Tarix va falsafa



Download 38,73 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi38,73 Kb.
#594672
Bog'liq
manbashunoslik kurs ishi baxrom2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDOGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY-GUMANITAR FAKULTETI
“TARIX VA FALSAFA “ KAFEDRASI
IV BOSQICH 405-GURUH TALABASI
BERDIYEV BAXROMNING
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: ARAB TILIDA FANLAR TASNIFIDA KLASSIFIKATSIYASIGA OID ASARLAR


Tayyorladi: Berdiyev. B


Qabul qildi: Yoqubova. D

Denov-2022

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………….3



  1. BOB. Arab tilida yozilgan manbalar

    1. Arab yozuvining vujudga kelishi………….………………………...

    2. Markaziy osiyolik muarrixlarning arab yozuvida yozgan asarlari…

II.BOB. Arab tilida bitilgan sharq qo’lyozma xazinalari
2.1. IX –XII asrlarda bitilgan manbalar…………… .20
2. 2. XIV XVI asrlarda bitilgan manbalar.…………………………..27
Xulosa……………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….35

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus ta'kidlandi[1] . Prezident belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni va voqealarni o‘rganishimiz zarur. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Qang’ va Dovon davlatlarining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi. Odatda sulolalar biron-bir o‘zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashhurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar).
Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda – mavzuning tarixshunosligi qismida batafsil yoritilgan) Qang’ va Dovon davriga oid manbalar ichida S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov kabi olimlarning asarlarida ham somoniylar davriga oid ma'lumotlar berilgan manba va adabiyotlar bilan bir qatorda mustaqillik yillarida mavzuga oid to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnallarda bir qator maqolalar chop etildi. Shunday qilib, tadqiqot ob'ekti sifatida tanlangan mavzuga oid manba va adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu muammo alohida ilmiy mavzu sifatida hali to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu jihatlar mavzuning tadqiqot sifatida tanlanishiga sabab bo‘ldi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarda aks ettirilgan davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan masalalarni chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil asosida, Qang’ va Dovon davlatlarining taraqqiyoti va inqirozi sabablarini yoritish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Qang’ va Dovon davlatlaridavlati tarixiga oid manbalarni qiyosiy tahlil qilish va tarixshunosligini o‘rganish, yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish;
-Qang’ va Dovon davlatlarisiyosati va boshqaruv tizimini tadqiq qilish va xulosalar berish;
Kurs ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda Qang’ va Dovon davlatining boshqaruv tizimi, xo‘jalik va madaniy hayoti hamda mazkur davlatlarining inqirozi sabablari yangi ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Mustaqillik yillarida e'lon qilingan yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining davlati haqidagi yangi ma'lumotlar o‘quvchilarga kengroq tushunchalar berishi, tadqiqot ishida umumlashtirilgan ma'lumotlardan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarida hamda milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalashda foydalanish mumkin.

I.BOB. Arab tilida yozilgan manbalar.


1.1 .Arab tilining vujudga kelishi.

Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub til. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili miloddan avvalgi 5 – 4-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 – 7-asrlar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 – 9-asrlarda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa moʻ’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hozirgi shu tilda. Arab soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan birbiriga oʻxshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Magʻrib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qur’oni Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillari unsurlarining boʻlishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan boʻysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilmfan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bogʻliq holda arabshunoslik vujudga keldi. VII-VIII asrlarda Arabiston hududida va arablar tomonidan bosib olingan qator mamlakatlarda - Old Osiyo, Shimoliy Amerika hamda Pireney yarim orolida jahon miqyosidagi mamlakat - Arab xalifaligi tashkil topdi. Arab xalifaligi islom diniga asoslangan ko`pmillatli davlat bo`lib, xalifalikda ish yuritish vositasi va fan tili arab til hisoblangan.
Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bo`lishi va rivojlanishi, Hindistondagi kabi, amaliy ehtiyojlar bilan bog`lanadi. Ya`ni bu davrda eski yodgorliklar va Qur’on tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi. Bir tomondan musulmon dunyosining muqaddas diniy kitobi bo`lgan «Qur’on»ni tushunarli qilish, undagi so`zlarni to`g`ri va aniq talaffuz qilish, ikkinchi tomondan, klassik arab tilini shevalar ta`siridan saqlash maqsadida arab olimlari til masalalari bilan jiddiy shug`ullanishga kirishdilar. Arab tilshunosligi o`z taraqqiyoti davrida hind va yunon tilshunosligi yutuqlariga, o`z an`analariga tanqidiy va ijobiy yondashgan. Arablar o`z tillarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanganlar. VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bo`lib, ular o`rtasida tilshunoslikning ko`pgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizg`in bahslar, munozaralar olib borilgan. Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining poytaxti bo`lgan Bag`dod shahriga ko`chirilgandan so`ng to`xtagan. Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug`atini yaratdi. U lug`atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan.
Xalil al - Farohidining shogirdi, mashhur arab tilshunosi, kelib chiqishiga ko`ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o`zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o`zigacha bo`lgan barcha tadqiqotchilarning ta`limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko`rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan. Kelib chiqishiga ko`ra yunon Abu-Abayda (770-837) noyob so`z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug`atini tuzadi. Bag`dodlik hind Sag`ani (1181-1252) 20 tomlik lug`at yaratadi va uni «To`lqinlar toshqini» deb nomlaydi. Misrlik ibn Mansur (1232-1311) katta hajmdagi salmoqli lug`at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi. Sherozlik fors Feruzobodi (1329-1414) 60 tomlik lug`at tuzgan va uni «Qomus» (Okean) deb nomlagan. Bundan keyin yaratilgan ko`plab lug`atlar ham «Qomus» nomi bilan ataladigan bo`lgan. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan, keltirilgan asarlardan ma`lum bo`ldiki, arab tilshunoslari leksikografiyaga alohida, jiddiy ahamiyat berganlar. Shuning uchun arab tilshunosligida leksikografik tadqiqotlar muhim o`rinni egallaydi. Arab leksikograflari ayrim predmetlarni anglatadigan sinonimlar lug`atini, masalan, qilichni anglatadigan 500 ta so`z va iboradan, arslonni anglatadigan 500 ta, tusni ifoda etadigan 400 ta so`z va iboradan tashkil topgan ko`plab turli mavzudagi lug`atlarni tuzganlar. Demak, arab tilshunoslari leksikografiya sohasida juda katta yutuqlarga erishganlar. Xullas, arab leksikografiyasida lug`atlar mazmuniga ko`ra olti guruhga bo`linadi: 1. To`liq izohli lug`atlar. 2. Predmet lug`atlari (masalan, hayvonlar bilan bog`liq lug`atlar va b). 3. Sinonimlar lug`ati. 4. Noyob so`zlar lug`ati. 5. O`zlashgan so`zlar lug`ati. 6. Tarjima lug`atlari. Arab leksikografiyasi Sharq - Eron, Turkiya, qisman hind xalqlariga ham, Evropa xalqlariga ham katta ta`sir ko`rsatdi. Turkiy tilga bag`ishlangan muallifi noma`lum «At - tuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa») asari ham bo`lib, u XIV asrga oid deb taxmin qilinadi. Arab tilida yozilgan bu manba prof. S.Mutallibov tarjimasida o`zbek tilida 1968 yilda Toshkentda nashr qilingan.
1978 yilda esa asar akad. E.Fozilov va M.T.Ziyayevlar tomonidan rus tiliga o`girilib, «Iziuskanniuy dar tyurkskomu yaziuku» nomi ostida (akad. A.N.Kononov muharrirligida) Toshkentda chop etildi. Asarda qipchoq shevasining lug`at tarkibi va grammatik qurilishi tasvirlanadi. Tadqiqot uch bo`limdan: 1. Qisqacha kirish. 2. Lug`at va 3. Grammatikadan tashkil topgan. Manbaning kirish qismida til va jamiyat masalasiga e`tibor qaratilib, tilning jamiyatdagi vazifasi, o`rni uning tafakkur bilan bog`liqligi haqida fikrlar beriladi. Muallif: «Inson hayvondan faqat tushunish va til bilangina farq qiladi»,- deydi. Demak, fikrlash va til (nutq) qobilyati faqat insongagina xos ekanligi ta`kidlanadi. Binobarin, inson ana shu qobilyatiga ko`ra o`zgalar bilan, jamiyat a`zolari bilan aloqaga kirishadi, o`zaro aqliy, lisoniy munosabatda bo`ladi. Muallif «At - tuhfa» asarida fe’l (fe`lun) turkumiga atroflicha to`xtaladi. Fe`l turkumining qator grammatik kategoriyalari: zamon, mayl, bo`lishli-bo`lishsizlik, shaxs, o`timlilik, nisbatlar haqida fikr yuritadi. Ishda fe’lning ancha murakkab bo`lgan nisbat kategoriyasi-uning majhullik, birgalik, orttirma va o`zlik nisbatlari haqida ma`lumot beriladi. Ishda fe’lning o`tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon kategoriyalari ham atroflicha yoritiladi. «At - tuhfa» da harfun - yordamchi so`zlar masalasiga ham e`tibor beriladi. Turkiy tilda dag`i, taqi, yo`qsa, yo`q, ya, ammo kabi so`zlar bog`lovchi bo`lib kelishi aytiladi. Yuklamalar haqida fikr yuritilgan bo`limda faqat ta`kid yuklamalarigina emas, balki, umuman ma`noni kuchaytirish usullari haqida fikr beriladi. Qiyoslang: biy-biy (bek-bek); al-al; uk-uk. Turkiy tilda undovlarning uchta ekanligi aytiladi. Bular: ey, abav, abu. Masalan: A kichi! «ey odam! «At - tuhfa» asarida grammatikaga – sintaksisga oid ma’lumotlar ham berilgan bo`lib, uning asosini gap haqidagi fikrlar tashkil qiladi. Gaplar otli va fe`lli gaplarga ajratiladi. Gapning zaruriy, tarkibiy qismlari sifatida ega (mubtado) va kesim (xabar beriladi). Muallif: Biy uydadir, gapini sintaktik jihatdan mutlaqo to`g`ri ega (biy) va kesim (uydadir) kabi bo`laklarga ajratadi. Ishda, asosan, so`roq gaplar haqida fikr yuritiladi. XIII asrning o`rtalarida (1258) Arab xalifaligining poytaxti bo`lgan Bog`dod mo`g`ullar tomonidan bosib olinadi. Natijada xalifalik o`z ichida alohida davlatlarga bo`linib ketadi. Shu bilan arab madaniyatining klassik davri o`zining nihoyasiga etadi.
1.2 Markaziy Osiyolik muarrixlarning arab yozuvida yozgan asarlari

“Kitob at-tarix” Ushbu arab tilida bitilgan qimmatli asar muallifi buyuk matematik Muhammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni birinchi O’rta Osiyolik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy birinchilardan bo’lib o’zining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini yozgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal holida yetib kelgan bo’lmasada, undan olingan parchalarni so’nggi davr tarixchilari Ibn an-Nadim, al-Mas’udiy, at-Tabariy, Hamza al-Isfahoniylar o’z asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayhon Beruniy o’zining “Osor ul-boqiya” asarida ham eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid ma’lumotlardan iborat bo’lgan.

“Kitob al-surat al-arz” Mazkur asar ham al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bo’lib, yunon olimi Ptolomiyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni o’zining yangi ma’lumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“Yer tasviri kitobi”) asarida Kaspiy dengizi yoki Xorazm dengizi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ushbu tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi O’rta Osiyoga oid ma’lumotlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, hijriy 428 yili ko’chirilgan mo’‘tabar qo’lyozmasi yuizgacha yetib kelgan bo’lib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. Ushbu mo’‘tabar qo’lyozma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leyptsigda nashr qilingan. Kitobni o’zbek tiliga A.Ahmedov tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983 yili chop etgan.

“Kitob al-mag’oziy” Kitob muallifi Madoiniy Abulhasan Ali ibn Muhammad (vaf. 840 y.) Arabiston, Xuroson va Movarounnahrning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ziyod asar yozgan yirik arab tarixchi olimidir. “Axbor al-xulafo”(“Xalifalar haqida xabarlar”), “Kitob al-mag’oziy” (“Urushlar haqida kitob”), “Kitob futuh ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi haqida kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir.

“Kitob al-mag’oziy” Eron, Afg’oniston va O’zbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan.

”Kitob al-buldon” Asar ijodkori al-Ya’qubiy IX asrda o’tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos Ahmad ibn Abu Ya’qub ibn Ja’far ibn Vahb ibn Vadih al-Kotib al-Abbosiy bo’lib, u yirik mansabdor honadoniga mansubdur. Al-Ya’qubiy Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining ko’p qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Mag’ribda o’tkazdi.



Al-Ya’qubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar haqida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” nomi bilan mashhurdir.

”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to’rt qismdan iborat. Asarda arablar qo’l ostidagi mamlakatlarning geografik holati, yirik shaharlar va qal’alari, aholisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, o’sha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy miqdori haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi.



Ushbu asarning ikki mo’‘tabar qo’lyozmasi Ғarbiy Germaniya kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashhur sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan.

Al-Ya’qubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida yozilgan bo’lib, Sharq mamlakatlari, shuningdek O’rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi bo’yiyaa muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bo’lib, Odam Atodan islomgacha bo’lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, ya’ni o’sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo’lgan voqealar bayon etilgan.

“Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.

“Kitob futuh al-buldon” “Kitob futuh al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda o’tgan yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix Madoiniyning shogirdi bo’lib, uning to’la ismi Abubakr Ahmad ibn Yax’yo Jabir al-Balazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Musta’in (862-866 y.) saroyida tarbiyachi bo’lib xizmat qilgan.

Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh al-buldon” va “Kitob al-ansob ao-sharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari haqida kitob”ning muallifidir.

“Kitob futuh al-buldon” arab istilolari tarixi bo’yicha eng yaxshi asarlardan biri hisoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Amr davrida Movarounnahrga bir necha bor bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab qaytganliklari haqida ma’lumot bor.



Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga sazovor shaharlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar, shuningdek arab tilining joriy qilinishi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.

“Kitob futuh al-buldon”ning qisqartirilgan tahriri yetib kelgan, xalos. Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) ham bor. Balazuriyning ushbu asarining to’liq nusxasi O’qut va Ibn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan.

“Kitob ul-xiroj” “Kitob ul-xiroj” (“Xiroj solig’i haqida kitob”) asarining muallifi Abu Yusuf Ya’qubdir (731-798 yy.). Bu qonunshunos olimning to’la ismi Abu Yusuf Ya’qub ibn Ibrohim Kufiydir. U asli Shomning Kufa shahridan, imom Abu Hanifaning (699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mahdiy (775-785 yy.) va Xorun ar-Rashid (786-809 yy.) davrida Bag’dod qozisi bo’lgan.

“Kitob ul-xiroj” asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xususan yer egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig’i bilan yozilgan bu asarda o’rta asrlarda aholidan yig’iladigan asosiy soliq - xiroj, uning turlari va miqdori, to’lash tartibi bayon etilgan. Bundan tashqari feodal mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik yer egalarining shaxsiy xo’jaliklarida qo’l mehnatidan foydalanish haqida ham ma’lumotlar mavjud.



Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shahrida chop qilingan. Uni Ye.Fanyan frantsuzchaga tarjima qilgan.

“Kitob axbor ul-buldon” Ibn al-Faqih “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar haqida xabarlar” asari bilan mashhur bo’lgan tarixchi olim. Uning to’la ismi Abubakr Ahmad ibn Muhammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili yozilgan) ma’lum bo’lishicha, u xalifalardan al-Mo’‘tadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-908 y.)lar bilan zamondosh bo’lgan. “Kitob al-fihrist” muallifining so’zlariga qaraganda, Ibn al-Faqih o’z zamonasining atoqli adiblaridan bo’lib, naql-rivoyat va adabiyotni yaxshi bilgan.

“Kitob axbor ul-buldon” asari siyosat, tarix va madaniy hayotga oid materiallarga boydir. Ibn al-Faqihning ayniqsa yirik shaharlar, Balx, Samarqand va boshqalar haqida keltirgan ma’lumotlari nihoyatda qimmatlidir.

“Kitob axbor ul-buldon”ning Ali ibn Ja’far ash-Shayzoriy tarafidan bajarilgan (1022 y.) qisqa tahriri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop etilgan.



Ushbu asarning mo’‘tabar qo’lyozmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923 yili Mashhaddagi (Eron) Imom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron va Movarounnahrning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor ma’lumotlar bor.

“Kitob masolik ul-mamolik” Ushbu asar muallifi Ibn Xurdadbeh yoki Abulqosim Ubaydulloh Xurdadbeh (820 tax 913 y.) asli eronlik bo’lib, u oliy martabali mansabdor xonadoniga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi bo’lgan, Daylam viloyatini bo’ysundirib, xalifaning diqqat e’tiborini qozongan. Ibn Xurdadbeh Bag’dodda o’qigan va keng ma’lumot olgan. U xalifa Mo’‘tamid (870-892 y.) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, dastlab nadim, so’ng Eronning g’arbiy-shimoliy tarafida joylashgan Jibal viloyatida sohib barid va-l-xabar (pochta va razvedka boshlig’i) lavozimini egallagan. Ibn Xurdadbeh turli mavzuda, adab, tarix, geografichga oid o’nga yaqin asar bitgan bo’lib, ulardan eng muhimi “Kitob masolik ul-mamolik” (“O’’llar va mamlakatlar haqida kitob”) nomli asari bo’lib, u 846 yili yozib tamomlangan.



Asarning qisqartirilgan tahriri bizgacha yetib kelgan va M. de Gue tarafidan 1889 yili chop qilingan. Ruscha tarjimasi (tarjimon Noila Velixanova) 1986 yili Bokuda chop etilgan.

Kitob arab xalifaligi qo’l ostidagi mamlakatlar, shaharlar, ularga boriladigan yo’llar, shaharlar va mamlakatlar orasidagi masofa, aholidan undiriladigan soliq va jarimalarning miqdori haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Ayniqsa, qadimiy So’g’d shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida joylashgan), Samarqand, Ustrushana, Shahriston (Ustrushana shaharlaridan), qadimgi Shosh, Ispijob (Sayram) shaharlarida aholi o’rtasida muomalada bo’lgan pul birligi, Nuh ibn Asad (vaf. 842 y.) va Ahmad ibn Asad (819-846 y.) davrida So’g’d va Farg’onaning umumiy ahvoli, Movarounnahr va Farg’onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar haqidagi ma’lumotlar benihoya qimmatlidir.

“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” Bu asar avtori yirik qomusiy olim Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (836-923 y.)dir. U Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shahrida tug’ilgan, umrining ko’p qismini Bag’dodda o’tkazgan va shu yerda vafot etgan. Tarixchi xalifalikning ko’p shaharlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan.



Tabariy davrining keng ma’lumotli kishilaridan bo’lib, o’ndan ortiq kitob yozib qoldirgan. Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bo’lgan ixtiloflar bayon etilgan “Kitob ixtilof al-fuqaho” (“Faqihlar o’rtasidagi ixtiloflar haqida kitob”), “Qur’oni karim” oyatolri sharhiga bag’ishlangan o’ttiz (boshqa ma’lumotlarga qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome’ al-bayon at-ta’vil al-Qur’on” (“Qur’on” so’zlari ma’nosining keng bayoni majmuasi”) va nihoyat, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podshohlar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi uchun eng muhimi so’nggi asar hisoblanadi.

“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” yoki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari umumiy tarix tipida yozilgan kitob. Lekin mukammalligi va daliliy materiallarga boyligi bilan boshqa asarlardan tamoman alohida ajralib turadi.



Asarda olimning “yaratilishi”dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, shuningdek O’zbekiston hududida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar hikoya qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda bayon etilgan. Bu esa asardan foydalanishda ko’p jihatdan qulaylik yaratgan. Tabariy mazkur asarini yaratishda yahudiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651 y.) solnomasi “Xvaday namak” (“Podshohnoma”), al-Voqidiyning (747-823 y.) “Kitob ul-mag’oziy” (“Urushlar haqida kitob”), al-Madoiniyning “Tarixi xulafo” (“Xalifalar tarixi”), Ibn Tayfurning (819-893 y.) “Tarixi Bag’dod” (“Bag’dod tarixi”) kabi asarlardan keng foydalangan. Lekin u ko’p hollarda “Hadis ilmi” printsipiga ko’ra, ayniqsa asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida boshqa manbalardan olingan dalil va ma’lumotlarni aynan keltirgan.

Kitobning qadimiy tarixidan bahs yurituvchi qismlari ham ma’lum ilmiy qiymatga ega, chunki bularda bizgacha yetib kelmagan manbalarda (rivoyatlar, “Xvaday namak”, “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud bo’lgan qimmatli ma’lumotlar, lavhalar saqlangan.

“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” musulmon mamlakatlari, shuningdek Movarounnahrning VIII-IX asr tarixi bo’yicha asosiy va eng mo’‘tabar manbalardan biri bo’lib, tarix ilmining keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan. Mazkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan) tahriri bo’lgan, lekin bizgacha uning faqat qisqartirilgan tahriri yetib kelgan va asar matni gollandiyalik sharqshunos M.Ya. de Gue tarafidan 1879-1901 yillari 15 jildda nashr etilgan.



Tabariy asarining forsiy tahriri ham bor bo’lib, u Somoniy Abu Solih Mansur ibn Nuhning (961-976 y.) vaziri, atoqli ilm-fan homiysi al-Bal’amiy (vaf. 974 y.) tomonidan 963 yili yozilgan.

Bal’amiy tahriri shunchaki oddiy tarjima bo’lib qolmay, balki asarning qayta ishlangan va ayrim hollarda yangi faktlar bilan boyitilganidir.

Unda, birinchidan, qisqartirilgan tahririda uchramaydigan ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularni Bao’amiy Tabariy asarining to’la nusxasidan olgan.

Ikkinchidan, Bal’amiy tahriri boshqa manbalar asosida yangi ma’lumotlar bilan to’latilgan.

Tabariyning mazkur asaridan ayoim parchalar bir necha Yevropa tillariga tarjima qilingan. Uning to’la frantsuzcha tarjimasi G.Zotenberg tomonidan 1867-1874 yillari Parijda nashr etilgan.

Asarning forsiy va turkiy tarjimalari ham bo’lib, ularning mo’‘tabar qo’lyozma nusxalari Sankt-Peturburg va Toshkent kutubxonalarida mavjud. Bao’amiy tahririning matni to’la tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va Tehronda (1962, 1967 y.) chop qilingan.

XULOSA


Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar yеtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fikrlarni berishgan. Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qang’ davlatining chegaralari ko‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz.
Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir. Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan». Dovon aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Dovon podsholigida еtishtirilgan.Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Davlatni boshqarishda oqsoqollar kengashi muxim o‘rin egallagan. Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy Kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning urniga yangisini saylashi mumkin bo‘lgan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Dovonda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha, Dovonda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Dovonda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlangan. Farg‘ona aholisi eroniy tilda so‘zlashgan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, Qang’ va Dovon davlatlari O’rta Osiyo hududida shakllanib, rivoj topib o’zbek davlatchiligi tarixida o’zining munosib xissasini qo’shgan. Mazkur davlatlar hududidan topilgan osrori-atiqalardan o’sha davrda qanday hayot kechganliklarini ko’rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Rahbariy adabiyotlar
1.I.A. Karimov asarlari: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T., «Sharq», 1998.
2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T., “O‘zbekiston” 2011

Asosiy adabiyotlar


1 .History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700

2.Bichurin N.Ya., 1950, II, p. 150


3.Bichurin N.Ya., 1950, II, p. 165-166
4.B.C. to A.D. 250 Volume II.1996442 р. 545 р
5.Bichurin N.Ya., 1950, II, p. 17
6.Borovkova A.A., 1989, p. 28-29
7.Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150.
8.Sims-Uilyams, Grenet, 2006, p. 95-113
9.History of civilizations of Central Asia. The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996, p.444.
10.Zadneprovskiy Yu.A., 2000
11.K. Shoniyozov Qang' davlati va qang'lilar.T.1990
12.Аюбов А.Р. Некоторые вопросы этногенеза, этнокультурных процессов и сложения топонимов древней и раннесредневековой Ферганы. Вестник ТГУПБП №4. 2017.
13.The Tarim Mummies: Ancient China and the Mystery of the Earliest Peoples from the West. J. P. Mallory and Victor H. Mair. Thames & Hudson. London. (2000), 
14.Зуев Ю. Сармато-аланы Приаралья (ЯньцайАбзойя) // Культура кочевников на рубеже веков (XIX – XX, XX – XXI вв.): Проблемы генезиса и трансформации. Материалы международной конференции. Алматы, 1995.
14Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн. Душанбе, 1968.
15.Малявкин А.Г. Танские хроники о государствах центральной Азии. Новосибирск, 1989.
16.Таскин В.С. Материалы по истории сюнну. М., 1973, вып. 2.
17Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. М., 1948.
18 Зуев Ю. А. Ранние тюрки: очерки истории и идеологии Алма-Ата. 2002. С. 50, 51.

↑ Лившиц В. А. Согдийский посол в Чаче / / Советская этнография. 1960. Вып. 2. стр. 103.


↑ Перейти обратно:1 2 Аюбов А.Р. Население древней Ферганы: саки или парикане? // Номаи донишгоҳ. Учёные записки. Scientific notes. №3 (52). 2017.


Download 38,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish