II.2 Amaliy manbashunoslik yo’nalishi
Amaliy manbashunoslik yo’nalishi bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o’rganish, izlab topish, tavsif etish va o’zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli malumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Amaliy manbashunoslikda tadqiqotchi o’zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning h’ar birini tashqi yoki moddiy –texnik belgilari va ichki mazmuniga ko’ra guruh’larga ajratib ilmiy tah’lil etishi lozim.
Manbalarni tashqi belgilari yoki moddiy-texnik malumotlari deganda qo’lyozma kitob yoh’ud h’ujjat bitilgan qog’ozning o’lchami,qog’ozi, varaqlar soni, muqovasi,matn o’lchami, xati, siyoh’i, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi malumotlar nazarda tutiladi. Bu malumotlar asar yozilish sabablari, uning yozilgan joyi va o’sha vaqtdagi texnik taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy muh’itni o’rganishda muh’im ah’amiyatga ega. Bu malumotlarni aniqlamay turib, asarda bayon etilgan voqealar h’aqida, umumanasar h’aqida to’g’ri va to’la tasavvurga ega bo’lish, uning xususidafikr bildirish mumkin emas.
Qo’lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin. Chunki qadimgi qo’lyozmalarda bugungi kundagikitoblardagi kabi muqovaning o’zidayoq asar nomi, muallif nomi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy malumotlar keltirilmagan. Bazi h’ollarda asar oxiri-xotimada uning ko’chirilgan vaqti va joyi h’amda kotibning nomi qayd etiladi, xalos.
Malumotlar keltirilmagan taqdirda, asarning matni, yozilish va kitobati tarixi, qog’ozi, xati h’amda tili va til uslubiga qarab tah’minan aniqlanadi. Bunday malumotlarni aniqlash tadqiqotchidan katta h’ayotiy tajriba va yuksak malakani talab qiladi va bu ancha qiyin va masuliyatli ishdir. Bunday masalalarni mashh’ur kitob bilimdoni İbodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, qiyoslash asosida h’al qilishi mumkin.
Asar muallifi va uning shaxsini aniqlash qo’lyozma kitobning ilmiy tah’lil etishda katta ah’amiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy muh’itni aniqlab olish uchun h’am zururdir.
Odatda, qadimgi qo’lyozma asarlarda ko’p h’ollarda muallifning ismi malum va ko’zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida qayd etilmaydi.
Bazan u muqaddima qismida, yoki asar o’rtasida, voqealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko’p h’ollarda esa muallif o’zining h’aqiqiy ismini aytmay, “faqiru h’aqir”, “ojiz va xoksor”, “bu g’arib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday h’ollarda asar varaqma-varaq, satrma-satr, aloh’ida etibor va sinchkovlik bilan o’rganilishi lozim. Shunday h’am bo’ladiki, asarning biron erida muallif o’zi, otasi yoki yaqinlari h’aqida bir-ikki kalima aytib o’tadi. YOki bayon etilayotgan vlqeaga o’zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o’tirgan vaqtda kamina Hofizi Tanish ibn Mir Muh’ammad 33 yoshda edim”) bildiradi.
Asar muallifining shaxsi, yani uning qaysi ijtimoiy guruh’ga mansubligi, uning
dunyoqarashini aniqlash uchun asarning umumiy g’oyaviy yo’nalishini to’g’ri belgilab olish uchun muh’im ah’amiyat kasb etadi.
Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish deganda qo’lyozma asarning tarkibi va mazmunini tah’lil qilish, tushuntirish, g’oyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi.
Qo’lyozma asarning ilmiy qiymatini unda nimalar bayon etilganligi, voqea -h’odisalarga muallifning xolismunosabati, keltirilgan dalil va malumotlarning to’g’riligi va oldinga surilgan fikrva g’oyalar bilan belgilanadi.
Tarixiy asarning asl nusxa, original bo’lishi yoki kompilyativ – yani boshqalar malumotlarni terib yoki aynan keltirishi, to’la va noqisligi, qisqaligi, voqealarning qay tarzda bayon etilishi h’am muh’im ah’amiyat kasb etadi.
İlmiy tadqiqotlarda original va mo’tabar qo’lyozmalarga tayanib ish olib borish h’ar bir dalil va malumot, raqamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan malumotlardan saqdanish lozim.
O’tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko’pincha o’zlari keltirayotgan dalillardan to’g’ri xulosa chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik h’am uchraydi. Bu tabiiy h’ol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muh’itning o’zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi.
YOzma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qatorda xolisona muloh’azalar h’am uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko’pincha o’z fikr va muloh’azalarini pardozli iboralar va istiorali so’zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tug’ilganda uning taqdirini yoki biron ulug’ shaxs ishtirokida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muh’im voqeaning natijasini sayyoralarning o’sha paytdagi h’olati va o’rniga qarab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko’p asr avval bo’lib o’tgan va aynan muallif bayon qilmoqchi bo’lgan voqeaga o’xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yo’li bilan bayon etganlar.
Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiytah’lil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muh’im va qimmatli tomonlarini aniqlash, unda keltirilgan dalillarning ishonchliligi va to’g’risini boshqalaridan ajrata olish h’amda eng muh’imi asarda bayon etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtai-nazaridan turib bah’olay olishdan iboratdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani faqat uning bir o’zida keltirilgan dalil va malumotlarga qarab bah’olab bo’lmaydi. Bazi h’ollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan bo’lishi h’am mumkin. Shuning uchun h’am biron asar h’aqida qatiy bir fikr aytishdan avval uni o’ziga o’xshash boshqa asar bilan solishtirib ko’rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va tekshirish zarur.
Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha malum darajada tajriba to’pladi. Ko’plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada-faksimilesi, tanqidiy matni, tarjima va izoh’li tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli qo’lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi fih’rist-kataloglarda elon qilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik soh’asidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi.
Xullas, manbalarni o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun eng qulay va istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga qo’llashni tavsiya etish zarur.
So’nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadqiq etish imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Buo’rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi.
Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to’ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yo’nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo’lib xizmat qiluvchi dalillarni yig’adi.
Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida manbashunoslikning konkret, muayyan soh’asi, bo’limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o’rganib, eng qimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, keng jamoatchilikmanaviy mulkiga aylantiradi.
Хулоса
Марказий Осиё халқлари тарихини ўрганишда юқорида қайд этганимиз–манбашунослик йўналишини ҳал қилувчи соҳа сифатида алоҳида таъкидлаш лозим. Ҳаққоний тарихни манбалар асосида, далил ва исботли тарзда ўрганиш муҳим методологик талаб сифатида белгилаб қўйилган.
Манбашунос кадрлар қадимги тиллар – юнон, классик араб, қадимий хитой, ўрта форс, суғдий, хоразмий, бохтарий, эски уйғур ва бошқа тиллардан хабардор бўлишлари муҳим. Шу мақсадларда кадрлар тайёрлашнинг бевосита амалий аҳамиятини баҳолаш учун бир мисол кифоя: ҳозир Марказий Осиё мустақил республикалари, Шарқий Туркистон (ХХР Уйғур автоном райони) ва бошқаларда сақланаётган юз минглаб қўлёзмалар, миллионлаб ҳужжатлар ўз тадқиқотчиларини кутмоқда. Фикримизча, бу тоифа кадрлар тайёрлаш ишида умумшарқшунослик, филологик ва тарих йўналишида таълим тизимини бевосита Тошкент давлат шарқшунослик институти доирасида махсус уюштирилгани ўзини тўла оқлаб келмоқда.
Do'stlaringiz bilan baham: |