38. Men esa: "U Alloh Rabbimdir" (deyman) va Rabbimga hech kimni sherik qilmayman.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
191
39. Sen bog'ingga kirganingda: "Alloh xohlagan narsagina (bo'lur), bor kuch-quvvat yolg'iz Alloh
bilandir", deganingda edi! Bordiyu meni boylik va farzand jihatidan o'zingdan kamroq deb bilsang,
40. shoyadki, Rabbim menga sening bog'ingdan yaxshiroq (bog') ato etar, (sening bog'ingga esa)
osmondan ofat yuborur, bas, u toyg'oq (tekis) yerga aylanib qolur.
41. Yoki uning suvi (yer qa'riga) singib ketib, sen uni istab topa olmay qolursan".
42. (Darhaqiqat), uning mevasi (bog'i) ihota (halok) qilindi. O'zi esa huvillab qolgan ishkomlarni (ko'rib)
va ularga sarflangan narsalarni (o'ylab), chapak chalganicha (pushaymon qilib): "Qani edi, men ham
Rabbimga hech kimni sherik qilmaganimda!" - deb qoldi.
43. Shuningdek, uning uchun Allohdan o'zga na bir yordam beradigan guruh bo'ldi va na o'zi (o'ziga)
yordam bera oluvchi bo'ldi.
44. U joyda (Qiyomatda) madad faqat Haq - Alloh (izmi)dadir. U mukofoti yaxshi va oqibati xayrli
zotdir.
45. (Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni
osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur,
so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir
zotdir.
Izoh: Inson umrining bahori - yoshlik davri va kuzi - keksalik ayyomi ekani haqida masal berilmoqda.
46. Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir. Rabbingiz nazdida esa, boqiy qoluvchi solih
amallar savobliroq va orzu qilishga loyiqroqdir.
47. Tog'larni (bulutlardek) yurgizadigan va sizlar Yerni tep-tekis (tog'u, bog'larsiz) ko'radigan Kunni
(Qiyomatni eslangiz)! (U Kunda Biz) ulardan birortasini qo'ymay yig'amiz.
48. Ular saf tortgan hollarida Rabbingizga ro'baro' qilinadilar (va Biz ularga ayturmiz): "Mana sizlarni
ilk bor qanday yaratgan bo'lsak, shunday holda, (yalang'och holingizda) huzurimizga keldingiz. Balki
sizlarga Biz va'da qilgan Kunni (Qiyomatni paydo) qila olmas, deb o'ylagandirsizlar?!"
49. (So'ng har bir kishining) nomai a'moli (o'z qo'liga) qo'yilur. Bas, gunohkorlarning unda (bitilgan)
narsalardan dahshatga tushib: "Holimizga voy! Bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni)
qoldirmay, barchasini hisoblab qo'yibdi", deyishlarini ko'rursiz. (Ular) qilgan (barcha) amallarini naqd
holda topurlar. Rabbingiz hech kimga zulm qilmas.
50. Eslang, (Ey, Muhammad,) farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat
iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo'yin sunishdan bosh tortdi. Endi
sizlar (ey, Odam bolalari,) Meni qo'yib, uni (iblisni) va zurriyotlarini do'st tutasizmi?! Ular sizlarga
dushman-ku! U (iblis) zolimlar uchun (Allohning o'rniga) naqadar yomon "o'rinbosardir!"
51. Men ularni (iblis va uning zurriyotini) na osmonlar va Yerni yaratishga va na o'zlarini yaratishga
guvoh qilgan emasman, shuningdek, (bu) yo'ldan ozdiruvchilarni (O'zimga) dastyor qilib ham olganim
yo'q.
52. U Kunda (Qiyomatda Alloh): "Sizlar Mening sheriklarim deb o'ylagan (butlaringizni) chaqiringiz",
der. Bas, ularni chaqirganlarida, (ular) javob qilmaydilar. (Chunki) Biz ularning o'rtalarida halokat
chohini (do'zaxni) paydo qilib qo'ygan bo'lamiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
192
53. Gunohkorlar do'zaxni ko'rib, o'zlarining unga tushuvchi ekanlarini biladilar, ammo undan
qochishga joy topmaydilar.
54. (Biz) bu Qur'onda odamlarga turli masallardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson ko'p janjal (bahs)
qiluvchidir.
55. Odamlarga hidoyat kelganda imon keltirishlaridan va Parvardigordan mag'firat so'rashlaridan
to'sgan narsa - bu faqat ularga o'tganlarning yo'li (halokatlari) kelishi yoki ochiq azob kelishi
(intizorligi)dir.
Izoh: O'tganlarning yo'lidan murod - ularga o'xshab imon keltirmay itoatsizlik qilgan qavmlarga kelgan
azobning bularga ham kelishining haqligi yoki keladigan azobga ishonmay, masxara uchun uning kelishini
kutib o'tirishlaridir.
56. Biz payg'ambarlarni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchilar sifatidagina yuborurmiz. Kofir
bo'lganlar esa botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida haqiqatni toyiltirmoqchi bo'lurlar
hamda oyatlarimni va o'zlari ogohlantirilgan narsani (oxirat azobini) masxara qilib olurlar.
57. Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilingach, ulardan yuz o'girgan, o'zi qilib o'tgan
(gunoh)larini unutib qo'ygan kimsadan kim zolimroqdir?! Darhaqiqat, Biz (Qur'onni) anglamasliklari
uchun ularning dillarini pardalab, quloqlarini og'ir qilib qo'ydik. Demak, agar Siz ularni hidoyatga
chaqirsangiz ham sira hidoyatga yurmaslar.
58. Rabbingiz mag'firatli va rahm (shafqat) sohibidir. Agar ularni qilgan gunohlari sababli tutganida,
ularga azobni naqd qilgan bo'lur edi. Yo'q, ular uchun va'da qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, Undan
o'zga biror panoh topa olmaslar.
59. Ana u shaharlar (aholisi)ni zulm qilishgach, halokat paytlarini aniq belgilab qo'yib, halok qildik.
60. Muso (o'zining xizmatkor) yigitiga: "Toikki dengiz qo'shiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq
muddat kezmaguncha yurishdan to'xtamayman", - degan paytini eslangiz.
Izoh: Muso (a. s.) ning xizmatkor yigiti Yuvsha' (a. s.) edilar. Shu oyat bilan Muso va Xizr (a. s.)lar qissasi
boshlanadi. Bunga sabab Muso (a. s.) Haq Taolodan: "Mendan ham ilmi, martabasi yuqoriroq bandang
bormi?" - deb so'raganda, U: "Ha, bor" - degan. "Qaysi yerdan uni topurman?" - deganlarida, "Bir baliqni
savatchaga solib dengiz bo'yidan yurib boraverasan. Baliq yo'qolgan joydan uni topursan" deydi. Baliqni
savatchaga solib, uni xizmatkori qo'liga berib yo'lga ravona bo'ladilar.
61. Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo'shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq)
dengiz qa'riga yo'l oldi.
62. Bas, qachonki (u yerdan) o'tishgach, (Muso) yigitiga: "Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu
safarimizdan juda charchadik", - dedi.
63. U (xizmatkor) aytdi: "Buni ko'ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda,
men baliqni unutibman. (Buni sizga) aytishni faqat shayton yodimdan chiqardi. U (baliq) dengizga ajib
(yo'sinda) yo'l olganedi".
64. (Muso) dedi: "Mana shu biz istagan narsadir". So'ng (Xizrni) qidirib, izlariga qaytdilar.
65. Bas, bandalarimizdan bir bandani (Xizrni) topdilarki, Biz unga O'z dargohimizdan rahmat ato etgan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
193
va O'z huzurimizdan ilm bergan edik.
Izoh: Ato etilgan rahmatdan murod payg'ambarlik, ilm yoki uzoq umrmi, ekanligi haqida turli fikrlar bor. Ya'ni
Xizr (a. s.) payg'ambar bo'lganmilar yoki valiymi? Ko'proq ulamolar serkaromat valiy bo'lganliklarini
ta'kidlaydilar.
66. Muso unga: "Senga bildirilgan bilimdan, menga ham to'g'ri yo'lni ta'lim berishing uchun senga
ergashsam maylimi?" - dedi.
67. U (Xizr) aytdi: "Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan.
68. (Zotan) o'zing egallab xabardor bo'lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!"
69. (Muso) dedi: "Inshoalloh, sen mening sabrli ekanimni ko'rursan. Men biror ishda senga itoatsizlik
qilmasman".
70. U (Xizr) aytdi: "Bas, agar menga ergashsang, to o'zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida
mendan so'ramagin!"
71. Bas, ikkisi yo'lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani) teshib qo'ydi. (Muso)
aytdi: "Odamlarini g'arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo'ya ish qilding-ku!"
72. U (Xizr) dedi: "Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!"
73. (Muso) aytdi: "Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor
ham qilmagin".
74. So'ngra yana yo'lga tushdilar. To borib bir bolani uchratganlarida (Xizr) uni qatl etdi. (Buni ko'rgan
Muso) dedi: "Nahot birovni o'ldirmagan bir begunoh jonni o'ldirsang?! Haqiqatan, (sen) xunuk ish
qilding!"
75. U (Xizr) dedi: "Senga men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmas, demaganmidim?!"
76. (Muso) dedi: "Agar bundan keyin sendan biror narsa haqida so'rasam, menga hamroh bo'lmagin.
Men tomondan uzr (me'yori)ga yetgan bo'lursan".
77. So'ngra (ular) yana yo'lga tushdilar. To bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan taom so'ragan
edilar, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Keyin o'sha joyda yiqilay deb turgan bir devorni
ko'rishgach, (Xizr) uni tiklab qo'ydi. (Muso) dedi: "Agar xohlasang, bu (ishing) uchun haq olishing
mumkin edi".
78. U (Xizr) aytdi: "Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni sabr qilishga toqating
yetmagan narsalarning ta'vili (sharhi)dan ogoh qilurman:
79. Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo'ymoqchi
bo'ldim. (Chunki) ularning ortida barcha (butun) kemalarni tortib olayotgan bir podshoh bor edi.
80. Haligi bolaning esa, ota-onalari mo'min kishilar edilar. Bas, biz u (bola) tug'yon va kufr bilan ularni
qiynab qo'yishidan qo'rqdik.
81. Shu sababdan, ularga Parvardigorlari u (bola)dan ko'ra pokizaroq va undan ko'ra mehri bonroq
(boshqa bir bolani) badal (evaz) qilib berishini istadik.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
194
82. Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki bo'lib, uning ostida ular uchun bir xazina bor edi.
Ularning otasi solih kishi edi. Bas, Rabbing ular voyaga yetib, Rabbingning rahmati bo'lmish
xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu (ishlarni) o'zimcha qilganim yo'q. Mana shu sen
sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta'vilidir".
83. (Ey, Muhammad,) yana Sizdan Zul-qarnayn haqida so'raydilar. Ayting: "Men sizlarga u haqdagi
xabarni hozir o'qib berurman".
84. Darhaqiqat, Biz unga (Zul-qarnaynga) Yerda martaba berdik va (istagan) barcha narsasiga yo'l
(imkoniyat) ato etdik.
85. Bas, u (avval G'arbga qarab) yo'l oldi.
86. To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach, u (quyoshning) bir loyqa buloq (orti)ga botayotganini
ko'rdi va (buloq)ning oldida bir qavmni uchratdi. Biz: "Ey, Zul-qarnayn, yo (ularni) azobga duchor
qilursan yoki ularga yaxshi muomalada bo'lursan", - dedik.
Izoh: Loyqa ma'nosini anglatuvchi "hamia" kalimasi boshqa bir qiroatda "homiya" o'qiladi. Ma'nosi
qaynoqdir. Demak, qaynoq buloq uzra, degan ma'no chiqadi.
87. U aytdi: "Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So'ngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot
uni yanada xunuk azob bilan azoblar.
88. Endi imon keltirib ezgu ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun go'zal mukofot (jannat) bo'lur. Biz
ham unga ishimizdan osonlarini buyururmiz".
89. So'ngra, u (Sharqqa qarab) yo'l oldi.
90. To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini ko'rdi.
Biz u qavm uchun quyoshdan (saqlanadigan) biror parda qilmagan edik.
91. (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz.
92. So'ngra, u yana yo'l oldi.
93. To (ketayotib) ikki tog' o'rtasiga yetib kelgach, u (tog'lar ortida) gapni sira anglamaydigan qavmni
uchratdi.
94. Ular: "Ey, Zul-qarnayn, albatta, (shu tog'lar ortidagi) Ya'juj va Ma'juj (qabilalari) Yer yuzida
buzg'unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir
to'g'on qurib berurmisan?" - dedilar.
95. U (Zul-qarnayn) aytdi: "Rabbimning menga ato etgani (ne'matlari) sizlar beradigan (mol-dunyodan)
yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o'rtasiga
bir devor bino qilay.
96. Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar. To (parchalar) ikkala tog' yonbag'irlari bilan barobar
bo'lgach, dam uringlar" - dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) o't qilgach (eritgach), dedi:
"Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, u (temir parchalari)ning ustidan quyurman.
97. Endi ular (Ya'juj va Ma'juj) u (to'siq)ning ustiga chiqishga ham, uni teshib o'tishga ham qodir
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
195
emaslar.
98. "Bu Rabbim (tomoni)dan bo'lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya'juj va Ma'juj
chiqadi, deb) va'da qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), O'zi u (to'siq)ni tep-tekis qilib qo'yar.
Rabbimning va'dasi haqdir", - dedi u.
99. U Kunda (Qiyomatda, odamlarni) bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Sur(nay) chalingach,
ularning barchalarini to'playmiz.
100. U Kunda kofirlarga jahannamni namoyish qilurmiz.
101. Ularning ko'zlari (dunyoda) Mening zikrimdan to'silgan bo'lib, Ular (nasihatlarimni) eshitishga
ham qodir emas edilar.
102. Yoki kofir bo'lganlar Meni qo'yib, bandalarimni do'st tutishni o'yladilarmi?! Haqiqatan, Biz
jahannamni kofirlar tushadigan joy qilib qo'ygandirmiz.
103. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlarga qilmishlaridan eng ko'p ziyon ko'ruvchilarning xabarini
beraylikmi?!
104. Ular qilgan sa'y (harakat)lari dunyo hayotidayoq yo'q bo'lib ketgan-u, ammo o'zlarini ishni chiroyli
qilayotgan hisoblaydilar"
105. Ular Parvardigorlarining oyatlarini va U zot bilan muloqotda bo'lishni inkor etishib, butun ish
(amal)lari behuda ketgan kimsalardir. Bas, Biz Qiyomat kunida ular (amallari) uchun hech qanday
vaznni qoim qilmasmiz!
Izoh: Ya'ni ularning ishlari bekor, vazni, salmog'i yo'q bo'lur.
106. Kofir bo'lganlari hamda oyatlarimni va payg'ambarlarimni masxara qilganlari sababli, ularning
jazolari o'sha jahannamdir!
107. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur.
108. Ular, u joylarda mangu qolurlar, undan (boshqa joyga) ko'chishni istamaslar.
109. Ayting: "Bordiyu dengiz (suvi) Rabbimning so'zlari (ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh bo'lsa va
yana shuncha siyoh keltirsak ham, Rabbimning so'zlari bitishdan ilgari, u dengizlar tugab bitar!"
110. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Darhaqiqat, men ham sizlar kabi bir bashardirman. (Faqat)
menga ilohingiz yolg'iz Iloh ekani haqida vahiy etilmoqda. Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda
bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga)
sherik qilmasin!"
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
196
MARYAM SURASI
Maryam - Imron qizi, Iso payg'ambarning onasi. Surada Maryamdan Iso (a. s.)ning otasiz tug'ilishlari, beshikda
gapirganlari va boshqa mo''jizalari haqida oyatlar bo'lgani uchun u Maryam surasi deb atalgan. Surada
payg'ambarlardan Zakariyo, Yahyo, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Muso, Horun, Idris, Nuh (a. s.)lar haqida
ham oyatlar mavjud. Qolgan oyatlarda tavhid, imon, aqida, jannat, do'zax, oxirat, Allohning fazli, rahmati va
mag'firati kabi ilohiy tushunchalar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Kof, Ho, Yo, Ayn, Sod.
2. (Ey, Muhammad! Bu) Rabbingiz O'z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri (qissasi)dir.
3. Qachonki, u Parvardigoriga xufyona duo qilib,
4. degan edi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, mening suyaklarim mo'rtlashdi, keksalikdan boshim (sochim)
oqardi. Ey, Rabbim, men senga duo qilib (hech qachon) baxtsiz bo'lgan emasman.
5. Meni ortimda qoladigan qarindoshlarim (dinni zoye qilib yuborishlari)dan xavfdaman. Xotinim esa
tug'mas bo'lib qolgan. Endi Sen O'z dargohingdan menga bir do'st (farzand) ber.
6. U menga va (bobom) Ya'qub xonadoniga merosxo'r bo'lsin va undan barchani rozi qilgin".
7. (Alloh aytdi): "Ey, Zakariyo, Biz senga bir farzand xushxabarini berurmizki, uning ismi Yahyo bo'lib,
ilgari unga biror (kimsani) hamnom qilgan emasmiz".
8. (Zakariyo) dedi: "Ey, Rabbim! Xotinim tug'mas bo'lib qolgan, o'zim esa keksalikni notavon holatiga
yetib qolgan bo'lsam, menga farzand qayoqdan bo'lsin?"
9. (Alloh) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. (Axir) Men seni ilgari hech narsa
bo'lmagan paytingda (ham) yaratgan edim-ku!"
10. "Ey, Rabbim! Men uchun (kampirim homilali bo'lganiga) biror belgi qilsang", - dedi u (Zakariyo).
(Alloh) aytdi: "Senga belgi shuki, sog' bo'la turib, uch kecha (va kunduz)gacha odamlarga
gapirmaysan".
11. Bas, (Zakariyo) mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga ertayu kech (Allohga) tasbeh aytishni
ishora qildi.
Izoh: Zakariyo vahiy bilan bildiki, tug'mas xotini homilador bo'lar ekan. Buning alomati esa payg'ambarning
tili Tavrot o'qish, tasbeh aytishdan boshqasiga aylanmay qolar ekan. Shunday bo'ldi ham. Odamlar bilan faqat
imo-ishora orqali gaplashib turdilar. Yahyo (a. s.) tug'ildilar. Unga Haq taolo go'daklik chog'idayoq vahiy
yuborib, ilmu hikmat sohibiga aylantirdi.
12. (Biz unga): "Ey, Yahyo! Kitobni (ya'ni, Tavrotni) mahkam tutgin!" - (dedik) va unga go'daklik
chog'idayoq hikmat (va ilm) ato etdik.
13. Yana unga O'z dargohimizdan mehr hamda poklik (ato etdik) va u taqvoli bo'ldi.
14. U ota-onasiga mehribon bo'lib, jabr qiluvchi, quloqsiz bo'lmadi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
197
15. Unga tug'ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (qiyomat) kunida ham
salom (omonlik) bo'lur.
16. (Ey, Muhammad,) ushbu Kitobda (Qur'onda) Maryamni yod eting! U o'z oilasidan chetga, sharq
tomonga bordi.
17. Ulardan pardaga berkinib olgan paytida, Biz unga ruhimiz (ya'ni, Jabroil)ni yubordik. Bas, u
Do'stlaringiz bilan baham: |