Sizni "do'st" qilib olmoqchi bo'ldilar.
74. Agar (Biz) Sizni (haq yo'lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo'lishingizga oz
qolgan edi.
75. U holda, albatta, Biz Sizga dunyo (azobi)ni ham, oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib tottirgan bo'lur
edik, so'ngra Biz sari o'zingizga biror madadkor topa olmagan bo'lur edingiz.
76. Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo'zg'atib yuborishlariga oz qoldi. U
taqdirda o'zlari ham Sizdan keyin ozgina (muddat) tura olardilar, xolos (so'ngra, halok qilinur edilar).
77. (Bu) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan qolgan yo'ldir. Bizning yo'limiz uchun o'zgarish
topmaysiz.
78. Quyosh og'ishidan to tun qorong'usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o'qishni
(bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o'qish (farishtalar) hozir bo'ladigan (namoz)dir.
Izoh: Ushbu oyatdan besh vaqt farz namozning vaqtlarini anglab olish mumkin. Masalan, quyosh og'ishi bilan
peshin namozi, soya ikki barobarga yetgach, asr namozining vaqti kiradi. Qorong'i tushishi bilan, ya'ni, quyosh
botishi bilan shom, so'ng xuftan namozlarining vaqti kiradi. Tonggi o'qish esa - bomdod namozidir.
79. Tunda (bir qismida) uyg'onib o'zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o'qing! Shoyadki, Rabbingiz
Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan) maqomda tiriltirsa.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
185
80. Yana aytingki: "Ey, Rabbim, meni (qabrga) sodiqlik bilan (gunohlarim kechirilgan holimda) kiritgin
va (tiriltirganingda ham) sodiqlik (roziliging bilan) chiqargin hamda men uchun o'z dargohingdan bir
madad beruvchi hujjat ato qilgin".
81. Yana ayting: "Haqiqat (ya'ni, Islom) keldi va botil (kufr) yo'qoldi. Chunki botil yo'qoluvchi
(narsa)dir. "
82. (Biz) Qur'onda(n) mo'minlar uchun shifova rahmat bo'lgan (oyat)larni nozil qilurmiz. (Lekin bu
oyatlar) zolim (kofir)larga faqat ziyonni orttirur.
83. Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in'om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o'girib,
o'z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag'allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo'lur.
84. Ayting: "Har kim o'z ravishiga qarab amal qilur. Rabbingiz kim to'g'ri yo'lda ekanini yaxshi
biluvchidir".
85. (Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir".
Sizlarga esa oz ilm berilgandir.
Izoh: Ruh to'g'risida, haqiqatan, inson oz ma'lumotga ega. Shu oz ma'lumotiga asoslanib bo'lsada, odamzot ruh
to'g'risida ko'p asarlar bitgan. Lekin qancha urinmasin, bashariyat ruh kabi narsalarni bilishda Allohning
ilmiga yaqin kela olmaydi.
86. Qasamki, agar hohlasak, albatta, Sizga qilgan vahiy (Qur'on)ni ketkazurmiz, so'ngra o'zingizga
(Qur'onni qaytarib olish uchun) Bizga qarshi biror vakil (homiy) topa olmassiz.
87. Illo Rabbingizning marhamati bilangina (Qur'onni qaytarib olishingiz mumkin). Darhaqiqat, Sizga
Uning fazli kattadir.
88. Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, bir-
birlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar".
89. Aniqki, (Biz) ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masal (ma'no)lardan bayon qildik. Lekin
odamlarning ko'plari faqat inkornigina ixtiyor etdilar.
90. Aytdilar: "Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira
imon keltirmaymiz.
91. Yo sening xurmozor, uzumzor bog'ing bo'lib, uning o'rtasidan yorib anhorlar paydo qilmasang,
92. yoki o'zing da'vo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoki
Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha,
93. yoki sening oltindan bir uying bo'lmagunicha (senga imon keltirmaymiz). Yana bizlarga o'qiydigan
(biror) kitob tushirmas ekansan, (osmonga) ko'tarilishingga ham sira ishonmaymiz". Ayting(Ey,
Muhammad): "Ey, Pok Parvardigoro, men faqat payg'ambar bo'lmish bir odam edim-ku!"
94. Odamlarga hidoyat kelgan paytda, faqat: "Alloh (farishtalarni emas, balki) odamzotni payg'ambar
qilib yuboribdimi?!" - deyishlarigina ularni imon keltirishlaridan to'sdi.
95. Ayting: "Agar Yerda (odamlar emas) farishtalar maskan tutib yurganlarida edi, albatta, Biz ularga
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
186
osmondan payg'ambar farishtani tushirgan bo'lur edik".
96. Ayting: "Men bilan sizlarning o'rtamizda Allohning o'zi yetarli guvohdir. Albatta, U bandalaridan
ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir".
97. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o'sha hidoyat topuvchidir. Kimni yo'ldan ozdirsa, bas, ular uchun
Undan o'zga do'stlarni topa olmassiz, ularni Qiyomat kunida yuztuban hollarida ko'r, soqov, kar qilib
tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam olovi) susaysa, ularga olovni
lovullatib yuborurmiz.
98. Bu - Bizning oyatlarimizga kofir bo'lganlari hamda: "Suyak va (chirik) murdalarga aylangan
vaqtimizda, yangitdan yaralib, qayta tirilurmizmi?!" - deganlarining jazosidir.
99. Axir, ular (kofirlar) osmonlar va Yerni yaratgan zot ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini
ko'ra bilmadilarmi?! (Alloh) ular uchun, shubha yo'qki, bir muddatni belgilab qo'ygandir. Lekin
zolimlar kufrdan boshqasiga ko'nmaydilar.
100. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar sizlar Rabbimning rahmat (rizq) xazinalariga ega
bo'lsangizlar, o'shanda ham (uni) ishlatishdan qo'rqib, mumsiklik (baxillik) qilgan bo'lur edingizlar".
(Chunki) inson zoti xasis bo'lur.
101. (Biz) Musoga to'qqizta aniq mo''jiza ato etdik. So'ng u (Fir'avn huzuriga) kelgan paytida, (unga):
"Isroil avlodini (o'z yurtlari - Shomga qo'yib yuborishini, Fir'avndan) so'ragin", (deb buyurdik). Shunda
Fir'avn unga: "Ey, Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb o'ylamoqdaman", - dedi.
Izoh: Muso (a. s.)ga ato etilgan to'qqiz mo''jiza to'g'risida har xil rivoyatlar mavjud. Bir rivoyatda ular -
qo'llarining yog'dusi, asolari, to'fon, chigirtka, bit-burga, qurbaqalar, qon, tosh suvi, Tur tog'i deyilsa,
boshqasida tosh, Tur o'rniga qahatchilik va mevasizlik deyiladi.
102. (Muso) dedi: "(Ey, Fir'avn,) sen anavi mo''jiza)larni faqat osmonlar va Yerning Parvardigori hujjat
qilib nozil qilganini aniq bilursan. Hech shuhba yo'qqi, ey, Fir'avn, men seni halok qilinuvchi deb
bilurman".
103. Shunda, (Fir'avn Muso va uning qavmini) u yerdan qo'zg'atmoqchi bo'lganida, Biz uni (Fir'avnni)
va u bilan birga bo'lganlarning barchalarini (dengizga) g'arq qildik.
104. (Fir'avndan) so'ng, Isroil avlodiga: "Shu yer (Misr)ni maskan tutinglar. Endi qa chonki va'da
qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchalaringizni bir to'p qilib keltirurmiz", - dedik.
105. Biz uni (Qur'onni) haqiqat (hikmat) bilan nozil qildik va (u) haqiqat bilan nozil bo'ldi. (Ey,
Muhammad,) Biz Sizni (mo'minlarga) faqat xushxabar beruvchi va (kofirlarni do'zax azobidan)
ogohlantiruvchi qilib yubordik.
106. Qur'onni odamlarga bardosh bilan (asta) o'qib berishingiz uchun uni bo'laklarga bo'ldik va bo'lib-
bo'lib nozil qildik.
107. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xoh (unga) ishoningiz, xoh ishonmangiz, (hechqisi yo'q). Zotan, ilgari ilm
(tavrot) berilgan kishilar (Qur'on) tilovat qilingan vaqtida, sajda qilgan hollarida iyak (yuz)lari bilan
yiqilurlar. " (Sajda oyati. )
108. Shuningdek ular: "Rabbimizga tasbih aytamizki, beshak Rabbimizning ("Men so'nggi
payg'ambarimni yuborurman va unga Qur'on nozil qilurman" degan) va'dasi ado etiluvchi va'dadir", -
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
187
deydilar.
109. Ular, yig'lagan hollarida, yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur'on) ularning kamtarliklarini ziyoda qilur.
Izoh: Hanafiyadan boshqa mazhablarda sajda.
110. (Ey, Muhammad,) ayting: "Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz. Qanday
chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, Uning go'zal ismlari bordir". (Ey, Muhammad,) Siz namozingizni
juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki mushriklar eshitib, Qur'onni haqorat
qilmasinlar) va o'ta maxfiy ham qilib yubormang (toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar).
Shularning (jahriylik bilan maxfiylik) o'rtasidagi yo'lni istang!
111. "Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan
(ya'ni, hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot - Allohga xosdir", - deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
188
KAHF SURASI
Kahf-g'or. Bu surada boshqa qissalar bilan bir qatorda ajib bir tarixiy voqea, "Ashobi kahf" voqeasi bayon
etilgan. Unda tavhid, imon yo'lida zolim shoh zulmidan qochib borib, bir g'orga yashiringan fidoyi yigitlar
to'g'risida gap ketadi. Surada Muso bilan Xizr (a. s.)larning ibratli qissalari va Zulqarnayn qissalari ham o'z
ifodasini topgan. Shuningdek, boshqa suralardagi kabi ilohiy o'gitlar fasohatli oyatlar bilan bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zot (Alloh)ga - hamd! Uni (Qur'onni
ma'no va mazmunda) qing'ir qilmadi,
2. (balki, u) to'g'ri (haq va rost)dir. Huzuridan (keluvchi) qattiq azob bilan ogohlantirish va ezgu ishlarni
qiladigan mo'minlarga yaxshi mukofot (jannat) xushxabarini berish,
3. (darvoqe, ular) u yer (jannat)da mangu qoluvchilardir;
4. shuningdek, "Allohning farzandi bor" deganlarni ogohlantirish uchun (Kitobni nozilqildi).
5. (Mushriklar,) zotan, uni (farzand mohiyatini) o'zlari ham, ota-bobolari ham bilmaslar. Og'izlaridan
chiquvchi (bu) so'z og'irdir. (Ular) faqat yolg'onni so'zlayaptilar.
6. (Ey, Muhammad,) ular ushbu So'zga (Qur'onga) imon keltirmasalar, ehtimol, Siz ularning ortidan,
afsuslik bilan o'zingizni halok qiluvchidirsiz?!
7. Albatta, Biz (odamlardan) qaysilari chiroyliroq amal qilishlarini sinamoq uchun Yer yuzidagi bor
narsani unga ziynat qilib qo'ydik.
8. (Biz,) shubhasiz, uning (Yerning) ustini (bezaksiz) silliq va quruq qilib qo'yuvchi hamdirmiz.
9. Balki, Kahf (g'or) va Bitik (voqealari yozilgan tosh) egalarini Bizning mo''jizalarimizning eng ajoyibi,
deb hisoblagandirsiz?
10. Qaysiki, yigitlar g'orga panoh istab borishib: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga o'z huzuringdan rahmat ato
etgin va bizlarning ishimizni O'zing to'g'rilagin", - dedilar.
11. Bas, (o'sha) g'orda bir necha yil ularning "quloqlariga urib" (uxlatib) qo'ydik.
12. So'ngra (ularning ichidagi) ikki guruhdan qaysi biri turgan muddatlarini (to'g'ri) hisoblashlarini
bilish (sinash) uchun ularni uyg'otdik.
13. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga ularning xabarini haqiqatan aytib berurmiz. Darhaqiqat, ular
Parvardigorlariga imon keltirgan va Biz ularga hidoyatni ziyoda qilgan yigitlardir.
14. Biz ularning dillari (imonlarini) quvvatlantirdik - o'shanda ular (zolim shoh qarshisida) turib
dedilar: "Bizning Rabbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Bizlar Undan o'zga "iloh"ga sira
iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq so'zni aytgan bo'lurmiz.
15. Ana u qavmimiz esa Undan o'zgalarni "iloh" qilib oldilar. Koshki o'zlari uchun biror aniq hujjat
keltirsalar ekan. Bas, Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!"
16. "(Yigitlar!) Modomiki ulardan (mushriklardan) va Allohdan o'zga ular sig'inayotgan narsalardan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
189
yuz o'girgan ekansizlar, endi g'orga panoh izlab boringiz! Rabbingiz sizlarga O'z rahmatini keng qilur
va ishlaringiz omadini berur".
17. Quyosh chiqishida ularning g'orlarining o'ng tarafidan o'tib ketganini, botishida esa ularning chap
tomoni bo'ylab yiroqlashib ketganini, ular esa hamon uning keng bag'rida ekanlarini ko'rasiz. Bu ham
Allohning mo''jizalaridan (biri)dir. Kimni Alloh hidoyat etsa, bas, o'shagina hidoyat topuvchidir. Kimni
adashtirsa, bas, uning uchun To'g'ri yo'lga soluvchi do'st topa olmassiz.
18. Uxloq bo'lsalar-da, (ko'zlari ochiq bo'lgani uchun) sen ularni uyg'oq, deb o'ylaysan. Biz ularni
(chirib ketmasligi uchun) o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turarmiz. Ularning iti esa old oyoqlarini
ostonaga yozib yotur. Agar ularni ko'rib qolsang, dahshatga tushib, ulardan yuz o'girib qochgan bo'lur
eding.
19. O'zaro savol-javob qilishlari uchun ularni ana shunday uyg'otdik. Ulardan biri dedi: "Qancha
turdingiz?" Ular(ning ayrimlari): "Bir kun yo yarim kun", - dedilar. (Qolganlari esa): "Qancha (uxlab)
turganingizni Rabbingiz bilur. Endi birortangizni shu pulingiz bilan shaharga jo'natingiz, u eng pokroq
taomlarni qarab, sizlarga undan ozuqa olib kelsin. U lutf bilan ehtiyotkorona yursin va sizlarni birortaga
sezdirib qo'ymasin.
Izoh: Bundan bir asr oldin Hindistonda chop etilgan va qorilarimiz qo'lida hozirgacha "Qori Qur'on" nomi
bilan foydalanilib kelinayotgan Qur'on nusxalarida shu oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi Qur'oni Karimning
qoq o'rtasi sifatida belgilangan.
20. Chunki ular (shahar ahli) sizlardan ogoh bo'lib qolsalar, sizlarni toshbo'ron qilurlar yoki sizlarni o'z
dinlariga qaytarurlar va u holda, sira najot topa olmaysizlar", - deyishdi.
21. Shunday qilib, Allohning (qayta tiriltirish haqidagi) va'dasi haq ekanini va qiyomatning (kelishi)
shaksiz ekanini bilishlari uchun (odamlarni g'or yigitlaridan) xabardor qildik. O'shanda (ular vafot
etishgach) o'zaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Bas, (ba'zi kishilar): "Ularning ustiga
uylar bino qilinglar. Parvardigorlari ularni yaxshi biluvchidir", - dedilar. Ularning ustida hukmron
bo'lgan (imonli podshoh va saroy a'yonlari esa): "Albatta, biz ular (ya'ni, Ashobi Kahf qabri) uzra (g'or
og'ziga) bir masjid qurib olurmiz", - deyishdi.
22. Hali ular (Muhammadga zamondosh yahudiy, nasoro va musulmonlarning ayrimlari o'sha Ashobi
Kahf adadini): "Uchtadir, to'rtin chilari itlaridir", desalar, (boshqalari) "beshta bo'lib, oltinchilari
itlaridir", deb g'aybga tosh oturlar (taxminan gap soturlar). Yana: "(Ular) yettitadirlar, sakkizinchilari
itlaridir" ham deydilar. (Ey, Muhammad,) "Ularning sanog'ini Rabbim yaxshi biluvchidir. Ularni juda
oz kishi bilur", deng. Bas, ular xususida faqat (vahiy asosida) ochiq munozara qiling va (Ashobi Kahf)
haqida ularning birortasidan savol so'ramang!
Izoh: Ashobi Kahfning nomlari to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Madorik tafsirida Ali ibn Abi Tolib (r. a.
)dan naql qilinishicha ularning nomlari - Yamlixo, Makshalino, Mashlino, Marnush, Dabarnush, Shoznush,
Kashfittanus. Itlarining nomi Qitmir.
23. Biror narsa haqida: "Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman", deya ko'rmang!
24. Illo, "Inshoalloh, (Alloh xohlasa)" (deng. Bu so'zni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan)
Rabbingizni zikr qiling (ya'ni, "inshoalloh", deng) va: "Shoyad Rabbim meni bundan ham yaqinroq
To'g'ri yo'lga hidoyat etsa",deng!
Izoh: 23-24-oyatlar nozil bo'lishining sababi rivoyatlarga qaraganda, bir guruh yahudiy dindorlari kelib,
Muhammad (a. s.) dan imtihon uchun "Ruh haqida, G'or voqeasi va Zulqarnayn" haqida so'rashgan. O'azrat:
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
190
"Javobini sizlarga ertaga aytaman", - deganlar, lekin "Inshoalloh" demaganlari uchun. Alloh taolo o'z rasulini
hushyorlikka chaqirib, bir necha kun vahiyni to'xtatib qo'ygan. Savollarga kechroq, vahiy tushgandan keyin
javob qilganlar.
25. (Ular) g'orlarida uch yuz yil turdilar va yana to'qqiz (yil)ni ziyoda qildilar.
Izoh: Ya'ni, qamariy yil hisobi bilan to'la 300 yil, shamsiy-melodiy yilga hisob qilish uchun esa, yana 9 yil
qo'shish kerakligi uqdirilmoqda.
26. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ularning qancha turganlarini Alloh yaxshi biluvchidir. Osmonlar va
Yerning sirlari faqat Unga oiddir. U naqadar ko'ruvchi va eshituvchidir! Ular (odamlar) uchun Undan
o'zga biror do'st yo'qdir. U (O'z) hukmida hech kimni sherik qilmas".
27. (Ey, Muhammad,) Sizga vahiy qilingan Rabbingizning Kitobi (Qur'on)ni tilovat qiling! Uning
so'zlarini o'zgartiruvchi yo'qdir. Undan o'zga sira panoh topa olmassiz.
28. Siz o'zingizni ertayu kech Parvardigorlari "yuzi"ni istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga
tuting! Dunyo hayoti ziynati uchun ulardan ko'zlaringiz chetlab o'tmasin! Va qalbini Biz zikrimizdan
g'ofil qilib qo'ygan, havoyi nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo'lgan kimsalarga itoat
etmang!
29. Ayting: "(Bu Qur'on) Rabbingiz (tomoni)dan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon
keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo'lsin". Aniqki, Biz zolim (kofir)lar uchun alangalari ularni qamrab
oladigan do'zaxni tayyorlab qo'yganmiz. Agar ular (tashnalikka chidamay) yalinsalar, eritilgan
(dog'langan) yog' kabi yuzlarni kuydiruvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy
u!
30. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishining
mukofotini zoye qilmasmiz.
31. Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlar bor bo'lib, ular u joyda oltin
bilakuzuklar bilan beza nurlar va yashnab turuvchi shoyi liboslar kiyib, so'rilarda suyanib o'tirurlar.
Naqadar yaxshi mukofot u, naqadar go'zal joy u!
32. (Ey, Muhammad, kofirlarga) ikki kishi masalini keltiring. Ulardan biri uchun ikki uzumzor bog'
qilib, u ikkisini xurmozor bilan o'ragan va o'rtasini ekinzor qilgan edik.
33. Har ikki bog' hosilini bekamu ko'st berar, ularning o'rtasidan bir anhor o'tkazgan edik. .
34. Yana uning boyligi ham bor edi. Bas, u birodariga murojaat qilib: "Mening boyligim senikidan
ko'proq va odamlarim kuchliroq", - dedi.
35. O'ziga zulm qilgan holda, bog'iga kirayotib, aytdi: "Bu (bog'u boyligim) hech qachon yo'q bo'lmaydi.
36. Qiyomat ham qoyim bo'lmaydi, deb o'ylayman. Qasamki, agar Rabbimga (farazan) qaytarilsam,
(qayta tirilsam), albatta, bundan ham yaxshiroq oqibat (baxt)ni topurman".
37. Birodari unga murojaat qilib, dedi: "Seni (Odamni) tuproqdan, so'ng bir tomchi "suv"dan yaratib,
so'ngra inson qilib rostlagan zot (Alloh)ga kofir bo'ldingmi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |