O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi
islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish, tizimli
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yangi normativ-huquqiy
hujjatlarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rilishi
islohotlarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lgan, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar
berishni nazarda tutuvchi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni
davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda
optimallashtirish, rasmiyatchilik, sansalorlik, sarf-xarajatlar va korrupsiya ko‘rinishlarining ko‘payishiga olib
keluvchi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijro etilmaganligi holatlari bo‘yicha materiallarni
aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga, jumladan huquqni
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-
sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan)
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-
sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan)
umummajburiy ko‘rsatmalar, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi
ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlari, yozma topshiriqlarni qabul qilishga
yo‘l qo‘yilmaydi;
hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy
tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va ular imzolanganidan keyin hisobga olinishi shart;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Davlat organlarining ekspert-tahlil
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3628-son
qaroriga
muvofiq davlat
organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlarining ishini tashkil etish va
muvofiqlashtirish Maslahatchining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-
sonli
Farmoni
tahririda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti
bo‘shatilayotgan 35 nafar shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan
loyihalar, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar Xizmatga
o‘tkazilgan holda tugatilsin.
Oldingi
tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Maslahatchining bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga
oshirishda quyidagi idoralar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-
sonli
Farmoni
tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, jumladan:
tegishli sohalardagi ahvolni birgalikda o‘rganish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish
bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va
boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish va ularni ishlab chiqish;
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini hamkorlikda o‘rganishni, tegishli sohalarda xorijiy
(xalqaro) tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or
xorijiy tajribani kiritish hamda tashkilotlarning tavsiyalarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar
tayyorlashni tashkil etish;
yetakchi mutaxassis (konsultant)larni, jumladan xorijiy mutaxassis (konsultant)larni hamkorlikdagi
ishlarga jalb etish orqali;
b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan, jumladan:
joylardagi ahvolni tanqidiy o‘rganishni, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishiga
to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlashni tashkil etish, shuningdek, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar
ishlab chiqish;
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayniqsa, joylarda so‘zsiz ijro etilishini va ushbu
hujjatlar amalga oshirilishining sifati, muddati hamda samaradorligi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yaqindan hamkorlik qiladi.
7. Xizmat:
bir hafta muddatda Xizmatning tuzilmasi, uning Nizomi va shtat jadvali tasdiqlanishini nazarda
tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, shuningdek, Xizmatning mas’ul xodimlari
lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar;
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning sifat jihatidan yangi, zamonaviy va
samarali faoliyat yurituvchi tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
loyihasining, jumladan uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligi va mustaqilligini kuchaytirish, shuningdek, qarorlar
qabul qilishda vakolatlar hamda mutasaddi bo‘lgan sohalarni aniq belgilab berishni nazarda tutgan holda,
kiritilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida katta mablag‘ va resurslarni
jalb qiladigan, asossiz hamda samarasi past yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida
qat’iy ogohlantirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga
muvofiq o‘zgartishlar va
qo‘shimcha kiritilsin.
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun
hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: