Ulug’bek akademiyasi.
Mirzo Ulug’bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng kо’p va salmokli hissa qо’shgan xukmdordir. U Samarqandda birinchi falakiyotshunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Ulug’bek akademiyasini tan olgan vaa shuhratini dunyoga taratgan kishi - bu franso’z yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter (1694-1778) dir. B.Ahmedov о’zining «Ulug’bek» kitobida Volterning quyidagi sо’zlarini keltiradi: «Transoksianada uning (Amir Temurning) о’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer kurrasini о’lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini to’zishda ishtirok etdi»
Chindan ham Ulug’bek tomonidan qurdirilgan rasadxona о’z davrining akademiyasi bо’lgan. Tarixchi olim, professor G.A.Hidoyatov: «Samarqandda barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasi ulkan madaniy yutuk bо’lgan ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona о’sha davrda ham, undan ancha keyin ham yaratilmadi. Rasadxonada 1018 yuldo’z tasvirlangan katalog to’zildi, yuldo’zlarning belgisi о’ndan tо’qqizgacha aniq bо’lgan turish burchaklari sinuslari va tangenslari natural qiymatlarining jadvallari, shuningdek yer hududidagi kо’p sonli nuqtalar koordinatalari (kenglik va o’zunlik) ni qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi. Rasadxonada Ulug’bekning bevosita rahbarligida о’tkazilgan ishlar uning matematika, geometriya, falakiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligidan guvohlik berar hamda bir qancha amaliy vazifalar yechimi uchun katta ahamiyat kasb etardi» deb baho beradi.
Ulug’bekning bilimdonligi va mahorati tо’g’risida G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan otasiga yozgan xatida quyidagilarni ta’riflagan: «…avvalo u kishim Kur’oni Karimning aksariyat kismini yoddan biladilar…Arab tilining naXV va sarfini yaxshi biladilar va arabchadan g’oyat yaxshi yozadilar. Shuningdek u kishi fiqhdan ancha xabardorlar: mantiq, ma’nolarning bayoni va usullaridan ham xabardorlar. U kishim riyoziyot( matematika) fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan…Qisqa qilib aytmoqchimanki, u kishi bu fan sohasida g’oyat katta mahoratga erishganlar, yuldo’zshunoslikka taalluqli amallarni yaxshi bajaradilar va chuqur dalillar bilan isbotlaydilar. «Tazkira» va «tuhfa» dan shu qadar zо’r dars о’tadilarki, ularga hech qanday qо’shimcha qilishning hojati qolmaydi».
Ulug’bek akademiyasida 1417 yilda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning soni 100 dan oshib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrIXlar, hattotlar, musavvirlar, geograflar bor edi. Falakiyot va matematika sohalari olimlari obrо’liroq hisoblanganlar. Bu borada Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Koshiy, Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchi, Mavlono Muhammad Xavofiylar eng nufo’zli bо’lganlar.
Ulug’bek madrasasi darsxonalaridan о’quv mashg’ulotlarining boshlanishi 1420 yilga tо’g’ri keladi. Madrasa ilohiyot ilmlaridan (Qur’on, hadis, tafsir) tashqari, riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (falakiyotshunoslik), tibbiyot (meditsina), tarix, geografiya, ilmi aro’z (poeziya) singari dunyoviy fanlar ham о’qitilgan.
Mirzo Ulug’bekning avlodlariga qoldirgan ilmiy merosi son jihatidan kо’p emas. Ulardan eng asosiysi «Zij» i bо’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek», «Ziji Guragoniy» nomlari bilan mashhur. Undan tashqari Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», falakiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek», tarixga bag’ishlangan «Tarixi arba’ ulus» va musiqiy ilmlarni о’z ichiga olgan «Risolai dar ilmi musiqa» kabi risolalarini yozgan.
Ulug’bek akademiyasining kо’zga kо’ringan namoyandalaridan biri G’iyosiddin Jamshiddir. U «Ziji hoqoniy», «Bog’lar sayri», «Osmon narvoni», matematikaga bag’ishlangan «Xorda va sinuslar haqida risola», «Hisob kaliti» va «Doira haqida risola» asarlarini yozgan.
Mirzo Ulug’bekning yana bir safdoshi Qozizoda Rumiydir. Uni Ulug’bek ustozim deb e’zozlaydi. Rumiy 1360 yilda tug’ilgan bо’lib, 20-25 yoshlar atrofida, ya’ni Ulug’bek tug’ilmasidan ilgari Samarqandga kelgan va Temur safiga о’tgan. Shu bois Ulug’bek Qozizoda Rumiy, Mavlono Ahmad kabi zamonasining buyuk falakiyotshunoslari ta’sirida shakllanadi va uning bu fanlarga qiziqishi ortib boradi.
Ulug’bek akademiyasining iste’dodli vakillaridan yana biri uning shogirdi Ali Qushchidir. Ulug’bek Ali Qushchi Samarqandliyni о’z о’g’illari Abdullatif va Abdulazizlardan azizroq va qadrliroq hisoblar va uni «farzandi anjumand» der edi. Ali Qushchi zamonasining Ptolomeyi deb nom olgan. Uning falakiyot, algebra va arifmetikaga oid oltita asari bor. Ali Qushchi falsafa ilmining katta bilimdoni bо’lib, butun dunyo moddiy zarrachalardan tashkil topgan deb hisoblaydi.
1449 yili Ulug’bekning fojeali о’limidan sо’ng u to’zgan akademiya ham tarqalib ketadi. Ali Qushchi Tabrizga boradi, u yerdan 1463 yili Istanbulga о’tadi. Turkiya sultoni Muhammad fotih uni As-Sofiya madrasasiga bosh mudarris etib tayinlaydi. Ali Qushchi bu yerda rasadxona qurdiradi, «Zij»ini Turkiyada tarqatadi.Turkiya orqali «Zij» Yevropaga tarqaladi.
Mirzo Ulug’bek jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qо’shdi. B.Ahmedov yozganidek, Mirzo Ulug’bek «tirikligidayek о’ziga haykal о’rnatib ketadi». Ulug’bek «Zij» i falakiyotshunoslikka oid buyuk bir asar bо’lib, u о’rta asrlarda va undan keyin ham Hindistondan to Atlantika okeanigacha bо’lgan hududda falakiyotshunoslikning rivojlanishiga ulkan ta’sir kо’rsatdi.
Ulug’bek va Shoxrux davrida madrasalar safi kengayadi. Ulug’bek uchun madrasa avvalo bilim maskanidir.Uning topshirig’iga kо’ra, Buxoroda (1417), Samarqandda (1420) va G’ijduvonda (1433) madrasalar qurildi.Bular ruhoniylar tayyorlaydigan shunchaki bir muassasa emas, balki о’quv yurti, о’ziga xos dorilfunun edi.
Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ulug’bek buyuk mutafakkirlardan Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil о’rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi Yunon olimlari: Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Gipparx (Gippokrat), Ptolomeylarning klassik asarlari bilan ham tanishadi. Ulug’bek Movarounnaxr shaxarlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargoXIga aylantirishga intiladi.
Uning farmoni bilan
1417 yilda Buxoroda,
1417—1420 yillarda Samarqandda va
1433 yilda G’ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Xatto Buxorodagi madrasaning darvozasiga:
“Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” degan kalima yozib quyiladi. Movarounnaxrning bu uchta qadimiy shaxarlarida barpo etilgan ilmgoxlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi.
Ushbu Madrasalarda iloxiyot ilmlari, hadis, tafsir, fiqx (din va shariat qonun-qoidalari) bilan birga riyoziyot (matematika) , xandasa (geometriya), ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, geografiya, ilmi aro’z (poetika), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham о’qitilardi. Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo’lgan. Har bir xujra uch xona: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bо’lgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, madrasada yo’zdan ortiq, talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridai mavlono Shamsuddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris bо’lgan. Mashur olimlardan Qozizoda Rumiy, G’iyosuddin Jamshid Koshoniy hamda Mirzo Ulug’bekning о’zi va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar.
XVI asrning mashhur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsuddin Muhammad Xavofiy о’qigan. Darsda olimlardan tо’qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nisiga Ulug’bek Mirzo bilan Qozizoda Rumiydan boshqa xech kim tushunmagan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, madrasada ilmi xay’at (astronomiya) darsning Qozizoda Rumiy о’tgan. Xatto fors-tojik mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Abduraxmon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga kelib, о’rtalarida Qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib berilgani ma’lum.
Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga, matematika, geografiya va astronomiya buyicha amaliy masalalar bilan ham shug’ullanadilar. Rasadxona qurilib ishga tushirilgunga qadar osmon yoritgichlarining holatini ko’zatish ishlari ma’lum darajada mana shu madrasada na Ulug’bek tomomonidan qurdirilgan Muqatta’ masjidida olib borilgan edi.
Ulug’bek 1424—1428 yillarda Samarqandda о’z atrofida tо’plangan olimlarning bevosita ishtiroki bilan shaxar yaqinidagi Obiraxmat anxori bо’yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino «qilingan bu о’lkan imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m bо’lgan.
Tarixiy manbalardan ma’lum bо’lishicha, bu oliy imorat xonalarining devorlarida osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylanishi va о’zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, sobita (qо’zg’almas) yuldo’zlar, hamda dengiz va okeanlar, tof va dashtlar, iqlim mintaqalariga bо’lingan yer kurrasi va xokazolar tasvirlangan. Xullas, rasadxona ichki devorlarida koinotu yer kurrasining umumiy manzarasi tasvirlangan bо’lib, shu tufayli bu mavzu mahalliy aholi о’rtasida «Naqshi jahon» deb yuritilgan.
Rasadxona qurilishida samoviy yoritgichlarni ko’zatish va о’rganish borasida Xizmat qiluvchi uning asosiy qismi — sudsi faxriy qurilmasiga va uni maxsus о’lchov asbob-uskunalar bilan jIXozlashga aloxida e’tibor beriladi. Sekstant G’iyosuddin Jamshid mutasaddiligida о’rnatiladi.
Samarqand sekstanti о’sha davrda Sharqda ma’lum bо’lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ali Qushchi uning balandligini Istambuldagi mashhur Avliyo Sofiya ibodatxonasining balandligiga (kariyb 50 m)I qiyos qilgan. Ayni vaqtda Ulug’bek rasadxona qoshida boy kutubxona ham tashkil etib, unda fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb о’n besh ming jild kitob saqlagan.
Rasadxona tevaragida olimlar va Xizmatchilar uchun katta-kichik xujralar quriladi. Uning etagida esa Ulug’bek о’zi uchun Bog’imaydon va ChinnIXona chorbog’larini barpo etadi.
Ulug’bek rasadxonasining qaerda joylashganligi tarixiy manbalarda aniq, kо’rsatilganiga qaramay, afsuski uni o’zoq, vaqtgacha topib о’rganilmadi. Rasadxona asrlar davomida qarovsiz qolib, vayronaga aylangan, sо’ngra oddiygina tepalik manzarasini olgan edi.
Mahalliy aholi о’rtasida Naqshi jahon nomi bilan mashhur bо’lgan bu tepalikda qazish ishlari olib borgan arxeolog V.L.Vyatkin 1908 yilda Ulug’bek rasadxonasining xarobalarini topib, uning sekstanti yer osti qismini kavlab ochadi.Ulug’bek rasadxonasi Movaraunnahrda о’z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jIXozlangan oliy darajadagi ilmgoxga aylangan edi.
Rasadxonada Ulug’bek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan zamondoshlari о’rtasida «Aflotuni zamon» faxriy nomini olgan SaloXIddin Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, «о’z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuxrat qozongan Alouddin Ali ibn Muhammad Ali Qushchi va kо’pgina boshqa olimlar ilmiy ko’zatish va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug’bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.
Samarqandda Ulug’bek raxbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargox matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalariga erishadi.Rasadxonada olib borilgan ko’zatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qо’g’almas) yuldo’zlarning о’rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali to’ziladi.Markaziy Osiyo, Yaqin va О’rta Sharq mamlakatlari bо’ylab joylashgan 683 geografik punktlarni Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalar belgilab chiqildi.
Ulug’bek maktabining erishgan eng muhim va ajoyib muvaffaqiyatlaridan biri matematika fani sohasida bо’ldi. О’sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi va shu fan sohalariga oid ilmiy asarlarning yozilishi Ulug’bek maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yunalishini belgilab berdi.Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid bir qancha nodir asarlar yaratildi.Garchi bu asarlarning ko’pi bizgacha yetib kelmagan bо’lsada, saqlanib qolgan qо’lyozmalar о’sha davrda Samarqand astronomiya maktabi erishgan yutuqlardan va bu ilmgox namoyondalari jahon astronomiya fani rivojiga qо’shgan ulkan hissadan guvoxlik beradi.
XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning eng ravnaqi va Samarqand astronomlari qozongan olamshumul muvaffaqiyatlarida, ayniqsa Ulug’bekning roli va hissasi buyukdir.
Ilm –fanga bо’lgan cheksiz hurmat zо’r qobiliyat va ilmning zaxmatli yullarni bosib о’tishi tufayligina u Samarqand astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishdi.О’z ustida muntazam ishlash va bilimlarini tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug’bek о’zining kо’pgina zamondoshlaridan о’zib ham ketdi.
Samarqand rasadxonasida olib borilgan kо’p yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarni о’zida mujassamlantirgan va uni yangi dalil isbotlar - boyitgan shox asar Ulug’bekning «Ziji Jadidi Kо’ragoniy» («Kо’ragoniyning yangi astronomik jadvali «) nomli kitobidur. Bu asar 1437 yilda yozib tugallangan bо’lsa ham unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ko’zatishlar va qо’shimchalar kiritib boradi.
«Ziji Jadidi Kо’ragoniy « asosan ikki qismdan keng muqaddima va 1018 sobita yuldo’zlarning о’rni va holati aniqlab berilgan. Jadvallardan iborat. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil Hisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralar nazariyasi hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag’ishlangandir.
«Ziji jadidi Kо’ragoniy»dan tashqari Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» («Tо’rt ulus tarixi») nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag’ishlangan beshta risola ham yozgan. Uning «Tarixi arba’ ulus» asari turkiylarning ajdod va avlodlari, mug’ul qabilalari hamda Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan Ulug’ yurt, Jо’ji, Chig’atoy va Elxoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag’ishlangan.
XV asrda Movarounnaxr va Xurosonda tarix fani ham keng rivoj topdi. Hofizi Abrо’, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshox. va boshqa kо’pgina tarixchilar Temuriylar davlatining ikki poytaxti Samarqand va Hirotda yashab ijod qildilar. Ularning asarlari Temuriylar davlatining tarixiga doir juda qimmatli va nodir manbadir.
«Zubdat tavorIX» muallifi Hofizi Abrо’, «Matlai sa’dayn va majmai baxrayn»ni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy о’z asarida Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davr voqealarini yoritdilar. Mirxond «Ravzat us-siyar va Xondamir «Habib us-siyar» kitoblarini yozib, о’z asarlarining bir qismini Sulton Xusayn xukmronlik qilgan davr voqealari bayoniga bag’ishladilar. О’sha davr tarixnavislaridan Muinuddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yozdi.
XV asrda Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ilmiy tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlarning ijodiy faoliyati, astronomiya va matematika fanlari sohasida qilgan kashfiyotlari, yaratgan nodir asarlari bilan ilm-fan taraqqiyotiga qо’shgan hissalarining salmog’iga qarab fikr yuritilsa, Ulug’bekning astronomiya maktabini о’z davrining akademiyasi deyish mumkin.
Ulug’bek tevaragiga uyushgan 100 - dan ortiq olimni о’z bag’rida yetishtirgan, nomi jahonga mashhur Samarkand rasadxonasi shu vazifani о’tagan. «Samarqand akademiyasi» dastavval bundan 225 yil muqaddam mashhur frantso’z faylasufi, yozuvchi va tarixchi olimi Volter (1694—1778) tomonidan e’tirof etilgan. Volter bu xaqda: «Ulug’bek Samarqandda bо’lib akademiyaga asos soldi, Yer kurrasini о’lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarini to’zishda ishtirok etdi», deb yozgan edi, Darhaqiqat, «Samarqand akademiyasi» 1010 yili Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganchda tashkil etilgan о’ziga xos akademiya — «Donishmandlar uyi» («Ma’mun akademiyasi»)dan keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm» edi. Bu Dor ul-ilmning poydevori bо’lgan Ulug’bekning astronomiya maktabi о’rta asrlar musulmon Sharq hamda endigina uyg’onayotgan Yevropa astronomiya fanining rivojiga katta ta’sir kо’rsatdi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qо’shgan siymolardan biri, ulug’ о’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alnsher Navoiydir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli bо’lib, otasi G’iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnaki va osoyishtaligi yо’lida kо’p ishlar kildi. Maktab, Madrasa, masjid va xonaqohlar, kо’prik, rabotlar, shifoxonalar kurdirdi, muhtoj va kambag’allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.
Navoiy ijodi boy bо’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Hamsa» ya’ni «Xayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun nafo-is», «Mahbubul qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug’atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomli she’riy tо’plam yaratgan bо’lib, u 45 ming misraga yaqin g’azal, ruboiy, qita va fardlardan tashkil topgan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bо’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya hakidagi fikr-uylari о’z ifodasini toptan.
Temur avlodidan bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) о’sha davrning eng ma’rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga kо’tarildi.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida о’z yurtini tashlab ketishga majbur bо’lgan Bobur avval Kobulda, sо’ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida Ibrohim Ludi ustidan g’alaba qozonib, Hindistonda о’z hukmronligini о’rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan orgiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bо’ldi.
Boburshox xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik о’rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’lar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bо’lgan davlat arbobi, olim va shoirdir.
Boburiylarning kо’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bо’ldilar, olimu fo’zalolar bilan maslahatlashib turdilar-Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni yukslIIshtirishga, aXil yashgashga chaqirishda bо’di..
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aro’z ilmiga oid «Mufassal*, musiqa bо’yicha «Musikiy», xarbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» о’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug’rofiyaei, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur о’zining lirik shs’rlarida ishq,, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, insoniylik, dо’stlik, yaxshilik va mehr-oqibatani kuyladi.
XIV-XV asrlar moldiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish о’sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar о’rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni о’rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir ham o’z ahamiyatini yо’qotgani yо’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |