Darhaqiqat,”O‘zbekiston mustaqilligi ona xalqimizga XX asr so‘ngida nasib etgan ulkan tarixiy g‘alaba ekanligini o‘tgan yigirma olti yil isbot etdi. 1991 yil 31 avgustda respublikamiz Mustaqil deb e’lon etildi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. O‘zbekiston 250 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida bayrog‘imiz hilpirab turibdi. O‘zbekiston qadim yurt. Yer yuzidagi birinchi qadimiy qo‘l yozma kitob”Avesto”ning vatani ham bizning mamlakatimiz. Hozir yurtimizda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy obidalarga boy mashhur shaharlarimiz mavjud. Mamlakatimiz hududining kattaligi jihatdan jahonda 55 o‘rinda bo‘lib, 447 ming 400 km/kvni tashkil qiladi. Aholi soni jihatidan 42 o‘rinda turadi, o‘ttiz milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Ajdodu avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni ta’mirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashga alohida e’tibor berila boshlandi.Hozir O‘zbekistonda 74 tadan ortiq qadimiy ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda yashab o‘tgan allomalarning nomlari bilan bog‘liq O‘zbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan g‘oyat katta ilm, mo‘jizakor ijodiy mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qo‘shgan buyuk o‘g‘lonlari, o‘z zamonasining sultonlari yashab o‘tgan! Bugungi kunda jahon bo‘yicha ishlatilayotgan 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarga nolni kiritib, XX asr fani – kibernetikaga asos solgan olim deyarli 1200 yil avval yashab o‘tgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, mashhur allomaning ismi bilan bog‘liqligi, ya’ni al-Jabr bora-bora algebraga aylanganini, Algaritm so‘zi Al-Xorazmiy so‘zining assimiliatsiyaga uchragan shakli ekanligini va bizning avlod uni o‘qib matematikani o‘rganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan olyapti. Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ekanligini o‘quvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish an’anaga aylanganligi kishida iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi. Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning zamondoshi Abu Ali ibn Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida foydalanilmoqda. Agar e’tibor bersak, “Tib qonunlari”da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy ovqatlanish madaniyatigacha o‘rgatilgan. Inson salomatligini avaylash avvalo o‘zidan, oddiy ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan o‘gitlari bugungi kunda har bir farzandga singdirilmoqda?! Daryolar suvini o‘lchaydigan uskuna yaratgan va dastlab Nilning suv hajmiyu sig‘imini o‘lchab bergan bizning vatandoshimiz va yuqorida tilga olingan allomalarga zamondosh al-Farg‘oniy! “Ziji Kurogoniy” asarida yulduzlar jadvalini tuzib falakiyot ilmini dunyoga tanitgan ham 14 asarda yashab o‘tgan bizning ajdodimiz Mirzo Ulug‘bek! Hazrat Alisher Navoiy satrlari bilan ta’rifu tavsiflasak: Temurxon naslidan sulton Ulug‘bek Ularga deyarli zamondosh Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis-ul-nafois” va Nasoimul-muhabbat” asarlarida ajdodlarimizning ta’rifu-tavsiflari go‘zal ifoda etilgan 500 dan ortiq shoiru fuzaloni e’tirof etganlar. Ajdodlarimizdan urf bo‘lgan bu an’anani kelgusi avlodlarimizga yetkazish bizning burchimiz. Beruniy, Xorazmiy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug‘larimiz navqiron avlodning g‘urur tog‘laridir. Mamlakatimiz istiqloli tufayli Islom madaniyati va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Moturidiy kabi allomalarning kitoblari o‘rganila boshlandi Darhaqiqat, Turonzamin sadosi – ma’naviyati, madaniyati, ma’rifati dunyo kabi qadimiy va ulug‘vor! Ajdodlarimiz mehnatining mahsuli bo‘lmish g‘oyat qimmatli va eng qadimiy qo‘lyozma “Avesto”dagi go‘zal bitiklar ham ana shundan dalolat beradi. Eramizdan oldingi davrda yaratilgan yozma manba “Avesto”da olamni munavvar qiluvchi quyosh Sharqdan chiqishi tilga olinadi. Zero, quyosh bilan olam munavvarlashadi, jamiki tabiatu mavjudot harakatga keladi. Zero, tabiat o‘z quyoshi bilan, inson o‘z ijodiy faoliyati bilan ajralib turadi. Biz dunyoga mashhur allomalarni bejiz tilga olmadik. Ular ajdodlarni avlodlarga bog‘lovchi ma’naviy ko‘priklardir. Ularning hayot yo‘li yoshlarimiz uchun yorqin ibratdir. Hukumatimizning maqsadu muddaosi ham shu – millatning yuzi bo‘ladigan, buyuk Vatanimizga munosib komil inson tarbiyalash, ya’ni rango-rang “qadimiy gullar”ga hamohang “jajji chechaklarni” parvarishlashdir. FONETIKA, ORFOEPIYA, GRAFIKA, ORFOGRAFIYA VA TOVUSHLAR To‘g‘ri talaffuz qoidalarining yig‘indisi orfoepiya (gr
Do'stlaringiz bilan baham: |