«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


 XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

 5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi
nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar
.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab
yoshlarga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil
12


ravishda amaliy hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati,
asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy
kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda
yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va
yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal
qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Bu borada
yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng
zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib,
XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun
zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadi qo‘yilgan. SHu nuqtai
nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining
muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini
modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida
hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0 foiz
foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, ya’ni
O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yuksak
bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu
borada to‘plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida
ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda Ta’lim
sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
bo‘yicha 1997 yil amalga oshirilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
”, katta ahamiyat
kasb etadi. SHuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy ilm-fanni puxta egallagan
raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan o‘zgartirish, xalqaro
tajribalar asosida ta’lim sifatini yangilash masalasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini
rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari belgilab
berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika,
kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni
chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy
hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa muhim
va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”ga alohida
ahamiyat qaratilgan. Shu bois, O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy
13


e’tibor berilib, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil
etgan holda, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib
borish muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali
mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali,
uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy
qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz
qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan
dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida
ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish,
kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz
ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni
fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki
fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har
tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun
loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion
loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga
erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona
bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual
salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib
voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga
va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘maydi.
Axborot texnologiyalari tufayli uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson bo‘lmoqda.
Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda
yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama
tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz,
zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri
kelmaydi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday deydi: “Bugungi kunda yon-
atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy
migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib
borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati
yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz
uchun o‘z dolzarbligini va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib
qolmoqda”. Binobarin, hukumatimiz bunday yoshlarni tarbiyalash va ular bilan
ishlashda, istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga
begona bo‘lgan turli ko‘rinishdagi ijtimoiy illatlardan asrab, zamonaviy bilim va
tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak,
komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik
maqsadlarga erisha olishiga qaratadi.
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor,
g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi,
xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib
14


bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi,
intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar
qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni
yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni
iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy
qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda
huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat
qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda
jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi
jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda
yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik
yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy
jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik
nuqtai nazaridan 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish