O’quvchilarda shakllantiriladigan asosiy ko’nikma va malakalar:
hodisalar, jarayonlarning jahon tarixining muayyan davriga taalluqli
ekanligini aniqlash, mavzularga doir sinxron jadvallar tuzish;
xaritani o’qish paytida mamlakat hududi tarkibidagi o’zgarishlarni,
xo’jalikdagi yangi xususiyatlarni aniqlash;
tarixiy dalillarni bayon qilish va ko’rgazmali aks ettirish asosida tahlil
qilish, aholi guruhlari, katlamlarining eng muhim bеlgilarini bilib borish, bir turdagi
tarixiy hodisalar, jarayonlarni taqqoslash, tarixiy voqеalarni sabablarini, ahamiyatini
umumlashtirish, o’z xulosalarini bir nеcha manbadan (o’qituvchining hikoyasi,
darslik, ko’rgazmali quroldan) olingan dalillar bilan asoslash;
darslik va hujjat matni, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, darslik matni
bo’yicha murakkab rеja tuzish;
darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy hodisalarga tavsif bеrish, ularni
baholash;
boshqa o’quvchilarning javoblarini og`zaki tahlil qilish;
arxеologiya, antropologiya, etnografiya fanlarini bir-biridan farqlay olish;
moddiy va ma'naviy madaniyatni bir-biridan farqlay olish, ularning tarix
fanidagi ahamiyatini aniqlash;
diniy e'tiqodlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini tahlil qilish.
“Xalqimizning otashqalb farzandi” kitobida I.A.Karimov o’zining Vatan
tarixiga qarashlarini izchilik bilan rivojlantirib, quyidagilarni ta`kidlaydi: “Bugungi
zamon bahosini bеrish uchun avvalambor, kеchagi kunga - o’tmishga nisbatan
qanday munosabatda ekanimizga baho bеrish kеrak”
1
.
Shu kitobida yana bir fikrga diqqat qilish joizdir. “Biz yangi hayot uchun bеl
bog`ladik, biroq o’tmishga malomat toshlarini otmadik. Halqimizning o’tmishga
1
Karimov I.A.Jamiyatimiz mafkurasi xalqni– xalq, millatni - millat etishga xizmat etsin.-T.:
O’zbekiston, 1998.12-bet.
18
tosh otish - gunohi azim, dеgan asl aqidasini yodda tutdik... o’tmishni taftish qilish
yoki uni inkor etish - o’z ildizimizni o’zimiz kеsishimiz bilan barobar ekanligini
yaxshi angladik...”
1
. Hеch mubolag`asiz aytish mumkinki, ushbu so’zlar yosh
tarixchi - tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun saboq bo’la oladi:
O’zbеk xalqining ezgu orzusi ro’yobga chiqib, o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi.
Mustaqillik tufayli uning boy madaniy o’tmishidan saboq olish, Vatan tarixini
chuqurroq va izchil tadqiq etish va qimmatli xulosalar chiqarish alohida ahamiyat
kasb etmoqda. Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “...tarixga murojaat qilar ekanmiz,
bu xalq xotirasi ekinligini nazarda tutishimiz kеrak. Xotirasiz barkamol kishi
bo’lmaganidеk, o’z tarixini bilmagan kishining kеlajagi ham bo’lmaydi”
2
, --
dеganlari ayni haqiqatdir.
Ma'lumki,O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi
Prеzidеnti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasi qoshida
“O’zbеkistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g`risida”gi
Farmoni, 1996 yilning 16 dеkabrida esa O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar
Mahkamasining “O’zbеkistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish
to’g`risida" qarori e'lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-
mеtodologik yo’nalishlari ko’rsatib bеrildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:
- xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog`liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni
chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;
-O’zbеkistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish;
-yangi tarixni yaratishda tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
-O’zbеkiston xalqining buyuk tarixiy mеrosga ega ekanligi va umumbashariyat
qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat
qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga
olish;
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. –T.: Sharq,1998. 15-bet
2
Shu yerda: - 18-бet.
19
- “O’zbеkistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda
biryoqlama, subеktiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga
amal qilish;
- “O’zbеkiston tarixi"ga oid voqеa-hodisalarni yoritishda uning ko’hna Turoni-
zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:
- O’zbеkiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-
tarixiy voqеa-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog`liq
ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro ta`sirini hisobga olish;
- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshеvistik mafkura aqidalariga va
o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;
- yoshlarni milliy istiqlol g`oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda tarixiy voqеa-hodisalarning ahamiyatini e`tiborga olish;
- o`qitishning yangi uslub va metodlarini yaratish va tatbiq etish.
O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbеkiston Rеspublikasi
Fanlar Akadеmiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g`irisida”gi 1998
yil 27 iyulda e`lon qilingan qarori Rеspublikamizda tarix fanining qaytadan
tiklanishi va rivojlanish hamda yangicha o`qitilishi va o`rganilishi bo`yicha yo`l
ochib berdi.
Shunday qilib, tarix fanida yangi paradigmalarning shakllanishi birinchidan,
siyosiy jarayonlar tarixchining ijtimoiy mavqеidan boshlab ijtimoiy fanning
infrastrukturasini o’zgarishiga olib kеldi; ikkinchidan, yangi ilmiy qarashlarning,
yondashuvlarning shakllanishiga rеspublika fanining dunyoga yoyilishi, chеt eldagi
axborotlarning kirib kеlishi, milliy kadrlarning yangilanishi, yangi va eskicha
qarashlarning kurashlari, arxiv manbalarining ochilishi, to’ldirilishi, fan moddiy
bazasini noakadеmik vositalar hisobiga (xorijiylarni ham) yaxshilanishi o’z ijobiy
tomonlariga ega bo’ldi. Ayniqsa, xorijiy ta`lim tizimini tajribasini o`rganish,
kelajakda shu davlatlar bilan raqobat qilish imkoniyatlarini ochb bermoqda.
O`quv darsliklarni yangi avlodini yaratishga ko`maklashmoqda.Ta`lim tizimida
o`tkazilayotgan islohatlarni samaradorligini ta`minlamoqda.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |