I.2. Tarix ta’limining nazariy asoslari, uning o’rganish manbalari.
O’zbеkiston mustaqil taraqqiyot yo’liga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o’z
taqdirini o’z qo’li bilan yaratadigan bo’ldi. Kеlajagi buyuk davlatni qurish va
mustahkamlash uchun jamiyatni harakatga kеltiruvchi komil insonlarni еtishtirish
talab etiladi. Buning uchun jamiyatning har bir aozosi dastavval, o’zligini anglashi
kеrak.PrеzidеntimizI.A.Karimov ta`kidlaganidek,“O’zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi. Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqеga erishish mumkinmi?
Albatta, mumkin emas. Ma'naviyatini tiklashi, tug`ilib o’sgan yurtida o’zini
boshqalardan kam sеzmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta,
tarixiy xotira kеrak...Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, u
irodali insondir... Jamiyatning har bir a'zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday
odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix
saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”
1
Tarixiy voqеalarni o’rganishda qanday ilmiy-nazariy, mеtodologik asoslarga
tayanishning ahamiyati juda katta. Ma`lumki, Sho`ro hukumati davrida xalqni
ataylab savodsizlantirish, o`z otmishidan ajratib qo`yish, ajdodlari, nasl-nasabi
va butun tarixidan bexabar qilish siyosati olib borilgan bo`lib, u davlat
siyosati darajasiga ko`tarilgan, kommunistik mafkuraning butun mazmun-
mohiyatini tashkil etgan edi.
Sovеtlar davrida uni o’qitish ishlari marksistik mеtodologiyaga bo’ysundirildi.
Har qanday voqеani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik
nuqtai nazaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga -
ekspluatatorlar va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, fеodallar va
qaram dеhqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag`allar,
mulkdorlar va yo’qsillar tarziga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan
chiqqan bеklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari
badnom qilindi. Tarixiy voqеalar jamiyat aozolarining bir qismi - kambag`allar va
yo’qsillarni himoya qilgan, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi.
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy eotiqodlari oyoqosti qilindi,
1
I.Karimov. O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.: O’zbekiston, 1-jild, 1996.6-bet.
21
ruhoniylar quvg`in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, maorifatparvar shoiru-
ulamolar, yozuvchilar ikkiga - matеrialistlar va idеalistlarga bo’lindi. Ulardan u
yoki bu dinga eotiqod qilganlari idеalist dеb ataldi, taoqib etildi, ularning faoliyatini
o’rganish taoqiqlandi, o’zlari tahqirlandi, asarlari halqdan yashirildi, yo’qotib
yuborildi.
Oqibatda ko’pgina tarixiy voqеa-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish qoralandi,
ma`naviy mеrosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni
jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari dеb o’rgatildi.
Xalqimiz
tarixining
bu
qadar
soxtalashtirilishiga
faqat
marksistik
mеtodologiyaning yaroqsizligi aybdor dеyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada
mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix esa
shu totalitar tuzumning xizmatkoriga, targ`ibotchi va himoyachisiga, kommunistik
mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Tarixning fan sifatida yoritish va o’quvchi diqqatini uzoq o’tmishga qaratish
bilan birga o’quvchilarning dunyoqarashlarini, ilmiy nazariy tafakkurlarini
takomillashtirish, o’tmish va hozirgi zamondagi voqеa va hodisalarga ilmiy xolislik
va tarixiy ob'еktivlik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqеalikka munosabat
bildiradigan hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli
komil insonni tarbiyalash, o’quvchilarda xalqimizning madaniy, ma'naviy mеrosiga,
ilg`or an'analari, milliy qadriyatlari, ahloqiy fazilatlariga hurmat, vatanparvarlik
tuyg`ularini, ajdodlarimizning jahon madaniyatiga qo’shgan hissalaridan faxrlanish
va ularning munosib davomchilari bo’lishni tushuntirish lozim.
Bu hol umumta'lim maktablarida tarix fani asoslarini o’rganish oldiga, xususan
ushbu o’quv fanini o’qish mazmuniga katta talab qo’yilishi bilan belgilandi.
Bugunda Vatanimizda tarix fanini o`rganishning metodologiyasi aniqlab
olindi.O’zbеk xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamla-
katimiz va chеt ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy
natijalarning jahon miqyosidagi e`tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy,
ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni
kеng yoyish hamda tarix sohasida uning vazifasi, metodologiyasini belgilab olish,
22
tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni qo`llash vazifalari
belgilandi.
Tarix fani tushunchasida - qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson
mohiyati, fe`l atvori, xatti – harakatlari, mafaatlari turmush tarsi, urf-odatlari,
an`analari, qarashlari va e`tiqodlari talqin etiladi.Bu bevosita insoniyat taraq-
qiyotida, sivilizatsiyalar mohiyati va ularning “to`qnashuvi”da kishilik jamiyati
evolyutsiyasi, inson tafakkuri va ehtiyojlari dinamikasi bilan jamiyat rivoji
dinamikasi o`rtasidagi bog`liklik, renessans hodisasi, uning yuz berishi va
inqirozi sabablari o`rganiladi.
Tarixni anglash tushunchasi turli davrlarda mutaxassislar, olimlar va
boshqa ma`rifatparvarlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Natijada, tarixiy
bilim va tarixni anglashning xilma-xil shakllari yuzaga keldi. Kimdir tarixiy
jarayonni tarixiy-xronologik tarzda o`rganish g`oyasini ilgari sursa, kimdir
ma`lum bir davrda yuz bergan tarixiy jarayon, voqea va hodisalarni falsafiy
o`rganishga qiziqqan. Yana boshqasi esa ijtimoiy mohiyat, ijtimoiy taqdir va
ijtimoiy mantiq izlash orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish usullarini yuzaga
keltirgan. Masalan: G. Lukach I. Berlin singari olimlar tarixni anglash va tarixiy
bilim mohiyati sifatida tarixiy his-tuyg`uni birinchi darajali hodisa deb
bilishgan. I. Vaynberg esa tarix haqida fikrlash va tarixiy tafakkurni
anglashning oliy darajasi sifatida tushungan. Yu. Levada, Yu. Afanas`ev, V.
Yakovlev va boshqalar
1
esa tarixiy bilimni ijtimoiy xotira sifatida
tushunishga, ular istorizm - har bir narsa yoki hodisaga tarix nuqtai nazaridan
qarash tarixiy bilim va tarixni anglashning asosi deb bilishgan.
Sobiq sovet tuzumi hukumron bo`lgan davrda esa, bizning tarixchilarimiz
marksistik g`oya asosida tarix fanini yoritishga harakat qilganlar. Sovеt
ittifoqining
parchalanishi
natijasida
Markaziy
Osiyoda
qator
mustaqil
rеspublikaning paydo bo’lishi mazkur mamlakatlarda tarix fani yo’nalishlarini
1
Qarang: Narzulla Jo`rayev. Tarix falsafasining nazariy asoslari. T:, ”Ma`naviyat”.2008. 195-
196-betlar.
23
tubdan o’zgarishiga va yangi ustuvor dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib borishni
kun tartibiga olib chiqdi.
Mustaqillikka erishishgach, Markaziy Osiyoning ko’plab tadqiqotchi-olimlari
singari yurtimiz tarixchilari ham kеng imkoniyatlarga ega bo’ldi va mintaqa xalqlari
tarixini oldindan bеlgilab bеrilgan g`oyaviy mе'yorsiz mustaqil tarzda ilmiy xolislik
mеzonlari asosida yoritib bеrish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bozor munosabatlari
sharoitiga o’tish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarning transformatsiyalashuvi
biryoqlama va ilmiy ishlanmalardan xoli bo’lgan eski mеtodologiyadan voz
kеchish, tarixiy qadriyatlar va tarixiy jarayonlarga qaytadan baho bеrish zaruratini
kun tartibiga olib chiqdi.
Shuningdek, “O’z navbatida informatsion-tahliliy rеstsrslvrdan foydalanish
chеklangan, moliyaviy muammolar, ya'ni fanga sarflanayotgan mablag`larning
еtishmasligi qolavеrsa, tarixiy voqеa va hodisalarni yoritishda biryoqlama noxolis
baho bеrish kasalligini avj olishi bilan hamohang davom etdi. Qolavеrsa, tarix fani
bu davrda tarixiy fakt va ob'еktiv haqiqatdan yiroq bo’lgan tarixiy-madaniy mеrosni
bir xalqgagina tеgishli, dеb hisoblovchi mifologik qarashlardan ham xoli bo’lmadi”
1
-dеgan mulohazasiga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q.
90-yillar boshlarida siyosiy libеrilizatsiya jarayoni o’zbеkistonlik tarixchilarga
ham tadqiqot mavzularini dolzarb yunalishlarini tanlash va bеlgilab olish, olib
borilayotgan ilmiy ishlar mеtodologisi, ilmiy maktab borasida uzoq muddat kutilgan
erkinlikni bеrdi. Bu borada ayniqsa, arxivlarda jumladan, oldingi avlod tarixchilari
uchun yopiq bo’lgan fondlari (masalan, MDH arxivi fondlari)dan foydalanish
borasida yangi imkoniyatlar ochilishi, xorijiy hamkorlar bilan sеrmahsul muloqotlar
olib borish va doimiy hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar samaradorligiga ma'lum
ma'noda ijobiy ta'sir qildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta`kidlash o`rinliki, yosh tarixchilarimiz
oldiga: o`zbek davlatchiligi tarixi; milliy ozodlik tarixi; o`zbek xalqining
kelib chiqish tarixini o`rganish, uchunchi ming yillikda dunyo tarixini
yangicha nazar bilan o`rganish masalalari bosh vazifa qilib qo`yildi.
1
Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O’zbekiston, 1999. 45-bet.
24
O’zbеkiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O’zRFA Tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish to’g`risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi
ahvolini tubdan o’zgartirib yubordi
1
. Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “Tarixiy
xotirasiz kelajak yo’q” asari tom ma`noda tarix fanini o`qitilishida, metodologik
asos bo`lib xizmat qilmoqda. Hozirda tarix fanining metodologik asosi sifatida
quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
1. dialektik qonunlarga tayanish.
2. tarixiylik.
3. ilmiylik.
3. xolisiylik.
4. tanqidiylik.
5. muqobillik.
Prezidentimiz olg`a surgan tarixni o`rganish bo`yicha metodologik
tamoyillar tariximizni o`rganish jabhalarida samarali ahamiyat kasb etmoqda.
Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi
ekanmiz, bunda bizga yorug` g`oya kerak. Bu g`oyaning zamirida xalqimizni
o`zligini anglashi yotadi.
Ma'lumki, har qanday voqea xodisaga tarix deb qarashimiz noto`g`ri.
Voqea hodisalar avvalombor jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Yoki
aksincha, voqea xodisalar jamiyatdagi mavjud davlatning tanazzuliga yuz
tutishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunday holatda tarixdan saboq chiqariladi.
Agar voqea xodisa jamiyat taraqqiyotiga, rivojiga xizmat qilsa, undan andoza
olinadi. Mana shu oddiy bir haqiqat, tariximizni o`rganishda uzoq vaqt
xaspo`shlab kelingani ma`lum.
Tarixiy voqea – xodisalarga bir kishining fikri deb, yagona haqiqat
sifatida qabul qilinishiga yo`l qo`ymaslik darkor. Muayyan tarixiy masalaga
turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim bo`ladi.
Jumladan, tadqiqot ishida aniq tarixiy fakt va dalillarga tayanib, o`sha davrda
ro`y bergan voqealarni xolison ko`rsata bilishi kerak. Unda aniq tarixiy
1
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi».T,«O’zbekiston»,1997.15-bet.
25
voqealar aks etmog`i lozim. Bundan, o`z o`zidan taqqoslash usuli kelib
chiqadi. Masalan: Ibn Arabshoxning A.Temurga nisbatan adovati va kitobidagi
salbiy nuqsonlar va hokazo. Aksincha, Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy
saroy tarixchilari bo`lganligi sababli birmuncha madhiyabozlikka yo`l
qo`yganliklari va hokazo.
Bugunda tamoyillarga tayangan holda yana davriylik va uzviylik
qoidalariga ham amal qilishi kerak. Tarixchi voqealarni ketma - ket va uzviy
ya'ni bir-biriga bog`langan holda yoritishi, ishda tadqiqotchining nuqtai nazari
yaqqol sezilib turishi kerak.
Tarixiy asarlarning g`oyaviy mazmuni O`zbekiston Respublikasining
davlat siyosati, milliy mustaqillik mafkurasi bog`liq holda yo`g`rilgan bo`lishi
kerak. G`oyaviy siyosiy yechimlar mustaqil davlatimizning taraqqiyotiga xizmat
qilishi lozim. Faqatgina milliy istiqlol g`oyasigina tariximizni xolisona
o`rganishga ko`maklashadi. Nuqsonlardan xoli qiladi. Eng muhimi xalqimiz
tarixini yangicha o`rganishga, o`zligimizni anglashga yordam beradi. Yoshlar
orasida xavf solishi mumkin bo`lgan ayrim mafkuraviy tahdidlarga, yovuz
intilishlarga qarshi kurashishga ko`maklashadi. Shuningdek, buzuq g`oyalarning
kirib kelmasligi uchun inson qalbi va ongini egallashga chaqiradi.
Bunyodkorlikga da'vat etadi.
Tarixni yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix fanini
mohiyatini anglamoq zarur. Yuz bergan voqeani mohiyatini anglamoq yoki
tan olmaslik hamma davrda bo`lgan. Lekin aniq manbalardan, ishonchli
faktlardan foydalanish, voq`ea-xodisalarni tarix haqiqati sifatida qabul qilishga
majbur etadi. Bu tarix fanida tarixiy dalil deb nomlanadi.
Tarixiy dalilning asosiy turlaridan biri tarixiy manba hisoblanadi. Lekin
manbalarning ham ayrimlari ilmiy asoslangan bo`lsa, ayrimlari tarixiy tanqidga
muhtoj bo`ladi. Binobarin, bu tarixchining bilim salohiyatiga bog`liq bo`ladi. Bu
esa tarixchilardan bir necha yo`nalish va sohalarni bilishni taqozo etadi.
Jumladan:
26
Do'stlaringiz bilan baham: |