (qiyomat kuni) Uning huzuriga
to'planursizlar.
80. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Kecha va kunduzning o'zgarib turishi ham Unga (bog'liq)dir.
Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!
81. Yo'q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so'zlarni aytdilar.
82. Dedilar: "Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!
83. Darvoqe, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu va'da qilingan edi. Bu faqat
avvalgilarning afsonalaridir!"
84. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Agar biluvchi bo'lsangizlar (aytinglar-chi), Yer va undagi bor
jonzot kimniki?"
85. Ular: Albatta, "Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (shundan) eslatma olmaysizlarmi?!"
86. Ayting: "Yetti osmonning Rabbi hamda ulug' Arshning Rabbi kimdir?"
87. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir",- derlar. Ayting: "Axir qo'rqmaysizlarmi?!"
88. Ayting: "Agar bilsangizlar (aytinglarchi), barcha narsaning hukmronligi "qo'li"da bo'lgan, o'zi
(barchaga) homiylik qiladigan, Unga qarshi homiylik qilinmaydigan zot kimdir?"
89. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (unda) nechuk sehrlanmoqdasizlar?!"
90. Yo'q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) haqiqatni keltirdik. Ular esa hanuz yolg'onchidirlar.
91. Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta, har bir
iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-biridan ustun bo'lib olur edilar (natijada Yeru osmon buzilib
ketgan bo'lur edi). Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.
92. U maxfiy (sir) va oshkora (gap va ishlar)ni biluvchidir. Bas, keltirayotgan shirklaridan U oliy
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
228
(pok)dir.
93. Ayting: "Ey, Rabbim, menga (kofirlarga) va'da qilinayotgan narsa (azob)ni, ko'rsatsangchi?!
94. Ey, Rabbim! (o'shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!"
95. Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsa (azob)ni Sizga ko'rsatishga qodirdirmiz.
96. Siz (ular qilayotgan) yomonlikni go'zal (so'zlar) bilan daf eting! Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi
biluvchidirmiz.
97. Ayting: "Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman.
98. Yana men Sendan ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman".
99. Toki ulardan (mushriklardan) birortasiga o'lim kelganida: "Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga)
qaytaringlar.
Izoh: Bu yerdagi iltijoda Allohga ko'plik lafzini ishlatishlik Uni birdan ko'p deyish uchun emas, balki
mubolag'a uchun ko'p marta "Alloh" lafzini aytish o'rnida ishlatishdir.
100. Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam", - der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu
haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo
o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir.
Izoh: Bu dunyo bilan oxirat o'rtasini ajratib turadigan makon va zamon arab tilida "barzax" deyiladi.
101. Bas, qachonki, sur chalinganida (qiyomat boshlanganida,) ana o'sha kuni ularning o'rtalarida (hech
qanday) nasablar qolmas va ular o'zaro savol-javob ham qila olmaslar.
102. Bas, kimning (yaxshilik) mezonlari og'ir kelsa, bas, ana o'shalar iqbollidirlar.
103. Kimning mezonlari yengil bo'lsa, bas, ana o'shalar o'zlariga ziyon qilibdilar. Ular jahannamda
mangu qoluvchidirlar.
104. Yuzlarini o't kuydirgach, ular u yerda badbashara bo'lib qoluvchidirlar.
105. (Ularga): "Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilinar, sizlar esa ularni yolg'onga yo'ygan
emasmidingizlar?!" (deyilganida),
106. ular deydilar: "Ey, Rabbimiz! Badbaxtligimiz bizlarga g'olib kelib, adashgan qavm bo'lib qolgan
ekanmiz.
107. Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug'yonga)
qaytsak, u holda biz shaksiz (o'zimizga) zulm qiluvchidirmiz".
108. (Alloh) aytadi: "(Jahannamda) xor bo'lingiz va Menga so'z qotmangiz!
109. Darvoqe, Mening bandalarim ichida bir guruh bor edi. Ular: "Ey, Rabbimiz! (o'zingga) imon
keltirdik. Bas, bizlarni mag'firat qilgin va bizlarga rahm ayla. Sen o'zing rahm qiluvchilarning
yaxshisidirsan", - der edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
229
110. Bas, sizlar ularni masxara qildingiz, hatto ular (bu kulish) sizlarga Meni eslashni unuttirdi. Sizlar
ulardan kulgan edingiz.
111. Men bugun ularni sabr qilganlari sababli mukofotladim - ular haqiqatan yutuqqa
erishuvchidirlar".
112. "Yerda yillar hisobi bo'yicha qancha turdingizlar?" - deydi (Alloh).
113. Ular aytadilar: "Bir kun yoki yarim kun. Sanab turuvchi (farishtalar)dan so'ragin!"
114. (Alloh) deydi: "Agar sizlar biladigan bo'lsangizlar, (dunyoda) juda oz turdingizlar.
115. Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga
qaytarilmaysizlarmi?!"
116. Zotan, haqqoniy Podshoh - Alloh yuksakdir. Undan o'zga iloh yo'qdir va (U) ulug' Arshning
rabbidir.
117. Kimki o'zida hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa (biror) "iloh"ga iltijo
qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorning huzuridadir. Albatta, kofir bo'lganlar najot topmaslar!
118. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, Rabbim! (gunohlarimizni) mag'firat et va (holimizga) rahm ayla!
Sen (o'zing) rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan!".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
230
Do'stlaringiz bilan baham: |