145
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON
DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlandi”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor:
________b.f.n. ,dots. A. Mamatyusupov
“____” _____________2019 yil
“TARIXIY GEOGRAFIYA VA KARTOGRAFIYA”
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 220000 – Jurnalistika va axborot
Ta’lim yo‘nalishi: 5220300 – Arxivshunoslik
Umumiy o`quv soati
– 136 soat
Shu jumladan:
Ma`ruza – 26 soat (3 - semestr)
Amaliy mashg`uloti
– 22 soat (3 - semestr)
Laboratoriya – 20 soat (3 - semestr)
Mustaqil ta`lim – 68 soat (3 - semestr)
Andijon – 2019 y.
146
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil “25” asgustdagi 744 - sonli buyrug’i
bilan tasdiqlangan “Tarixiy geografiya va kartografiya” fani dasturi asosida
tayyorlangan.
Fan dasturi Andijon davlat universiteti kengashining 2019 yil “__”
asgustdagi “___” sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Tajimirzayev E.
– ADU, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi
katta o`qituvchisi.
Taqrizchilar:
E. Yusupov – ADU, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari nomzodi;
O`. Ubaydullayev – ADU, “O`DJQNA” kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari nomzodi.
ADU Tarix fakulteti dekani:
_____________ t.f.n., dots. R. Shamsitdinov
2019 yil “___” avgust
O`zbekiston
tarixi kafedrasi mudiri
:____________t.f.n., dots. S. Hoshimov
2019 yil “___” avgust
147
1.
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu dastur oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan “Tarixiy geografiya va
kartografiya” fanining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib,
fanning tarixi, tarixiy geografiya va insoniyat o‘tmishini o‘rganishning vazifalari
va xususiyatlari, tarixiy geografiya turlari (tabiiy, aholi, tarixiy-siyosiy, xo‘jalik,
hududiy bo‘linish,
tarixiy voqealar, harbiy yurishlar, urushlar, xalq xarakatlari
chizmalari); geografik xaritalarning paydo bo‘lishi, tarixiy geografiya manbalari,
dunyoning asosiy rayonlari tarixiy geografiyasi, tarixiy kartografiya, uning paydo
bo‘lishi va asosiy xususiyatlari kabi masalalarni ahamiyatini ochib beradi.
Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan
talaba-
yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish,
tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va
tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga
ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy
ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “Tarixiy geografiya va kartografiya”
fani haqidagi bilimlarni
qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib
borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar,
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga
qamrab oladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda tarixiy geografiya fanining
shakllanishi
va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni o‘rganishdagi o‘rni,
mintaqamizning boy tarixiy geografiyasi haqida tarixiy-geografik bilim, ko‘nikma
va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarda fanning nazariy va amaliy masalalari hamda
O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasini o‘rgatishdan iborat.
“Tarixiy geografiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Tarixiy geografiyaning vazifalari, Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari,
tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixiy kartografiya va uning
asosiy yo‘nalishlari, tarixiy kartografiyaning shakllanishi
va taraqqiyotini
bilishi
kerak;
- talaba O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy
geografiyasi, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi
tarixiy geografiyasi, mintaqaning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi hamda
Turkistonning 1917-1924 yillarda
tarixiy geografiyasi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: