Xolislik (obyektivlik) tamoyili. Mazkur tamoyilga ko’ra tarixiy voqelik obyektivdir,tarixiy faktlar (dalillar) va manbalar obyektiv mazmunga ega bo’lib,tarixiy tafakkur yordamida obyektiv xaqiqtga erishish mumkindir.Agar tarixchi bu tamoyilga amal qilmasa tarixiy tadqiqotni amalga oshirishdan samara bo’lmaydi va xatolikka yo’l qo’yishi mumkin.Bu masalada dastlab XIX asrda nemis tarxchisi L.Ranke tarixchilarga murojat qilib,tarixni obyektiv (xolislikka amal qilgan xolda,xolisona yondashib) o’rganishga chaqiradi.Uning “tarixchi o’tmishni taftish qilib (aynan sud qilib) kelajak foydasi uchun zamondoshlarni o’rgatish emas”,balki faqatgina tarixiy jarayonlarni tadqiqot uslublaridan foydalangan xolda va tarixchilarning tanqidlariga amal qilgan xolda qanday bo’lsa shundayligicha ko’rsatib berishi kerak.Bu amalga oshishi murakkab bo’lgan ideal tadqiqot,biroq uni to’liq ravishda
amalga oshirishga xarakat qilish tarixchi uchun zarurdir”.L.Rankening Germaniyadagi kasbdoshlari uning bu fikirlarig qo’shilmadilar va tarixchi siyosatdan chetda turishi mukin emas , degan fikr bildirdilar.GTreychkening fikricha “tarixchi “faqatgina qabirda yotgandagina “ siyosatdan (yoki siyosiy mansublikdan) xoli bo’lishi mumkin”.
Marksistlar Tarixchilarning siyosatga aloqadorligini sinfiy qarama-qarshilik (yoki sinfiy mansublik ) nuqtai-nazaridan ko’rsatishga xarakat qildilar.Bunda ularning aksariyat ko’pchiligi boshqa bir marksist G.Plexanovning tarix fani biror-bir partiya yoki siyosatga bog’liq bo’lishi mumkin emas,faqatgina tarixchining o’zi bunday xolatga mansub bo’lishi mumkin,degan qarashlarni xam inkor qildilar.XX asr dastlabki choragida bu qarama-qarshilik asta-sekin so’nib boradi va asosan sobiq sovet tarixchilaridan “ so’gi tarixiy jarayonlar xaqida tarix faniga o’zgartirishlar kiritish” va tarixchilarni “mafkuraviy front jangchilari “ sifatida shakllantirilashi talab darajasiga ko’tariladi.Bunday vaziyatda bu tarixchilar tomonidan tarixiy xaqiqatni izlash va xolisona tarixiy tadqiqot olib boorish amalda o’z tasiriga olib uning fan sifatidagi mavqeiga xam putur yetkaza boshladi/
XX asr davomida yevropalik faylasuflar tomonidan xam obyektivlik (xolislik) iamoyilini inkor qilish va uni turlicha talqin qilish xolatlari davom etdi.Subyektivlik va relyativizm keng tarqalib,ommalasha boshladi.Biroq XX asrning 70-yillaridan boshlab postmodernistlarning tarix fani xaqidagi fikirlari va qarashlari.bir qator ilmiy-nazariy yondashuvlari ilgari surila boshlagach obyektivlik (xolislik ) tamoyiliga qarshi yana bir “xujum” yuzaga keldi,yani postmodernistlarning “tarixchilar xech qachon obyektiv xaqiqatga erish olmaydilar ,va bu boradagi xarakatlari samarasiz yakun topadi”deb takidlaydilar.
Biroq tarixchilar postmodernrnistlarning bu fikirlarini to’liq inkor qildilar va xech qachon tarixiy xaqiqtning yuzga chiqishi va uni amalga oshirilgan tarix asarlarining yaratilishi va keyingi davrlarda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ularning ilmiy xulosalaridan xam anglash mumkin.Agar tanqid asosli bo’lsa,u xar doim tarixchilar tomonidan inobatga olinadi va bunda tarixchilar albatta tarixiy xaqiqatning (tarixiy xolislikning ) qaror topishi va ilmiy jihatdan asoslanishi xamda tadqiqot oldiga qo’yilgan maqsadlarini amalga oshirilishi uchun yangi uslublarni izlab topishga ( shakillantirishga ) va ularni ilmiy jihatdan asoslashga xarakat qiladi.Bunda tarixchiga tasir etishi mumkin bo’lgan bir qator omillar (siyosiy ,milliy ,diniy,ijtimoiy va boshqalar ) xam borki ular xam bazida tarix tadqiqotlarida o’z tasirini ko’rsatishi mumkin,bunday xollarda bildiriladigan tanqidlar tarixchiga eng to’g’ri yo’nalishni tanlab olishi uchun turtki bo’lishi shubxasizdir.
Tarixchi tadqiqot obyekti tarixiy voqelik yoki jarayon va xodisalarni xar tomonlama o’rganishi lozim.Bilish obyekti xar doim tarixiy jarayonning butun moxiyatini o’zida aks etiradi.Tadqiqot jarayonida xolislikka (obyektivlikka) erishish uchun bilish subyektining faolliga xamda kuzatuvchanligi keng mushoxada yurita olishi taffakkuri va bilishga intilishi tadqiqotlardagi barcha uslublarni ayniqsa fanlararo yondashuv uslublarini qo’lashi katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |