Tarix va falsafa



Download 259 Kb.
bet7/8
Sana26.04.2022
Hajmi259 Kb.
#583769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MANBASHUNOSLIK KURS ISHI NURALIBEK

Do’st-u dushmanga muomala qilish tuzugi. Ushbu tuzuk menga juda yoqdi. Buning davlatni boshqarishda ham, hayotda ham juda katta ahamiyati bor ekan. Temur aytadiki, taxtga o’tirgach do’st-u dushman bilan bir tekis muomalada bo’ldim. Menga hiyonat qilgan yoki makr-u hiylalar ishlatib, jang maydonida qilichini menga qarshi yalang’ochlagan kishilarni huzirimga kelib uzr-ma’zurlarini aytganlaridan so’ng ularni kechirdim va hushmuomalalik ko’rgizdim. O’zim xafa qilib qo’ygan kishilarim bo’lsa, ularga mol-mulklar va shu kabi moddiy narsalar berib ularni ko’nglini oldim, hushnud etdim. Hiyonatchilarni shunday siladimki, ular qilgan ishlaridan pushaymon bo’lib qolishdi.
Rostdan ham bunday munosabat harqanday kishini o’ziga hayrxoh qilib olishi hech gap emas. Temur esa bunday xislatidan ustomonlik bilan foydalanganligi yuqoridagi satrlardan ma’lum.


Xulosa
Ushbu asarni o’qib chiqib, faqat davlat boshqaruvida emas, balki hayotning turli jabhalarida kattagina tajriba orttirish mumkin deb ayta olaman. Aslida inson tajribani hayotda qoqilib-qoqilib o’rganadi. Bunday qoqilishlar ba’zida bizga qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun bu qoqilishlarni boshidan o’tkazgan katta kishilarning (tajribali insonlarni, albatta. Ba’zi katta kishilar ham tajribasiz bo’lishi mumkin) o’gitlari, nasihatlariga amal qilishimiz foydadan holi bo’lmaydi.
Asardan birgina oliy xulosani keltirib o’tsak, ayni muddao bo’ladi. Bu esa davlat boshqaruvida turgan kishi ( hukmdor ) yoki istalgam mansabdor shaxs o’z faoliyatida adolatni shior qilib, unga qat’iy amal qilsagina katta yutuqlarga erishadi, xalq oldida yuzi yorug’ bo’ladi. Tarixdan ham bilamizki, kazzob, xalq bor-budini kemiruvchi va adolatsiz amaldorlarni undan keyingi kelajak avlod faqat la’nat bilan eslaydi. Insonning bu hayotda qanday nom qoldirishi esa uning amallari va qilajak oliyjanob ishlariga bog’liqdir.
Xulosamga qo’shimcha qilib quyidagi maqolani ham ilova etmoqchiman:
Ajdodlar merosi va milliy gʻurur
Oʻzining yaxshi fazilatlari bilan xalq orasida obroʻ eʼtibor qozonib, hurmat va ehtiromga sazovor boʻlgan insonni koʻrsak, qalbimizda gʻurur tuygʻusi joʻsh urib, bu mening yurtdoshim deb faxrlanamiz. Qaddimizni baland tutamiz. Aksincha, yomon illatlar girdobiga tushib qolgan, el yurt orasida izzat hurmatini yoʻqotgan kimsalarni koʻrsak, u xoh yaqin qarindoshimiz boʻlsa ham, mulzam boʻlib qolamiz. Boshimiz ham boʻladi. Aynan shu holat qalbimizda gʻurur tuygʻusini soʻnishiga olib keladi.
Savol tugʻiladi. Inson qalbida gʻurur tuygʻusini uygʻotishni nimadan boshlash lozim? Avvalombor, buni tugʻilib oʻsgan yurt tarix va buyuk ajdodlar merosini chuqur oʻrganishdan boshlash lozim. Chunki,oʻz yurti, ajdodlari tarixini bilmagan va milliy qadriyatlarini unutgan xalqda milliy gʻurur boʻlmaganidek, nasl-nasabi, ajdodlari kimligini bilmagan, unutgan insonda ham gʻurur boʻlmaydi. Shu bois, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga qilgan Murojaatnomasida ham ushbu mavzuga alohida toʻxtalib“ Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak”deb uqtiradi.
Darhaqiqat, yoshlarimizda ayniqsa jonajon Vatanimiz chegaralari daxlsizligi, yurt tinchligi va xavfsizligini taʼminlayotgan harbiy xizmatchilarning ham ongi tafakkurida gʻurur tuygʻusini yuksaltirishning eng samarali usullaridan biri - bu buyuk ajdodlarimiz faoliyati va jasorati hamda ular qoldirgan boy maʼnaviy merosi bilan chuqurroq tanishtirishdir.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Askarlar, harbiy xizmatchilar mamlakatimizning shonli tarixini, ona zaminimizda yashab oʻtgan buyuk qahramonlarimiz, sarkarda va qoʻmondonlarimiz hayoti va jasoratini chuqur bilsagina, bundan qalblarida gʻurur tuyadi, hayotda ularga oʻxshashga intiladi. Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytganda, ulugʻ sohibqironning “Tuzuklari”ni qancha askar oʻqigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, buyuk ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganilmoqda”. Shuning uchun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev, yosh askarlar va kursantlar uchunharbiy qasamyod qabul qilishdan avval, albatta, Oʻzbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari” kitobi boʻyicha sinov oʻtkazish tartibini yoʻlga qoʻyish kerakligini alohida qayd etdi. Albatta, bu bejiz emas.
Agar yaqin oʻtmishga nazar tashlasak,, sovet tuzumi davrida yurtimizni qaram mamlakatga, xalqimizni esa boqimanda xalqqa aylantirish, milliy gʻururini soʻndirish va yoʻqotishga qaratilgan siyosat olib borilganligini guvohi boʻlish mumkin. Chunki, qalbida gʻururi tuygʻusi yoʻq xalqni ham, insonni ham yengish va boshqarish oson kechishini oʻsha davr “ siyosatdon”lari juda chuqur anglagan. Aynan shu davrda, yaʼni qaramlik va tobelik yillarida vatanimizning daho xaloskorlaridan biri, davlat boshqaruvi sohasida oʻchmas iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur bobomiz shaxsiyatini eslash, ulugʻlash imkoniyatidan mahrum boʻlib yashadik. Qolaversa, insoniyat tarixida yashab oʻtgan eng mashhur hukmdorlar va sarkardalar qatoridan joy olgan Sohibqiron Amir Temur haqida haqiqatni soʻzlash va uni ulugʻlash nafaqat oʻzbek xalqining, balkim boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari ongi- tafakkurida milliy ruh va milliy gʻururni uygʻotishi, hamda mustahkamlashi mumkin edi. Bunday holat esa, hukmron mafkura va istibdod tuzumining siyosatiga ham, maqsadiga ham zid edi. Yuritilgan bunday siyosatning zamirida esa - xalqimiz qalbidan milliy tuygʻu,milliy gʻurur va oʻzlikni anglash gʻoyalarini tag-tomiri bilan yoʻqotish maqsadlari yashiringan edi. Vaholanki, Amir Temur hazratlari hukmronlik qilgan davr - ajdodlarimiz hayotida chinakam uygʻonish davri, yaʼni milliy tiklanish va milliy taraqqiyot pallasi boʻlgan edi. Buni chuqur anglab yetish uchun, albatta ulugʻ ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yozilgan koʻplab tarixiy manbalar qatorida, “Temur tuzuklari”ni sinchiklab oʻqish va magʻzini chaqish lozim. Chunki, Amir Temur bobomizning davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini oʻrganishda, u barpo etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-mafkuraviy asoslarini anglab yetishda aynan Temur tuzuklari” bebaho qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.
Ushbu asarda bayon etilgan amallar asrlar davomida katta sinovdan oʻtganligi va hayotiyligini isbotlagani uchun ham butun dunyo eʼtiborini tortib kelgan va hamon shunday boʻlib qolmoqda. Shu bois ham Temur tuzuklari” dunyoning koʻplab mamlakatlarida tarjima qilinib, mustahkam davlat qurish yoʻli va boshqaruvda nimalarga eʼtibor qaratilishi sohibqiron Amir Temur oʻgitlariga amal qilgan holda oʻrganilib, davlat va jamiyat boshqaruvida keng foydalanilgan.“Temur tuzuklari”ning 1830 yil ingliz, 1787 yil fransuz, 1863 yil fors, 1785 va 1791 yillarda hind, 1894,1934, 1992 va 1999 yillarda rus tillarida chop etilgani yuqorida keltirilgan fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.Fikrimizcha, agar insoniyat bundan yetti asr avval ulugʻ Sohibqiron Amir Temur vasiyat qilib qoldirgan oʻgit va nasihatlarga amal qilganda edi, bugungi kunda butun dunyo ahlini xavotirga solayotgan koʻpgina tahlikali vaziyatlar va global muammolar bilan roʻbaroʻ kelmas edi. Bu borada germaniyalik professor Klaus Pander shunday fikr bildiradi: “Yer yuzida ekologik tanglik yuzaga kelgan, millatlar oʻrtasida nizolar kuchayib, ishlab chiqarish samaradorligi muttasil kamayib borayotgan hozirgi sharoitda Amir Temur boʻlganda edi, barcha muammolar yechim topardi”. Yevropalik olimning bu yuksak eʼtirofi har birimizning qalbimizda gʻurur va iftixor tuygʻularini uygʻotib, shu yurtning farzandi, shunday buyuk zotning avlodi ekanligingdan faxrlanib ketasan,kishi.
Maʼlumki, Amir Temur bobomiz kelajak avlod oʻqib-oʻrganib, hayotga tatbiq etsin, degan maqsadda, qancha mashaqqatlar evaziga shunday buyuk davlatni barpo qilganini, uni qanday saqlashlikni, davlat va jamiyat boshqaruvida nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini oʻz tuzuklarida yozib qoldirgan. Eʼtiborli tomoni shundaki, barcha oʻgit va nasihatlarni Amir Temur osmondan olib emas”, oʻz hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon qilgan. Shu oʻrinda ulugʻ bobomiz Amir Temur yozib qoldirgan quyidagi vasiyatga murojaat qilish oʻrinli boʻladi deb oʻylaymiz: “Oʻgʻillarim! Millatning ulugʻ martabasini, saodatini saqlamoq uchun, sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi oʻqing, aslo unutmang va tatbiq eting...
Afsuslar boʻlsinkim, Amir Temur vafotidan soʻng, u qoldirgan vasiyatga toʻliq amal qilinmadi. Natijada, oʻz davrining buyuk va qudratli davlati deya eʼtirof etilgan, Sohibqiron bobomiz asos solgan saltanat parokoadalikka yuz tutdi. Demoqchimizki, Amir Temur mayda davlatlarga boʻlinib ketgan, tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirgan boʻlsa, uning vasiyatlariga amal qilinmaganligi va hayotga toʻgʻri tatbiq etilmaganligi tufayli, shunday buyuk markazlashgan davlat tanazzulga yuz tutdi. Allohga beadad shukronalar boʻlsinki, mustaqillik sharofati va mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli xalqimiz maʼnaviyatida tub burilish yuz berdi.. Amir Temur faoliyatiga va u qoldirgan maʼnaviy merosga adolat nuqtai nazaridan toʻgʻri baho berildi. Bugungi kunda hazrat Sohibqiron Amir Temur qoldirgan maʼnaviy meros chuqur oʻrganilmoqda, targʻib qilinmoqda va zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirilmoqda.
Demak, oldimizda turgan muammolarni bartaraf etishda koʻplab ulugʻ ajdodlarimiz qatorida Amir Temurning ham pandu oʻgitlari qoʻl kelayotgan ekan, uning hayoti, faoliyati va qoldirgan maʼnaviy merosiga nafaqat tavallud kunlarida, balki har kuni murojaat qilishimiz foydadan holi boʻlmaydi, albatta. Chunki, Temur tuzuklarini sinchiklab, chuqur anglab oʻqigan inson, bugungi murakkab va tahlikali davrning koʻpgina muammolariga ham javob topa oladi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur singari koʻplab ulugʻ ajdodlarimiz Vatan ozodligi, millat ravnaqi, xalqimiz hayotining farovonligi yoʻlida butun umrlarini baxshida etib, bu yoʻlda koʻrsatgan jasoratlari va fidoyiliklari bilan avlodlar qalbida oʻchmas iz qoldirdilar. Shuning uchun ham, ularni hurmat-ehtirom bilan yod aylab, ibratli ishlarini davom ettirish barchamizning vazifamiz va muqaddas burchimizga aylanmogʻi lozim. Ularning oʻgitlariga amal qilish esa barchamiz uchun maʼnaviy qarzdir. Ularga qanday munosabatda boʻlsak, kelajakda farzandlarimiz ham bizlarga shunday munosabatda boʻladilar. Buni hech qachon unutmaslik kerak.
Maqsadimiz va niyatimiz Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, dini va tilidan qatʼiy nazar, hech kimdan kam boʻlmasligi va farzandlarimizning baxtli, saodatli boʻlishi ekan, buning uchun, albatta,shu muqaddas Vatanni sevish, qadrlash, himoya qilish kerak. Chunki, uning taraqqiyotiyu tanazzuli ham biz tufayli. Agar ezgulik yoʻlida millat peshvosi atrofida birlashmasak, bir yoqadan bosh chiqarib harakatqilmasak, kelajak avlod oldida aybdor boʻlib qolaveramiz. Buning uchun daxldor boʻlish, umummillat ravnaqi yoʻlida jiddu jahd qilishimiz, ilmga intilishimiz, farzandlarimizni ham shunga daʼvat qilishimiz kifoya. Eng asosiysi, beparvo va loqayd boʻlmaslik darkor15



Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish