1. Oliy va mah’alliy h’ukmdorlar mah’kamasidan chiqqan rasmiy h’ujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-h’isobot daftarlari, rasmiy yozishmalar).
İjtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o’rganishda rasmiy h’ujjatlar, moliyaviy - h’isobot daftarlari va yozishmalarning ah’amiyati benih’oya kattadir. Rasmiy h’ujjatlar ijtimoiy-siyosiy h’ayotni malum yuridik shaklda bevosita va ko’p h’ollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir.
Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda soh’talari h’am uchrab turadi. Shuning uchun h’am ulardan foydalanilganda diqqat-etibor va zo’r eh’tiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiysiyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o’xshash bir necha h’ujjat, manbalarni qo’shib o’rganmoq zarur, chunki bitta h’ujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir h’ujjat bilan malum ijtimoiy-siyosiy masala ustada qatiy fikr yuritib, umumlashtirib qatiy xulosaga kelib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |