III. GLOSSARuIY
IV.ILOVALAR
4.1.O‘QUV FAN DASTURI
4.2.ISHCHI FAN DASTUR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Ro‘yxatga olindi
№ ______________________
2020 yil “___”_____________
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
__________________ R.To‘raev
“ ____” _____________ 2020 yil
|
TARIXIY O‘LKASHUNOSLIK
fanidan
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(SILLABUS)
(kunduzgi ta’lim shakli 2- kurs talabalari uchun)
Bilim sohasi 100000-Gumanitar soha
Ta’lim sohasi 120000-Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi 5120300– Tarix ( mamlakatlari va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Fanga oid ma’lumotlar
Fanning malakaviy kodi:
|
TRUB206
|
O‘quv yili:
|
2021/2022
|
Semestr:
|
3
|
Kafedra nomi:
|
Jahon tarixi
|
Ajratilgan soatlar:
|
soat 4
|
Ajratilgan kreditlar soni:
|
5
|
Fan turi:
|
majburiy
|
Professor-o‘qituvchi:
|
H.Xolmo‘minov
|
E-mail / telefon:
|
|
Qabul soatlari:
|
Kafedrada tasdiqlangan reja-grafigi asosida
|
Soatlar taqsimoti
|
|
Semestr
|
|
III
|
|
Umumiy o‘quv soati
|
|
150
|
Auditoriya soati
|
|
60
|
Ma’ruza
|
|
30
|
Seminar
|
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
|
90
|
Termiz-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 452 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Raqamli tarix” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar: dots. H.Xolmo‘minov
O`q.M.Ergashev
Taqrizchi dots. B.Rahimov
Ishchi o‘quv dasturi Jahon tarixi kafedrasining
2021 yil “____”- ____________ dagi “___” -son yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ___________________ prof.S.N.Tursunov
Ishchi o‘quv dasturi Tarix fakulteti Kengashining 2021 yil “___”-____________dagi “___”-son yig‘ilishida muhokama qilingan va universitet o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan.
Fakulteti dekani ___________________ dots. H.Xolmo‘minov
Ishchi o‘quv dasturi universitet o‘quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “___”-____________dagi “___”-son yig`ilishida tasdiqlangan.
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i ____________ K.Yadgarov
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – Talabalarga Tarixiy o‘lkashunoslik fanining tarix fani tizimida tutgan o‘rni, tarixiy o‘lkashunoslikning turlari, o‘lkashunosligi, Vatanimizning geografik o‘rni va tabiati, tarixiy o‘lkashunoslikda arxeologik, me’morchilik, etnologik, antropologik, toponimik, yozma va arxiv manbalarining ahamiyatini yoritishdir
Fanning vazifasi – o‘lkamizda shaharsozlik urbanizatsiyasi va davlatchilikning qaror topishi. O‘lkamizda qadimgi davlatlar va shaharlar to‘g‘risida yozma manbalar, so‘nggi o‘rta asrlarda o‘lkamizda urbanizatsiya jarayonlarning taraqqiy etishi kabi jihatlarni o‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: O‘lkashunoslik faning shakllanishi va rivojlanishi
tarixidan
Tarixiy o‘lkashunoslik fanining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Avesto va qadimgi manbalarda o‘lkamizning nomlari. Arab manbalarida o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar va ularning ahamityai. X-XII asrlarda o‘lkadagi siyosiy va iqtisodiy xayot. Amir Temur va temuriylar davrida o‘lkamiz. SHayboniylar davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Xonliklar davri o‘lkashunosligi.Tarixiy o‘lkashunoslikning tarix fani tizimida tutgan o‘rni.- Tarixiy o‘lkashunoslik fanining tadqiqot ob’ektlari, Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi, Tarixiy o‘lkashunoslik fanining rivojlanishida ilmiy jamiyatlarning o‘rni. Rossiya imperiyasining o‘lkamizdagi mustamlakachilik siyosati va o‘lkani o‘rganish masalasi. Evropa tadqiqotchilari tomonidan o‘lkamizning o‘rganilishi. O‘zbekiston Reepublikasining mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor.
2-mavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iklim
sharoitlari
O‘lkamizning tarixiy-madaniy viloyatlari Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona, Xorazm, Ustrushona, CHoch, Farg‘onaning geografik o‘rni. Antik davrida o‘lkamizning qadimgi davr tarixiy geografik o‘rni. Kushonlar davri tarixiy geografiyasi. Ilk o‘rta aerlar davrida o‘lkamiz tarixiy geografiyasi. IX-XIII aerlar tarixiy geografiyasi. Amir Temur, temuriylar va shayboniylar davri tarixiy geografiyasi. Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligining geografik o‘rni. O‘zbekiston Reepublikasining ma’muriy-xududiy bo‘linishi va relefi. Iqlim sharoitlari. Suv resurslari. Tabiiy o‘simliklar qatlami va xayvonot olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy iqlim sharoitlari va landshaftlar tipi.
3-mavzu: Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda
tutgan o‘rni
O‘lkamiz tarixini o‘rganishda arxeologiya fanining tutgan o‘rni va ahamiyati. Moddiy manbalar va tabiiy manbalar. Tosh davri xususiyatlari. Tosh xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik) o‘tish va ularning keyishi taraqqiyoti. Bronza va temir davrlari xususiyatlari. O‘troq dexqonchilik va ko‘chmanchi kabilalarning tarqalishi. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati. O‘lkamizda Antik davri me’morchiligi va san’ati, ilk o‘rta asrlar davri shaharlari va me’moriy obidalari. O‘zbekistonning XI-XIII asr me’moriy yodgorliklari va me’morchiligi. O‘zbekistonning Amir Temur, Temuriylar va SHayboniylar davri memorchiligi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonligi me’morchiligi. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yilda qabul qilingan "Arxeologiya merosi ob’ektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish tufisida"gi qonunining o‘lka tarixini o‘rganishdagi o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |