Tarix va falsafa


Mavzuning o‘rganilganilish darajasi



Download 259 Kb.
bet2/8
Sana26.04.2022
Hajmi259 Kb.
#583769
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MANBASHUNOSLIK KURS ISHI NURALIBEK

Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610-yil Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637-yil boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652-yil) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum. Adabiyotlar bilan bir qatorda mustaqillik yillarida mavzuga oid to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnallarda bir qator maqolalar chop etildi. Shunday qilib, tadqiqot ob'ekti sifatida tanlangan mavzuga oid manba va adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu muammo alohida ilmiy mavzu sifatida hali to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu jihatlar mavzuning tadqiqot sifatida tanlanishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu ishimizning davriy chegarasi XIV asrning ikkinchi yarmidan to XV asrning birinchi choragi bilan belgilanadi. Lekin bu muhimmas. Shunchaki, Temur shu davrda yashagan va o’zining davlat boshqaruvi tartiblarini vorislariga meros tarzda qoldirib ketgan. Bizning maqsadimiz esa ulug’ va buyuk davlat tuzgan bobomizning davlat boshqaruv tartiblari va tutgan tadbirlarini baholi qudrat, imkonimiz boricha o’rganishga qaratilgan. Va buni o’rganish bilan cheklanibgina qolmasdan davlatimiz boshqaruv tartiblarini mustahkamlashda hamda uni rivojlantirishda foydalanishimiz lozim bo’ladi.


Ushbu mavzuning dolzarbligi nima bo’lishi mumkin? Biz bu mavzu juda kam o’rganilgan sohalar qatoriga kiradi deb aytolmaymiz, albatta. Chunki bu har bir kurs ishi deymizmi, yo ilmiy ishmi hammasida qolip so’zga aylanib qolgan. Undan tashqari, bu mavzu eng ko’p o’rganilganlar qatorida turadi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Dolzarbligini siz ham, biz ham ko’rib turibmiz. Negaki, bu yerda davlatning boshqaruv tartiblari haqida so’z ketmoqda. Shuning uchun bu mavzuning ahamiyatli ekanligini boshqa so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi.


Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish