Tarjima haqida


keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan 

xohlaganlaringizga izn bering va Allohdan ularga mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va 

rahmlidir.  

 

63. (Ey, mo'minlar,) payg'ambarni chaqirishni o'rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi 

qilmangizlar! Sizlardan berkingan hollarida (payg'ambar huzuridan) sug'urilib chiqib ketadigan 

kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg'ambarning) amriga xilof ish tutadigan kimsalar o'zlariga biror 

kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan saqlansinlar! 

 

64. Ogoh bo'lingizkim, osmonlar va Yerdagi bor narsalar, albatta, Allohnikidir! U sizlar nimada 

ekaningizni (mo'min yoki munofiqligingizni) ham, o'ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi 

bilur. Bas, ularni (o'shanda) qilib o'tgan ishlaridan xabardor qilur. Alloh barcha narsani biluvchidir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

236


FURQON SURASI 

 

Furqon - ajrim etuvchi. Ya'ni, haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajrim qilib beruvchi ilohiy kitob. Undan 



murod Tavrot, Zabur, Injilning asl nusxalari va Qur'oni karim bo'lishi mumkin. Surada Islom aqidalariga oid 

masalalar, imon, islom, kufr, shirk va oxirat haqida muhim ma'lumotlar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Olamlar (insonlar va jinlar)ga ogohlantiruvchi bo'lishi uchun O'z bandasi (Muhammad)ga Furqon 



(Qur'on)ni nozil etgan zot barakotli (buyuk)dir.  

 

2. U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo'lmagan 

va barcha narsani yaratib, (aniq) o'lchovi bilan o'lchab qo'ygan zotdir.  

 

3. (Mushriklar) esa Uni qo'yib, biror narsa yarata olmaydigan, (balki) o'zlari yaraluvchi bo'lgan, 



o'zlariga ham biror zarar yoki foyda berishga ega bo'lmaydigan va na o'lim berishga, na hayot berishga 

va na qayta tiriltirishga ega bo'lmaydigan "ilohlar"ni tutdilar (ularga sig'indilar).  

 

4. Kufrda bo'lganlar: "Bu (Qur'on) faqat (Muhammad) o'zi to'qib olgan bir yolg'ondir. Unga bu (ishda) 

boshqa qavmlar (ba'zi ahli kitoblar) yordam bergan", - deb nohaqlik va bo'hton qildilar.  

 

5. Yana ular: "(Bu) avvalgilarning afsonalaridir, (Muhammad) ularni ko'chirib olgan. Bas, (bu 

afsonalar) unga ertayu kech o'qib berilur", - dedilar.  

 

6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Uni osmonlar va Yerdagi (barcha) sirni biladigan zot nozil 

qilgandir. Albatta, U mag'firatli va rahmlidir".  

 

7. (Yana) dedilar: "Bu qanday payg'ambarki, (oddiy odamlardek) taom yesa va bozorlarda yursa?! 

Unga (payg'ambarligini tasdiqlaydigan) biror farishta tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi bo'lsa 

edi?!  

 

8. Yoki unga (osmondan ehtiyoji uchun) xazina tashlansa edi yoxud uning uchun bir bog' bo'lib, u 

(boq)dan ovqatlansa edi". Zolimlar (mo'minlarga): "Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga 

ergashmoqdasiz",- dedilar.  

 

9. (Ey, Muhammad,) qarang, ular Sizga qanday masallarni to'qidilar-a?! Bas, ular (haq) yo'ldan ozdilar. 

Endi ular yo'l (topish)ga qodir bo'lmaydilar.  

 

10. Agar xohlasa, Siz uchun (shu dunyodayoq) o'shandan (ular aytgan bog' va xazinadan) yaxshiroq 

narsani - ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va Siz uchun qasrlarni qurib 

beradigan zot (Alloh) barakotli (buyuk)dir.  

 

11. Yo'q, ular qiyomatni inkor etdilar. Biz esa qiyomatni inkor etganlar uchun do'zaxni tayyorlab 

qo'ygandirmiz.  

 

12. (Do'zax) ularni uzoq joydan ko'rgandayoq uning g'alayoni va bo'kirigini eshiturlar.  



 

13. Qachonki, kishanlangan hollarida uning tor joyiga tashlanganlarida, o'sha joyda (o'zlariga) halokat 

tilab qolurlar.  

 

14. (Shunda ularga): "Sizlar bugun bir halokat emas, ko'p halokatlarni tilanglar" (deyilur).  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

237


15. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Shu (do'zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va'da qilingan 

mangulik jannatimi?!" Ular uchun (bu) mukofot va natijadir.  

 

16. Ular uchun o'sha joyda mangulik hollarida barcha xohlagan narsalari muhayyo bo'lur. Bu Rabbingiz 

zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir.  

 

17. (Alloh) ularni (mushriklarni) ham, Allohni qo'yib ibodat qilayotgan butlarini ham to'plab (ularga): 

"Mening anavi bandalarimni sizlar yo'ldan ozdirdingizlarmi yoki ularning o'zlari yo'ldan ozdilarmi?" - 

deydigan Kunda,  

 

18. ular derlar: "Ey, pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan o'zga do'stlar tutish mumkin bo'lmagan edi. 

Lekin, (Sen) ularni va ota-bobolarini (shunday) ta'minladingki, hatto ular (Seni) eslashni ham unutdilar 

va halokat qavmi bo'lib qoldilar".  

 

19. (Ey, mushriklar,) mana, ular (sizlar "Xudo"lar deb sig'ingan butlar) aytayotgan so'zlaringizda 

sizlarni yolg'onchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (o'zlaringga) yordam qilishga ham qodir 

emassizlar. Sizlardan kim zolim - mushrik bo'lsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz.  

 

20. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan barcha payg'ambarlar ham, albatta, taom yer va 

bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba'zilaringizni ba'zilaringiz uchun sinov qilib qo'ydik - (qani,) 

sabr qila olurmisizlar? Rabbingiz esa ko'rib turuvchi zotdir.  

 

 



O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ 

************************* 

 

21. Muloqotimizni umid qilmaydiganlar: "Bizlarga (payg'ambarlik uchun) farishtalar tushirilsa edi yoki 



bizlar Rabbimizni (ko'zlarimiz bilan) ko'rsak edi", - dedilar. Darhaqiqat, ular o'zlariga bino qo'ydilar va 

haddan juda oshib ketdilar.  

 

22. Ular farishtalarni ko'radigan kunni (qiyomat kunini eslang). O'sha kunda jinoyatchilar uchun (hech 

qanday) xushxabar bo'lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: "(Sizlar uchun xushxabar) butunlay 

haromdir!"  

 

23. (Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz.  

 

24. Jannat ahli esa u kunda eng yaxshi qarorgoh va eng go'zal oromgohlarda bo'lurlar.  

 

25. Bulutli osmon yorilib, farishtalar (yer yuziga) tushiriladigan kun (qiyomat)ni eslang! 

 

26. O'sha kunda haqqoniy podshohlik (yolg'iz) Rahmon uchundir. U (kun) kofirlarga ko'p qiyin kun 

bo'lur.  

 

27. U kunda zolim qo'llarini (barmoqlarini) tishlab (nadomat qilib), der: "Eh, qani edi, men ham 

payg'ambar bilan bir yo'lni tutganimda! 

 

28. O'lim bo'lsin menga! Qaniydi falonchini do'st tutmaganimda! 

 

29. Aniqki, menga eslatma (Qur'on) kelganidan so'ng, o'sha (falonchi) meni yo'ldan ozdirdi". (U kunda) 

shayton (o'ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo'yuvchidir.  

 

Izoh: Qiyomat kuni barmoqlarni tishlab pushaymon qiluvchi zolimdan murod mazkur oyatlarda Aqaba ibn Abi 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

238


Muayt bo'lib, uni Islomdan qaytargan shaxs Ubay ibn Xalafdir.  

 

30. Payg'ambar aytdi: "Ey, Rabbim! Darhaqiqat, mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qur'onni 



tark etdilar".  

 

31. Biz (Sizdan oldingi) har bir payg'ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday 

dushman(lar) ilganmiz. Rabbingizning O'zi yetarli rahnamo va yordamchidir!  

 

32. Kufrda bo'lgan kimsalar: "(Nega bu Qur'on unga payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil 

qilinmadi?" - dedilar. (Ey, Muhammad,) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun 

mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan o'qib berdik.  

 

33. Ular Sizga (Qur'onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) masal (savol) keltirsalar, albatta, Biz Sizga haq 



(javob)ni va go'zal tafsirni keltirib qo'ydik.  

 

34. Ular yuztuban hollarida jahannam tomonga sudralurlar. Ana o'shalar eng maqomi yomon va yo'ldan 

ozgan kimsalardir.  

 

35. Qasamki, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik va birodari Horunni u bilan birga vazir etdik.  

 

36. So'ngra dedik: "Bizning oyatlarimizni yolg'onga yo'ygan qavm (Fir'avn va uning qavmi) oldiga 

boringiz!" Bas, (o'z kufrlaridan qaytishmagach,) Biz ularni (dengizga g'arq qilish bilan) qirib tashladik.  

 

37. Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular payg'ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g'arq qildik va 

ularni odamlar uchun ibrat qilib qo'ydik. Yana Biz (bu kabi) zolimlar uchun (oxiratda ham) alamli azob 

tayyorlab qo'ygandirmiz.  

 

38. Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'p avlodlarni (eslang)!  

 

Izoh: Quduq egalari - Shuayb payg'ambarning halokatga uchragan qavmi.  

 

39. Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo'q qilib yubordik.  

 

40. Aniqki, ular (safar kezlarida) shumli yomg'ir (ya'ni, tosh) yog’dirilgan shahardan o'tgandirlar. Axir, 

ular uni ko'rmasmidilar (ibrat olmasmidilar)?! Yo'q, ular qayta tirilishga umid qilmagan kimsalardir! 

 

41. (Ey, Muhammad,) qachonki, ular Sizni ko'rsalar: "Alloh mana shuni payg'ambar qilib yubordimi?!  

 

42. Agar sabr qilib (mahkam turmaganimizda), haqiqatan, u bizlarni ilohlarimizdan ozdirayozdi-ya", - 

deb Sizni masxara qilurlar. Yaqinda - azobni ko'rgan vaqtlarida, kim yo'ldan ko'proq ozgan ekanini 

bilib olurlar.  

 

43. Ko'rdingizmi, kim havo(yi nafs)larini iloh qilib olgan bo'lsa, Siz uning ustida muakkal (mas'ul) 

bo'larmidingiz?!  

 

44. Yoki Siz ularning ko'plarini (haq so'zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar deb o'ylaysizmi?! (Yo'q, 



aslo!) Ular hayvonlarga o'xshaydilar, xolos. Balki, ular yanada yo'ldan ozganroqdirlar.  

 

45. Parvardigoringizning soyani qanday yoyib qo'yganini ko'rmadingizmi?! Agar xohlasa, uni sokin qilib 

qo'ygan bo'lur edi. So'ngra quyoshni unga (soyaning borligiga) dalil qildik.  

 

46. So'ngra uni astagina O'zimizga tortib olurmiz.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

239


 

47. (Alloh) sizlar uchun tunni libos (parda), uyquni orom qilib qo'ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) 

jonlanish qilgan zotdir.  

 

48. U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv 

(yomg'ir) yog’dirdik.  

 

49. Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda 

insonlarni sug'orish uchundir.  

 

50. U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning 

ko'plari faqat noshukrlikni istadilar.  

 

51. Agar Biz xohlasak, har qishloq (va shahar)ga bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) yuborgan bo'lur 

edik.  

 

52. Bas, Siz kofirlarga itoat etmang va u (Qur'on)ning yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!  

 

Izoh: Makka mushriklari Hazrati Rosul (a. s.)dan ota-bobolari sig'ingan sohta ma'budlarga siginish va yangi 



tavhid dinini tark etishni taklif qilganlarida, Alloh taolo ularning bu taklifini rad etishga va ular bilan ilohiy 

oyatlar asosida bahs yuritishga buyuradi.  

 

53. (Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho'r qilib oqizib qo'ygan va ularning 



o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir.  

 

54. U (haqir) suvdan (maniydan) insonni yaratib, so'ng uni (nasl) - nasabli va quda-anda qilib qo'ygan 

zotdir. Darhaqiqat, Rabbingiz (har ishga) qodirdir.  

 

55. (Kofirlar) Allohni qo'yib, o'zlariga foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat 

qiladilar. Kofir o'z Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchidir.  

 

56. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni faqat (mo'minlarga jannatdan) xush xabar beruvchi, (kofirlarni esa 



oxirat azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik.  

 

57. Ayting: "Men sizlardan uning ustidan (hech qanday) haq so'ramayman, faqat Parvardigori sari yo'l 

tutishni xohlaydigan kishilar bo'lsa bas".  

 

58. O'lmaydigan Tirik zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdi bilan tasbeh ayting! U O'z 

bandalarining gunohlaridan yetarli ogohdir.  

 

59. U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi (barcha) narsalarni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh 

uzra mustaviy bo'lgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida xabardor (bilimdon kishilar)dan so'rang!  

 

60. Qachonki (mushriklarga): "Rahmonga sajda qilinglar!" - deyilsa, ular: "Nima u Rahmon? Sen 

buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?" - deyishadi va (bu so'z) ularni yanada (imondan) 

yiroqlashtiradi.  

 

(Sajda oyati)  

 

61. Osmonda burjlarni barpo qilgan va unda chiroq (quyosh) va nurafshon oyni paydo qilgan zot 

barakotli (buyuk)dir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

240


62. U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi bo'lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (o'zaro) 

o'rinbosar qilib qo'ygan zotdir.  

 

63. Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z 

qotganda "Salomatlik bo'lsin", deb javob qiladigan kishilardir.  

 

64. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir.  

 

65. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi 

halokatlidir.  

 

66. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir",- deydigan kishilardir.  

 

67. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - 

mo''tadildir.  

 

68. Ular Alloh bilan birga boshqa "iloh"ga iltijo qilmaslar va Alloh o'ldirishni man etgan jonni nohaq 



o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar.  

 

69. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu 

qolur.  

 

70. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik 

(gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.  

 

71. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur.  

 

72. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan 

o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar.  

 

73. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida 

yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar).  

 

74. Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va 

bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir.  

 

75. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u 

joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar.  

 

76. Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir.  

 

77. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar duolaringiz bo'lmaganida, Parvardigorim sizlarga 

parvo qilmas edi. Bas, sizlar (U yuborgan payg'ambarni) inkor etdingiz. Endi, albatta, sizlarga (azob-

uqubat) lozim bo'lur".  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

241


SHUARO SURASI 

 

Shuaro - shoirlar.  



 

Surada tavhid, imon, Islom, insoniy fazilatlarga da'vat, koinot sirlari, payg'ambarlar, oxiratga taalluqli 

ma'lumotlar yoritiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. To, Sin, Mim.  

 

2. Ushbular aniq Kitob oyatlaridir.  

 

3. (Ey, Muhammad,) ehtimol, Siz (Makka mushriklari) mo'min bo'lmaganlari uchun o'zingizni halok 

qilmoqchidirsiz.  

 

4.  Agar Biz xohlasak, ularga osmondan mo''jiza nozil qilar edik-da, u sababli bo'yinlari egilib qolardi.  

 

5. Ularga Rahmon (tomoni)dan yangi eslatma kelishi bilan, albatta, ular undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.  

 

6. Bas, ular (payg'ambarni) inkor etdilar. Ularga esa o'zlari masxara qilgan narsaning axboroti kelur.  

 

7. Axir, (ular) yerga boqib, unda barcha turdagi foydali navlardan qanchasini undirib qo'yganimizni 

ko'rmadilarmi?! 

 

8. Albatta, bunda alomat bordir. (Lekin) ularning ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.  

 

9. Rabbingiz esa, U qudratli va rahmlidir.  

 

10. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz Musoga nido qilib: "Zolimlar qavmiga borgin - 

 

11. Fir'avn qavmiga. Ular (Mendan) qo'rqmaydilarmi?!" (degan edi).  

 

12. Muso aytdi: "Ey, Rabbim (borurman, lekin) ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqaman.  

 

13. Dilim tang bo'lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim) Horunga ham (payg'ambarlik) yuborgin! 

 

14. Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o'ldirib qo'yishlaridan qo'rqaman".  

 

Izoh: Ya'ni, misrlik bir qibtiy yigitni o'ldirganman.  

 

15. (Alloh) dedi: "Yo'q (o'ldira olmaslar)! Bas, (Horun bilan) mo''jizalarimizni olib boringlar! Albatta, 

Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) tinglab turuvchidirmiz.  

 

16. Bas, ikkovingiz Fir'avnga borib aytinglar: "Haqiqatan, biz olamlar Parvardigorining elchilarimiz.  

 

17. Isroil avlodini bizga qo'shib (o'z yurtlari - Falastinga) jo'natgin!" 

 

18. (Fir'avn Musoga) dedi: "Biz seni bolalik chog'ingda o'z ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning 

bir necha yilida oramizda turgan eding-ku! 

 

19. Keyin noshukrlardan bo'lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!" 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

242


 

20. (Muso) aytdi: "O'shanda men u ishni yanglishganlardan bo'lib qilgan edim.  

 

21. So'ngra sizlardan qo'rqib qochib ketdim. Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni 

payg'ambarlardan qildi.  

 

22. O'sha sen menga minnat qilayotgan ne'mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir".  

 

Izoh: Ya'ni, o'zingni o'tkazgan zulming tufayli men sening saroyingga kelib qolganman. Aks holda, o'z oilamda 



tarbiya topgan bo'lur edim. Shuning uchun meni parvarish qilganingni minnat qilma.  

 

23. Fir'avn dedi: "Olamlar Parvardigori (deganing) nimasi yana?" 



 

24. (Muso) aytdi: "Agar ishonadigan bo'lsanglar, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish