«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


Tarixiy xotiraning tiklanishi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

 Tarixiy xotiraning tiklanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi
dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni
tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda
ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan, sivilizatsiyaga erishmasdan
mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.
Bugungi kunda davlatimiz taraqqiyoti yo’lida yangi renessansga qadam qo’yish
ustida keng ko’lamdagi ishlar olib borilmoqda.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va
inson manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq
o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.
O’zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya'ni buyuk
rivojlanishni) o'z tarixiga muhrlab qo'ydi. Birinchi uyg'onish davrida (IX-XIIasrlar)
ilmiy va diniy bilimlarning uyg'unligi asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk
kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan o’chog'iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Al-
Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga
ko'targan bo'lsalar, At-Termiziy, Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g'oya va
qadryatlarimizga uyg'un holda rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida
«hadis ilmining sultoni» sifatida e'tirof etildi.
Mamlakatimiz Islom ilmining markaziga aylandi. Islom dinidagi hanafiy
mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o'zbek xalqining milliy
g'oyasiga mos holda rivoj topdi.
Ikkinchi uyg'onish XIV-XVI asrlarda o'zbek davlati dunyoda eng rivojlangan,
kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» g'oyasi esa
mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk
allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga ko'tardi. Bugun g'arb olimlari 500 yil
oldin o'rganilgan mavzuni inson omili, inson huquqi masalasini antropologiya fani
tarkibida katta qiziqish bilan o'rganishmoqda. Bugun uchinchi uyg'onish - Mustaqil
O’zbekiston davri boshlandi. U 1989 yildan O’zbekistonning eng yangi tarixi davrini
100


boshlab berdi. Bugun o'zbek xalqining milliy g'oyasi huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatining rivojlanish g'oyasiga aylanib, O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida
sodir bo‘ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu
to‘yga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat
bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etila
boshlandi. Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna
asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi.
Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda
ulug‘ bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas
ziyoratgohiga aylandi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat
bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-
yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi Parijda
keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga
aylanganligi nishonasidir. 1996- yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng
miqyosda nishonlandi. Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash
to‘g‘risida farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha
davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma 
adabiyotlar
 ilmiy muomalaga
kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va
shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda
Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, Nukusda
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Islom olamining
zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin
Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning
ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy,
Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi,
Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja
Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi
tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-
yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan
yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy
g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan
Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining
nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Islom Karimov
tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini
abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on
qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning
farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo
etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani
tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 
101


O'zbek xalqining ma'naviy merosida insonparvarlik g'oyalari singdirilgan.
Ajdodlarimiz insonparvarlikni fan darajasiga ko'tarishgan. Forobiy - «fozil inson»,
Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband - «Orif inson», Alisher
Navoiy - «komil inson» ta'limotlariga asos solishgan. Bugun ham, o'tmishda
bo'lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa xalqlarga saboq berishi
mumkin. Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari kuchayotgan sharoitda asosiy
muammo yot, buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushmasdan, g'oyaviy bo'shliqqa yo'l
qo'ymasdan, ma'naviy merosimizga, milliy g'oyamizga sodiq qolishdir.
O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida
oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari
mustaqillikning dastlabki yillarida ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan
boyitildi. Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-
etnografik dastalarning o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va
skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining
festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda. Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat
turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek
tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va
muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy davlat hokimiyati,
mahalliy hokimiyatv va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarda ish geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va
o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta
tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha
millat va elatlarning tili, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan.
O’zbekistonda millatlararo totuvlik Konstitusiya va qonunlariga singdirilgan.
Jumladan, bosh qomusimizda «O’zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida belgilab
qo'yilgan, (8-modda).
145 dan ziyod milliy - madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan
aytganda kichik BMTlar) millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq etmoqda.
«Yagona oilada» («V edinoy semie») jurnali nashr etilmoqda. Ruslarning
«Maslennisa», tatar boshqirdlarining «Sabanto'y», uyg'urlarning «Sayil», bayramlari 
xitoylarning «Chunuze» yangi yili, koreyslarning «Soller» va “Ovoli – tano”
bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida «Biz yagona oila
farzandlarimiz», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir», «O’zbekiston umumiy uyimiz»
shiori ostidagi fistivallar o'tkazilmoqda. O’zbekistonda etti tilda: o'zbek, qoraqalpoq,
rus, tojik, turkman, qirg'iz va qozoq tillarida ta'lim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz
tilda (o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, koreys tillarida) nashr
etilmoqda. Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti. Islom Karimov iborasi
bilan aytganda millatlararo totuvlik O’zbekistonning dushmanlari ko'ra olmaydigan
eng katta boyligidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan
insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning
o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom
Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm
viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada
Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf
102


xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan
ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon
va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi.
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va
madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi
Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi
Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida
2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar
bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini
abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston
poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va
Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi
shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va
rahnamoligida Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik
majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan
Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y
yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik
ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-
yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa
Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish