Tarixiy geografiya va kartografiya


 0‘zbekistonda kartografiya fani tarixi



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana20.03.2022
Hajmi2,47 Mb.
#504111
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
1tarixiygeografiyakartografiyapdf

4. 0‘zbekistonda kartografiya fani tarixi
XX asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o‘rganilganlik 
ancha past bo‘lgan. Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin iqtisodiy 
jihatdan muhim bu o‘lkani kartagaolish ishlari boshlandi. Zotan, hududning ichki 
qismlari hah ham yaxshi o‘rganilmagan, manbalar yetarhcha darajada to‘hq va aniq 
bo‘lmagan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usullari va karta ishlash 
texnikasi rivojlanmagan edi. 
1934 yili O'rta Osiyo va Qozog'istonda yagona bo'lgan Toshkent kartografik 
fabrikasi tashkil etildi. Unga davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, 
siyosiy-ma’muriy va ma’lumotnoma kartalari bilan, shuningdek, maktab 
o'quvchilarini o'quv karta va atlaslar bilan ta’minlashdek katta vazifa yuklatildi. 
Ko'p o'tmay alohida sug'oriladigan tumanlar qishloq xo'jalik kartalari, 
O`zbekistonning ma’muriy kartasi va O'rta Osiyo xalqlari milhy tillarida o‘quv 
kartalari tuzildi va nashr etildi. 
Mintaqa, xususan O`zbekiston hududi tasvirlangan kartografik materiallar o'sha 
yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning katta-kichik va qishloq xo'jaligiga oid maxsus 
qomuslari tarkibida ham berilgan. 
1939-1940 yilari barcha O'rta Osiyo respublikalarining devoriy siyosiy-
ma’muriy, tabiiy va iqtisodiy kartalari tayyorlandi va chop etildi. Ular ichida
ayniqsa, O'zbekiston va Turkmanistonning qishloq xo'jalik kartalari alohida ajralib 
turadi. Ularda qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi, ekilayotgan g'o'za navlarining
joylanishi, davlat xo'jaliklari va ulaming ixtisoslashuvi ko'rsatilgan. Belgilar usuli 
bilan 
foydali 
qazilma 
konlari, 
muhim 
industrial 
markazlar 
va 
gidroelektrostansiyalar ko'rsatilgan. 
Urushdan keyingi yillarda kartograflaming asosiy vazifasi qishloq xo'jaligida, 
boshqaruv va rejalashtirish organlarini zarur kartografik materiallar bilan 
ta’minlash, ilg'or xo'jaliklar va ilmiy tadqiqot muassasalarining yutuqlarining 
targ'ibot qilish hamda amahyotga joriy etilishini tezlatish edi. 
1963 yih respublikamizning birinchi „Tabiiy-geografik atlasi" chop etildi. 
Atlasning formati 44x30 sm, asosiy kartalaming masshtabi 1:3500000 va 
1:500000, iqlim kartalari 1:7500000 va 1:10000000 masshtablarda tuzilgan. 
1968 yih O'zbekiston Yer tuzish va loyihalash instituti tomonidan 
О'zbekistonning yagona dastur asosida bir-biri bilan o‘zaro bog'langan, bir-birini 
o‘zaro to'latadigan ixtisoslashgan aniq maqsadli «Devoriy qishloq xo‘jalik 


30 
kartalari" tizimi tayyorlandi va nashr etildi. Mazkur tizim masshtabi 1:1000000 
bo‘lgan 21 ta kartadan iborat bo‘lib, ularda respublikamiz qishloq xo'jaligiga 
atroflicha kartografik tavsif berilgan. Barcha kartalaming mazmuni turli xil 
diagrammalar, grafiklar va jadvallar bilan to‘ldirilgan. 
1980 yili 0‘zbekistonning birinchi ,,O`quv-o‘lkashunoslik atlasi“ chop etildi. 
Mazkur atlas keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. U respublikamiz 
geografiyasi, tarixi va madaniyatini o‘iganishda o‘quvchilarga yordamchi 
qo‘llanma bo‘hb xizmat qildi. 
1983 yili respublikamiz poytaxti Toshkentning 2000 yillik yubileyi 
munosabati bilan kompleks “Toshkent geografik atlasi“ chop etildi. Atlasning 
formati 25x35 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:400 000 va 1:650 000. Atlas 
kirish va 6 bo‘limdan iborat bo'lib, u 48 ta karta va sxemalami o‘z ichiga olgan. 
Atlas Leningrad shahrining (1977 yil) tarixiy-geografik atlasidan keyin sobiq 
Ittifoqda nashr qilingan ikkinchi shahar atlasi hisoblanadi. 
1982-1985 yillari ikki qismdan iborat umumiy kompleks geografik ilmiy-
malumotnoma ,,0‘zbekiston atlasi“ chop etildi. Mazkur atlasning umumiy hajmi va 
mazmunining qamroviga ko‘ra milliy atlasga yaqin deb hisoblash mumkin. 
Atlasning formati 61x42 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1:2 500 00 va 1: 3 500 
000. Atlas 28 ta alohida-alohida bo‘limdan iborat bo‘lib, unda 322 ta ko‘p rangli 
karta berilgan. Atlasni loyihalashtirish va kartalarni tuzishda mualliflar asosiy 
e’tiborini tizimli yondashgan holda respublikamizning tabiiy sharoiti va tabiiy 
resurslari, xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari, madaniyati va tarixining o‘ziga xos 
xususiyatlarini saqlab qolib, ulaming haqiqiy holatini aks ettirishga qaratdilar. 
Mazkur atlas sobiq Ittifoqda chop etilgan barcha kompleks ilmiy-ma’lumotnoma 
atlaslardan farq qilib, O`zbekiston qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i — 
paxtachilikka alohida bo‘limda birinchi marta to‘liq kartografik tavsif berildi. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika rahbariyati 
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlabchiqarish kuchlaridan oqilona 
foydalanish va uni butun mamlakat hududi bo'ylab ilmiy asosda to'g'ri joylashtirish 
masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga mustaqillik g'oyalarini 
targ‘ib qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-
to‘kis qondirish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish, uning hududida 
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni keng ko'lamda, aniq reja va ilmiy 
asosda tashkil etishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu maqsadda 1997 yilning 
25 
aprelida 
„Geodeziya 
va 
kartografiya 
to‘g‘risida“gi 
0‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O'zbekiston 
Respublikasida geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning huquqiy asoslarini 
belgilaydi hamda davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning geodeziya va 


31 
kartografiya mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar 
yaratishga qaratilgan. 
O`tgan qisqa muddat ichida respublikamizning 1:1000000 va 1:1500000 
masshtabli qator devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy, ekologik, umumiqtisodiy, iqlim 
va aholi kartalari chop etildi. 
1999 yili O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga 
binoan Mirzo Ulug'bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetining geografiya 
fakulteti jamoasi umumiy o'rta ta’lim muassasalari uchun „O'zbekiston geografik 
atlasi“ni nashrga tayyorladi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish