9-MAVZU: 1917-1924 yillarda Turkistonning tarixiy geografiyasi.
REJA:
1.
1917 yil oktyabr davlat to`ntarilishining Turkistonga ta`siri.
2.
TASSR ning tashkil topishi va uning geografiyasi
3.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi
4.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi
Tayanch so`z va iboralar:
Oktyabr davlat to`ntarishi, Ye.Perfilev, Kichik
Ergash, Turkiston muxtoriyati, TASSR
,
Kobozev, S’ezd, F.I.Kolesov, xalq
komissarlari soveti, RSFSR, BXSR, XXSR.
1917 yil 25 oktyabrda bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat hukumatni
ag'darib tashlab, hokimiyatni zo'ravonlik yo‘li bilan egallashdi. Rossiyaning
markazida ro‘y bergan bu voqealaming ta’siri oradan ko‘p vaqt o‘tmay
Turkistonga ham yetib keldi.
28 oktyabrda Toshkentning yangi shahar qismida yevropalik ishchilar va
harbiylar bolsheviklaming qo‘llab-quvvatlashi bilan qurolli to'qnashuvlami boshlab
yuborishdi. 1 noyabrda esa ular Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo'mitasini
qamoqqa olib, Toshkentda sho‘rolar hokimiyatini o'matishdi.
1917 yil 26 noyabrda Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining IV
favqulodda s’ezdi ishboshladi. Unda o‘lkaning barcha mintaqalari va ko'pgina
jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir bo‘ldi. Kun tartibiga o‘lkani
boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash,
Turkiston ta’sis majlisi, milisiya, moliya va boshqa masalalar qo‘yildi. 28
noyabrda tashldl topayotgan mazkur davlatning nomi „Turkiston Muxtoriyati“ deb
ataladigan bo‘ldi. Hokimiyatni esa Ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar Turkiston
Muvaqqat Kengashi va Turkiston xalq (Milliy) Majlisi qo'lida bo'lishi ta’kidlandi.
Toshkentdagi sovet hukumati Turkiston Muxtoriyatini o‘zi uchun xavfli deb bildi
va qanday bo‘lmasin uni yo'qotishga tayyoigarlik boshladi. Ular Qo‘qondagi
voqealami diqqat bilan kuzatib, uning rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urindilar.
Lekin 1918 yil 18 fevralda “Ulamo“ jamiyatitashabbusi bilan Muxtoriyatda
to'ntarish yuz berdi. Mustafo Cho‘qay o‘g‘li boshchiligidagi hukumat mahkamasi
78
ag‘dariladi va hukumat Qo‘qon shahar milisiyasi boshlig‘i Kichik Ergashga o‘tadi.
18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi Toshkentdan o‘lka harbiy komissari
Ye.Perfilev boshchiligidagi zambaraklar bilan qurollangan qo'shin yetib keldi.
Ye.Perfilev shahami uch tarafdan o‘rab olib, 19 fevral kuni ertalab Kichik
Ergashga talabnoma yo'llaydi. Kichik Ergash uning talablarini bajarishdan bosh
tortgach, Ye.Perfilev Qo‘qon shahrini 12 zambarakdan o‘qqa tutdi. Kunduz soat
birda boshlangan o‘q yomg'iri shomgacha shahami vayronaga aylantirdi. Ammo
shunga qaramay, muxtoriyatcMar taslim bo‘lmadilar. Har bir binoni, har bir
do'konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar. Muxtoriyatchilar
shahami qizil gvardiyachilar, avstro-venger harbiy asirlari va arman birlashmalari
(dashnoqlar)dan tashkil topgan sovet qo'shinlari hujumidan uch kun himoya
qildilar. Ammo tinch yo‘1 bilan hokimiyatni oUshga ishongan Turkiston
Muxtoriyati o‘zini himoya qilishga qodir emas edi. Chunki ular yaxshi
qurollanmagan bo'lib, ulaming quroU asosan tayoq, bolta, ketmon oshpichoqdan
iborat edi. Shu tariqa Turkiston Muxtoriyati tugatildi.
1918 yil 20 aprelda Toshkentda sovetlaming V o'lka s’ezdi ish boshladi.
1918 yil 30 aprelda s’ezd „Turkiston Sovet Federativ Respublikasi to'g'risida
Nizom" ni qabul qildi. Bu nizomga ko'ra Turkiston o'lkasining hududi „Rossiya
Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi" deb e’lon qilindi. Uning
tarkibiga Turkistonning barcha hududi o'zining geografik chegarasi bilan kiritildi.
Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston respublikasi muxtoriyat
tarzida boshqarilib o'zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan
muvofiqlashtirar va uni e’tirof qilar edi.
Rossiya bilan o'zaro munosabatlarini belgilash uchun s’ezd 5 k^hidan iborat
komissiyani sayladi. o’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ - Turkiston
Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasini (TurkMIQ) 36 kishidan iborat qilib
sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18 kishi eserlardan edi. A’zolar
orasida mazkur partiyalarga mansub bo'lgan mahalliy millat vakillaridan -
H.Ibrohimov, D.Mirzaboyev, A.Sh.Sharafutdinov, O.Yusupov, Q.Otaboyev va
boshqalarbor edi. Biroq ular ozchilikni tashldl etardi. MIQ raisi qilib P.A.
Kobozev, ikkinchi rais qihb bolshevik A.F.Solkin saylandi. Tub aholi vakillari
bo'lmagan kishilar MIQ rahbarlari qihb saylangan edi.
S’ezdda F.I.Kolesov boshchihgidagi 14 kishidan iborat xalq komissarlari
kengashi ham (7 kishi bolshevikdan va 7 kishi so'l eserlardan) saylandi. Turkiston
hukumati tarkibiga birinchi marta mahalliy millat vakillari O.Tursunxo‘jayev,
X.Ibrohimov va Ashurxo‘jayev ham saylandi. S’ezdda saylangan 14 xalq
komissarlaridan tashqari yana 2 xalq komissari - temir yo‘llar hamda pochta va
telegraf
komissarlari
saylandi.
Shunday
qilib,
Turkiston
Respublikasi
hukumatining a’zolari qilib hammasi bo‘lib 16 kishi saylandi, ulardan faqat uch
79
kishi mahalliy aholi vakillari edi. Holbuki, mahalliy aholi o‘lka aholisining 95
foizini tashkil etardi.
Shu tariqa, Moskvaning ko‘rsatmasi bilan Turkistonni sovet muxtor
respublikasi deb e’lon qilgan sovetlarning V o‘lka s’ezdiga qadar bo‘lganidek,
ko‘p millionli mahalliy aholi vakfflaridan o‘lkani boshqarishda ishtirok etishi
arzimas darajada qolaverdi. Awalgidek Turkistonni mahalliy aholi vakillari
bo‘lmagan, bolsheviklar va so‘l eserlar partiyalariga mansub ishchilar, soldatlar,
ziyolilardan chiqqan tor doira vakillari boshqarishni davom ettirdi. Ular o‘zlari
xohlagan tarzda, Markaz manfaatlarini hisobga olgan holda o‘lka xalqlari taqdirini
hal qila boshladilar.
1917-1920 yillar faqat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Xiva va
Buxoro xalqlari uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo‘ldi.
1917 yilning boshlarida O`rta Osiyo xonliklari Rossiya protektorati ostida
edi. O`sha yili sodir bo‘lgan fevral inqilobi natijasida chor samodeijaviyesi
ag‘darilib, Buxoro va Xivada esa amirlik va xonlik tuzumi saqlanib qoldi.
Chorizmga vassal bo‘lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ko'rinishidan mustaqil
davlatlar bo‘lsa-da, ular aslida o‘z mustaqilligini yo‘qotgan va amalda chorizmning
mustamlakasiga aylangan edilar.
Xiva xonligida ham ahvol murakkab bo‘ldi. Asfandiyorxon o‘z
hokimiyatining mamlakatda keskin tus olgan siyosiy vaziyatga qarshi kurash olib
borish uchun zaifligini his qilib, 1918 yil 22 yanvarda Junaidxonga xonlikni
biigalikada boshqarish va bolsheviklaiga qarshi kurash olib borishni taklif etdi.
Junaidxon 1917 yil sentyabrda Erondan Xivaga qaytib keldi. Asfandiyorxon
poytaxtga yetib kelgan Junaidxonni qo‘shinlar qo'mondoni (sardori karim) qilib
tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni to‘laligicha unga topshirdi.
Biroq Asfandiyorxon taxt tepasida ko‘p o‘tirmadi. Oradan ko'p o'tmay u
o'zining bir necha yaqin kishilari bilan birga Junaidxonning ko'rsatmasiga muvofiq
o‘ld irildi. Junaidxon taxtni egallamadi, aksincha, an’anaga sodiq qolgan holda,
taxtga (marhum xonning akasi) Said Abdulloxonni o'tqazdi, o'zi esa haqiqatda
mamlakatning hukmdori bo‘lib qolaverdi.
Turkiston Avtonom Respublikasi, xususan, uning Amudaryo bo'linii bilan
Junaidxon o'rtasida qurolli to‘qnashuv muttasil kuchayib bordi. Turkiston
Avtonom Respublikasi va uning Amudaryo bo‘limi Xiva xonligining ichki
ishlariga doimiy aralashib, u yerga Naumov, Leyggold, Kanoplyov va boshqalar
boshchiligidagi jazo otryadlarini yuborib turdilar. Mamlakatning tinch aholisini esa
muttasil taladilar. Sovet Turkistoni ayrim rahbarlari bu bilan cheklanmasdan
mustaqil Xiva xonligiga bevosita qurolli hujum qilish va uni TASSRga qo'shib
olish rejalarini o‘ylab yurardilar.
80
1919 yil 22 dekabrda Turkkomissiya direktivasiga binoa Turkkomissiya va
Turkfront vakili Skalov va Amudaryo qo'shinlari guruhi qo‘shininning qo‘mondoni
Shcherbakov Xiva xonligi hududiga „uning qo‘zg‘olon ko'targan xalqiga yordam
ko‘rsatish uchun" bostirib kirish to‘g‘risida buyruq berdilar. Amudaryo (Xiva) qo
'hinlari guruhining qismlari ikki otryadga: N.A.Shaydakov uiondonligidagi
shimoliy va N.M.Shcherbakov qo'mondonligidagi janubiy otryadlarga bo'lindi. 23
dekabrda sovet qo'shinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi. Janubiy
otryad tarkibida xivalik qochoqlardan (yosh xivaliklar, kommunistlar va
hokazolar) tashkil topgan ko'ngilli otryad ham kurashdi. Sovet qo'shinlari ilgarilab
borgan sari ularga turkman va o‘zbek aholisidan tashkil topgan qo'zg'olonchilar
otryad lari qo'shilaver- dilar. 28 dekabrda ularga Guchmamadxon Yaxshigeldi,
Murodbaxshi, G'ulomah otryadlari qo'shildi. Tez orada xivalik qo'zg'o-
lonchilaming umumiy soni 3 ming kishiga yetdi. Sovet qo'shinlari Junaidxon
qo'shilmalari qarshiligini yengib, qo'zg'olonchilar otryadlari bilan birgalikda
Ko'hna Urganch, Eminqal’a, Porsu, llyali, Toshhovuzni qo'lga kiritdi. Qizil armiya
qismlari va qo'zg‘olonchilar otryadlari 1920 yil yanvarning ikkinchi yarmida
Junaidxon qo‘shinlariga G'ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga
yaqinlashib keldilar va 1 fevralda shahaiga jangsiz kirdilar.
1920 yil 27-30 aprelda Xivada bo‘lib o'tgan xalq vakillarinig I Butunxorazm
qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e’lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq
Sovet Respublikasi deb e’lon qildi. Qurultoy Xorazm Xalq Sovet Respublikasining
Muvaqqat Konsti- tusiyasini qabul etdi. Qurultoy ro‘y bergan to'ntarilishni va
uning natijasida o‘matilgan tuzumni
Do'stlaringiz bilan baham: |