Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Fizika. Energiyaning saqlanish qonunining kashf etilishi



Download 3,33 Mb.
bet39/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Fizika. Energiyaning saqlanish qonunining kashf etilishi.
Fransuz revolyutsiyasi arafasi yillarida fransuz olimlarining A.-L. Lavuaze boshliq ajoyib bir guruhi moddalar massasining saqlanish qonunini asoslab “berdi va fanga joriy qildi. Bundan bir necha o’n yillar ilgariyoq M. V. Lomonosov, materiyaning yo’q bo’lib ketmaslik prinsipini himoya qilib «tabiatning bu umumiy qonuni harakatga ham oiddir» degan fikrni maydonga tashladi. Ammo energiyaning saqlanish qonuniga ilmiy ta’rif berish mumkin bo’lmog’i uchun, ishlab chiqarish va transport texnikasining tabiiyot va filosofiyaning g’oyat katta yutuqlarni qo’lga kiritishi kerak edi. Bu bobda erishilgan zo’r yutuqlar issiqlik haqidagi ta’limot sohasida olib borilgan tekshirishlar bilan bevosita bog’liq edi. XVIII asr fizikasi bilan ximiyasida «og’irligi yo’q suyuqliklar» (flyuidlar) bor, ular moddalarning fizik va ximiyaviy holatidagi hamma asosiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi, degan tasavvur hukm surar edi. Yonish protsessi jismlar tarkibidagi og’irligi yo’q flogiston ta’siri ostida, ya’ni xayoliy yonuvchi modda, ya’ni substansiya, olov ta’siri ostida sodir bo’ladi, deb da’vo qilar edilar. Jismlarda temperaturaning o’zgarishini jismning teplorod, ya’ni mavhum issiqlik substansiyasi olish yoki yo’qotish natijasi deb qaradilar (ammo XVIII asrning ko’zga ko’ringan bir qator mutafakkirlari bu hodisani jismdagi zarrachalar harakatining natijasi deb to’g’ri talqin qildilar). Elektromagnit hodisalari jismlarda «og’irligi yo’q» har xil «elektrik va magnit suyuqliklar» ta’siri ostida sodir bo’ladi deb izohladilar.
M. V. Lomonosov XVIII asrning o’rtalarida flyuidlar haqidagi ta’limotga qaqshatg’ich zarba berdi. Lavuaze va uning shogirdlari flogistonni fandan surib chiqardi; ammo teplorod nazariyasi hali XIX asrning birinchi o’n yilliklaridagi fanda o’z mavqeini qattiq saqlab turdi. Metallurgiya va metall ishlash sohasida olib borilgan kuzatishlar bilan bir qatorda bug’ kuchi ishlatishga asoslangan yangi texnikadan foydalanish sohasida katta tajribalar to’plangandan keyingina fizikada yangi g’oyalar tantana qilishi uchun sharoit tug’ildi. 1798 yilda Benjamin Tompson-Rumford (1753—1814) parmalash ishida o’tkazgan kuzatishlarining natijalarini (parmalanayotgan detalning qattiq qizib-ketishini) e’lon qildi. Ingliz Xemfri Devi (1778—1829) Tompson-Rumfordning (va o’zining ham) o’tkazgan tajribalari teplorod nazariyasiga mutlaqo zid degan xulosaga keldi. Shunday bo’lsada, teplorod nazariyasi qola berdi.
Mashhur nemis tabiatshunosi va vrachi Yulius-Robert Mayer (1814—1878) asarlarida issiqlikning mexaniqa nazariyasi va issiqlik energiyasining bir turdan ikkinchi turga aylanishi haqidagi masala uzil-kesil qaror topdi. Issiqlikning mexaniq ekvivalentini turli mamlakatlarda bir vaqtning o’zida (va qisman mustaqil ravishda) ish olib borgan bir qancha tadqiqotchilar, chunonchi: Angliyada Jems Preskot, Joul va Uilyam-Robert Grov (1811 —1896), Daniyada Lyudvig-Avgust Kolding (1815—1888) va Germaniyada German Gelmgols (1821 — 1894) aniqladilar. Mayer mexaniq harakatning issiqlikka aylanishi haqidagi masalani tekshirish bilangina kifoyalanmadi. U energiyaning («kuchning») saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni (ancha umumiy qonuni) 1842 yilda jahonda birinchi bo’lib asosladi va tajribada birinchi bo’lib isbotlab berdi. Ko’pgina boshqa olimlar ham xuddi shunday xulosaga keldilar. 1847 yilda G.Gelmgols energiyaning («kuchning») saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuninipg matematik ifodasini berdi. Barcha energiya turlarmning-mexaniq energiya, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi va magnetizmning bir-biriga aylanishi aniqlandi.
XIX asrning 40-yillarida qilingan bu kashfiyotlar goyat katta natijalar berdi. «Fizika, ilgari astronomiya bo’lgani singari, shunday natijaga olib keldiki,— deb yozgan edi F. Engels,— bu natija harakatdagi materiya abadiy yuradi degan xulosa fanning so’nggi xulosasi bo’lishi kerakligiii ko’rsatdi».
Shu o’n yilliklar ichida, harakatlantiruvchi kuch bo’lgan is-siqlik haqidagi ta’limot — termodinamika, nazariy fizikaning bir sohasi, teplotexnikaning ilmiy bazasiga aylangan ana shu sohasi tarkib topdi. Keyinchalik lord Kelvin (1824—1907) nomi bilan mashhur bo’lgan ingliz olimi Uilyam Tomson va nemis fizigi Rudolf Klauzius (1822—1888) XIX asrning 50-yillarida yozgan asarlar termodinamikani rivojlantirishda katta rol o’ynadi. Sadi Karnoning ilgarigi tadqiqotlari, shuningdek, Tomson bilan Klauziusning asarlari termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlari (prinsiplari) ta’rifiga sabab bo’ldi. Tomson bilan Klauzius jismlarning yopiq sistemasida (yerdagi tajribalar sharoitida) kuzatiladigan qonuniyatni butun koinotga tatbiq qilib, termodinamikaning ikkinchi qonunidai koinotning issiqlik halokati muqarrar degan xulosa chiqardilar. F.Engel so’zining «tabiat dialektikasi» degan asarida bunday fikrning puch ekanligini ko’rsatib o’tdi. Fizika va astronomiya sohasida qilingan eng keyingi kashfiyotlar Engelsining bu masaladagi fikrini tasdiqladi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish