Tayanch so’z va iboralar: Yevropaning ilg’or mamlakatlari va AQSHdagi sanoat revolyutsiyasi davrida texnika yangiliklari. Transport texnikasining rivojlanishi. Suv transporti, Bug’ kuchi bilan yuradigan kemalar. Qishloq xo’jaligi texnikasi. Temir yo’l transporti.Aloqa texnika. Harbiy texnika. Poligrafiya va qog’ozning kashf etilishi. Fizika, mexaniqa, astronomiya, matematika, ximiya, biologiya va boshqalar fanlar erishgan yutuqlar.
XVIII asr oxirlaridan XIX asrning 70 yillarigacha o’tgan davr fan va texnikaning juda tez rivoj topgan davri bo’ldi. Xuddi shu davrda kapitalizmning manufaktura bosqichidan mashinalar keng ishlatiladigan yirik fabrika ishlab chiqarish bosqichiga o’tildi. Sanoat revolyutsiyasi hammadan oldin Angliyada boshlandi. Ish mashinalari tarixda birinchi o’laroq xuddi shu ingliz to’qimachilik sanoatida paydo bo’ldi va keng ko’lamda ishlatila boshlandi. To’qimachilik sanoatida yuz bergan texnika revolyutsiyasi (qo’l mehnatining mashina bilan almashtirilishi) tez orada Angliyaning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlariga ham yoyildi. Angliyadan keyin jahonning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy qilgan boshqa mamlakatlarida ham hunarmandchilik manufaktura texnikasidan mashina, fabrika texnikasiga o’tish boshlandi.
Amerika paxtasiga bo’lgan talabning juda ham ortib ketishi Amerikalik Eli Uytnining (1765-1825) 1793-1794 yillarda paxta tozalash mashinasi (“jin”) ixtiro qilishiga sabab bo’ladi. Bu mashinaning ixtiro qilinishi Amerika paxta ishlab chiqarishini ilgari quyilgan cheklardan ozod qildi va shu bilan birga, paxta plantatsiyalarida negrlar qulligini juda ham oshirib yubordi.
Angliyada mashina yigirish mashinada to’qish zarurati tug’dirgan bo’lsa bu ikki tarmoqning rivojlanishi oxorlash, buyash va chit bosish tarmoqlarida ham revolyutsiya qilish zaruratini tug’dirdi.
Mashhur fransuz ximigi K.L.Bertole (1748-1822) XSH asrning 80-yillarida gazmolni ohorlashda xlorli ohak ishlatishni taklif etdi. Bundan inglizlar darhol foydalandilar va 1797-1798 yillarda Ch.Tennant ohorlashning bu yangi usulini joriy qildi. T.Bell degan ingliz 1785 yilda chit bosish stanogi ixtiro etdi. Ip gazlama sanoatidagi revolyutsiya jun, zig’ir tolasi va ipak to’qima sanoati tarmoqlariga tarqaldi. Ish mashinalarining kattalashuvi va bu mashinalar sonining ko’payuvi universal bug’ dvigatellari ishlatishni talab qildi. “Bug’ mashinasi,-deb yozgan edi Engels,-birinchi haqiqatdan ham internatsional ixtiro edi..”.Bug’ mashinasining yirik ishlab chiqarishda universal dvigatelga aylanishi ham xuddi shunday internatsional ish bo’ldi. Bug’ kuchidan har xil maqsadlarda foydalanish fikri Deni Papendan tortib (XUP asr oxirlari), juda ko’p avtorlarning asarlarida uchraydi. Zavod ishlab chiqarishida foydalanib bo’ladigan birinchi bug’ mashinasini 1765-1766 yillarda rus teplotexnigi Ivan Ivanovich Polzunov qurdi. Universal bug’ dvigatelini, ya’ni sanoatning istalgan tarmog’ida, so’ngra esa trasnportda ham ishlatilishi mumkin bo’lgan bug’ dvigatelini iste’dodli shotland mexanigi Jems Uatt barpo etdi. Uattning 1769 yilda yasagan birinchi (bir yoqlama ishlaydigan) mashinasi (shaxta va boshqalardan) suv tortib chiqarishgagina yaraydigan mashina edi, xolos, ammo Bolton degan bir zavod egasining moliyaviy yordamida Uatt 1780-1781 yillarda ikki yoqlama ishlaydigan universal bug’ mashinasini qurdi. U, tez orada, o’z mashinasiga shu mashina porshenining ilgarilama qaytar harakatini aylanma harakatga aylantiruvchi mexanizmlar ham qo’shdi. Angliyaning to’qimachilik sanoatida 1785 yildan 1800 yilgacha Uatt sistemasidagi 93 bug’ dvigateli, metallurgiya zavodlarida 28 mashina, kon va shaxtalarda 52 va sanoatning boshqa tarmoqlarida 48 mashina o’rnatildi. Yevropa kontinentida-Fransiya va Belgiyadan tortib to Rossiyagacha, shuningdek AQSHda ham bug’ dvigatellaridan foydalanila boshlandi. Shu o’n yilliklarda metallurgiya va metall ishlash sohalariga ham texnika jihatidan muhim yangiliklar kiritildi. Dastlab Angliyada, keyinchalik esa kontinentida ham domna protsessida (rudalardan cho’yan eritib olishda) tobora qo’proq mineral yoqilg’idan foydalaniladigan bo’ldi. 1784 yilda birinchi bo’lib G.Kort joriy qilgan pudlinglash protsessi aks ettiruvchi pechlar alangasida cho’yandagi temir olish usuli taraqala boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |