Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


-mavzu: Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davri fan taraqqiyoti



Download 3,33 Mb.
bet24/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

10-mavzu: Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davri fan taraqqiyoti

  • 1-mashg’ulot

  • Reja:

  • 1. Amir Temurning markazlashgan davlati fan va madaniyatning rivojlanishi uchun omil.

  • 2. Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning yuksalishi.

  • 3. Taftazoniy va uning ilmiy faoliyati.

  • 4. Nizomiddin Shomiy va uning “Zafarnoma” asari.

  • 2-mashg’ulot

  • Reja:

  • 1. Naqshbandiy va uning maktabi.

  • 2. Mirzo Ulug’bekning imiy faoliyati.

  • 3. Alisher Navoiy va uning о’zbek adabiy tili rivojiga qо’shgan hissasi.

  • 4. Zahiriddin Muhammad Bobur olim sifatida.


  • Tayanch sо’zlar: Amir Temur, Ulug’bek, temuriylar, rasadxona, ilmi hay’at, ilmi aro’z, qofiya, sanad, qaznoq, Bog’imaydon, Chinnixona, Naqshi Jahon.

    Temur va temuriylar davri О’rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, о’zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bо’lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoillari asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’liqdir.

    1. Amir Temur Davrida О’rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqiyotiga ijodiy ta’sir kо’rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, xunarmandchilik va me’morchilik ravnoq topdi. Mamlakatlardan kо’plab fan va san’at ahillarini, xunarmand me’morchilik va mksavvirlarini tо’pladi.

    2. Temur markazlashgan davlat to’zish darayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xо’jaligi alohida e’tibor berdi. О’rta Osiyoda qishloq xо’jaligi sun’iy sug’orishga bag’liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qizdirdi va Mug’rob vodiysida sug’orish ishlarini yо’lga qо’ydi. Samarqand, Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor yerlarida ariqlar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig’ir, ekilgan. Bо’yoq uchun rо’yan о’simligi va shuningdek pillchilikda tutlar kо’p ekilgan, o’zum va limonlar yetishtirilgan.

    3. Ulug’bek davrida Boog’i maydonda turli о’simliklar ekilib, Bog’cha nomli bog’ barpo etildi. Temur samarqand atrofida Bag’dod, Sultoniya, Sheroz nomli qishloqlar qurdilar. Temur va Ulug’bek davrida kо’ychilik va yilqichilikka alohida e’tibor berilgan.

    4. Tog’-kon ishlari yо’lga qо’yilib, turli ma’danlar qazib olinishi bilan xunarmandchilik rivojlandi.

    5. Obodonchilik, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha hunarmandchilik, savdo va tavar pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir kо’rsatdi. Xunarmandchilik tarmoqlari kо’payishi tufayli shaharlarda xunarmandchilik mahallalarnining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurilgan. Tо’qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalri asosiy о’rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohuhiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi shaharlarida xunarmandchilik mahallalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanob, tolasidan gazlamalar tо’qilgan Ipakdan shoyi gazlamalar atla, kimxob, bonoras, duhoba, horo, debo kabi gazlamalar tо’qildi.

    6. XV-asrda metal buyumlari uy rо’zg’or buyumlari, asbob-uskinalar, qurolq-yarog’lar kо’plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsizlik markaziga aylanib, sovutsozlik mahallasi qurilgan. Shaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur famoni biln usta Izzodin Isfaxoniy yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misrgar va Chilangarlar metalni toblash, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murkkab ishlarni bajarganlar.

    7. Masalan, Bibixonim masjidi elliklari yetti xil ma’dan qotishmalar tayyorlangan. Zargar oltin va kumush, jez qotishmalaridan nafis ze-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.

    8. Kulolchilik sertarmoq soha bо’lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badIIy rang-baranglida turli sohalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik keng qо’llanila boshladi. Binokorlikda g’isht teruvchilar, «banno» peshtoq, ravnaq hamda toqlarga parchi va chiroq qoplovchi padozchilar «ustoz» deb atalgan.

    9. Samarqandda shishakorlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalagn. Qurilishda rangli oynalardan foydalangan. Yog’och о’ymakorligida naqshli binolar qurilgan va buyum jihozlar yasalgan.

    10. Samarqand qog’ozi hatto chet о’lkalarda mashhur bо’lgan.

    11. Bu davrda hunarmandchilik molari ishlab chiqariladigan korxona boshlig’i «usta» shogirdlar Xalfalar bо’lgan. Hunarmandlar shaharning madaniyatli tabaqasiga mansub bо’lgan.

    12. Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, volga bо’yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borilgan. Chet davlatlari bilan savdo aloqalari о’rnatishda temuriylarining elchilik aloqalari ahamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari va bozorlar yо’llar qurdiradi., karvon yо’llarida karvonsaroylarni kо’paytiradi. Ayniqsa Samarqand, Buxoroda bozor chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo xunarmandchilik inshootlari qad rostladi

    13. Shahar bо’ylab о’tgan keng kо’chaning ikki tamoniga dо’konlar joylashtirilgan. Samarqand Buxoro savdo maydonlarining kengayishi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va xunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. Shuningdek bozorlarda qо’lyozma kitoblar, yozuv qog’ozi sotilgan, ariza, yoki maktub yozuvchi mirzalar ham о’tirgan. Savdo rastosi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, ilm-fan haqida suhbatlar bо’lgan, farmonlar e’lon qilingan va aybdor jazolangan. Turli tamoshalar shu joyda kо’rsatilgan, masjid, madrasa, hamom bozorga yaqin joyga qurilgan.

    14. Temuriylar davrida karvon yо’llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.

    15. XIV-XV asr oxirlarida Movaraunnaxrni kо’p mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ba’zan siyosiy va harbiy ahamityaga ega bо’lgan karvon yо’llari bog’lagan edi. Bu yо’llar bir-biridan iqtisodi, xalq turmush tarzi, dini, ma’naviy va modiy madaniyati jihatidan farqlanuvchi malakatlarining о’zaro aloqasini rivojlanishiga imkon berdi. Karvon yо’llari savdo, diplomatik aloqalarning amaliy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarini о’zaro iqtisodiy va madaniy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarning о’zaro iqtisodiy madaniy ta’sirini mustaxkamlashga xizmat qiladi.

    16. 2. О’rta Osiyo xalq zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohalarida kamolot bosqichiga kо’tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namayon bо’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni kо’rmoq istasang-binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movaraunnahr qurilishida istehkomlar, shoh kо’chalar, me’moriy majmualar keng kо’llam kasb etadi. Ilk о’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bо’lgan «Shahriston» dan kо’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «Xisor» qurilishini Samarqand va shahrisabzad ko’zatish mumkin. Temur davrida Kesh shahri qurilishi yakunlandi. «Hisor» ning janubi-g’arbga xukumat saroyi Oqsaroy va atrofda robatdir, bog’-rog’lar qurildi.

    17. Temur saltanat paytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Xisori», qa’a, ulug’vor, inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Kо’hak tepaligida CHо’pon ota maqbarasi Ulug’bek davrida qurilgan bо’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug’vorlik uyg’unlashib ketgan. Temur davrida Samarqand Afrofsiyobdan janubda mо’g’illar davridagi ichki va tashqi shahar о’rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori xandak bilan о’ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.

    18. Shahar mahallardan iborat bо’lib, go’zarlarga birlashgan. Shahrda me’moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug’i bо’ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga kо’tarildi., inshootlar kо’lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muxandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qо’ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg’alarga tayangan tashqi tashqi gumbazni kо’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug’bek davrida gumbaz osti to’zilmalari yangi Xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq kо’rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Gо’ri Amir maqbaralari, bibIXonim masjidi, Ulug’yek madrasasi) Ularning old tamoni va ichki qiyofasi rejalarini to’zishda me’moriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi geometrik aniq о’zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.

    19. Temuriylar davrigacha va undan keyin Movaraunnahr va Xuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda kо’p ranglik va naqshlar xilma-xilligi ko’zatildi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.

    20. Kushon qatlamlarida tasvir mazmui kamuchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu razmiy ma’noga ega. Temur va Ulug’bek davrida binoichining bezagi ham Xilma-Xil bо’lgan. Devor va shift, xatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Temur davrida qurilgan binolarda kо’k va zarxal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Xitoy chinnisiga oq fondagi kо’k naqshlar uchraydi.

    21. Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari kо’plab qurildi. Temur Hindiston yurishidan sо’ng (1139y) Samarqandda jо’me masjidi qurdirdilar. Uning rо’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro jо’me masjidini kengaytirib qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazildi.

    22. Temur davrida Saroymulk xonim G’o’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulugbek Samarqand, Buxoro va G’ijdivonda madrasalar bunyod etildi. XV asrda madrasa me’morchiligi о’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bо’ldi. Temuriylarning ikki san’at durdonasi- Samarqanddagi va Ulug’bek va Hirotdagi Gavxarshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bо’yicha qurilganligiga qaramay bir-biridan farq qiladi.

    23. Temuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruxoniylar qabrini о’z ichiga oluvchi to’siq- xazira, avliyolar qadamjolari, daxma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Temur davrida Shayx Burxoniddin Sag’orjiy Xilxonasi- Ruxobod maqbarasi va Temuriylar Xilxonasi- gо’ri amir. Shuningdek ShoXIzinda majmuasida peshtoqli maqbaralar qurildi. Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi daxmalarning me’moriy kо’rinishiga xon tasir о’tkazadi. ShoXIzinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan (Sultonning onasiuchun kurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi. Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shahrisabz, Termiz, Toshkentda va noyob obidalar qurdirgan.Ammo qurilish miqiyosi va bezaklar bо’yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va Shoyxontoxur majmuasi, bо’lib Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarimiga mansub.

    24. Temur davrida ulkan inshoot-Turkiston shahrida Axmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon sharqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.

    25. Qadamjolar me’morchiligi ham о’ziga xos tuzilishiga ega. Temur Buxoroda Chashmai ayup (1380) yodgorligi kurdiradi. Shuningdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor us-siyozat» (1389-1400) Xilxonasini qurdirgan. О’g’li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda (Hazrati Imom) maqbarasini qurdirgan. Unda Xorazm memorchiligi an’analarini kо’rish mumkun.

    26. Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklida bо’lib, uch qavatlidir.

    27. Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki Xil bо’lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bо’lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchi shahar tashqarisidagi bog’larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosim lari va majlislar о’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bо’lib, toq ravoqlari beqiyos bо’lgan. Temur va Ulug’bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Kо’ksaroy va Bо’stonsaroy deyiladi. Shuningdek shaharlarda tashqarisida Temur о’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.

    28. Ulug’bek davri samarqandning Registon maydoni shakllandi. «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli kо’kaldosh jо’me masjidi qad kо’tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Kо’gumbaz masjidi, «Chiluston» va «ChinnIXona» saroylari uning davrida qurildi.

    29. XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xо’ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.

    30. Amir Temur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turili yо’nalish bо’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasvriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bо’ldi. О’rta Osiyoda arablar bosqichi tufayli tо’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Amir Temur davrida shakl va mazmunda tiklandi. Xatotlik-qо’lyozma adabiyotining ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura-tasviriy san’atga avvalo naqsh sifatida qaralgan. Temuriylar davrida tiklangan devoriy sura’atlar XV asrda yana tо’xtab qoldi. Samarqanddagi Temuriylar saroy va qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari,ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy sur’atlar bо’lgan. Temur о’g’illari va nabaralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy sur’atlarda aks ettirilgan Ulug’bek davrida ham devoriy sur’atlar mavzu jihatidan rang-barang bо’lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bо’lgan. Bu davrda qayta kо’chirilgan Abdurahmon as-Sо’fiyning (X asr) falaqqiyotga oid asariga ishlangan bir sur’atda Andromeda yuldo’zlar turkimi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa tо’qqiz falok kо’rinishi, yetti-gardish, yetti yuldo’z-yoritgich, daraja vaqt bо’limlari, yeryo’zining yetti iqlimi tasvirlangan.

    31. Temurdavrida qurilgan. Shirinbeka opa, BibIXonim, Tuman opa obidalari, naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjud bо’lgan. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir kо’p ranglarda, qolgan ichki bino devorlari oq va moviy rang tabiat manzaralari tasvirlangan.

    32. Xattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasXI, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi susl va tezkor-nastalik noyob qо’lyozma asarlar kо’chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir kо’rsatdi.

    33. Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. Turkiya va Berlan kutubxonalarida saqlanayotgan kо’chirma-xomaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bо’lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompazitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg’unligi xarakatlar aniqligi, qiyofalarining о’z о’rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.

    34. Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl xolatiga yaqin sur’atlar «Zafarnoma» ning dastlabki kо’chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi XIrotda (1467 y.) kо’chirilgan «Zafarnoma» da keltiriladi. Dastlab Mirak naqqosh boshlangan va Behzod yakunlangan ushbu miniatyura bo kopazitsiyasi va serjilo bо’yoqlarning uyg’unligi adralib turadi.

    35. Miniatyura rassomchigining taraqqiyoti dadabiyotining ravnaqi va rivoji bilan bog’liq bо’lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, sо’ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlangan. XIV asrda «Jome’ ut-tavor IX», «Tarixi rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlangan. Bu an’analar Temuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlangan. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg’ambarning (yo’zi niqobda) odamlar orasida turgan xolati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.

    36. XV asr miniatyuralarning aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrov va Shirin, Rustam jang lavhalari tasvirlangan. Umumman miniatyura san’ati Iroq, Eron, xuroson, Mavorounnahr va Xindistongacha xududlarida bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog’liq bо’lib, temuriylarning Bog’dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyuralar maktablari vujudga keldi.

    37. Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bо’lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san’atiga xos bо’lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.

    38. Samarqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Tahliliy, Pir Ahmad bog’i Shomoliy, Muhammad Bin, Muhammadshoh, darvesh mansurlar ishlagan temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqir Mirzo Hirotdan hattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari Hirotga kо’chib о’tdi. Abul Xayya tarixiy asarlarda ishlangan miniatyuralarda Amir Temur va Temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlangan. Xalil sulton davrida ishlangan ayrim minityuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan о’ziga xos «siyoxi qalam» uslubida ishlagan Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va Shaxzodalar bor bо’yida tasvirlanib, xaqiqiy partiret janri kamoliddin Bekzod shakllantirdi. Umuman Temur va Temuriylarning qiyofalari tasvirlangan kо’plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyat rasm chizilagn davr yoki rassom, joy maktab kо’rsatilmagan. Biroq bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug’-Temurning gerbi-uningsaroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug’bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek tabiat tasvirida tо’q yashil va jigarrang kо’pligi, kiyimlar turkiy millatiga xos bо’lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachiligi maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, XIrot va Sheroz miniatyuralari qahramonlarining deyish boshqacharoqdir.

    39. Samarqand maktabi miniatyuralari vakilliklari kompozitsiyasi yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.

    40. Ulug’bek davrida mashhur bо’lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari ranglarining yorqinligi bilan о’ziga xosdir va uni kо’rsatiladi. Samarqand maktabiga xos bо’lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning “Hamsa” asariga va 49 ta miniatyura “Shohnoma” asariga ishlangan hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug’bek davrida as-Sо’fiyning “Siljimas yuldo’zlar rо’yxati” asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yuldo’zlarning joylashishi kо’rsatilgan bо’lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yuldo’z turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etildi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti temuriylar davrida paydo bо’lgan. Masalan “Samarqand masjidini qurish”, “Iskandar devorini bunyod etish”, “kо’chmanchilar turmushi”, Jamshidning oddiy xalqqa xunar о’rgatish mavzuida miniatyuralar bо’niga misoldir.

    41. Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bо’ldi. badIIy xunarmandchilik asosan me’morchilik bilan bog’liq bо’lmay, koshnkorlik kulolchiligi, yog’och va tosh о’ymakorligi bilan ham bog’liq edi. Qabr toshlarga qisman о’simliksimon, geometrik nazmlarda bitilgan. Qabrtosh Sag’ana yoki Suna shaklida bо’lib, bо’z rangli marmardan, ayrim xollarda о’ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog’och о’ymakorligida Gо’ri amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek, XV asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va ulug’bek davrlarida metal о’ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar о’yib, bо’rma usulda, qimmatbaho tonnalik qozon bronza qо’yish san’atining eng yuksak na’munasidir.

    42. Amaliy san’atning qulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda о’simliknoma naqshlarni qora bо’yoqlar bilan tushirishga uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bо’lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobal’t yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Soplo buyumlardagi naqshlar mо’yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizilgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda qulol rassom turil temuriylar davrining amaliy san’at darajasiga kо’tarildi.

    43. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g’amhо’rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rufiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan Qozizoda Rumiy, tabib Xusamiddin Kermaniy falaqqiyotshunos mavlona Ahmad, Ulug’bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy ijodiy faoliyat kо’rsatganlar. Temur va Temuriylar zamonida tabiiy gumanitar fanlar asosida buyuk olimlar yetishib chiqdi va jahon faniga munosib hissa qо’shdi. Falaqqiyotshunos fanida Ulug’bek, Qozizoda, Rumiy, G’iysiddin Jamshid va Ali Qushchilar yanig kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, xofizi Abrо’, Abdu razzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. BadIIy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Xusayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bо’ldi.

    44. Mirzo ulug’bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga saos solindi, yer qurrasini о’lchash va falaqqiyot shunoslik jadvallarini to’zish ishlari aamlga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bо’lib, jIXozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yо’q edi. Rasadxona ulug’bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali Qushchi, Muhammad Havofiylar uning sevimli shogirdlari bо’lgan.

    45. Mirzo ulug’bek «zich» asarida VIII-XI asrlarga boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirb, yuqori darajaga kо’tarildi. Matematikaga doir «Birdaraja sinusi haqida» , falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek» va mushqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug’bek Samarqand va Buxoro, G’ijdivonda madrasalar qurdirilib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.

    46. Temur va temuriylar davrida halq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badIIy uslub jihatdan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. О’zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.

    47. Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa о’zbek yozma adabiyotining dunyoviy kо’lamini Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga kо’tardi.

    48. Ilm fan va adabiyotning rivoji kitobat san’ati, yangi qо’lyozma asarlarini kо’chirib yozish, xattotlik, musavvirlik, lavha chizish, muravozlik kabi san’atkor taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qildi. Nafis kitob va xattotlik XVI-XVII asrlarda yangi taraqqiyot bosqichlariga kо’tarildi. Xattot Mir Ali Tabriziy (1330-1402) nasta’liq xatini kashf qildi. Bu usul XIrotda Sulton Ali Mashxadiy boshchiligida yuksak bosqichiga kо’tariladi va Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qalqalam, Halvoiy, Rafiqiy kabi xattotlar, musavvirlar yetishib chiqdi. Samarqand va XIrotda Temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. Bu kutubxonalar xunarmandchilik korxonasi hisoblangan, ularda qо’lyozma asarlarni tо’plash va saqlash ishlari bajarildi.

    49. XVI-XVII asrlar О’rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bо’ldi. Yangi kuy va qо’shiqlar, cholg’u asboblari va musiqa san’atiga nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sazondalar, bastakorlar va xofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad ShayXIy, Xusayn Udiy, Shohquli G’ijjakiy, Ahmad Qonuniy, Yusuf Andijoniy kabilar shular jumlasidandir. Ulug’bek , Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi kuylar ijod qildi. IX-XIII asrlarda shakllangan 12 maqom bir davrda takomillashdi. Shuningdek keng ommoga mо’ljallangan teatrlashgan tamoshalar xalq sayrlarida masxarabozlar, qо’g’irchoqbozlar, darbozlar о’z san’atini namoish qilgan.

    50. Temur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta о’rin tutadi. Sо’fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy ma’naviy sohalarga о’zta’sirini kо’rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boytib, balogardon martabasiga ega bо’lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Xoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga yeklgan Xoja Ahror valining temuriylar о’zlariga pir deb biladilar. Xoja Axror Naqshbandiya Xojagon tariqatining yо’nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatdan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham shug’ullanib bir nechta sarlar yozgan.

    51. О’rta Osiyoda Temur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movaraunnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal tojini buyuk sohibqiron Amir Temur qо’ygan edi.

    52. Temur va temuriylar davrida ma’naviy madaniyat, ilm-fan g’oyat yuksak darajada rivojlandi. Taniqli filolog olim Ochil Tog’ayev о’zining «Oltin daraxt» maqolasida: «О’rta Osiyoda madrasa ta’limi X asrlarda paydo bо’lgan, ammo uning haqiqiy mukammal rivoji Amir Temur davriga tо’g’ri keladi deydi. Ba’zi manbalarda uni Sharqda oliy ta’limning asoschisi, deb aytadilar.

    53. Milliy madaniyatimiz muxoliflari Temur va temuriylar davrida о’lkamizda fan va madaniyatning ravnaq topganligini sohibqironning harbiy safarlari chog’ida xorijiy yurtlardan fan, adabiyot namoyandalarini kо’chirib, Samarqandga olib kelganligi bilan bog’laydilar. Bu narsa hech qanday mantiqqa tо’g’ri kelmaydi. Chunki 1) Amir Temurga qadar ham Turonzamindan dunyoni о’zlarining qomusiy ilmlari bilan lol qoldirgan Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Beruniy, Farg’oniy, Ibn Sino, Al-Buxoriy kabi buyuk alloma va siymolar yetishib chiqqan. 2) Amir Temurgacha ham juda kо’p mamlakatlarni zabt etib, minglab ustalar, olimlarni о’z yurtiga asir qilib olib ketgan jahongirlar bо’lgan, ammo u yerlarda madaniy hayotda о’zgarish deyarli bо’lmagan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, 1221 yilda mо’g’ullar Buyuk Xorazmshohlar yurtini egallab, shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirib, aholini qirg’in qilganlar va yo’z minglab mohir ustalar, me’morlar, olim va mutafakkirlarni Chingizxon saltanatining poytaxti Qoraqurumga olib ketganlar. Biroq, ana shu olimlar, donishmand, ustalar Qoraqurumda biror-bir xotira qoldirdilarmi? Yо’q.

    54. Temur zamonasida va undan keyingi davrda Movarounnahrda ilm-fan, adabiyot va ma’naviy madaniyatning barq urib rivojlanganligining sabablari quyidagilardir:

    55. Amir Temurning о’zi о’qimishli, savodxon va ma’rifatparvar inson bо’lgan. Faqat о’kimishli, savodli va ma’rifatparvar insongina olimu ulamo va ziyoning yurt taraqqiyoti va el farovonligi hamda madaniy jabhadagi qadrini biladi.

    Qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidai saboq, olganligi ma’lum. Madrasada kamida 15 — 16 yil taxsil kо’rib, uning dasturi bо’yicha asosiy fanlarni tо’la о’zlashtirgan va imtixonli saboqlarda о’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad — shahodatnoma yozib berilgan.
    Shunday shaxodatnomalardan biri Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb 16 yil tahsil .kо’rgan balxlik Shamsuddin Muhammad nomiga XIjriy 838 (1435) yil rajab oyining О’z ona tilidan tashqari fors va mо’g’ul tillarini yaxshi bilgan Amir Temur mamlakati taraqqiyotida, xalqning madaniy va ma’naviy kamolotida ilm-fan va ma’rifatning ahamiyatini juda qadrlardi. Shu bois amir о’z yurtida bо’lsin, harbiy yurishlar qilib borgan mamlakatlarda bо’lmasin, ularning millati, irqidan qat’i nazar, kasb-hunar egalari, ustalar, me’morlar, olimu fo’zalolar, adabiyot va san’at arboblarini juda qadrlar, ular bilan doimo maslahatlashar, ularning fikr va xulosalariga doimo quloq solar edi. Ularning ishlash, yashash va ijod qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berardi. Bu о’rinda «Temur to’zuklarida» quyidagilarni о’qiymiz: «Yettinchisi - sayidlar, ulamoyu mashoyIX, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga qо’ydim. Sakkizinchi toifa - haqimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislarki, ular saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni о’z atrofimga tо’pladim» (Temur to’zuklari. - 55-56 betlar). Tarixchi Ibn Arabshoq haqiqatni tan olishga majbur bо’lgan: «Temur olimlarga mehribon bо’lib, sayyidu shariflarni о’ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga tо’la-tо’kis izzat kо’rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam kо’rardi. Ularning har birini о’z martabasiga qо’yib, о’z ikromu hurmatini izhor etardi…Temur tarix (kitob)lari xudoning rahmati va salomi bо’lgur anbiyolar qissalarini, podshohlar siyratlari va utgan salaflar haqidagi hikoyatlarni doimo- safarda ham, xadarda ham о’qitib, hunt bilan tinglar edi» (Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2-kitob.- B.71)
    Amir Temur yurtida ilm- fan ahli uchun yaratgan shart-sharoit, g’amxо’rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylanadi va uning dovrug’i dunyoga yoyiladi. Buni eshitgan ilm-fanga havas qо’ygan ijodkorlar о’z IXtiyori bilan Samarqandga kela boshlaganliklari ehtimoldan kо’ra haqiqatga yaqindir. Ashraf Ahmedov XIV asrning о’rtalarida Qozizoda Rumiy Turkiyaning Bursa shahridan о’z IXtiyeri bilan Samarqand shahriga kelganligini hikoya qiladi. Amir Temur о’z poytaxtiga ilm-ma’rifat va ijod ahllarini olib kelganligini ham inkor etib bо’lmaydi. Husomiddin Ibrohimshoh Kermoniy singari tabib, mavlono Ahmad kabi falakiyotshunos va boshqa olimlar chet mamlakatlardan olib kelingandir. Shunday bо’lsada, Amir Temur e’tibori, saXIyligi tufayli va Samarqandda ilm-fan taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratilganligi tufayli bunday tafakkur va qobiliyat egalari jahonga tanilib mashhur bо’lganlar.
    Amir Temur saroyida ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Bahriddin Ahmad, Xо’ja Afzal, Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa olimlar faoliyat kо’rsatishgan. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, ilmi nujum, adabiyot, tarix musiqa sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berganlar.
    Temur va temuriylar zamonasida Turonda fanning barcha sohalari gurkirab о’sadi, tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqadi, ular jahon madaniyati va faniga munosib hissa kо’shadilar. Xalq xujaligining turli tarmoklarini rivojlantirish aniq fanlarning rivojlanishini talab kilgan bо’lsa, jamiyatning ma’naviy ehtiyoji gumanitar fanlarning taraqqiyotini talab etardi.
    Hirotning ravnaqi Shohruh va Husayn Boyqaro faoliyati bilan bog’liq. Hirot shahrida Samarqandga qaraganda tabiiy fanlar sust rivojlangan. Bu yerda adabiyot, she’riyat, tarixga qiziqish katta edi. Bu kо’prok Hirotni о’ziga poytaxt qilib olgan Shohruhning ta’siridan bо’lsa kerak. Alisher Navoiyning guvohlik berishicha, Shohruh adabiyotni nihoyatda qadrlagan, dunyoviy fanlar ichida tarixni kо’proq yoqtirgan va Hirotga qator tarixchilarni chorlagan. Hirotni adabiyot ravnaqi, uning badiiy ijod markazi bо’lishiga Boysunqur Mirzoning xizmatlari benihoya kattadir. Vazirlik lavozimini egallagan bu shahzoda yozuvchilar, shoirlar va rassomlarga homiylik qildi. U saroy kutubxonasiga asos soldi.
    Shohruhning xotini Gavhar Shod Begim homiyligida 1432-33 yillarda Hirotda xonaqo, madrasa va jome’ machitlari bunyodd etila boshladi. Gumbazi sabz degan bu memorchilik obidalarini qurish uchun 21 yil sarf kilingan.
    Hirot Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida, ya’ni XV asr yarmida me’morchilik sohasida, о’zbek va tojik adabiyoti, she’riyati, tarixiy adabiyoti, rassomlik, hattotlik, musiqada eng yuksak chо’qqiga erishdi. Alisher Navoiy kо’p qirrali iste’dod egasi, insonparvar shaxs bо’lishi bilan bir qatorda ilm-fan, madaniyat hamda san’atga ishqiboz, ishtiyoqmand har bir kishiga rahnamolik va homiylik qilgan.
    Temuriylar davrida she’riyat va adabiyot ayniqsa ravnaq topgan. Jumladan, she’riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Xofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, о’lmas asarlar yaratdilar, ishq-muhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. О’zlarining barakali va serqirra ijod durdonalari bilan Qutb Xorazmiy, Xо’jandiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Husayn Boyqaro va boshqalar bu davrda jahon madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qо’shdilar. Va nihoyat, eski о’zbek adabiy tilining asoschilaridan biri, о’zbek mumtoz adabiyotining chо’qqisi, she’riyat mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Alisher Navoiyning ijod gulshani maydonida parvoz etganligi bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.
    Amir Temur va temuriylar davrida miniatyura san’ati ham ravnaq topdi. Bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yо’nalishga asos soldi. Uyg’onish davrining yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan “Ming bir kecha”, “Kalila va Dimna”, “Qirq vazir” kabi qiziqarli sargo’zashtlarga tо’la, shavqu–zavq qо’zg’atadigan asarlarning kо’paygani, ikkinchi tomondan “Hamsa”larda bо’lganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy g’oyalarning tasvirlanishi yo’zaga kela boshladi.
    Amir Temur islom himoyachisi sifatida yurgizgan siyosati soyasida sо’fiylik tariqati о’lka hayotida katta mavqega ega bо’ladi. Buni biz Bahouddin Nakshband va uning izdoshlari faoliyatida yorqin kо’ramiz. Naqshbandiya tariqati о’sha davrning falsafasi, g’oyasi bо’lgan desak mubolag’a bо’lmas. Bahouddin Naqshbandning dinni mustaxkamlash va taraqqiy ettirish uchun xizmatlari ulug’ bо’lgan. Bu tariqatni samarali davom ettirganlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahrordir. U ijtimoiy faoliyatdan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham mashg’ul bо’lgan. Uning asarlari elaro shuhrat topgan. Bu «Fikrot ul-orifin» yoki «Voridot» deb ataladi (tasavvuf ilmiga oid); «Risolai volidiya» yoki «Muxtasar» odob-ahloqqa bag’ishlangan); «Risolai xuroiya» (shoir ruboyisiga sharh); «Rukaot» (maktublar)dir.
    Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, о’zining yо’lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qо’lga kiritish mumkin bо’lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning о’chmas nomini bitadi, janon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta nucca bо’lib qо’shiladi.
    Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mо’g’ul bosqinchilaridan ozod bо’lgan xalqimizning milliy danosi eng yuksak chо’qqiga kо’tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqimizning sonibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash namda mustankamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat to’zish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
    Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, о’zlari ham bu sonalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni janon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fanmadaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bо’lmasa kerak.
    Amir Temur ibn Tarag’ay Banodir (1336-1405) Kesh (Shanrisabz) shanri yaqinidagi Xо’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garIXiy xizmatlari shundan iboratki, u mо’g’ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, О’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning о’zaro nizolariga barnam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, о’zga mamlakatlar bilan mustankam aloqalar о’rnatildi.
    Amir Temur monir narbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U о’z nayotini Movarounnanr xalqining farovonligi, yurt obodonchiliti uchun sarfladi, uning davrida nashamatli binolar, qurilish inshootlari, gо’zal bog’lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, Mamlakatimiz Sharqning gо’zal nududiga aylandi.
    Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan nomiysi sifatida mashnur bо’ldi, о’z saroyiga olimu fo’zalo va din arboblarini tо’pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badIIy ijod bilan mashg’ul bо’ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, о’sha davrda Samarqand eng gо’zal shanar edi. Ispan sayyoni R. G. Klavixo Samarqdning gо’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur nukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Nindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayipsh Temur saltanati qudratini oshirdi.
    Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini о’sha davrda asosiy mafkura bо’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan sonasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bо’lib xizmat qildi. Temur о’z faoliyatida unga tayanib ish kо’rdi.
    Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sonibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yо’qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, naqiqat va adolat о’rnatshda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, tо’g’ri va sofdil bо’lish, zino va faxsh ishlar bilan shug’ullanmaslik, xarom-xarish ishlardan qochish, nalol mennat qilish, biror kasbni egallash, muxtojlarga mexr-shafqat kо’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Nakshbandlik tarikatining yirik shayxlari bо’lmish Saiyd Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Tsmurning pirlari bо’lib, soXIbqiron ular bilan tez-tez mulokot kilib turgan.
    Temuriylardan Shoxrux, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirida uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me’morchilik san’agi yuksak darajaga kо’tarildi.
    Amir Temur Kо’ksaroy masjidi, Shonizinda, BibIXonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G’ijduvonda madrasalar qо’rildi, BibIXonim masjidi, Gо’ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi.
    Nirotda nam kо’plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, Madrasa va xonaqonlardan iborat bо’lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qо’rdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shanridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Hirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Benzod (1456-1535) va shox Muzaffar kabi dunyoga mashnur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Hamsa», Sa’diyning «Bо’ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mennatini, tabiat manzaralarini naqqoniy tasvirlagan.
    XIV-XV asrlarda Movarounnanr va Xurosonda ilm-fanning kо’p sonalarida yuksalish yo’z berdi. Janonga mashnur olimlar tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogaka, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, badIIy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda о’sha davrning munim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olga surildi.
    «Gul va Navrо’z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Benrо’z va Banrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar xaqida tazkira) ning muallifi Davlatshon Samarqandiy, «Yusuf va Zulayno», «Manzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Naydar Xorazmiy namda Kamol Xо’jandiy (1402 yilda vafot etgan), Nofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Niloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar о’sha davrda yashab ijod etdilar.

    Jaxon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qо’shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394-1449) matematika va falakiyot sonasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning о’g’li Shoxrux Mirzo edi. Ulug’bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bulsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnakiga ko’p kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning dunyokarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, al Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muhum о’rin egalladi.



    Download 3,33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish