Tarixdan referatlar mavzulari #1 O’zbekistonda amalga oshiralayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida #2


-mavzu Yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta osiyo allomalari ilmiy



Download 267,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana31.07.2021
Hajmi267,26 Kb.
#133798
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarixdan referatlar mavzulari 1 qism new

 

3-mavzu Yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta osiyo allomalari ilmiy 

merosining o’rni allomalarning   hayoti va ijodi 

Tarixiy  ildizlari  uch  ming  yildan  chuqurroq  qadimiyatga  borib  taqaluvchi  

o’zbek  davlatchiligi  ko’p  marotaba  yuksalishlar  va  evrilishlar  davrini  boshdan  

kechirgan.  Eng  qadimgi  davlat  uyushmalarining  shakllanishi  natijasida  taraqqiy  

topgan  davlatlarning  vujudga  kelishi,  bu  davlatlarning  G’arb  va  SHarq  

mamlakatlari  bilan  “Buyuk  Ipak  yo’li”  orqali  olib  borgan  aloqalari  samarasi  

o’laroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm– 

fan  ahlini  ko’pdan  beri  qiziqtirib  keladi.  Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan,  

O’zbekiston  insoniyat  tsivilizatsiyasi  qaror  topgan  mintaqalardan  biri sifatida  o’z  

o’rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi.  

O’z  davrida  hozirgi  zamon  ilm–fanining  ilk  poydevorini  qo’ygan  va  

rivojlantirgan  ajdodlarimiz  qadim–qadimlardan  G’arb  SHarq  xalqlari  yaratgan  

tafakkur, g’oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o’rganganlar. SHuning  

uchun ham o’rta asrlarda G’arbda “Nur SHarqdan taraladi” degan iboraning paydo  

bo’lishi ham bejiz emas.  

Qadimgi Turonda ilmiy, ruhiy va ma’naviy quvvat shu darajada kuchli ediki,  

buni  turli  bosqinlar,  tajovuzlar,  yovuzliklar  yo’q  qila  olmadi.  Ana  shunday  

sharoitda  ham  ajdodlarimiz  tarixan  shakllangan  boy  madaniy–ma’naviy  va  ilmiy  

merosni  milliy  qadriyat  va  urf–odatlarni  saqlab  qolganlar  va  uni  yanada  boyitib  

rivojlantirganlar.   

Biz bu dorilomon kunlarda yurtning ozodligi va xalqning baxt–soadati, ilm– 

fan  va  madaniyatni  rivojlantirishda  ulkan  meros  qoldirgan  ajdodlarimizning  

muqaddas nomlarini g’urur bilan tilga olamiz. CHunki, ular bizga qoldirgan ilmiy  

meros–ma’naviy  mulk  bo’lib,  bu  boy  meros  butun  bir  bashariyat  manafaatlarini  

o’zida aks ettiradi.   

O’tmish tariximiz sahifalariga nazar tashlasak, buyuk ajododlarimiz nafaqat  

xalqimiz,  balki  butun  dunyo  mamlakatlari  tamaddunini  o’rgangan  va  ularning  

tarixi  va  madaniyatiga  hurmat  va  ehtirom  bilan  o’z  munosabatlarini  yozib  

qoldirgan asarlari bizgacha yetib kelgan. Demak, ilm–fan va madaniyat rivoji xalq  

tanlamaydi,  balki  xalqlarninng  o’zaro  hamjihatligini  ta’minlashda  muhim  

tarbiyaviy omil vazifasini o’taydi.    

Buyuk sharq allomalarining ilmiy merosi mazmuni va ko’lami shundaki, bu  




meros  bugun  ham  o’zining  ilmiy–amaliy  ahamiyatini  yo’qotmasdan,  yangi  ilmiy  

tadqiqotlar  uchun  muhim  manba  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Buyuk  mutafakkir  Abu  

Rayhon  Beruniyning  “Hindiston”  nomli  asari  Hindiston  to’g’risida  barcha  

zamonlarda  yozilgan  eng  mukammal  asar  sifatida  hozir  ham  o’z  qimmatini  

yo’qotmagan va bugungi kunda tadqiqotlar uchun manba bo’lib xizmat qilayotgani  

buning yaqqol isbotidir.   

Buyuk  ajdodarimiz  o’z  ilmiy  merosi  bilan  insoniyat  tsivilizatsiyasiga  

munosib  hissa  qo’shganlar.  SHarq  va  G’arbning  ilmiy  dunyosi  birlashgan  va  

uyg’unlikda  rivoj  topgan.  Allomalarimiz  faqat  Osiyoning  ilm–fan  yutuqlari  bilan  

chegaralanib  qolmasdan,  xorijlik  mutafakkirlarning  ham  ilmiy  yutuqlaridan  

bahramand bo’lganlar va ularni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratganlar.    

Buyuk  allomalarimiz  o’zlariga  mansub  bo’lgan  fan  sohalaridagi  

faoliyatlaridan  tashqari,  qadimgi  yunon  tilida  yozilgan  Aristotelь,  Ptolemey,  

Yevklid, Demokrit, Sokrat, Pifagor, Galen kabi qadimgi yunon va ellinizm davrida  

yashagan olimlarning matematika, falsafa, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid  

bir  necha  yuzlab  eng  sara  asarlarini  arab  va  suryoniy  tillarga  tarjima  qilganlar.  

Mana  shu  tarjimalar  va  o’zlarining  asarlari  shu  tariqa  Qadimgi  SHarq  fanining  

shakllanishi  va  yuksak  taraqqiyotida  muhim  o’rin  tutgan.  Buyuk  allomalarimiz  

yoshligidanoq    haqiqiy  ilm  bir  necha  tillarni  bilishni  taqozo  etishini  juda  erta  

anglab yetganlar va shu bois o’zining ona tilidan tashqari arab, ivrit, fors, suryoniy,  

yunon,  sanskrit  tillarini  chuqur  o’rganganlar.  Manbalarda  Abu  Nasr  Forobiyning  

ko’plab  tillarni  bilganliklari  qayd  qilingan.  SHu  bilan  birga  uning    Aristotelь  

asarlariga sharhlari mashhurdir.  

Beruniyning  Aristotelga  munosabati  Abu  Ali  ibn  Sino  bilan  yozishmasida  

o’z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning “Fazo haqida” va  

“Fizika”  asarlari  bo’yicha  olib  borilgan  edi.  Beruniy  Aristotelni  qadimgi  

dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb hurmat bilan tilga oladi.  

Ulug’  vatandoshimiz  Muhammad  ibn  Muso  Xorazmiy  algebra  fanining  

asoschisi  bo’lishi  bilan  birga,  turli  fanlar  sohalarida  samarali  ijod  qilib,  nafaqat  

Markaziy  Osiyo,  balki  dunyo  fanlarining  rivojiga  beqiyos  hissa  qo’shgan.  

Muhammad  Muso  Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ahmad  al–Farg’oniy  kabi  

olimlar  hozirgi  zamon  hisoblash  tizimini  kashf  etdilar.  Manfiy  va  irriotsional  

sonlar bilan ishlash yo’lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini  

topdilar va o’z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho’qqisiga chiqdilar.  

O’rta  asrlarda  o’lkamizda  ko’plab  ilm  va  ma’naviyat  maskanlari  faoliyat  

ko’rsatgan.  Ushbu  markazlarda  juda  ko’plab  olim  va  ulamolar  ijod  qilgan,  

xalqning  ma’rifatini  ko’targan.  Masalan,  buxorolik  olimlar  soni  haqida  

Narshaxiyning  shunday  gaplari  bor:  “Agar  Buxoro  olimlarining  hammasini  zikr  

qilsak, bir nechta daftarni tashkil etadi” Mazkur ma’lumot ushbu hududda ilmiy  

faoliyat tizimining o’sha davrda yaxshi yo’lga qo’yilganligini anglatadi.  SHu bilan  

birga  X–XI  asrlarga  kelib  Xorazmda  ma’rifatparvar  shoh  Ma’mun  rahnamoligida  

Gurganjga to’plangan  olimlar  ishtirokida  1004 yilda  “Bayt  ul–hikma”  

(“Donishmandlar  uyi”)  tashkil  topdi.  Bu  ilmiy  markaz  tarixga  “Ma’mun  

akademiyasi” degan nom bilan kirdi. Uning rahbari Abu Rayhon Beruniy bo’lib, u  

boshchiligida  qator  qomusiy  olimlar  (Abu  Nasr  ibn  Iroq,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  

Sahl  Masihiy,  Abulxayr  ibn  Hammor,  Abu  Fazl  Bayhaqiy  va  boshqalar)  ko’plab  

amaliy va ilmiy muammolarni yechib, jahon fani rivojiga katta hissa qo’shdilar.  

G’arb  tadqiqotchilaridan  M.Meyerxoff  esa  “Beruniy  musulmon  fanini  

namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak” degan fikrni  

bildiradi.  

 

Наршахий, Абу Бакр.  



 

 

O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlardan biri bo’lmish Abu  



Ali ibn Sino shunday deydi:  “Buxoro amiri  ibn Nuh Mas’uddan uning kutubxonasini  

ko’rishga ruxsat so’radim va shu kutubxonada bor kitoblarni ko’rib chiqdim…. Menga  

eng ta’sir qilgani shu bo’ldiki, hech qachon nomini odamlar eshitmagan kitoblar ham  



bor edi” 

Alloma ajdodlarimiz dunyo olimlarining asarlarini qunt bilan o’rganganlaridek, bugungi kungacha o’tgan uzo

q tarixiy davr mobaynida yurtimiz hayoti,  unda  yashagan  allomalar  faoliyatini  o’rganish   juda  ko’plab  ch

et  el tarixchilari va tadqiqotchilari  ham katta qiziqish bilan murojaat qilganlar.  

Ahmad Farg’oniyning  “Astronomiya  asoslari  haqida  kitob”  nomli  asari  o’n  ikkinchi  

asrdayoq  lotin  va  ivrit  tillariga  tarjima  qilingani  ham  bu  fikrning  dalilidir. O’n oltinchi asrda Oydagi kra

terlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi.  

Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya”  

kitobida  yozilishicha  Oydagi  kraterlardan  ikkitasi  ikki  buyuk  vatandoshimiz  —  

Ahmad  Farg’oniy  va  Mirzo  Ulug’bek nomlari  bilan  ataladi. SHveytsariyalik olim  

Adam Mets o’rta asrlarda Osiyo kutubxonalarining keng rivojlanganligi va Yevropadan  

ancha ilgarilab ketganini ta’riflaydi 

 

O’sha  davrlarda  bunday  erishilgan  yutuqlar  e’tirof  etilishi,  o’lkamizda  



taraqqiyot  hukm  surganligidan,  ajdodlarimiz  azaldan  ilm–fan  sohasida  yutuqlari  

bilan dunyoni hayratga solganligidan dalolat beradi.  

Yosh  avlod  ongiga  jahon  ilmu  fani  va  madaniyati  rivojiga  benazir  hissa  

qo’shgan  buyuk  mutafakkirlarimiz  hayoti  va  ijodini,  shuningdek,  yurtimizda  

bunyod  etilgan  moddiy  merosni  asrab–avaylash  mas’uliyatini  singdirish,  ularni  

munosib  vorislar  etib  tarbiyalash  bugungi  kunda  ham  muhim  vazifalardan  

hisoblanadi.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  istiqlolning  ilk  yillaridayoq  ushbu  dolzarb  

masalaga  alohida  to’xtalib,  “Noyob  tarixiy  yodgorliklarni  saqlash  va  ta’mirlash,  

o’zbek  xalqi  yaratgan  va  milliy  boylik  bo’lgan  san’at  asarlarini  izlab  topish,  ularni                          Ибн 

Сино, Абу Али 

 

O’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etadi. Bu  



milliy boylik bizga ota–bobolarimizdan meros bo’lib qolgan. Binobarin, biz ham uni  

ko’z qorachig’iday asrab–avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz  

kerak”–deya ta’kidlagan edi.  

Istiqlol  yillarida  allomalar  hayotiga  oid  ko’plab  asarlar  chop  etildi  va  

xalqimizga  tuhfa  etildi,  bu  asarlar  yoshlarimizni  ma’naviy  dunyosini  boyitishga  

xizmat qilmoqda.  

Mustaqillikning  o’tgan  davri  mobaynida  mamlakatimiz  va  xorijiy  

davlatlarda YuNESKO ishtirokida buyuk allomalar va mutafakkirlar hamda tarixiy  

shaharlarning  yubileylari  keng  nishonlandi.  Bunday,  ajodlarga  va  tariximizga  

hurmat faqat mustaqillik tufayligini tiklandi va qaror topdi. 

 Bugungi kunda birgina 

 

O’zbekiston  hududida  mavjud  bo’lgan  4 mingdan  ziyod  moddiy–ma’naviy  



yodgorlik umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga  

kiritilgan.   

Markaziy Osiyo zaminida kamol topgan, turli fanlar rivojiga hissa qo’shgan  

allomalar  merosini  o’rganish  insonni  taraqqiyotga  yetaklaydi,  jaholatdan  

yiroqlashtiradi  hamda  qalbida  yurtga  muhabbat,  xalqqa  xizmat,  Vatanga  sadoqat  

tuyg’ularini  mustahkamlaydi.  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  bu  borada  

shunday  ta’kidlagan:  “Ajdodlarimizning  keng  qomusiy  bilim,  g’oya  va  fikrlarini  

o’zida  mujassam  etgan,  bugungi  kunda  ham  ilmiy  va  insoniy  qadr–qimmatini  

yo’qotmagan  boy  va  bebaho  merosini  yosh  avlodga  yetkazish  muhim  ahamiyat  

kasb etadi”.  

Ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga hurmat va ehtirom bugun dunyoning turli  

chekkalarida  ham  namoyon.  Allomalar  haykallarining  xorijiy  davlatlarda,  

Moskavada  Alisher  Navoiy,  Misrda  al–Farg’oniy    o’rnatilishi  buning  yorqin  

dalilidir. O’z navbatida bizning yurtimizda ham, shu jumladan, Toshkent shahrida  

Nizomiy Ganjaviy, SHota Rustaveli haykallari o’rnatilgan.  

Al–Farg’oniyning  asosiy  astronomik  asari  “Samoviy  harakatlar  va  umumiy  

ilmi nujum kitobi” (“Kitob al–harakat as–samoviya va javomi’ ilm an–nujum”) 

 


Download 267,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish