Таянч сўз ва иборалар:
Ibtidoiy jamoa davri, matriarxat, so’ngi paleolit, qadimgi Yunoniston, iloha Afina, donishmandlik, Navuxodonosor II, Semiramida, Nefertiti, To’maris, massagetlar, Saroy Mulki Xonim
Ключевые слова и выражения:
Первобытная община эпохи, матриархат, поздний палеолит, древняя Греция, богиня Афин, мудрость, Навуходоносор II, Семирамида, Нефертити, Туммарис, массажисты, Дворцовая усадьба
Keys words and expressions:
The primitive association of the period, matriarchy, late paleolith, ancient Greek, goddess of Athens, wisdom, Navukhadnazar II, Semiramis, Nefertiti, Tummaris, massage therapist, Palace property
Bizga ma’lumki ibtidoiy jamoa davridan boshlab ayol kishiga bo’lgan munosabat ibtidoiy davr diniy qarashlari va ijtimoiy hayotda yuksak qadrlangan. Bunga matriarxat davrini misol qilib keltirish mumkin. Matriarxat o’zi nima degani? So’ngi paleolit davrida ibtidoiy odamlar qon-qarindoshlik aloqalari asosida birlashgan jamoa bo’lib yashay boshlaganlar. Ya’ni ibtidoiy urug’chilik jamosi davri boshlangan. Urug’ni boshqaruv ayollar qo’lida bo’lgan chunki ular uy yumushi bilan band bo’lganliklari sababli oilani boshqarish zimmasida bo’lgan erkaklar esa doimo ovda bo’lganlar.
Bunday davr tarixda matriarxat yani onalar hukumronligi davri deb atalgan. Arxeologik ma’lumotlarga qarasak matriarxat davri so’ngi paleolit davridan boshlab 36 ming yil hukm surgan degan qarashlar bor. Ayol shaxsiga munosabat Qadimgi Yunonistonda ham yuksak bo’lgan bunga misol qilib olsak, Iloha Afina u ham ayol timsolida bo’lgan. Jangari ayol va donishmandlik ilohasi bo’lib ona yer kabi ulug’langan Demetra – dehqonchilik va hosildorlik xudosi sifatida ulug’langan.
Mesopotamiyada Navuxodonosor II o’z rafiqasi Semiramida (Semiramat)uchun bog’ barpo ettirgan. Bu shundan dalolat beradiki shohlar ham o’z rafiqasi uchun hurmat ehtirom ko’rsatgan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki Navuxodonosor II ning suyukli rafiqasi Semiramida (Semiramat)qadimgi Baqtiryadan ekanligini bilamiz. O’rta Osiyo hududida ham ayollarga bo’lgan munosabat yuksak qadrlangan. Buni arxeologik topilmalarda ko’rishimiz mumkin. Xorazm hududidan topilgan tangalarda shoh oldida malika yonma-yon tushirilgan suratda ko’rishimiz mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki Xorazm hududida hukumdor va uning ayoli teng ko’rilgan degan xulosaga kelamiz. Neferteti (qadimgi Misircha –sohibjamol kelmoqda) mil. av. XIV asr boshidagi Misr hukumdori Amenxotep IVning xotini. Eri o’tkazgan diniy islohatlarda ishtirok etganligi taxmin qilinadi. Uning ismi islohotlardan so’ng Nefer-Neferu-Aton (Atoning go’zallar go’zali) deb o’zgartirilgan. Nefertiti kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar mavjud. 1912-yil nemis arxeologi Lyudvik Borcherd Misrdagi “Shohlar vodiysi”dan Fir’avn Tutmosga tegishli bo’lgan haykal buyumlar, arxeologik materiallar topilgan. Ularning orasida diqqatga sazovori ohaktoshdan yasalgan ayol bosh qismi haykali topilgan. Keyingi izlanishlar natijasida ayon bo’ldiki, u haykal misr malikasi Nefertitiga tegishliligi isbotlandi. Tarixchi olimlar Nefertiti haqida ko’plab ma’lumotlar to’play boshladilar. Malum bo’lishicha malika o’gay o’g’li ayni paytda kuyovi bo’lgan Tutanhamon mozorida ko’milgan bo’lishi mumkin ekan. Imperatorning Lyuksordagi mozori ochilgach mazkur taxmin o’z tasdig’ini topganday bo’ldi. Maqbarani skaner yordamida tekshirilishi unda yashirin xona borligini ko’rsatdi. Bundan ko’rinib turibdiki Nefertiti Misrda yuksak hurmat e’tiborga ega bo’lgan[1].
To’maris (mil.av.VI asr) Turon xalqlarining Ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil.avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida To’maris massagetlar qabilasining malikasi bo’lgan. Masagetlar bu paytda Amudaryo bo’ylari va Qizilqumda yashagan. To’maris massagetlar podshosining xotini bo’lib, u erining vafotidan so’ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo’shini bilan massagetlar shiddatli janglar bo’lgan. Dastlabki jangda To’marisning o’g’li Sparangiz boshchiligidagi massagetlar g’olib chiqqan. Biroq keying jangda forslar hiyla yo’li bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o’zini o’ldirgan. To’maris o’g’lining halokatidan esankirab qolmay o’z xalqini manfaatlarini o’ylab Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so’raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach ikki o’rtada ayovsiz jang bo’lgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisi “tarixning otasi” Geradot bu jang varvarlar o’rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo’lgan. Avval har ikkila qo’shin bir-birini uzoq masofadan turib kamondan o’qqa tutdilar. Kamon o’qlari tugagach nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi, ko’p qon to’kildi. Nihoyat massagetlar g’alaba qozonishdi. Fors qo’shinlarining asosiy qismi jumladan Kir II ham jang
maydonida halok bo’ldi. Kir II ning jasadi topilgach malika To’marisning buyrug’i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan to’lg’azilgan meshga solindi. To’marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati to’g’risida xalq dostonlari va eposlar, jangnoma va rivoyatlar yaratildi[2].
Sharq ayollari orasidan orasidan shavkatli hukumdorlar, oqila maslahatgo’ylar, yetuk donishmandlar zabardast olimlar suxandon shoiralar yetishib chiqqan. Chunonchi massagetlar hukumdori To’maris qadimiy Palmiraning hukumroni Zinoviya Ispan qirolichasi Izabella Arman malikasi Tamaralar o’z davrining yetuk siyosatdon hukumdorlari bo’lganlar. Garchi bunday xukomdor olima donishmand ayollar G’arbda barmoq bilan sanalsada sharq mamlakatlarida ko’plab uchratish mumkin. Birgina temuriy malikalardan biri. Saroy Mulki Xonim Chig’atoy ulusiga mansub mo’g’ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo’lib 1341-yilda tug’ilgan. Qozonxon taxtdan tushurilib qatil etilgan chog’da Saroy Mulki Xonim besh yoshda edi Saroy Mulki Xonim balog’atga yetgach 1355-yilda Movarounnahr hukumdori amir Qozag’onning nabirasi amir Husayn uni nikohiga kiritdi.
1370-yil Sohibqiron Amir Temur jangda amir Husayinni yengib, uni qatl qildirgach Movarounnahr hukumronligini o’z qo’liga oladi. Tabiiyki amir Husayinning bir necha xotinlari bo’lib, xaramning ulug’ bekasi Tarmashirinxonning qizi Suyunch Qutlug’ og’o edi. Sohibqiron Amir Temur haramidagi malikalar orasidan Qozonxonning qizi Saroy Mulki Xonim Bayon sulduzning qizi Ulus og’oni hizr Yasurning qizi Islom og’oni hamda Tog’ay Turkon xotunni tanlab olib ida (eri o’lgandan keyin 3 oy aza tutish) muddati uch oy o’tgach o’z nikohiga kiritadi.
Saroy Mulki Xonim zamonasini yuksak idrokli, farosatli tadbirkor va aql-zakovat sohibasi, husn latofat bobida ham benazir edi. Saroy Mulki Xonim insonparvar vatanni sevguchi, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo’lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa ilm ma’rifatga alohida e’tibor ila qaror, tolibi ilmlarga homiylik qilar edi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulki Xonimdan farzand ko’rmagan. Ammo Sohibqiron o’z og’li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug’bek Mirzo va boshqa mirzolari bevosita zukko Saroy Mulki Xonim tarbiyasiga topshirilgan edi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak insoniyat rivojlanib o’tgan asrlar davomida jamiyatda doimo hukmronlik erkaklar qo’lida bo’lgan, ayollar esa jamiyatda qadrlangan. Bunga misol qilib esa biz tarixda o’z nomi bilan qolgan ayollarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ulardan Semiramida, To’maris, Saroymulkxonim, Nodirabegimlarning taqdirlari bunga misol bo’la oladi.
Адабиётлар:
www.Ziyouz.com.http/kutubxona
Fayziyev T. Temuriy malikalar. T.: A.Qodiriy xalq merosi, 1994. – B.3-4
Do'stlaringiz bilan baham: |