Tаrjimа bu qayta yaratish san’ati, yuksаk bаdiiy ijоddir, ijоd bo‘lgаndа hаm



Download 24,37 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi24,37 Kb.
#403782
Bog'liq
Таржима сўзининг луғавий маъносини кўриб чиқадиган бўлсак


Таржима сўзининг луғавий маъносини кўриб чиқадиган бўлсак, таржима – форсча “тарзабон” сўзидан арабийлашиб ўзгарган. “Тарзабон” – чиройли сўзловчи, нотиқ, тили бурро киши деган маъноларни билдиради. Араб тилига “таржумон” шаклига қабул қилинган бу сўздан “таржима” ёки “таржума” сўзи ҳосил бўлган. Кўп йиллар мобайнида “таржима” шарҳ, баён қилиш, тушунтириш маъноларида ҳам қўлланиб келинган. Кейинчалик эса бу сўз бадиий ижоднинг бир турини ифодалаш маъносини касб этди ва илмий-филологик терминга айланди.

Tаrjimа bu qayta yaratish san’ati, yuksаk bаdiiy ijоddir, ijоd bo‘lgаndа hаm
tarjima muаllifidаn izlаnish, mеhnаt, sаbr-tоqаt tаlаb qilаdigаn, turli xil
materiallar ustida mashaqqatli ish olib borishni talab qiladigan ijоddir.
Tarjima tushunchasining ma’nosi juda keng, chunki «Tarjima nima?» degan
savolga turli soha vakillari turlicha javob berishadi. Bir kishi tarjimani bir tilda
yozilgan kitobni ikkinchi tillga o‘girish desa, boshqa bir kishi uni bir tilda bayon
qilingan fikrni o‘zga tilda so‘zlovchi kishilarga tushuntirib berishdan iborat deb
biladi. Uchinchi bir kishi fikricha esa, kinofilmlar ham tarjima qilinadi, demak
tarjima bu bir tilda rol ijro etayotgan aktyorning nutqini ikkinchi uchinchi va
hokazo tillarga o‘girish demakdir. Tarjimaga lingvistik tarjimashunoslik nuqtai nazaridan yondashib,
quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo‘lmish tarjima - bir tilda yaratilgan
nutqiy ifodani (matnni), uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, o‘zga til
vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir. Demak, asliyat mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda tarjima tili
qonuniyatlari asosida vujudga keltirilgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarning mazmuniy-uslubiy adekvatligi
yuzaga keltiriladi.
Mazkur ta’rif tillararo amalga oshiriladigan jarayonga aloqador bo‘lib,
insoniyat faoliyatining ko‘proq qismi mazkur amaliyot bilan bog‘liqdir. Shu tufayli
«tarjima» deganda aksariyat kishilar ko‘z oldida, birinchi navbatda bir tildagi
matnni ikkinchi tilga o‘girish faoliyati namoyon bo‘ladi.
Tarjima to‘g‘risida bildirilgan yuqoridagi mulohazalarning barchasida jon
bor. Chunki ularning har biri tarjimani bir tomondan ta’riflab, bu haqdagi umumiy
tushunchani to‘ldirishga xizmat qiladi. Demak, tarjima - ko‘p sohali, sertarmoq,
murakkab faoliyat. Tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri
bo‘lib, u tufayli biz insoniyat taraqqiyoti tarixini barcha tafsilotlari bilan ochiqoydin tasavvur etamiz.
Tarjima xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga,
ular o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy alosalarning
kengayishiga xizmat qiluvchi qudratli quroldir.
Tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri
jarayonini tezlashtiradi. Tarjimaviy asarlar tufayli kitobxonlar jahon adabiyoti
durdonalaridan bahramand bo‘ladilar, ularning estetik tuyg‘ulari oshadi, didlari
o‘sadi, ularda go‘zal narsalar haqida tushunchalar hosil bo‘ladi. Tarjima tillarning kamoloti uchun zaruriy vosita sifatida, ularning rivojlanish
sur’atini jadallashtiradi, lug‘at boyligini oshiradi va takomillashtiradi. Tarjima
inson ma’naviy hayotini boyitadi, ona tilining imkoniyatlarini kengaytiradi, uni
serjilo qiladi.
Tarjima tufayli kitobxon tafakkuri charxlanib, yangi g‘oyalar, tushunchalar
bilan boyiydi.Tarjima jamiyatda yangicha munosabatlar, qarashlar qaror topishiga
xizmat qiladi.Tarjima tufayli yangicha syujet, janr shakllanadi.Tarjima Vatan
adabiyotiga yangi obrazlar, badiiy-tasviriy vositalar hadya etadi.
Ammo shuni ham nazarda tutish lozimki, mazkur jarayon natijasi ham tarjima
yordamida ifoda etiladi. Bunda asliyatning o‘girmasi bo‘lmish ikkilamchi matn
nazarda tutiladi. Tarjimaning bosh xossasi uning so‘z san’ati ekanligidadir. So‘zning fikrni
ifodalash xususiyati, ta’sir quvvatiga ega ekanligi tarjimani san’at darajasida tadbiq
etish imkonini beradi. Tarjimada ikki xalq va ikki til, ikki ma’naviy hayot, ikki
milliy madaniyat, ikki davr va ikki adib o‘rtasidagi bir-biriga chambarchas bo‘g‘liq
munosabatlarning ham o‘ziga xos ko‘rinishini e’tiborga olish zarur.
Tarjima qilinayotgan tekst yoki nutqning qandayligidan qatiy nazar, bir tildan
boshqasiga o‘girilayotgan har qanday ish ya’ni, har qanday tarjima uchun umumiy
bo‘lgan ikki holat bor:
1. Tarjimoning maqsadi – asl nusxa tilini bilmagan kitobxon yoki tinglovchini
o‘sha asar teksti yoki nutq mazmuni bilan iloji boricha aniq, to‘la-to‘kis
tanishtirish;
2. Tarjima qilish – muayyan til vositalari yordamida ifoda etilgan narsani boshqa til vositalari orqali asli bilan to‘la mos ifodalash demakdir.
Tarjima amaliyoti paydo bo‘libdiki, asliyatni ona tiliga qanday o‘girish lozim
degan masala tarjimonlar oldida ko‘ndalang turgan muammo sanaladi, tarjima
borasida so‘z yuritilganda, shubhasiz, ko‘z o‘ngimizda uning bir necha xillari
namoyon bo‘ladi. Jumladan: a) bir tildan ikkinchisiga – qardosh yoki qardosh
bo‘lmagan tilga tarjima qilish;
b) adabiy tildan - uning biror shevasiga va biror shevadan – adabiy tilga
yoki bir tilning shevasidan boshqa adabiy tilga tarjima qilish;
c) qadimiy davr tilidan o‘sha tilning hozirgi zamonaviy holatiga tarjima
qilish;
Hozirda tarjimaning yuqoridagi turlariga yana so‘zma- so‘z tarjima, ijodiy
tarjima, erkin tarjima, mualliflashtirilgan tarjima va shu kabi bir qator tarjimalar
ham qo‘shilgan. Buning asosiy sababi tarjima jarayoniga turlicha yondashishdir.
Ammo tarjimaning qaysi turi bo‘lmasin, har qanday tarjimaning maqsad va
vazifalari bo‘ladi.
Tarjimaning maqsadi - xorijiy til lisoniy vositalari yordamida yaratilgan
matnni ona tili materiallari asosida qayta yaratishdan iboratdir. Buning uchun
tarjimon, birinchi navbatda, asl nusxani to‘la-to‘kis idrok etishi, so‘ngra uni o‘z tilida bekami-ko‘st qayta ifodalashi darkor. Muallif yaratgan badiiy-estetik
voqelikni to‘laligicha idrok etish uchun tarjimon keng mushohada qila olish
xususiyatiga ega bo‘lishiva badiiy asar tarkibidagi lisoniy vositalarning mazmuniy
va uslubiy-estetik jihatlarini to‘g‘ri anglashi, shu bilan birga muallif nazarda tutgan
bosh g‘oyani, uning niyat va maqsadlarini, ochiq-oydin tasavvur etishi zarur.
Natijada tarjimon tomonidan qilingan tarjima xuddi asliyat o‘z kitobxoniga qanday
badiiy-estetik zavq baxsh etsa, uning tarjimasi ham asarni asliyatda mutolaa qila
olmaydigan kitobxonga xuddi shunday taassurot in’om etsin.
Kitobxon tarjimada shavq-zavq uyg‘ota olmaydigan asarni muallif tomonidan
past saviyada bitilgan deb baholaydi, ya’ni noto‘g’ri tarjima kitobxonni chalg‘itadi.
Tarjimaning vazifasi - asliyat va tarjima tillari leksik, grammatik va stilistik
hodisalari o‘rtasidagi uyg‘un hamda tafovutli jihatlarni puxta o‘zlashtirib olgan
holda, asliyatning shakl va mazmun birligini ona tili vositalari yordamida qayta yaratishdan iboratdir. Bu tamoyilga rioya qilmaslik tarjimada aniqlikning, ifoda
me’yorining buzilishiga, olib keladi.
Asl nusxa muallifidan voqelikni to‘g‘ri aks ettirish talab etilsa, tarjimondan
asl nusxani bekami-ko‘st talqin etish talab qilinadi.
Tarjima qilish jarayonida ikki holat ro‘y beradi, ya’ni birinchidan, tarjima
qilish uchun o‘girilayotgan narsani tushunish, anglash va talqin qilish kerak. Bu
hodisa ona tilida ro‘y beradi. Ikkinchidan, asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda
vositalari, ya’ni so‘z, so‘z birikmasi, grammatik formalarni topish lozim.
Tarjimaviy muvofiqlik yaratish uchun turli juft tillar vositalarini qiyosiy
o‘rganish, badiiy matnning estetik o‘ziga xoslligini, uning moddiy-mantiqiy, hissiy
ta’sirchan va obrazli tizimini tashkil etuvchi unsurlari tarkibidagi uslubiy va
pragmatik xususiyatlarni aniqlash hamda stilistik asosga tayanishni taqazo etadi.
Til birliklarining uslubiy bo‘yoq kasb etish xususiyati turli juft tillar birliklarining
mazmuniy-uslubiy va pragmatik jihatlardan o‘zaro mos kelish-kelmasliklari
to‘grisida qaror qabul qilish imkonini beradi. Tarjimaning bunday tahlili mazkur
sohadagi tasavvur va qarashlarni boyitadi. Ular nafaqat lisoniy, balki til
ma’lumotlari tarkibidan tashqarida bo‘lgan ruhshunoslik, jamiyatshunoslik, etnografik, milliy-tarixiy va boshqa qator jihatlarni o‘z ichiga oladigan pragmatik,
g‘ayriisoniy omillarni, shuningdek muloqotchilarning yuqori darajadagi bilimlarini
nazarda tutadi.
Bunday tadqiqot usuli asardagi til birliklarining vazifaviy-pragmatik
ahamiyatini va ularning muayyan matniy holatlarda adekvat o‘girilish
imkoniyatlarini imkon qadar tadqiq qilish zaruratini tug‘diradi.
Tillararo muloqotning alohida turi bo‘lmish tarjima turli tillar matnlarining
mazmunan teng qiymatliligini taqazo etadi. Asliyat va tarjima matnlari
mazmunining o‘zaro mos kelishi zarurligi ekvivalentlikni tarjimaning asosiy sharti
ekanligini ko‘rsatadi. Tarjima amaliyoti sirlarini mukammal egallagan va uning
nazaryasi bilan puxta qurollangan tarjimongina asliyatga ekvivalent tarjimalar
yarata oladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, pragmatikani faoliyatning samarasiga ko‘ra
baholash bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni va me’yoridir. XX asrning 50-
yillaridan keyin tilshunoslikka pragmatik yondashish keng tus oldi. Pragmatika -
pragmatik lingvistika, pragmalingvistika, pragmafonologiya, pragmafonetika,
pragmagrammatika, pragmasintaksis kabi yangi tushuncha va atamalar, bu
tushuncha-atamalar ostida esa til hodisalariga yangicha yondashish, ularni
yangicha talqin qilish bilan bog‘lik bo‘lgan yangi tushunchalar va tahlil usullari
keng ommalashdi. Pragmatika tarjimada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi
yunoncha «pragma» so‘zidan tarjima qilinganda ish, harakat ma’nolarini bildiradi.
«Pragmatika» termini 30 yillarning oxirida Ch. U. Morris tomonidan
semiotikaning bir bo‘limi sifatida kiritilgan. Ch. Moris semiotikani uchga bo‘lgan.
1. Semantika- belgilarning obyektga bo‘lgan munosabatini o‘rganadi;
2. Sintaksis- belgilararo munosabat
3. Pragmatika – so‘zlovchi til belgilariga munosabatini taqqiq qiluvchi bo‘lim.
Dastlabki izohlarda ushbu uch soha yonma-yon joy olgan bo‘lsa-da, Morris
keyinchalik «pragmatika» tushunchasini qolgan ikki soha – sintaksis va
semantikaga nisbatan ancha keng ekanligini qayd etadi.

Ba’zi manbalarda esa pragmatika falsafiy tushuncha sifatida fanga kirib
kelganligi aytib o‘tiladi. Jumladan, «Pragmatika aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u
Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J. Lokk,
E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada
pragmatizm oqimi yuzaga kelgan.Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX
asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30 yillarida pragmatizm g‘oyalarining keng
targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amerika va Yevropada bu targ‘ibotning keng
yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini
alohida qayd etmoq kerak [38, 40-41b].

Ch.S.Pirs g‘oyalari bilan kuchaytirilgan pragmatikaning tilshunoslik tadqiqoti
doirasi sifatida ajralib chiqishi va shakllanishi 60-yillarning oxiri va 70-yillarning
boshlarida J.Ostin, J.R.Syorl, P.F.Stroson va boshqalarning nutq hodisalari
mantiqiy-falsafiy teoriyasi ta’siri ostida boshlangan.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo‘lgan falsafiy
pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan biri Charlz Sanders Pirs (1839-1914)
edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy g‘oyasi semiotik belgining (shu jumladan,
lisoniy belgining ham) ma’no-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan
harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqiyati bilan bog‘liq holda o‘rganishdir.
Bu tamoyil muallifi Ch.Pirs birinchilardan bo‘lib, belgi nazariyasi doirasida
kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtiradi. Ch.Pirsning talqinicha, belgining munosabat maydoni uch yo‘nalishdan
iborat:
1) belgi, aniqrog‘i - reprezentamen, biror narsaning o‘rnini almashtiruvchi
moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan vosita;
2) idrok etuvchining ongidan o‘rin olgan va belgining tavsifini beruvchi
vosita - interpretanta;
3) belgida aks topayotgan obyekt.
S. Pirs va semiotikani yoqlovchilar belgilarning kommunikativ aloqasini
ta’kidlaydi. Charls Morris esa semiotikani yana sintaktika semantika va
pragmatikaga ajratadi. Bunda pragmatika belgilar va uni talqin qiluvchi o‘rtasidagi munosabatni anglatadi. Shubhasiz, Laypsix nazariyotchilari buning ta’sirida
tarjimaning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan komponentlari,asos tarjimaning bilish
(obyektiv, jismoniy va aniq) aspekti, haqida so‘z yuritishadi.
Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini o‘rganuvchi tilshunoslikning
tatqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. Uning tarkibiga
so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabatiga
bog‘liq masalalar majmui kiradi.
Pragmatikaning tilshunoslikka munosabati haqida fanda xilma-xil qarashlar
mavjud. Ayrim tilshunoslar, chunonchi, V. Dressler «Pragmatika tilshunoslikka
aloqador emas» deb yozadi [37, 18-19b]. Lekin pragmatikani tilshunoslikdan
batamom uzadigan olimlar sanoqli. Ularning ko‘pchiligi pragmatikaga
tilshunoslikning bir oqimi, yo‘nalish maktabi - serqirra til va nutq jarayonlarining
alohida bir qirrasini o‘rganishga va tavsif etishga ixtisoslashgan deb biladi. Pragmatikani tilshunoslikning bir sohasi deb talqin qiluvchi olimlar ham
«pragmatika nima? Uning tadqiq manbai nimadan iborat? U serqirra nutq
faoliyatining qaysi jihatlarini o‘rganadi?» degan savollarga turlicha javob
beradilar. Ayrim tilshunoslar pragmatikani lisoniy vositalarining qo‘llanilishida,
matndagi munosabatlarga bog‘liq ravishda o‘rganuvchi fan deb hisoblasalar,
boshqalar uni ko‘zlagan maqsadni qo‘lga kiritish uchun lisoniy vositalardan
foydalanish usullari deb tushunadilar. Bundan tashqari, pragmatikaning semantik
informatsion talqini ham mavjud bo‘lib, unda pragmatikaning tadqiq manbai aloqa
- aralashuv jarayonining amaliy natijasi, maqsadi va uning amaliy samarasidadir
deb baholaydilar. Qanday bo‘lmasin, pragmatika yuqorida sanab o‘tilgan har uch
talqinga ko‘ra, u nutq jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda ko‘riladi va tilshunoslik
faniga bevosita aloqador hisoblanadi. Pragmatika tilshunoslikning bir tarmog‘i,
aniqroq qilib aytganda, nutq birliklarining nutq jarayonida boshqa nolisoniy
vositalar bilan birgalikda qo‘llanishini, uning samaradorligini o‘rganuvchi fan
tarmog‘i, oqimidir.

Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, etika-estetika va boshqa fanlar nutq tizimning alohida-alohida olingan tarkibiy qismlari bo‘lgan


elementlarni shu tizimidan ajratib, ushbu ajratib olgan elementinio‘xshashlik (bir
xil mavqeda qo‘llay olish) tamoyili asosida tahlil qiladi. Pragmatika shunday turli
tizimlarga mansub bo‘lgan insoniy faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lgan diskursda
mana shu elementlarning bir butunligi, bir mikrosistema sifatida voqelanishini
o‘rganadi. Semantika og‘zaki nutqning ijtimoiy lingvistik va boshqa nolingvistik
komponentlarini yetarli darajada tushuntira olmasligi pragmatikaning vujudga
kelishiga sabab bo‘ldi. Shunga ko‘ra pragmatika qaysidir ma’noda sotsiolingvistika
va semantika bilan ish olib boruvchi tadqiqotning yangi sohasidir.
Tekstning avtomatik tahlilida ma’lum vaziyat haqida bilimlarni
shakllantiruvchi va tekst mazmunini to‘g‘ri talqin qilish imkonini beruvchi
ensiklopedik ma’lumot, shuningdek, pragmatik ma’lumotlar senariy yoki
«ramkalar» shaklida tashkillashtiriladi. Pragmatik bilim interaktiv tizimlarda ham
qo‘llaniladi. Pragmatika kategoriyalari hatto falsafiy mantiq tarkibiga ham
kiritilgan.
Muloqot jarayonida so‘zlovchilar tomonidan tilning qo‘llanilishi va
so‘zlovchilar ning pragmatik bilimlarini birlashtiruvchi sifatida pragmatika
ritorika, sitilistika, nutq nazariyasi va tipologiyasi, nutq faoliyati, sotsiolingvistika,
psixolingvistika va shu kabi doiralarda uzoq o‘rganilish tarixiga ega bo‘lgan
ko‘plab muammolarni qamrab oldi.
Pragmatika nutq va axloqiy, insoniy xatti-harakat, ruhiy faoliyat bilan bog‘lik
bo‘lgan ko‘plab fanlarning kesishish nuqtasida turadi.
Pragmatika struktur tilshunoslik, stilistika, nutq madaniyati, poetika va
lingvopoetika, psixolingvistika, etika va estetika kabi fanlar bilan, umuman
insonning ongli va ongsiz madaniy va tabiiy xatti-harakati bilan bog‘lik bo‘lgan,
kulturologiya umumiy nomi bilan birlashadigan fanlarning barchasi bilan yaqin
aloqada bo‘ladi. Ammo ularning birortasi pragmatikaning o‘rnini to‘la-to‘kis bosa
olmaydi.
Download 24,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish