O‘zlashma qatlam. Tilimizning lug‘at tarkibida boshqa xalqlar tilidan kirib kelgan so‘zlar ham mavjud. Bunday so‘zlar tilning lug‘at boyligidagi o‘zlashma qatlamni tashkil etadi. Ular quyidagi tillardan tarixning eng qadimgi bosqichlarida o‘zlashtirilgan:
1. Hind tildan o‘zlashgan so‘zlar: barcha, bibi, paysa, tovus, chaqmoq.2. Xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar: choy, lag‘mon, shiypon. 3. Qadimgi yunon tilidan: iqlim, marvarid, marmar, ark, billur.O‘zbek adabiy tili leksikasining o‘zlashma so‘zlar qatlami asosini keyingi tarixiy bosqichlar mobaynida yaqin munosabatda bo‘lgan fors-tojik, arab, rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Ular quyidagilar misolida ko‘zga tashlanadi:
1. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, shamol, dasta, mehribon, agar, ham va boshqalar. Bulardan tashqari, fors-tojik tilidan -kor, -kash, - dor, -gar, -zoda, -soz, - goh, -gir, -boz, -parast, -xona, -go‘y, -no, -be, -dor, -bod, -bon singari yasovchi affikslar ham kirib kelgan.
2. Arabcha so‘zlar: kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, tanqid, kashf, hayot, haqiqat, hisob, hurmat, musobaqa, qonun, san’at, sanoat va boshqalar.
3. Rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar: brigada, zveno, agranom, agrotexnika, kosmos, radio, televizor, vrach, bank, telefon va boshqalar. Tilimiz, aynan o‘zlashtirilgan so‘zlardan tashqari kalkalash (tarjima qilish) orqali ham boshqa tillar bilan munosabatda bo‘lib turadi. Masalan: nadstroyka - ustqurma, vozzreniye - dunyoqarash, vzglyad - nigoh kabilar shular jumlasidandir.
Tushunchalar
|
Tahlili
|
O‘zbek tili leksikasining tarixiy-etimologik qatlamlarini tavsif-lang.
|
|
Umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlar haqida nimalarni bilasiz?
|
|
O‘zbek tiliga qaysi tillardan so‘zlar o‘zlashtirilgan?
|
|
O‘zlashma so‘zlarni farqlash belgilarini jamlab tasniflang
|
|
Tilimizda so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqida birdek ishlatiladigan so‘zlar umumxalq leksikasi deb yuritiladi. Masalan; non, osh, qor, yo‘l, yulduz, ikki, uch, yemoq, olmoq, men, sen kabi so‘zlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, barchaning nutqida ishlatilmaydigan, shevalarga, kasb- hunarga, ma’lum ijtimoiy guruhlar nutqiga, ilm-fan sohalari vakillari nutqiga xos so‘zlar ham mavjudki, ular iste’mol doirasi chegaralangan leksikani tashkil etadi. Ularning quyidagi turlari mavjud:
Shevalar. Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqida ishlatiladigan, adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlar dialektizmlar deyiladi. Dealektizmlarning adabiy tilga xos me’yoriy so‘zlardan farqlari quyidagicha:
a
Do'stlaringiz bilan baham: |