So`z boshi
Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish- ta`lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim. I. A. Karimov.
Rivojlanishning o`z yo`lida jadal suratlar bilan borayotgan mustaqil Vatanimizda barkamol avlod tarbiyasi, ma`rifatli va yuksak ma`naviyatli fuqarolarni yetishtirish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biridir. Bu borada Prezidentimiz juda chuqur va keng qamrovli ma`no – mazmunni mujassam etgan ma`naviyat tushunchasiga quyidagicha ta`rif bergan; “Ma`naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e`tiqodini butun qiladigan, vijdonni uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
Jamiyatning ma`naviy salomatligini ta`minlashda ta`lim – tarbiya o`chog`I bo`lgan maktab muhim rol o`ynaydi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug`I maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir. Har bir ustoz, har bir pedagog yosh avlodni ko`p asrlik milliy madaniyatimiz va tariximiz, shuningdek zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida tarbiyalash ishiga o`z hissasini qo`shishi, samarali maktab poydevorini qurishi, mustahkamlashi lozim. Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatish, uzluksiz o`rganish uchun ma`qul muhit shart- sharoit, yaratishdan iborat. Zero o`qituvchining o`zi ham doimiy ravishda o`z ustida ishlashi, pedagogik mahoratni uzluksiz oshirib borishi, jahon va milliy pedagogic meros hamda ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta`lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim.
Ta`lim samaradorligini oshirishda hamjihatlik madaniyati va muhitni yaratish katta ahamiyat kasb etadi. Hamjihatlikda ishlash uchun har bir pedagog o`z kasbining mazmun mohiyatini anglashi, kasbdoshlarini tushunishi kerak.
Bugungi kunda “Qanday qilib samarali o`qitamiz?”. Bunda hamkorlikda ish olib borishimiz lozim.Har bir o`qituvchi zamon bilan hamnafas bo`lishi, bugungi kun talabiga javob berishi lozim. Buning uchun uzluksiz o`rganishi, o`z kasbiy layoqatini takomillashtirib borishi zarur.
Inovatsion texnologiya - ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogic jarayonlarni loyihalash va amalda qo`llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari .Uning asosiy maqsadi ta`lim jarayonida o`qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Men o`z darslarimda Interfaol usullarni qo`llab boraman, bu o`quvchilarni faolligiga, erkin va mustaqil fiklashiga chorlaydi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi.
Ma`lumki, hozirki kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo`lib, ularning aksariyati tajriba - sinovlaridan o`tib, yaxshi natija bergan.
Eng asosiylardan biri bu- kichik guruhlarda ishlash. Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`lingan holda ishlaydi, o`quv topshirig`I alohida bir o`quvchiga emas, balki barcha a`zolariga beriladi. Guruhlarning har bir a`zosi topshoriqni bajarishga o`z hissasini qo`shishga harakat qiladi.
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan darslar o`quvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o`z munosabatlarini bildirishga intilishlarini tarbiyalab, o`z nuqtai nazaridan asoslashga imkoniyat beradi. Inavasion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.
Interfaol darslarda o`qituvchi o`quvchilarni faoliyatini dars maqsadiga yo`naltiradi bu usullarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogic hamkorlikjarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, dars jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlari doimiyligi ta`minlanishi, o`qituvchi va o`quvchilarning hamkorligidagi faoliyatining doimiy ravishdatashkil etilishini ta`minlaydi. Men darsga tayyorgarlik ko`rish mobaynida o`quv vositalarini darsimning rejadagi mavzusiga qarab tanlayman va asosiy e`tiborni qo`laydigan metodlarim va tanlagan o`quv vositalariga qarataman. O`z darslarimda har bir mavzuga mos yangi usullar va texnik vositalaridan o`z o`rnida va unumli foydalanaman. Bu esa o`quvchilarni mustaqil bilim olishga, berilgan aniq mavzu bo`yicha atroflicha fiklashga va ijodiy faol bo`lishga yo`naltiraman.Hozirgi kunda keng qo`llanadigan usullar “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Debat”, “U kim Bu nima”, “Xotira mashqi”, “eslab qol”, “Sirli sandiqcha”, va boshqa usullardan foydalanib boraman . Dars davomida kelib chiqqan muammolarni inovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali oson yechimini toppish mumkin.Tasviriy san`at darslarimda o`quvchilarni darsdagi faoliyatini aniq bir maqsadga yo`naltirib har bir darsmda puxta tayyorgarlik ko`rgan holda zamonaviy pedagogic texnologiyalar assosida olib boraman va o`quvchilarimni ko`proq tasavvurdan rasm ishlashga o`rgatib boraman Natyurmort, manzara , animalistik , mayishiy, portret janrlaridan va boshqa mavzularga oid slaydlar tayyorlab ko`rsataman.O`quvhilarni har bir javobini o`z vaqtida rag`batlantirib boraman. Dars davomida o`quvchini o`rganilgan mavzu yuzasidan fikr bildirishiga undayman, taklif va mulohazalarini, istedodini namoyish qilishga bo`lgan urinishlarini qo`llab - quvvatlayman, buning uchun sharoit va imkoniyat yaratishga harakat qilaman.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek AKTdan foydalanib dars o`tish yaxshi samara beryapti. AKTdan , internetdan electron darsliklar orqali darslar olib borissh hamda slaydlar, videofilmlar foydalanish.Har bir pedagog kopyuter haqida tushunchaga boy bo`lishi , ishlatish prinsiplarini bilishi o`rganishi shart.
Dars loyihasi-- oqituvchi tomonidan dars otish rejasi bo`lib, ma`lum darsning aniq rejasi, didaktik materiallar,( darslik, tarqatmalar, test va nazorat savollari)ni qamrab oladi.
Ta`lim- tarbiya bir joyda to`xtab qolmaydi, u doimiy takomillashib boradi, o`sib kelayotgan yosh avlodga tasviriy san`at sirlarini yangicha usullarda o`rgatishni o`z vazifam deb bilaman.
Maktabda o`quvchilarning grafik savodxonligini rivojlantirish muammolari.
O`quvchilardagi asosiy grafik bilimlar va malakalarning shakllanish saamaradorligini o`rganish g`oyat muhim masalalardan biridir.
O`quvchilarda grafikaviy bilim, malaka va o`quvlarini tarkib toptirish va maktabda o`quvchilarning grafikaviy tayorgarlik istiqbollari bilan bog`liq masalani ilmiy asoslash ob`ektiv haqiqatning muhim xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. O`quvchilarning grafikaviy savodxonligini oshirish shuning uchun ham zarurki, ilmiy- texnika taraqqiyoti sharoitida insonnig predmer va ob`tktlarning real xususiyatlariga ko`ra abstraksiyalashning har xil dasrajasidagi drafikaviy modellari bilan ish ko`rish qobilyatiga bo`lgan talablar kun sayin oshib bormoqda. SHuning uchun ham keying yillarda “inson va texnika” sistemasida psixologlarning visual tafakkur jarayoniga, pedagog va metodistlarning ta`lim jarayonida informatsiyaning grafikaviy vositalardan foydalanishning usul va uslublarini shakllantirish muammosiga qiziqishi ortmoqda. Hozirda chizmachilikni o`qitish jarayonida nazariy asoslangan va ta`limning ko`p yillik amaliyotida sanalgan metodik yo`l – yo`riqlarga amal qilish kerak. Bularning eng asosiysi, to`g`ri burchakli proyeksiyalash bilan aksonometrik proyeksiyalashni parallel ravishda o`rganish, geometrik, proyeksiopn va texnikaviy chizmachilikning bir butunligini to`g`ri anglashdan iboratdir.
O`qitish jarayonida o`quvchilarning tafakkurini rivojlantirish sohasida hozirgi vaqtgacha qilinayotgan ishlarni yanada takomillashtirish lozim. Bu- bolalarni faqat bilimlar sistemasi qurollantiribgina qolmay, balki ularda fikrlash faoliyatning turli grafikaviy masalalarini yechish bilan bog`liq bo`lgan usullarni sshakllantirish ham kerakdir.Grafikaviy va amaliy ishlar fikrlashga turlicha va ko`p planli grafikaviy masalalarni yechish bilan bog`liq bo`lgan usullarni shakllantirish kerak.
Darslarda muammoli ta`limni qo`llash: Tasviriy san`atda animalistik janr mavzusi misolida
Ta`limda yangi ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish ustuvor masala. Ta`limning bu usuli o`quvchini faollashtiradi. Bu borada induksiya usulining samaradorligi yuqori bo`lib, unga ko`ra o`quvchilarga tayyor ma`lumotlar berilmaydi, balki ma`lum materiallarni tahlil qilish natijasida o`rganilayotgan mavzuga oid terminlarni tinglovchi o`zi chiqaradi. Bu esa mavzuning ongli o`zlashtirishiga yordam beradi. Dars jarayonida muammoli ta`limni amalga oshirish ham shu maqsad yo`lida xizmat qiladi. Buni biz 5-sinfda “Tasviriy san`atda animalistik janr” mavzusini o`rganish misolida ko`rib chiqamiz.
Mavzuni o`rganish mavzu nomini ochib berishdan boshlanadi.
Darsning maqsadlari;
-
Ta`limiy- o`quvchilarning qalam va mo`yqalam bilan ishlashga o`rgatish va animal janrda rasm chizish qoidalarini o`rgatish, turli hayvonlarning, qushlarning rasmini chizishga o`rgatish o`quvchilarda animalistik janr bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilish.
-
Tarbiyaviy – o`quvchilarda tabiatga bo`lgan munosobatini va turli jonivorlarga nisbatan mehrini, yaxshilik istaklarini tarbiyalash.
-
Rivojlantiruvchi – o`quvchilarda rasm chizishning animal janrda ham asarlar yaratish mumkinligini, tirli yovvoyi va uy hayvonlarini chizish malakalarini rivojlantirish.
Darsning faoliyat turi – Borliqni idrok etish, rasm chizish.
Dars turi: Yangi bilimlarni o`zlashtirish.
Dars metodi; Krasvord, klaster, “Zukkolar’ o`yinlari.
Darsning jihozi: Rassomlar ishlagan qushlar va hayvolar rasmlari, qush rasminio chizish bosqichlari ko`rsatilgan plakat va tayyorlangan slaydlar proyektr ekran.
O`quvchilar uchun jihoz; rasm albomi, qalamlar, akvarel bo`yoq, qil qalam toza latta va boshqalar.
Darsning oltin qoidasi.
A – Ahillikda gap ko`p
N – Nega jimsan – uyg`on!
I – Iqtidoringizni namoyon qiling.
M – Marraga oz qoldi, olg`a!
A – Aqlni ishlating!
L - loqayd bo’lmang
Darsning rejasi;
Tashkiliy qism - 3 (daqiqa)
O`tilgan mavzuni mustahkamlash - 13 (daqiqa)
Animalistik janr bo`yicha suhbat - 14 (daqiqa)
Amaliy ishlarni bajarish, rasmlar chizish – 15 (daqiqa)
O`quvchilarni b aholash -5 (daqiqa)
Darsning borishi; Salomlashish.
Fanlar ichra bebaho,
Maftunkorsan go`zalsan.
Seni jondan sevamiz,
Sensan tasviriy san`at.
Qani o`quvchilar bugun sinfda kim navbatchi; navbatchi axboroti tinglanadi. O`quvchilar jurnalda qayd qilinadi.
O`tilgan mavzuni so``rash. Bunda sinfdagi o`quvchilar guruhlarga bo`linadi va guruhlarga bo`linadi. Guruhlar o`zlariga nom tanlaydi va tariff berib o`tadi.
1 –guruh: Musicha; 2- guruh O`rdak , 3 - guruh Laylak; 4-guruh: Qaldirg`och; 5-guruh: Semurg`
Otilgan mavzuni mustahkamlashda beshala guruhga ham savollar beriladi.
1 . SHarqona inshootlardan hisoblangan “ Ulug`bek madrasasi “ qayerda joylashgan?
2 - SHarqona uslubida qurilgan zamonaviy obidalarni ayting?
3 – Sharqona shahar eskizini tasvirlashda nimalarga e`tibor berish kerak?
4 - Buxorodagi me`moriy obidalarni ayting.
5 - Somoniylar maqbarasi nechanchi asrda qurilgan?
Krasvord usulidan foydalaniladi.
Yangi mavzu bayoni: Animalistik janr bo`yicha suhbat.
1-muammoli vaziyat:
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar aytingchi “animal” so`zi qanday ma`no anglatadi?
O`quvchilar ingliz tilidan egallagan bilimlarini ishga solgan holda uammoni yechishga harakat qiladilar. U lotincha “ anima” - hayvonot olami degan ma`noni bildiradi.
O`qituvchi: Xo`sh bu javoblaringizdan kelib chiqib tasviriy san`atda ishlatadigan “Animalistik janr” orqali nimalar tasvirlanar ekan?
O`quvchilar: Bunda qushlar va hayvonlar tasvirlanadi.
O`qituvchi; Qani aytingchi o`quvchilar boshlang`ich tabiat darslarida qushlar va hayvonlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lgansiz, unday bo`lsa, qush va hayvonlar necha guruhga bo`lib o`rganiladi?
O`quvchilar: Biz hayvonlar va qushlarni ikki guruhga bo`lgan holda o`rganamiz, bular uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar; xonaki va yovvoyi qushlarga bo`linadi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar biz bugun tasviriy san`atning animalistik janri bo`yicha rasm chizamiz va suhbatlashamiz . Bu janr topganingizdek, qushlar va hayvonlar haqidadir . Sizlar qanday qushlar va hayvonlarni bilasiz. Qushlar ham hayvonlar ham ikkiga bo`linadi. Xonaki va Yovvoyi turlarga bo`linadi.
O`quvchilar: - qaldirg`och, musicha, bedana, layalak, chumchuq, kakku, qarg`a, turna va boshqalar. Hayvonlar esa ot, sigir, echki, tulki, ayiq, sher va boshqalar.
2-muammoli vaziyat: Qani o`quvchilar bu qush hayvonlarning foydali va zararli tomonlarini aytib bering?
O`quvchi - Hamma qushlar va hayvonlarning foydali tomonlari ko`p . Qushlar turli hasharot va zararkunandalardan tabiatni, odamlardan himoya qiladi. Hayvonlar esa tabiatning sanitarlari deb bilishadi.
O`quvchi - Hayvonlardan sigirni olsak u bizga sut beradi.Qo`ydan go`sht va jun olamiz. Boshqa hayvonlardan ham muyna terilardan foydalanamiz.
O`qituvchi - Qanday qushlar bizga qachon uchib keladilar?
O`quvchi - Qaldirg`och, laylak, turna, kakkular bahorda uchib keladi.
O`qituvchi -Animalistik o`zgacha tasviriy san`at turidir. Animalistik rassomlar hayvonot dunyosiga zo`r qiziqish bilan sevgi va mahorat bilan yondashadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamyatga ega bo`lganlar. O`sha davrda ular ular g`orlarning devorlariga kiyik, qo`tos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimgi Yaponiyada va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVII asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvir Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishlab chiqdilar. Qadimda rassomlar hayvonlarni rasmini chizishdan boshlaganlar . Turli jonivorlar rasmini chizish ko`plab to`plamlarda qolgan . Qadimgi Misrliklar jonivorlarni tasvirlash takrorlanmas monumentallik va yuksaklikka ega bo`lgan chuku ular ko`plab jonovorlarni o`z xudosidek bilganlar.Rossiyada birinchi animalist- rassom I. Groot edi. Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V. A. Vatagin o`zining asarlarida to`rt oyoqli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi. O`rta Osiyodagi dastlabki Haykaltaroshlik yodgorliklari Knyaz Romanov saroyi (Toshkent) oldiga o`rnatilgan hayvonlar haykali ( it, kiyik), Mohi Xosa (Buxoro) eshigi oldidagi haykallari hisoblanadi.
3-muammoli vaziyat
Qushlar va hayvonlarni chizish uchun albatta bosqichlardan foydalanish lozim Xo`roz, o`rdak, chumchuq, kaptarlar rasmi ham bosqichli chiziladi. Bunda ham qushlarning umumiy gavdasi tuxum shaklini olib qog`oz varag`iga joylashtirilishi bilan belgilanadi. SHu qoida asosida xomaki tasvir (nabroska ) ishlansa qo`l yaxshiroq o`rganadi. O`quvchilar sizlarga hozir tarqatmalar beriladi. Bu tarqatmalarni siz shunday joylashtiringki, qush rasmining chizish bosqichlari nabroskadan bo`yash bosqichigacha keltirilsin va ish yakunlansin.
Guruhlar “Zukkolar bahsi” shartida bu muammoli vaziyatni hal qiladilar. To`g`ri javob proyektor ekran orqali ko`rsatiladi. Tez va aniq bajargan guruh rag`batlantiriladi.
Darsning mustahkamlash qismida o`quvchilar korgazmalarda bergan yoki o`zlari yoqtirgan qush va hayvonlar rasmini rasm daftarlariga chizadilar. o`quvchilarning mustaqil ishlari davomida o`qituvchi ularni kuzatib yuradi. Xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilsa, ularni tuzatish yo`llarini ko`rsatib boradi. Dars yakunida o`qituvchi chiroyli va to`gri chizgan o`quvchilarni rag`batlantiradi.
G`olib guruh aniqlanadi, darsda ishtirok etgan o`quvchilarga “5”, “4”, “3”, “2”, “1” ballar beriladi.
Uyga vazifa; Animalistik janrdagi rasmlardan to`plash vaba`zi hayvon rasmini chizib kelish.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini kompetensiyaviy yondoshgan holda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy san`at va chizmachilik fanlarining o`qitilishida quyidagi kompetensiyalarni shakllantirish lozim:
- kommunikativ kompetensiya;
- axborot bilan ishlash kompetensiyasi;
- shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi;
- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
- umummadaniy kompetensiyalar;
- matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyalari
Darslar jarayonida har bir mavzuga mos tarzda kompetensiyani tanlab, o`quvchi ongiga singdira olish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. Yuqorida berilgan darsda ham axborot bilan ishlash kompetensiyasi, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalari shakllantiriladi. Jumladan, rasmlarni chizish jarayonida o`quvchi shaxs sifatida o`z-o`zini shakllantiradi, o`zining hislarini iqtidorini, mahoratini qolaversa dunyoqarashini namoyish etadi. Deylik, o`quvchi burgut rasmini chizishni tanlaydi, bunda o`quvchida kelajakka ishonch, yuksak marralarni ko`zlash, liderlikka intilish kabi fazilatlar shakllana boshlanganligi namoyon bo`ladi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayoni esa ona tabiatga mehr-muhabbatini, turli jonivorlarga nisbatan yaxshilik istaklarini tarbiyalaydi. Bu esa har bir o`quvchining shaxs sifatida shakllanishiga o`z hissasini qo`shadi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`lim-tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |