Harbiy texnika Kapitalimzning g’alaba qilishi va qaror topishi davrida harbiy texnika va, demak, texnikaning harbiy ish bilan bog’liq bo’lgan hamma tarmoqlari juda tez sur’at bilan rivojlandi.
X1X asrgacha, odatda, og’zidan o’qlanadigan silliq stvolli chaqmoq miltiq ishlatilar edi. X1X asrning 20 yillaridan boshlab hamma joyda mis piston rasm bo’ldi. 1832 yilda fransuz Lefoshe patron bilan orqa qismidan o’qlanadigan miltiq ixtiro etdi. 1836 yilda nemis Nikolaus Dreyze o’z o’tmishdoshlarining ko’pdan-ko’p tajribalarni tugallab, nina tepkilizatvori siljiydigan va hozirgi vintovkalar singari unitor patron bilan orqa qismidan o’qlanadigan nrezkali miltiq yasadi. Piston nina tepki (urgich) vositasi bilan portlatilardi va, shuning uchun, bu miltiq nina tepkili miltiq deb ataldi. Dreyze miltig’i prus armiyasida 1840 yildan e’tiboran ishlatila boshladi, bu hol prussaklarning muvaffaqiyat qozonishiga ko’p daraja sabab bo’ldi. Konstruksiyasi jihatidan Dreyze miltig’iga o’xshash-Shapso miltig’i 1866 yilda fransuz armiyasida joriy qilindi. Siljiydigan zatvorli miltiq X1X asrda mashinasozlik sanoati yutuqlari asosidagina paydo bo’ldi, mashinasozlik sanoati o’zaro almashinadigan standart detallarni ko’plab ishlab chiqara boshladi.
Artilleriyada g’oyat katta muvaffaqiyatlar qozonildi. X1X asrning birinchi o’sh yilliklarida yaxlit yumaloq o’q (yadro) bilan og’zidan o’qlanadigan silliq stvolli to’p ishlatilib kelinar edi. Qal’a va dengiz artilleriyasi cho’yandan, dala artileriyasi misdan yasalib, portlovchi modda sifatida qora porox ishlatilar edi. X1X asrning 40-yillaridan boshlab artilleriya sohasida revolyutsiya qilindi:orqa qismidan o’qlanadigan, ponali yoki porshenli qulf o’rnatilgan, konus-silindr shaklidagi portlovchi snaryad otadigan narezkali to’plar ishlatila boshladi. Metallurgiyada Bessemer usuli joriy qilingandan keyin to’plar po’latdan quyiladigan bo’ldi.
Yangi xil portlovchi moddalar ham doriy qilindi. Bunga tez rivojlanib borayotgan ximiya sanoati yangidan-yangi imkoniyatlar tug’dirib berdi. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish sohasida revolyutsiya qilindi: orqa qismidan o’qlanadigan, ponali yoki porshenli qulf o’rnatilgan, konus-silindr shaklidagi portlovchi snaryad otadigan narezkali to’plar ishlatila boshladi. Metallurgiyada Bessemer usuli joriy qilingandan keyin to’plar po’latdan quyiladigan bo’ldi. Yangi xil portlovchi moddalar ham joriy qilindi. Bunga tez rivojlanib borayotgan ximiya sanoati yangidan-yangi imkoniyatlar tug’dirib berdi. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish sohasida 1846 yilda g’oyat muhim ikkita kashfiyot qilindi. Shveysar Xristian-Fridrix Shyonbeyn piroksilin va italyan Askanio Sobrero nitroglitserin hosil qildi. 1862 yilda shved Alfred Nobel ko’plab nitroglitserin ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi va shundan keyin, dinamit (introglitserin shimdirilgan infuzoriya tuprog’i) tayyorlashga kirishdi.
Flotda mexanizatsiya ishlari jadal bordi. X1X asrning 40-yillaridan boshlab, ya’ni paroxod vinti (parragi) joriy qilingandan keyin harbiy-dengiz ishida katta siljishlar yuz berdi. 50-yillarida birinchi bronenosetslar paydo bo’ldi (ular hali juda qo’pol va sekin yurar edi). Qrim urushi vaqtida fransuzlar uchta bronenoses ishlatilgan edi.
Qrim urushi yillarida rus flotida bronenoses u yoqda tursin hatto vintli harbiy paroxodlar ham bo’lmaganligidan Rossiya g’oyat og’ir ahvolga tushib qolgan edi.
Amerikada Shimolning Janubga qarshi olib borgan grajdanlar urushi yillarida bronenosetslar yanada rivojlantirildi. Dengiz artilleriyasi bilan zerhli kemalar bel olishdi. Minasozlik ham g’oyat rivojlantirildi. Elektr vositasi bilan portlovchi suv osti minalari ishlab chiqishda P.A.Shilling bilan B.S.Yakobi katta rol o’ynadilar. Rus qo’mondonligi minasozlik sohasida erishilgan yutuqlardan Qrim urushi vaqtida muvaffaqiyat bilan foydalandi.