Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021



Download 0,58 Mb.
bet10/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

65
Qizil qo‘shinlar Eski shahar hududiga bostirib kirdilar. Dahshatli va mislsiz qirg‘in boshlandi, Qo‘qon o‘t ichida qoldi. Qo‘qondagi xunrezlik, qatli om dahshatlarini amalga oshirganlaming o‘zlari ham buni e’tirof etganlar. 0‘sha paytda 28 yoshda bo‘lgan o‘lka Harbiy komissari Ye.Perfilev jang tafsilotlarini shunday hikoya qiladi: «Masjidlami yana bir necha marotaba to‘pdan o‘qqa tutishga
to‘g‘ri keldi. Qizil gvardiyachilar bo‘g‘izlangan yevropaliklaming jasadlarini ko‘rganda shunday tutaqib ketdilarki, ulami hech qanday kuch to‘xtatib qololmasdi, askarlar oldidan chiqqan hamma narsani yakson qilib ketaverdilar. Hatto shunday holat ro‘y berdiki, 5 ta qizil gvardiyachi yerli banditlaming 200 tasini oldiga solib quvladi. Otryad katta qahramonlik ko‘rsatdi. Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo‘rqog‘i yo‘q edi. Biz qiyinchilik bilan Toshko‘prikni qo'Iga kiritdik va Eski shaharga yorib kirdik. Isyonchilar to‘dasi Skobelev tomonga chekinishdi. Badavlat kishilar qimmatbaho boyliklarini, pullarini o'zlari bilan olib qochdilar, lekin narsalari o‘zlariga nasib etmadi. Qochayotganlarni tezotar to‘pdan o‘q uzib yanchib tashladik, bir qismini esa orqaga chekinishga majbur etdik. Ulaming ko‘rpa- yostiqlari, gilamlari, qimmatbaho narsalari yo'lda sochilib qoldi»'.
Qo ‘qonda dahshatli voqealar va qirg‘ inlami о ‘z ко ‘zi bilan ко ‘rgan va uning shaxsan ishtirokchisi M.K.Shkorupaning iqrori ayniqsa diqqatga loyiqdir: «Tinch aholining uylari, Turkiston, Rossiya uchun ham tansiq bo‘lib qolgan manufaktura, g‘alla omborlari yonardi.
Qo‘qon uch kun o‘t ichida qoldi»:. «0‘sha kunlarida, - deb yozadi tarixshunos olim Sh.A.Shomagdiev - talonchiliklar ham avj olgan. Askar, qizil gvardiyachilarga bo‘ysunmay qolgan olomon, mayda burjuaziya nima bo‘lsa shuni talab, tashib keta boshladi... Eski shahar va barcha do‘konlar, tijorat firmalari, savdo qatorlari, banklar, mayda xonadonlar talon-taroj qilindi. Talonchilar talagan mulklami aravaga ortib, vokzal va qal’aga tashidilar. U yerda begona mulkni bo‘lib olish boshlandi».
1918-yilda Qo‘qonga kelgan ingliz kapitani Brun shahami yarim bo‘sh holda ko‘rgan. Uning yozishicha, shahar bosqinida ishtirok etgan nemis, avstriyalik va venger asirlardan yollangan askarlar 100 ming so‘mdan ortiq pulni o‘marishgan.
Ayniqsa armani millatiga mansub dashnoqlar Qo‘qon shahrida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vahshiyliklami amalga oshirdilar. Qo‘qon fojiasi qatnashchilaridan yana biri A.T.Karavaysev o‘z esdaliklarida bunday deb yozadi: «Konovalov to‘dasidagi arman dashnoqlari o‘zboshimchalikni haddan oshirib yubordilar. Ular Qo‘qonga kelguncha tinch aholini talab, qirg‘in qilgan»41.
Arman dashnoqlari Eski shahami, ayniqsa savdo tarmoqlarini, do‘konlar, rastalar, omborlarini talaydilar, qolganlariga o‘t qo‘yib yondirib yubordilar. Ular musulmonlar yashaydigan xonadonlarga bostirib kirdilar, hech kimni ayamasdan qirg‘in qildilar, hatto cholu kampirlar va yosh go‘daklarga ham rahm qilmadilar. Homilador ayollami qorinlarini yorib, tug‘ilmagan go‘daklarni qilich tig‘idan o‘tkazdilar, yosh norasta go‘daklami beda qirqadigan joduda burda- burda qilib tashlaydilar. Yosh qizlaming nomuslarini haqoratladilar, ayollami esa erlari ko‘z oldida zo‘rladilar. Ibodatxonalar, masjid va madrasalaming kuli ko‘kka sovurildi.
Albatta arman dashnoqlarining bu bedodliklariga istiqlol fidoyisi bo‘lgan kuchlar ham qarab turmadilar. Jumladan, ular dashnoqlaming 170 kishilik otryadini Qo‘qon qishloqdan chiqaverishda o‘rab olib qirib tashladilar42.
Mahalliy aholini qamoqqa olish to‘g‘risidagi order bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham xibsga olaverdilar. Qamoqqa olinganlaming ko‘plari sud va tergovsiz otib tashlandi. Qo‘qonni tashlab ketishga majbur bo‘lgan Muxtor hukumat a’zolari Farg‘ona shahriga borib xalqni namoyishga chorladilar. Ulami tub yerli aholi qo‘llab-quwatladi. Lekin Sho‘ro hukumati bu harakatni bostirdi. «Muxtor hukumat a’zolaridan Hidoyatbek Og‘ayev, Mirodil Mirzaahmedov qatl etildi»43. Nosirxon To‘ra Namanganda, S.Gersfeld Samarqandda, Obidjon Mahmudov qo‘lga olindi44.
Ubaydulla Xo‘jayev, Abdulhamid Sulaymon (Cho‘lpon) Qo‘qondagi fojiaviy hodisalami Ashxoboddan Samarqandga kelayotganlarida yo‘lda eshitadilar va ular o‘z yo‘llarini o‘zgartirib Orenburg tomon yo‘l oladilar. Bu yerda ular Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on bilan uchrashadilar. U Orenburgda Boshqirdiston muxtoriyatining ichki va harbiy ishlari bilan band edi45.
Xullas, hamma alomatlarga ko‘ra tarixga Turkiston Muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo‘qon muxtoriyati tor-mor qilindi va tarqatib yuborildi. Qadimgi madaniy va boy savdo shahri bo‘lgan Qo‘qon tag-tugi bilan vayron qilindi, qonga botirildi. Qo‘qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o‘z kuchlari bilan shahami tashlab chiqdi va Sho‘roga qarshi kurashni davom ettirdi.
Rahbarsiz va tashkilotsiz qolgan Qo‘qon shahri mudofaachilari fojianing yanada og‘irroq tus olmasligi maqsadlarini ko‘zlab Sho‘ro rahbariyati bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldilar. Nihoyat, 22-fevral (9-fevral)da bolsheviklar tomonidan taqdim etilgan mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat- nafsini kamsituvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chekishga majbur boidilar. Shartnomaning birinchi moddasida «Aholi xalq Komissarlari Sho‘rosining hokimiyati va mahalliy Sho‘ro muassasalarini tan oladi», deyilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston Muxtoriyati hukumati paydo bo‘lgan dastlabki davrdayoq ag‘dariladi va tugatiladi, mustamlakachi bosqinchi Sho‘ro hukumati o‘z g‘alabasini tantana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so‘ng 1917-yil dekabrda qozoq milliy demokratlari Orenburgda tashkil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi.
Ammo zo‘rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston muxtoriyatini tugatishga qaratilgan Sho‘rolaming adolatsiz siyosati mehnatkash xalq ommasi ko‘zi oldida bu hukumatning asl maqsadi va mohiyatini ochib tashlaydi. Natijada butun Turkiston xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik uchun kurashga otlanadilar.
Bolsheviklaming Qo‘qon shahrida amalga oshirgan dahshatli fojialaridan hatto Turkistonda yashayotgan Yevropa millatiga mansub eserlar, kadetlar va mensheviklar vakillari ham nafratlangan edilar. Menshevik - baynalmilal fraksiyasining boshlig‘i Vaynshteyn Toshkent shahar Kengashi 1918-yil 23-fevraldagi yig‘inida Respublika Harbiy Komissari Ye.Perfelevning Qizil gvardiyachi jangchilari bilan Qo‘qonda dahshatli xunrezliklar qilganini taftish etish kerak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, deb talab qildi. Jumladan, u bunday degan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan armanlar va forslaming o‘zaro milliy kelishmovchiliklari haqidagi gaplar, musulmonlardan qanday qilib himoyalanishimiz loyihasi to‘g‘risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda.
Biz sinfiy kurash o'miga milliy kurash olib boryapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hoi deb hisobga olmaymiz. Lekin u mantiqan to‘la, Sho'rolaming Turkiston o‘lkasida olib borayotgan siyosati oqibatidir. O'lkada musulmonlar xohish-irodasi bilan hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoqdamiz.
0‘rtoq Perfilev mehnatkash omma muxtoriyatni xohlamadi, qo‘llab-quvvatlamadi, deb ta’kidlab o‘tdi. 0‘rtoq Perfilevning o‘z fikrini isbotlashga asosi bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musulmonlar to‘pdan o‘qqa tutilgandan keyingina o‘zlarini bo‘ysunishga tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan bo‘lsa kerak..
Yerli xalq Kuropatkinga o‘zlarining itoatgo‘yligini o‘shanday usullardan keyingina bildirganmidi? 0‘rtoq Kuropatkin qo‘llagan usullar bilan yondoshmoqni mulohaza qilyapti. Ma’ruzada biz faqat milliy qirg‘inlami ko‘ryapmiz; uni yovuz dushmani bo‘lmish podsho monarxiyasi va hukumati qo‘llab-quvvatlagan edi. Qaysi sotsialist bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib ketasizmi?
Agar bu yerli xalqning xohish-irodasi bo‘lsa-chi? Kimki bu to‘g‘rida gapiradigan bo‘Isa, sizlar darrov uning ovozini o‘chirasizlar. Yo‘q, sizlar sotsialist emas, o‘sha imperialist, o‘sha istilochisizlar.
...Intemasionalistlar fraksiyasi nomidan zudlik bilan ro‘y bergan voqeani taftish qilib, o‘rganib chiquvchi komissiya tuzishni, inqilobning qizil bayrog‘iga kimki dog‘ tushirgan bo‘lsa, oddiy gvardiyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-hammasini qat’iy javobgarlikka tortishni talab qilamiz.
Biz uchun ayrim kishilaming shuhrati emas, demokratiyaning vijdoni va tutgan yo‘li ahamiyatlidir. Inqilobiy demokratiya bayrog'idan bu dog‘ni yuvib tashlash kerak. Aybdorlar qonun oldida javob berishlari lozim»1.
1918-yil yanvar oyidayoq Skobelev shahar hokimi V.D.Do- riomedov «Znamya svobodi» gazetasida muxtoriyatchilarga xayri- xohlik bildirib, «rus bolsheviklari har qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o‘z huquqlari va taqdirlarini haqiqatan o‘zlari belgilamoqchi bo‘lganlarida bunga yo‘l qo‘ymadi», deb yozgan edi.
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba’zi bir bolshevik arboblaming o‘zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sho‘ro istibdodi arboblaridan D.F.Manjara bunday degan edi:
«Milliy siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli Qo‘qon muxtoriyati vujudga keldi... Uni yo‘qotish payti yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘ideyarli bo‘lmaganmuxtoriyatchilarjoylashgan eski shabami qamal qilish o‘miga biz to‘plardan o‘qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to‘dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj,nomusga tegish, qirg‘in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi katta zarar ko‘rdi».
Turkiston muxtoriyati qonga botirilganligining eng asosiy va bosh aybdori V.I.Lenin rahbarligidagi Sho‘ro hukumati va bolsheviklar partiyasidir, qolaversa Markaziy hukumatning Turkiston filiali endigina 26 yoshga to‘lgan F.Kolesov rahbarligidagi Turkiston Xalq Komissarlari hukumati va uning a’zolaridir. Bu hukumat a’zolarining deyarli barchasi mahalliy musulmon xalqlariga nisbatan katta jinoyatlar sodir etgan shaxslar edilar. Favqulodda Komissar Pyotr Kobozevning e’tiroficha, «Rais Fyodor Kolesov sanalgani bilan barcha ish Uspenskiy qo‘lida edi. Uspenskiy esa ashaddiy monarxist, shovinist edi. Uning «0‘rtoq musulmonlari Shuni qulog‘ingizga quyib olingki, biz Sizning og‘alaringizmiz. Sizlar uka bo‘lasizlar, tushunarlimi, bizga bo‘ysunishga majbursiz» degan so‘zlaridan ham bu shaxsning ichki dunyosi ko‘zga yaqqol tashlanib turar» edi.
Qo‘qon fojiasida asosiy aybdor Lenin va Stalin boshliq bolsheviklar partiyasi, Sho‘ro hukumati ekanligi ta’kidlandi. Bu ayb uchun ular Qo‘qon xalqiga, butun Turkiston xalqiga murojaat etib, musulmon aholisidan uzr so‘rashi zarurligini hatto 1919-yil 9-mayda Lenin huzurida bo‘lgan afg‘on, hind delegasiyasi boshlig‘i Muhammad Barokatulloxon ham og‘zaki, ham yozma ravishda bayon etgandi46. Ammo chin insoniy hislat mustamlakachilarga begona edi.
Turkiston va Boshqirdiston milliy Muxtor hokimiyati ag‘darib tashlangandan keyin milliy masalalar bo‘yicha Sho‘ro Xalq komissarligi 1918-yil aprelida Qozon, Ufa, Yekaterinburg, Turkiston va boshqa mahalliy sho‘rolar uchun «Sho‘ro hokimiyatining vazifalari» degan murojaat e’lon qildi. Unda sho‘ro rahbariyatining tub maqsadlari bayon qilindi: «Markazda boshlangan inqilob chekka o‘lkalarga, ayniqsa, Osiyoga ancha kech yetib keldi. Turmush va tilning o‘ziga xosligi hamda chekka viloyatlaming iqtisodiy qoloqligi bu yerlarga sho‘ro hokimiyatining kirib kelishini qiyinlashtirdi.
Bultur (1917-yil) noyabr va dekabr oylarida Volgabo‘yi tatarlari, boshqirdlar, qirg‘izlar (qozoqlar) va Turkistonliklar orasida paydo bo‘lgan Muxtor burjua guruhlari inqilob davomida qadamba-qadam qurolsizlantirildilar. Bu ish ulami xalq ommasidan tamomila ajratib tashlash va ommani Sho‘ro atrofiga jipslashtirish maqsadida amalga oshirildi. Ulaming Muxtoriyatini olib qo‘yish, ushbu jirkanch burjuychilardan tozalashni boshlash va burjua Muxtoriyatini Sho‘ro Muxtoriyatiga aylantirish zarur»47.
Sho‘ro rahbariyatining milliy asosdagi muxtoriyat emas, balki Sho‘ro negizidagi muxtoriyat tarafdori ekanligi masalasi hattoki RSFSR ning 1918-yil 10-iyulda qabul qilgan Konstitusiyasida ham o‘zining yaqqol ifodasini topdi. Konstitusiyaning 8-paragrafi

  1. bandida bunday deyilgan: «Har bir millatning ishchi va dehqoniga Muxtor hokimiyat yoki boshqa Muxtor Shoro tashkilotlari ishida ishtirok etmoqchi yoki yoqmi va u qaysi negizdagi muxtoriyatda ishtirok etmoqchi, shuni ozi hal qilish huquqi berib qoyilgan»48.

Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz xalqlarining milliy istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan mardonavor va jasoratli kurashining eng yorqin sahifalaridan biri sifatida Vatan tarixidan orin oldi. Vatanparvarlik tarbiyasining o'rnak va namuna olsa arzigulik bu sahifalari - muxtoriyatchilar va ularning jasoratlari mamlakatimiz fuqarolari, xususan, yosh ogil- qizlarimiz qalbida qanchalik mehr-muhabbat uygotsa, Turkiston muxtoriyatchilarini qonga botirgan va ulami tengsiz jangda qirgin qilgan shoro saltanati mustamlakachilariga nisbatan ham shu qadar nafrat va gazablarini tug'yon urdiradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish