Tarixdan referatlar mavzulari #1 O’zbekistonda amalga oshiralayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida #2



Download 267,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana31.07.2021
Hajmi267,26 Kb.
#133798
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarixdan referatlar mavzulari 1 qism new

 

1-Mavzu; O’zbekistonda amalga oshiralayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida 

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining muvofiqlashtirilgan va kelishilgan faoliyatini 

ta’minlash mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish 

sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Shu bilan birga, davlat organlari ayrim rahbarlari tomonidan boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishda 

mas’uliyatni zimmasiga olmaslik yoki vakolat doirasidan tashqariga chiquvchi, ko‘pincha amaldagi qonun 

hujjatlari normalariga zid qarorlar qabul qilish holatlarining saqlanib qolishi ko‘zlangan islohotlarning to‘liq 

amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda. 

Yuzaga kelgan holat ishonib topshirilgan sohada aniq natijalarga erishish uchun vazifalar, vakolatlar 

va javobgarlikni aniq belgilash, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda davlat organlarining to‘liq 

mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, yuqori turuvchi tuzilmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi 

organlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish zaruratini taqozo etadi. 

Huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy 

hamda sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarining bir xil qo‘llanilishini 

ta’minlash, ekspert-huquqiy ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, olib borilayotgan islohotlarning 

samarali amalga oshirilishi uchun barcha darajadagi rahbarlarning harakatlarini birlashtirish va shaxsiy 

mas’uliyatini oshirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish 

faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilsin. 



Oldingi

 tahrirga qarang. 

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni 

muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda 

maslahatchining bo‘linmalari deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin: 



(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-

sonli 

Farmoni 

tahririda) 

davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor 

yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtirish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlash, 

shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy 

vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish; 




Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan 

samarali hamkorlikni tashkil etish; 

davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi 

islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, 

rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar 

va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash; 

davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or 

xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va 

barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq 

sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshirish; 

Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, 

vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek, davlat hokimiyati va 

boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab 

chiqish; 

mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy 

muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va 

mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq 

va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 

amalga oshirish; 

adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi 

faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish; 

sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini 

ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 

takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar 

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qilish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana 

berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan 

shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirishini ta’minlash. 




Download 267,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish