Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


gapirur.  

 

Izoh: Islom aqidasiga binoan, qiyomat qoyim bo'lish oldidan Yeru osmonda turli g'ayri tabiiy alomatlar zohir 



bo'ladi. Shulardan biri "Dobbatul - Arz" - ya'ni Yer maxluqi. U yerdan chiqib kofirlarga la'nat o'qiydi.  

 

83. Biz har bir ummatdan bir guruh - oyatlarimizni inkor etadiganlarni to'plaganimizda ular tizilib 



turadigan kunni (eslang)! 

 

84. Bas, ular (hisobot beriladigan joyga) kelishgach, (Alloh) aytadi: "Sizlar aniq bilmagan holingizda 

oyatlarimni yolg'on dedingizmi?! Yoki nima qiluvchi bo'ldingizlar?!" 

 

85. Zolim (kofir) bo'lganlari sababli ularning ustiga (azob to'g'risidagi) so'z tushadi. Bas, ular so'zlay 

olmaslar.  

 

86. Biz ular taskin topishlari uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug' qilib qo'yganimizni 

ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir! 

 

87. Sur chalinib, Alloh O'zi xohlagan zotlardan boshqa osmonlardagi va Yerdagi (barcha) kimsalar 

dahshatga tushib qolgan va barcha U zot (huzuri)ga taslim qilgan holda keladigan kunni (eslang)! 

 

88. Siz tog'larni ko'rib (mangu) qotib turuvchi, deb o'ylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar (suzib) 

yurgandek (havoda suzib) yurarlar. (Bu) barcha narsani puxta qilgan zot - Allohning sinoatidir. Albatta, 

U zot sizlar qilayotgan (barcha) ishlardan ogohdir! 

 

Izoh: Tog'larning suzib yurishini ikki xil tasavvur qilish mumkin. Birinchisi - qiyomat kuni tog'lar tuya yungi 



kabi havoda to'zib yurishi. Bu to'g'rida 101-suraning 5-oyatida ham zikr etilgan. Ikkinchisi - Yerni fazodan 

turib kuzatilganda tog'lar ham Yer bilan birgalikda bulutlar kabi sayr etayotgandek ko'rinishi.  

 

89. Kim yaxshilik (savob) bilan kelsa, bas, uning uchun (o'sha savobidan) yaxshiroq mukofot bo'lur. Va 



ular o'sha kuni dahshatdan omondadirlar.  

 

90. Kim yomonlik (kufr) bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do'zaxga tashlanurlar. (Va ularga aytilur): 

"Sizlarga faqat qilib o'tgan amallaringiz jazosi berilur".  

 

91. (Ey, Muhammad, ayting): "Men mana shu shaharning (Makkaning) Parvardigorigagina ibodat 

qilishga buyurilgandirman. (U bu shaharni) "harom" qilgandir (ya'ni, bu shaharda qon to'kilishi, zulm 

qilinishi, ov ovlanishi kabilar harom qilingandir). Barcha narsa Unikidir! Men musulmonlardan 

bo'lishga buyurilgandirman.  

 

92. Shuningdek, Qur'onni tilovat qilishga ham (buyurilgandirman). Bas, kim haq yo'lga yursa, faqat o'zi 

uchun yurar. Kim yo'ldan ozsa, u holda aytingki: "Men faqat ogohlantiruvchilardandirman".  

 

93. Ayting: "Hamd Allohgakim, U yaqinda sizlarga O'z mo''jizalarini ko'rsatur. Bas, sizlar u 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

258


(mo''jizalarni) tan olursizlar (lekin u kundagisi foyda bermas)". Rabbingiz sizlarning qilayotgan 

ishlaringizdan g'ofil emasdir! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

259


QASAS SURASI 

 

Qasas - qissa.  



 

Surada Muso(a. s.) ning hayot va faoliyatlari to'g'risida kengroq ma'lumot beriladi. Yovuzlik timsoli sifatida 

Fir'avn va Qorun kabi "quturgan" shaxslar haqida ham ibratomuz oyatlar berilgan. Qolgan oyatlarda, 

odatdagidek, tavhid, imon, e'tiqod, taqvo va solih amallarga targ'ibot, kufr, shirk, ma'siyat kabi razilliklardan 

poklanishga qaratilgan da'vatlar talqin etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. To, Sin, Mim.  



 

2. Ushbu (oyatlar) aniq Kitob oyatlaridir.  

 

3. (Ey, Muhammad,) imon keltiradigan qavm uchun Sizga Muso va Fir'avn xabarini haqiqati bilan tilovat qilib 



berurmiz.  

 

4. Darhaqiqat, Fir'avn yerda (Misrda) tug'yonga ketib, uning aholisini bo'lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil 



avlodi qavmini) xorlab, o'g'illarini so'yar, ayollarini tirik qo'yar edi. Albatta, u buzg'unchilardandir.  

 

5. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga 



aylantirishni va ularni (Fir'avn mulkiga) merosxo'r qilishni istaymiz.  

 

6. Yana ularni o'sha yerda barqaror qilib, Fir'avn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining 



lashkarlariga ular xavotirlanayotgan narsani ko'rsatib qo'yishni (istaymiz).  

 

Izoh: Xavotirlangan narsalari mol-mulk merosi va hukmronlik Isroil avlodi qo'liga o'tib ketishi bo'lib, ular 



shundan cho'chir edilar.  

 

7. Biz Musoning onasiga vahiy qildikki: "Uni emizaver. Bas, (uni o'ldirib ketishlaridan) qo'rqsang, uni 



daryoga tashlagin va qo'rqmagin ham, qayg'urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni 

payg'ambarlardan qiluvchidirmiz".  

 

8. Bas, Fir'avn xonadoni uni (o'sib-ulg'aygach,) o'zlariga "dushman va tashvish" bo'lishi uchun tutib 

oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edilar.  

 

9. Fir'avnning xotini (unga): "(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko'z quvonchidir. Uni 

o'ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak", - dedi. Vaholanki, ular 

(haqiqatni) sezmas edilar.  

 

10. Muso onasining qalbi tashvishdan forig' bo'ldi. - Agar Biz ("Musoni o'zinga qaytarurmiz", degan 

va'damiz)ga imon keltiruvchilardan bo'lishi uchun uning ko'nglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u 

(o'z o'g'li ekani)ni ochib qo'ygan bo'lur edi.  

 

11. (Ona Musoning) opasiga: "Uning (ortidan) tushgin", - dedi. Bas, u ular sezmagan hollarida (Musoni) 

bir chetdan kuzatib turdi.  

 

12. Biz oldindan (Musoga barcha) emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda 

(uning opasi kelib): "Men sizlarga unga kafil bo'lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir 

oilani ko'rsataymi?" - dedi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

260


13. Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) ko'zlari quvonishi va g'am chekmasligi uchun hamda 

Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin, ko'pchiligi (buni) bilmaydilar.  

 

14. Qachonki, u voyaga yetib, (aqli) to'lgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Biz ezgu ish 



qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.  

 

15. (Kunlardan birida Muso) shaharga uning aholisi qaflatda bo'lgan (peshin) paytida kirgan edi, unda 

ikki kishini urushayotgan holatda topdi. Bunisi o'z guruhidan (Isroil avlodi qavmidan) va unisi 

dushmanidan (qibtiylardan) edi. (Bas, Musoning) guruhidan bo'lgan kishi undan dushmaniga qarshi 

yordam so'radi. Shunda Muso bir musht urib, uni o'ldirib qo'ydi. (So'ng pushaymon bo'lib,) dedi: "Bu 

shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq adashtiruvchi dushmandir".  

 

16. (Keyin Allohga iltijo qilib,) dedi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, men o'zimga zulm qilib qo'ydim. Bas, 

meni mag'firat et". (Alloh) uni mag'firat etdi. Albatta, Uning O'zigina mag'firatli va rahmli zotdir.  

 

17. U (yana) dedi: "Ey, Rabbim, menga qilgan in'oming haqqi endi sira jinoyatchilarga yordam qiluvchi 

bo'lmasman!" 

 

18. Bas, u erta tongda shaharda qo'rquvga tushib, (biror ko'ngilsizlikka) ko'z tutgan holda ketayotgan 

edi, qarasa, birdan kecha undan yordam so'ragan kimsa yana uni yordamga chaqirayotibdi. Muso unga 

dedi: "Darhaqiqat, sen aniq gumrohdirsan!" 

 

19. Endi u ikkisiga dushman bo'lgan kimsani (Qibtiyni) tutmoqchi bo'lgan edi, "Ey, Muso, kecha bir 

jonni o'ldirganing kabi (bugun) meni ham o'ldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi 

bo'lmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan bo'lishni istamaysan",- dedi.  

 

20. Shaharning ichkarisidan bir kishi shoshgancha kelib: "Ey, Muso, zodagonlar seni o'ldirish uchun til 

biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgo'y 

kishilardandirman",- dedi.  

 

21. Bas, u qo'rquvga tushib, (atrofni) kuzatgan holda u yerdan chiqib, dedi: "Ey, Rabbim, O'zing menga 

(bu) zolimlar qavmidan najot bergin!" 

 

22. Qachonki, Madyan (shahri) tomonga ravona bo'lgach, dedi: "Zora Rabbim meni to'g'ri yo'lga 



hidoyat etsa!" 

 

23. Qachonki, Madyanning suvi (qudug'i)ga yetib kelgach, u joyda bir to'p odamlar (chorvalarini) 

sug'orayotganlarini ko'rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o'z qo'ylarini) qo'riqlab turganlarini ko'rib: 

"Sizlarga ne bo'ldi?" - dedi. Ular: "Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug'ora olmaymiz. 

Otamiz esa qari chol", - dedilar.  

 

24. Shunda (Muso) ularga (qo'ylarini) sug'orib berdi. So'ngra (bir chetdagi) soyaga borib (o'tirib), dedi: 

"Ey, Rabbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o'shanga muhtojdirman".  

 

25. Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: "Otam seni bizlarga (qo'ylarimizni) sug'orib berganing 

haqini berish uchun chaqirmoqda",- dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o'z qissasini, 

so'ylab bergach, u: "Qo'rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding", - dedi.  

 

26. (Qizlardan) biri: "Ey, ota, uni (ishga) yollagin! Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli 

kishidir", - dedi.  

 

27. (Shuayb) aytdi: "Menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

261


birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o'n yilni bitirsang (o'n yil ishlab bersang) o'zingdan 

(marhamat)dir. Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni 

bilursan".  

 

28. (Muso) dedi: "Mana shu sen bilan mening o'rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado 

qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so'zimizga guvohdir". 

 

29. Bas, qachonki, Muso (kelishilgan) muddatni o'tab, oilasi bilan (Misr tomon) yo'lga tushgach, Tur 



(tog'i) tarafidan bir olovni ko'rib qoldi. U oilasiga: "Sizlar (shu yerda) kutib turinglar. Men bir olovni 

ko'rib qoldim. Shoyad sizlarga biror xabar yoki isinib olishlaringiz uchun (u) olovdan cho'g' olib 

kelsam", - dedi.  

 

30. Bas, qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o'ng tarafidan - daraxtdan 

unga nido qilindi: "Ey, Muso, Men (barcha) olamlarning Parvardigori - Allohdirman! 

 

31. Asoyingni (yerga) tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga 

qaramay qochdi. (Unga deyildi:) "Ey, Muso, qayt va qo'rqma! Zero, sen (xavfu-xatardan) omonlikdagi 

kishilardandirsan!  

 

32. Qo'lingni qo'yningga tiqqin, biror yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur va qanotingni (ya'ni, qo'lingni) 

qo'rquvdan yumib olgin (u yana o'z holiga qaytur). Bas, shu ikkisi (aso bilan qo'l) Rabbing tomonidan 

Fir'avn va uning zodagonlariga ikki hujjatdir. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar".  

 

33. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, men ulardan bir jonni o'ldirib qo'yganman. Bas, meni o'ldirishlaridan 

qo'rqurman.  

 

34. Birodarim Horun mendan ko'ra tili burroroq. Bas, uni ham men bilan birga meni tasdiqlaydigan 

yordamchi qilib yuborgin. Chunki ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqurman".  

 

35. (Alloh) aytdi: "Biz seni birodaring bilan quvvatlantirurmiz va ikkingiz uchun saltanat (g'alaba ato) 

qilurmiz. Bas, ular sizlarga (biror) ziyon yetkaza olmaslar. Bizning mo''jizalarimiz bilan sizlar ham, 

sizlarga ergashganlar ham g'olibdirlar".  

 

36. Bas, qachonki, Muso ularga Bizning aniq mo''jizalarimizni keltirgach, ular: "Bu sehrdan boshqa 



narsa emas. Bizlar bu narsani o'tgan ota-bobolarimiz (zamoni)da bo'lganini eshitgan emasmiz",- dedilar.  

 

37. Muso aytdi: "Rabbim O'zining huzuridan kimga hidoyat keltirganini ham, oxirat diyoridagi oqibat 

kimga bo'lishini ham juda yaxshi biluvchidir. Albatta, zolimlar tole topmaslar".  

 

38. Fir'avn: "Ey, odamlar, men sizlar uchun o'zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon, 

loyni pishirib, (g'isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil, shoyadki, men (uning ustiga 

chiqib) Musoning ilohini ko'rsam. Men uni yolg'onchilardan deb o'ylamoqdaman", - dedi.  

 

39. U (Fir'avn) va uning lashkarlari yer yuzida nohaq kibrlandilar va o'zlarini Bizga qaytarilmaydilar, 

deb gumon qildilar.  

 

40. Bas, Biz uni va lashkarlarini tutdik-da, dengizga tashladik. Bas, zolimlarning oqibati qanday 

bo'lganini ko'ring! 

 

41. Ularni do'zaxga chorlaydigan peshvolar qilib qo'ydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmas.  

 

42. Biz bu dunyoda ularga la'natni ergashtirdik. Qiyomat kunida ham ular qabih kimsalardandirlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

262


 

43. Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, 

hidoyat va rahmat bo'lgan Kitob ato etdik. Shoyad, ular eslatma olsalar! 

 

44. (Ey, Muhammad,) Biz Musoga ishni (gaplashish va najotni) hukm qilgan paytda Siz (Tur tog'ining) 



g'arb tomonida (Biz bilan Muso va'dalashgan joyda) bo'lmagansiz va guvohlardan ham emas edingiz.  

 

45. Lekin Biz (Musodan so'ng, ko'p) avlodlarni paydo qildik, bas, ularga umr (zamon) cho'zilib ketdi. Siz 

Madyan ahli orasida turuvchi ham, ularga oyatlarimizni tilovat qiluvchi ham bo'lmagansiz. Lekin, Biz 

(Sizni) payg'ambar qilib yuboruvchi bo'ldik.  

 

46. Biz (Musoga) nido qilgan paytda Siz Turning yonida bo'lmagansiz. Lekin, Rabbingiz (tomoni)dan 

rahmat sifatida Sizdan ilgari biror ogohlantiruvchi kelmagan bir qavmni ogohlantirish uchun 

(payg'ambar qilindingiz). Shoyad, ular eslatma olsalar.  

 

47. Boridiyu ularga o'z qilmishlari sababli biror musibat yetganida: "Parvardigoro, bizlarga 

payg'ambar yuborganingda edi, Sening oyatlaringga ergashar va imon keltiruvchilardan bo'lar edik", - 

deyishmaganda (Biz Sizni ularga payg'ambar qilib yubormas edik).  

 

48. Bas, qachonki, ularga Bizning huzurimizdan Haq (payg'ambar) kelgach esa, ular: "Unga (ya'ni, 

Muhammadga) ham Musoga berilgan narsa (mo''jiza) berilganida edi (bizlar unga ergashgan 

bo'lardik)",- dedilar. Axir, ular ilgari Musoga berilgan narsa (mo''jiza)ni ham inkor qilmaganmidilar?! 

Ular: "(Tavrot va Qur'on) bir-birini qo'llab-quvvatlaydigan ikki sehrdir",- dedilar va: "Bizlar (bu ikki 

kitobning) har biriga kofirdirmiz",- dedilar.  

 

49. Ayting: "Agar rostgo'y bo'lsanglar, Alloh huzuridan u ikki (Kitob)dan ko'ra to'g'riroq bo'lgan biror 

kitob keltiringlar, men unga ergashayin.  

 

50. Bas, agar ular Sizga javob bera olmasalar, bas, bilinki ular faqat havoyi nafslarigagina ergashurlar. 

Alloh (tomoni)dan hidoyatlanmagan holda o'z havoyi nafsiga ergashgan kimsadan kim ham 

ozganroqdir?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmas! 

 

51. Eslatma olishlari uchun ularga So'zni (Qur'onni) muttasil nozil qildik.  



 

52. Biz (Qur'ondan) ilgari Kitob (Tavrot, Injil) bergan zotlar (yahudiy va nasroniylarning mo'minlari) 

unga (Qur'on)ga imon keltirurlar.  

 

53. Qachonki, ularga (Qur'on) tilovat qilinsa: "Bizlar unga imon keltirdik. Albatta, u Rabbimiz 

tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bizlar (Qur'on nozil bo'lishidan) ilgari ham musulmon edik", - derlar.  

 

54. Ana o'sha zotlarga (imon yo'lida) sabr qilganlari sababli mukofotlari ikki barobar ato etilur. Ular 

yomonlikni (ya'ni, kofirlarning ozorlarini) yaxshilik (sabr) bilan daf qilurlar va Biz ularga rizq qilib 

bergan narsalardan ehson qilurlar.  

 

55. Qachonki, behuda (so'z yo ish)ni eshitsalar, undan yuz o'girurlar va: "Bizlarning amallarimiz o'zimiz 

uchun, sizlarning amallaringiz o'zlaringiz uchundir. Omon bo'linglar. Bizlar nodon kimsalarni 

xohlamaymiz", - derlar.  

 

56. (Ey, Muhammad,) Siz o'zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmaysiz, lekin Alloh O'zi xohlagan 

kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topuvchilarni yaxshi biluvchidir.  

 

57. Ular (Quraysh kofirlari): "(Ey, Muhammad,) agar bizlar sen bilan birga to'g'ri yo'lga ergashsak, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

263


yerimizni oldirib qo'yarmiz",- dedilar. Axir, Biz ularga osoyishta Haramni maqom qilib bermadikmi?! 

Barcha narsaning hosillari Bizning dargohimizdan rizq bo'lgan holda o'sha joyga yig'iladi-ku! Lekin, 

ularning aksariyati (buni) bilmaslar.  

 

58. Biz qanchadan-qancha maishati haddan oshgan yurtlarni halok qildik. Bas, maskanlarida ulardan 

keyin kamdan-kam istiqomat qilindi. (Ularning mulku-diyorlariga) Biz voris bo'ldik.  

 

59. Rabbingiz barcha yurtlarning markazlariga oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan payg'ambar 

yubormagunicha, u (yurtlar)ni halok qiluvchi bo'lmadi. Biz yurtlarni faqat ularning aholisi zolim (kofir) 

bo'lgandagina halok qiluvchi bo'ldik.  

 

60. Sizlarga nima berilgan bo'lsa faqat dunyo hayotining mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi 



(mukofot) esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?! 

 

61. Axir, Biz go'zal va'da (jannat)ni va'da qilgan va unga erishgan kishi, Biz dunyo hayoti matosidan 

ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida (mangu azobga) hozir qilinuvchi kimsa kabi bo'lurmi?! 

 

62. (Eslang, Alloh qiyomat kuni) ularga nido qilur: "Sizlar (bor deb) e'tiqod qilib yurgan "sheriklarim" 

qani?!" - deb.  

 

63. Ustilaridan (azob haqidagi) So'z muqarrar bo'lgan kimsalar: "Ey, Rabbimiz, ana u bizlar yo'ldan 

ozdirgan kimsalarni ham xuddi o'zimiz ozgan kabi yo'ldan ozdirgandirmiz. Bizlar Senga (aybdor emas) 

oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qiluvchi bo'lmaganlar", - derlar.  

 

64. Ularga: "Shirklaringizni (yordamga) chorlangiz",- deyilur, ularga iltijo qilganlarida (ular) javob 

qilmaslar va ular azobni ko'rurlar. Agar hidoyat topsalar edi (azobni ko'rmas edilar).  

 

65. (Alloh) ularga nido qilib: "Payg'ambarlarimga ne javob qilgan edinglar?" - deydigan kunda, 

 

66. o'sha kunda ularga xabarlar (bahona va sabablar) ko'rinmay qolur, bas, bir-birlaridan ham so'rasha 

olmaslar.  

 

67. Bas, kim tavba qilib, imon keltirib, solih amal qilgan bo'lsa, shoyadki (u) najot topuvchilardan bo'lsa.  

 

68. Rabbingiz O'zi xohlagan narsani yaratur va (xohlagan ishni) ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor yo'qdir! 

Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir! 

 

69. Rabbingiz ularning dillari yashirgan narsalarini (sirlarini) ham, oshkor qilgan narsalarini (so'zlarini) 

ham bilur.  

 

70. U Allohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir! Avvalu oxirda (ya'ni, dunyoyu oxiratda) hamd faqat Uning 

uchundir. Hukm ham Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar.  

 

71. (Ey, Muhammad,) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha ustingizda 



mangu qilib qo'ysa, Allohdan o'zga qaysi "iloh" sizlarga biror yorug'lik keltira olur?! Axir, 

eshitmaysizlarmi?!" 

 

72. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha ustingizda mangu qilib qo'ysa, 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish