Elektr va magnetizm haqidagi ta’limot Bizni qiziqtirayotgan davr ichida elektr va magnetizm haqidagi ta’limot sohasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida italyan fizigi Aleksandro Volta (1745—1827) o’zidan oldin Luijip Galvani (1737—1798) o’tkazgan tajribalarni to’g’ri talqni qilib, galvanik batareya yaratdi. Ichidagi elektrolitga (masalan, suyultirilgan kislotaga) elektrodlar (masalan, mis va rux plastinkalari) solingan maxsus idishdan iborat bo’lgan batareya ko’p vaqtlargacha elektr tokining birdan-bir manbai bo’lib keldi.
Ajoyib rus olimi Vasiliy Vladimirovich Petrov (1761-1834) Galvani bilan Voltaning tajribalarini davom ettirib, o’sha davr uchun ancha katta bo’lgan elektr batareyasi yasadi hamda elektrdan ishlab chiqarish va turmushning har xil sohalarida foydalanish mumkinligiii aniqlash yuzasidan muhim bir qancha tekshirishlar o’tkazdi. Jumladan, u 1802 yilda elektr yoyi hodisasini kashf etdi.
Shundan olti. Yoki yetti yil o’tgach, X. Devi ham elektr yoyini hosil qilib, unga volt yoyi deb nom berdi. Ammo elektr yoyidan yoritish maqsadlarida foydalanish (yoy chirog’-lari) ancha keyin — XIX asrning 40—50-yillaridangina boshlandi.
1820 yilda Daniya fizigi Gans-Xristian Ersted (1777— 1851) elektr tokining magnit strelkasiga ta’sirini aniqlash yuzasidan muhim kuzatishlar o’tkazdi. Mashhur fransuz olimi A. M. Amper ikkita elektr tokining bir-biriga ta’sirini kashf etdi, bu ta’sirni hisobladi va tokning magnit maydoni hosil qilishini aniqladi. Ilgarilar bir-biridan ajratib qo’yilgan elektr va magnit hodisalari endilikda elektromagnit hodisalari degan umumiy nom oldi va ular bir-biriga bog’lab o’rganiladigan bo’ldi.
1831 yilda mashhur ingliz olimi Maykl Faradey (1791— 1867) elektromagnit induksiyasi hodisasini kashf etdi. Bu g’oyat muhim kashfiyot bo’lib, yangi elektr generatori va elektr dvigatellari barpo etishga yo’l ochib berdi. M. Faradey elektromagnit induksiyasini kashf etgandan ko’p o’tmay, 1833 yilda E.X. Lens elektromagnit induksiyasi qonuni bilan elsktromagnit aylanishi qonunini umumlashtirib, induksiyalangan tokning yo’nalishini aniqladi (Lens qonuni). 40-yillarning birinchi yarmida Joul va undan sal keyinroq Lens elektr yurituvchi kuchning issiqlik ekvivalentini aniqladilar (Joul-Lens qonuni). E.X.Lens elektromagnetizmga oid ko’pgina tekshirishlarni B. S. Yakobi bilan birgalikda o’tkazdi. B. S. Yakobi elektr energiyasidan amalda foydalanish to’g’risidagi masala bilan ayniqsa samarali ish olib bordi. Bu esa, o’z navbatida, elektromagnit hodisalari haqidagi ta’limotning rivojlanishiga yordam berdi. Ko’rib chiqilayotgan davrning oxirlarida mashhur ingliz olimi J. K. Maksvell (1831—1879) yorug’likning elektromagnit nazariyasini maydonga tashladi va bu nazariya fizikada revolyutsion rol o’ynadi.