3. Mirzo Ulug’bek madrasasi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida joylashgan Ulug‘bek madrasasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan. U Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Amir Temurning nabirasi Ulug’bek buyuk davlat boshlig’i, buyuk munajjim, matematik, Turon zaminida ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimdir. U ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirgan. Movarounnahrda o’z akadamiyasini yaratgan. Ulug’bek Samarqand-u Buxoroda buyuk tarixiy yodgorliklar kompleksini qurdirdi. Samarqand shahridagi Ulug’bek madrasasi va Buxoro shahridagi uchta madrasa shular jumlasidandir. Bu madrasalar 1586-yilda Amir Abdullaxon tomonidan qayta qurildi. G’ijduvon shahridagi arxitektura yodgorligi bo’lmish madrasa komleksini ham 1432-1433-yillarda Ulug’bek qurdirgan. G’ijduvondagi uchinchi va oxirgi madrasa Samarqand va Buxorodagi madrasalarga nisbatan kichik va soddaroqdir. Madrasa Pirmast anhorining quyi qirg’og’idagi xushhavo joyda qad ko’targan bo’lib, bir qavatli tarhi (hovlisi ham) kvadrat shaklidadir. 9 Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bunyod etilgan. Madrasa qurilishida xom va pishgang‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan. Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‘rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8x4,6m), burchaklarida guldasta joylashgan.Miyonsaroy to‘ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‘lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‘bek madrasasining boshtarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. 1933-yilda V.Shishkin, V.Nil’sen va I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida madrasaning o‘lchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulug‘bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‘arbida shayx Abduxoliq G‘ijduvoniy qabri joylashgan. G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‘i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‘rnatilgan.
Madrasa qo‘shminorali, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazli, arkli, “Chor” uslubida qurilgan. Uning o‘ziga xos tomonlaridan biriesa, Ulug‘bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik va soddarog‘i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me’moriy obidalardan o‘zining me’moriy yechimi bilan ajralib turgan. Madrasa o‘z davrida tolibi ilmlarga ma’rifat tarqatadigan ilm maskani vazifasini bajargan bo‘lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek mamlakatimizda ilk bor o‘rta va oliy ta’lim dargohlarining ko‘paytirishga va ularni boshqaruvchi, yuqori, oliy darajadagi malakali kadrlar bilan ta’minlash ishiga ahamiyat berishga kirishgan davlat arboblaridan, ilm-fan fidoyilaridan edi. U Buxoro, G‘ijduvon, Samarqand kabi ko‘pgina yerlarda madrasa va masjidlar soldirib, ilm-fan markazlarini tashkil etishga kirishganligi hamda ilm-fanning rivojlanishiga o‘z davrining yetuk olimlari va iste’dodli talabalarni bu markazlarga jalb etgan. Uning bevosita homiyligida vujudga kelgan bilim dargohlari peshtoqiga “Talab ul-ilma farizatun alo kulli muslimin va muslimatun”, ya’ni “Ilm olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan shior yozdirganligi hammaga ma’lum. Madrasai oliyada ta’lim oluvchi har bir talaba o‘z bilimi, iste’dodini namoyish etish uchun o‘sha davrning o‘ziga xos sinovlardan ham o‘tishgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek har bir madrasaga kelib, iste’dodli talabalarga in’omlar ulashgan, yotoqxonalar bilan ta’minlagan, yosh olimlarga g‘amxo‘rlik, alohida homiylik qilgan. Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. G‘ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‘och o‘ymakori gumbaz bilan yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi. Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan. Ushbu madrasa Ulug’bek tomonidan o’quv ta’lim daturlari bilan ta’minlangan, mudarris va ustoz-domlalar uning tomonidan tayinlangan Ulug’bek Mirzo bu madrasada bir necha marta bo’lib, falakiyot asoslari, islom dini haqida amri ma’ruf suhbatlar o’tkazgan. Ulug’bek kompleksida hovli, masjid, darsxona, yotoqxona bo’lgan, Binoning old tomonida peshtoq, uning yonlarida minora qad cho’zgan. Peshtoqdan dahlizga, dahliz to’ridagi eshikdan hovliga o’tilgan. Eshik qarshisidagi g’arbiy devorga ravoq ishlangan. Hovlining ikki yonida beshtadan hijra bo’lib, ularning to’rttasi kavdrat tarhli va tepasida qubba o’rnatilgan. 1583-yilda ta’mir etilgan. Kompleks kunchiqar hovlisida Abduxoliq G’ijdivoniyning dafn etilgan maqbarasi bo’lgan. Din va dindorlar qatag’on qilingan sho’rolar hokimyati yillarida ham bu qadamgohga ziyoratchilar uzluksiz kelib turishgan. Qizil xudosizlar bu qadamjoni oyoq-osti qildilar. Kompleks hovlisi va atrofi dehqonlar bozoriga, muborak insonlar dafn etilgan mozor eshaksaroyga, qurulish materiallari va mol bozoriga aylantirilgan. Kompleksning shimoliy-g’arbidagi namozgoh masjid, hovuzlar va xarobazorga aylantirilgan. Madrasa bir qavatli, murabba tarxli (33×30 metr), masjid, darsxona va hujralardan iborat. Peshtogʻi chuqur ravoqli. Oʻrtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8×4,6 metr), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy toʻridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovlining (15x13 metr) 2 yonida 8 ta hujra boʻlib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulugʻbek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. Bosh tarzida Ulugʻbek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning gʻarbida shayx Abduxoliq Gʻijduvoniy qabri joylashgan. Bosh tarzi peshtogʻi yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi xujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. Madrasa joylashgan va unchalik katta boʻlmagan hududda („Xojai Jahon sarmozori“da) Buxoro inqilobiga qadar 7 nafar oʻquv dargohi faoliyat yuritgan10.
Madrasa shoʻrolar davrida qarovsiz ahvolga tushib qoladi[1]. 1933-yilda V. Shishkin, V. Nilsen va I. Notkinlar ilmiy tekshiruv ishlarini olib borishgan va madrasa oʻlchamlarini aniqlashgan. Abduxoliq Gʻijduvoniyning 890 yilligi munosabati bilan Ulugʻbek madrasasi 1993-yil taʼmirlandi. 2003-yil Gʻijduvoniy daxmasi ustiga, tomi ustunli yogʻoch oʻymakori gumbaz bilan yopilgan, ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi. Hozirda madrasaning darsxonasida Buxoro muzeyining filliali, masjidida — kutubxona oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Buxoro xoni Abdulazizxon 1541-yilda buyuk buzrukvor Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy hurmatini bajo keltirib, u kishining dahmasini qaytadan qurdirgan. U pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, atrofi cho’yan panjaralar bilan o’rab olingan. 1557-1598-yillarda Buxoro xoni Abdullaxon Ulug’bek Mirzo tiklagan madrasa yonida baland, bohavo, oldida ustuni, peshayvoni bo’lgan masjid qurdiradi. Ulug’bek davrida G’ijduvon qo’rg’onida kumush va tillo tangalar zarbxonasi, qurol-aslaha (sovut, nayza,kamon, qilich, xanjar va boshqa urush qurollari) chiqaradigan ustaxonalar tashkil etilgan. G’ijduvonda xalq hunarmandchiligining barcha turlari rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |